🍂 Kuzda shamollamaslik uchun 8 ta oddiy, lekin ishlaydigan odat
Kuzda havo bir kunda 10 darajaga o'zgaradi, immunitetimiz esa sinovdan o'tadi. Mana shamollashdan saqlaydigan odatlar 👇
🧼 Qo'lni tez-tez yuving
✅ Viruslarning asosiy yo'li qo'l. Ko'chadan kelgach, ovqatdan oldin sovunlab kamida 20 soniya yuving. Yuzga, ko'z va burunga qo'l tegizmaslikka harakat qiling.
🧣 Bo'yin va oyoqni isitib yuring
✅ Salqin bo'yin va muzlagan oyoq shamollashga eng tez yo'l ochadi. Ko'ylak ustidan yengil kiyim qo'shib kiying, "karam kiyinish" usuli (qatlam-qatlam) kuzda juda qo'l keladi. Ho'l oyoq bilan yurmang.
😴 Uyquni kamaytirmang
✅ Kuniga 7–8 soat uyqu immunitet hujayralarining ishlashi uchun zarur. Uyqusiz odam shamollashga ancha moyil bo'ladi.
🥗 Ratsionni vitaminlarga boyiting
✅ Mavsumiy sabzavot va mevalar: sabzi, lavlagi, karam, anor, behi, sitrus mevalar
✅ Fermentlangan mahsulotlar: qatiq, kefir, tuzlangan karam. Ichak sog'lom bo'lsa, immunitet ham kuchli
✅ Oqsil: tuxum, go'sht, dukkakli mahsulotlar
💧 Ko'proq suyuqlik iching
✅ Iliq suv, choy, ho'l meva kompotlari. Burun va tomoqning shilliq qavati namligicha qolsa, viruslarga to'siq kuchliroq bo'ladi. Asal va limonli choy ham yoqimli qo'shimcha.
🌬 Xonani shamollating, havoni namlang
✅ Kuniga 2–3 marta 10 daqiqadan deraza oching. Isitish mavsumida havo quruq bo'ladi, bu esa tomoq va burunni yallig'lantiradi. Xonada namlik 40–60% bo'lgani yaxshi.
🚶 Harakatdan to'xtamang
✅ Har kuni 30 daqiqa piyoda yurish qon aylanishini va immunitetni yaxshilaydi. Kuz havosi sog'lom, faqat mos kiyinib chiqing.
☀️ Quyosh kamayganda D vitaminiga e'tibor bering
✅ Kuzda va qishda D vitamini tanqisligi ko'payadi. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va tahlil topshirgan ma'qul.
🚫 Shamollash uchun xavfli xatolar
❌ Terlab turib sovuq havoga chiqish
❌ Odamlar gavjum joyda yuvilmagan qo'l bilan yuzga tegish
😁 Postni har safar kuzda "qur-qur" yutal bo'ladigan tanishlaringizga yuboring ✈️
👉
@nimalar_buladi