📢 Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
🔹 Olot tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olot tuman bo‘linmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi hamda Nuroniylar bo‘limi hamkorligida Davlatboy, Nurobod, Denov va Pichoqchi mahallalarida targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.
🔸 Tadbirda tuman Nuroniylar kengashi raisi S.Oqqiyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman boʻlinmasi rahbari D.Jurayeva, Olot tuman Xalifa jome masjidi imom-xatibi K. Mavlonov, nuroniylar vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuman bo‘limi bosh mutaxassisi O‘. Rahmatov, mahalla faollari va aholi ishtirok etdi.
🔹 Uchrashuvlarda oilaviy ajrimlarning oldini olish, farzandlar tarbiyasi, yoshlarni zararli g‘oyalardan asrash, to‘y-marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, aholi bandligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Mazkur tadbirlar mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
✅Rasmiy sahifalarimiz 👇🏻
Telegram |
Facebook✅