Ustozingiz bormi?
Kecha "Lolazor"dagi Nodirbekning
suhbatini eshitdim. Nodirbek dunyoda 4-raqamli shaxmatchi bo‘lsa ham, hozir murabbiy bilan ishlayotganini aytdi. Hatto murabbiyga 100 minglab dollar o‘z yonidan sarflarkan.
"Sizga hozir ham murabbiy kerakmi?" degan savolga Nodirbek: "Barcha eng zo‘rlar murabbiylar bilan ishlaydi", deb javob berdi.
Men o‘ylab qoldim. Biz(men)ning zo‘r emasligimiz balki shunaqa ustozlar bilan ishlamayotganimizdadir?
Biz, ustozlar, universitetni bitiramiz-u, qaytib shu bilan ustoz topmaymiz, chuqurlashib o‘rganmaymiz. Shu sababli hayotda ham, sohada ham o‘sish bo‘lmaydi. Yaxshi daromadga ham chiqolmaymiz!
Hozirgi holatga chiqquncha Nodirbekning oilasi juda katta moliyaviy va oilaviy qurbonliklar qilganini, hattoki opasi o‘z karyerasini ukasi uchun tugatganini aytib berdi.
Suhbatni eshitib, bir qarorimdan xursand bo‘ldim.
O‘zimda o‘sish nuqtasini anchadan beri topa olmay kelayotgandim. Aynan pedagogikada zo‘r ustozni 2-3 yildan beri qidirayotgandim.
Bu yil topib, birga ishlashni boshladik. Londondagi pedagogika bo‘yicha 1-o‘rinda turadigan universitetda o‘qib kelgan ustozning darslarini boshladik o‘tgan hafta. O‘rganganlarimizni shu yerda va kursimizda ulashib boramiz.
Albatta, keyingi qadam pedagogika bo‘yicha eng zo‘r universitetga borish va o‘qish bo‘ladi. Soha ustozlariga muhtojmiz.
Xulosa: zo‘r bo‘lishni xohlasangiz, ustoz toping. Yaxshiroq daromadga chiqishni xohlasangiz, hozirgi xarajatdan qochmang!
P.S postlar holis maslahat va fikr o’laroq yozilmoqda.
@MuallimMuhammad