🇺🇿 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “UYG‘ONISH” yoshlar adabiy tanlovining Olot tumani bosqichi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman bo'linmasi, tuman madaniyat bo'limi, Axborot kutubxona markazi hamkorlikda ko‘tarinki ruhda tashkil qilindidi.
🖋 Tanlov davomida yosh ijodkorlar o‘z qalb kechinmalari, orzu-umidlari va hayotga bo‘lgan qarashlarini aks ettirgan ijodiy namunalari bilan ishtirok etdilar. Ular o‘z she’rlari va adabiy asarlarini ifodali o‘qib, o‘z iste’dodlari hamda ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
🏆 Tanlov yakunida g‘oliblar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🌟 Bunday adabiy tanlovlar yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, kitobxonlik va adabiyotga bo‘lgan muhabbatini oshirish, iste’dodli yoshlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
💐 Barcha ishtirokchilarga ijodiy parvozlar, yangi yutuqlar va ilhom tilaymiz! Kelajakda ularning qalbidan otilib chiqqan samimiy satrlar adabiyotimiz osmonida porlayversin!
https://t.me/Olot_tuman_hayoti












