✒️ “AYOL — MADRASADIR”
1 oylik guruhiga yana qabul ochildi ✒️
Ko‘pchilik: “Bu guruhda nimalar bo‘ladi?” — deb so‘ramoqda.
Qisqacha aytganda, bu oddiy motivatsion loyiha emas.
Bu — qiz bola sifatida o‘zini tarbiyalash, soliha rafiqa bo‘lishga tayyorlanish, kelajakdagi farzandlar uchun yaxshi ona bo‘lish va eng avvalo Allohga yaqinlashish sari bir oylik amaliy safar. 🤍
✒️ AYOL — MADRASADIR 📖
🌿 Niyatlarni to‘g‘rilash va ixlos ustida ishlaymiz
🌿 Kundalik ishlarni ham ibodat va savobga aylantirishni o‘rganamiz
🌿 Namozlarni vaqtida ado qilish uchun nazorat yuritamiz
🌿 Qazo namozlarni tartibli ado etish haqida tushunchalar olamiz
🌿 Kunlik Qur’on tilovati va xatm planner bilan ishlaymiz
🌿 Vird, zikr, salovat va istig‘forlarni hayotimizning bir qismiga aylantiramiz
🌿 Kunlik mutolaa odatini shakllantiramiz
🌿 Hayo, iffat, odob va musulmon ayolning ziynati haqida suhbatlashamiz
🌿 G‘iybat, behuda gap, hasad, kibr, vaqt isrofi va qalb kasalliklaridan saqlanishga harakat qilamiz
🌿 Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganamiz
🌷 Tongni barakali boshlash va kunni unumli o‘tkazish odatini shakllantiramiz
🌷 Kunlik hisobot va o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yamiz
🌷 Yaxshi odatlarni shakllantirib, zararli odatlardan uzoqlashamiz
🌷 YOSH QIZLAR UCHUN MUHIM ILMLAR
🌷 O‘z qadrini va musulmon ayol sifatidagi mas’uliyatini anglash
🌷 Hayo va iff atni asrash
🌷 Ota-onaga muomala va ularning roziligini olish
🌷 Dugonalar, qarindoshlar va atrofdagilar bilan go‘zal muomala qilish
🌷 Nikohga shoshilmasdan, avvalo oila mas’uliyatini anglash
🌷 Turmush qurishdan oldin o‘rganilishi kerak bo‘lgan diniy va hayotiy bilimlar
🌷 Kelajakdagi oilaga ruhiy va ma’naviy tayyorgarlik
🌷 BO‘LAJAK KELINLAR UCHUN
“Turmushga chiqish” — faqat chiroyli libos kiyib, yangi xonadonga kirish emas.
Bu — yangi mas’uliyat, yangi huquq va yangi vazifalarni zimmasiga olishdir. 🤍
Shuning uchun:
🌷 Kelin bo‘lishdan oldin nimalarni o‘rganish kerak?
🌷 Er-xotin o‘rtasidagi hurmat va mehr qanday bo‘lishi kerak?
🌷 Turmush o‘rtog‘i bilan muomala qilish odoblari
🌷 Kelishmovchilik paytida o‘zini qanday tutish kerak?
🌷 Qaynona-qaynota bilan chiroyli muomala
🌷 Erning haqqi va ayolning haqqi haqida asosiy tushunchalar
🌷 Oilada sir saqlash, ishonch va hurmatning ahamiyati
🌷 Uy-ro‘zg‘or, vaqt va mas’uliyatni tartibli boshqarish
🌷 Er-xotin bir-biriga qanday qilib suyanch bo‘lishi mumkin?
🌷 FARZAND TARBIYASIDA ONANING O‘RNI
Farzand tarbiyasi bola tug‘ilgandan keyin emas, onaning o‘zini tarbiyalashidan boshlanadi.
🌷 Ona — farzandning birinchi muallimasi.
🌷 Ona — farzand ko‘radigan ilk namuna.
🌷 Onaning namozi, odobi, so‘zi, sabri va muomalasi farzand tarbiyasiga ta’sir qiladi.
🌷 Farzandga faqat nasihat qilish emas, unga yaxshi namuna bo‘lishni o‘rganamiz.
🌷 Farzand tarbiyasida mehr, sabr, tartib va izchillikning o‘rni haqida suhbatlashamiz.
🌷 ONA VA TURMUSH O‘RTOQ O‘RTASIDAGI MUNOSABAT
Farzand ko‘pincha ota-onasining bir-biriga bo‘lgan munosabatidan oilaviy hayotni o‘rganadi.
Shuning uchun:
🤍 Er-xotin o‘rtasida hurmatni saqlash
🤍 Bir-birining aybini ko‘pchilikka oshkor qilmaslik
🤍 Farzand oldida bir-birini kamsitmaslik
🤍 Kelishmovchiliklarni odob bilan hal qilish
🤍 Oilada mehr, xotirjamlik va ishonch muhitini yaratish
🤍 Bir-birining haqqini bilish va unga rioya qilish
kabi mavzular haqida ham foydali suhbatlar olib boramiz.
🌷 VA ENG ASOSIYSI…
Bu guruhda faqat o‘qib chiqib, “juda yaxshi ekan” deb qo‘yish uchun emas.
Har kuni o‘zimiz ustimizda ishlash uchun yig‘ilamiz.
Bir oy davomida:
🌷 o‘zimizni nazorat qilamiz,
🌷 ibodatlarimizni tartibga solamiz,
🌷 foydali odatlarni shakllantiramiz,
🌷 qalbimizni tarbiyalashga harakat qilamiz,
kelajakdagi oilamiz va farzandlarimiz uchun tayyorgarlik ko‘ramiz.
– Siz hali turmush qurmagan qiz bo‘lsangiz ham — bu ilm siz uchun.
– Siz bo‘lajak kelin bo‘lsangiz — bu tayyorgarlik siz uchun.
– Siz ona bo‘lsangiz — bu tarbiya siz uchun.
Chunki soliha ayolning islohidan bir oila, bir avlod va butun bir jamiyatga manfaat yetishi mumkin.
Murojat uchun:
@tasniym_admin_bot