Muallim Muhammad Telegram channel photo

Muallim Muhammad

@muallimmuhammadPublic Channel

“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad • Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman. • Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz. • Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi. Admin: @MuhammadUralovv

EroticEnglishUnited States

1.3k

Last views

13.5k (13,477 subscribers)
Members
—
Rating
59
Total Posts
Oct 21, 2026, 6:33 AM
Updated
Apr 2, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMuallim Muhammad
Username@muallimmuhammad
CategoryErotic
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members13,477
Channel TypePublic Channel
CreatedApr 2, 2026
Last UpdatedOct 21, 2026 • yesterday
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#172+22753
Language Ranking
#46+5011
Category Ranking
#7+671

Participant Growth

Total: 13.5K30 Days growth: +13.3K10428.9%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
22:09:2026128
23:09:2026128
24:09:2026128
25:09:2026128
26:09:2026128
27:09:2026128
28:09:2026128
29:09:2026128
30:09:2026128
01:10:2026128
02:10:2026128
03:10:2026128
04:10:2026128
05:10:2026128
06:10:2026128
07:10:2026128
08:10:2026128
09:10:2026128
10:10:2026128
11:10:2026128
12:10:2026128
13:10:202613,726
14:10:202613,726
15:10:202613,726
16:10:202613,726
17:10:202613,726
18:10:202613,726
19:10:202613,726
20:10:202613,726
21:10:202613,477
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202610,900
Week of 06:04:202610,663
Week of 13:04:202610,506
Week of 20:04:202610,328
Week of 27:04:202610,328
Week of 04:05:202610,328
Week of 11:05:202610,075
Week of 18:05:202610,075
Week of 25:05:202610,075
Week of 01:06:20269,784
Week of 08:06:20269,784
Week of 15:06:20269,784
Week of 22:06:20269,597
Week of 29:06:20269,597
Week of 06:07:20269,597
Week of 13:07:20269,296
Week of 20:07:20269,296
Week of 27:07:20269,171
Week of 03:08:20269,088
Week of 10:08:20269,088
Week of 17:08:20268,958
Week of 24:08:20269,743
Week of 31:08:20269,743
Week of 07:09:202611,902
Week of 14:09:2026128
Week of 21:09:2026128
Week of 28:09:2026128
Week of 05:10:2026128
Week of 12:10:202613,726
Week of 19:10:202613,477
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
April 202610,328
May 202610,075
June 20269,597
July 20269,171
August 20269,743
September 2026128
October 202613,477
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
202613,477

Latest Posts

Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 17, 2026, 22:20

Photo1/2
Tanqidlargayam ochiqmiz, maqtovlarga ham

Doim kurslarimiz yakunlanishi bilan ustozlardan dastur haqidagi fikrlarini so'raymiz. E'tirozlar bo'lsa, ularni ham eshitamiz va yaxshilash ustida ishlaymiz jamoamiz bilan.

Yuqoridagi izohlarni o'qishingizni xohlardim. Bu bizning mehnatlarimiz mevasi. Dasturdan nimalar o'rganishganini so'ragandik, fikrlar yog'ilib keldi. Sizga bir nechtasini ulashyapman xolos.

Agar siz ham mana shunday qimmatli bilimlar beriladigan "Zamonaviy pedagog" kursimizga qo'shilib, darajangizni oshirishni istasangiz, pastdagi linkka bosing. 3 kundan keyin darslarda ko'rishamiz: 👇️️️️️️

https://forms.gle/TdkLa4SvC6z4ss8p7
https://forms.gle/TdkLa4SvC6z4ss8p7
1,3200025
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 17, 2026, 18:57

Kecha dastur kimlarga mos kelishi haqida gapirgandim. Endi esa, o'qib qanday natijalar olishingiz mumkinligini aytaman 👇️️️️️️

"Zamonaviy pedagog" kursidan keyin siz:
1. Sinf boshqarish — o'quvchilaringiz sho'x bo'lsa ham, qiynalmasdan sinfni boshqarolasiz.
2. Interaktiv darslar — darslarni qiziqarli va samarali tashkil qilishni yangi metodikalarini oʻrganasiz.
3. O’quvchilarni ushlab qolish — o’quvchilarni markazda saqlab qolishdagi muammolaringiz hal bo'ladi.
4. Qiziqishni uyg’otish — qiziqmaydigan o’quvchilarni ham darsga 100% jalb qilish texnikalarini oʻrganasiz.
5. Professional o’sish — o’zingizga boʻlgan ishonchingiz bilan birga daromadingiz ham oshadi.

3 kundan keyin darslarni boshlaymiz. Qo'shilishga ulgurdingizmi?
1,5700030
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 16, 2026, 21:35

Photo1/8
Xo‘sh, “Zamonaviy Pedagog” dasturimiz aynan kimlar uchun mo‘ljallangan?

Agarda siz:
— Boshlang‘ich sinf ustozi
— Xususiy yoki davlat maktabi, shuningdek universitet o‘qituvchisi
— O‘quv markazlarida faoliyat yuritayotgan ustoz
— Yoki endigina o‘qishni bitirib, oʻqituvchilik sohasida yangi bo‘lsangiz — bu kurs aynan siz uchun!

2 oy ichida o‘z ustingizda ishlab, o‘quvchilari yaxshi ko‘radigan ustozga aylanishni va daromadingizni oshirishni xohlasangiz, dasturimizda sizni kutib qolamiz.
1,9800031
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 16, 2026, 15:54

Video
Xabaringiz bo’lsa kerak, “Zamonaviy pedagog” dasturimizning yangi o’quvchilariga 20-oktyabrdan darslarni boshlaymiz.

Shu o’rinda avvalgi o’quvchilarimizniyam unutmadik. Ular bilan suhbatlashib, kursdagi bo’shliqlarni to’ldirdik, yutuqlarni esa yana-da ko’paytirish harakatidamiz.

Bugun sizga Buxoro shahridagi nufuzli “Abu Hafs International School” maktabining akademik direktori Abbos ustozimizning samimiy fikrlarini ulashgim keldi.

Videoni koʻrib, oʻzingiz barchasiga guvoh boʻlasiz.

Abbos ustozimizday oʻz ustida ishlab, nufuzli taʼlim maskanlarida rahbarlik lavozimigacha koʻtarilayotgan o’quvchilarimizni koʻrib, qilayotgan mehnatlarimiz zoye ketmayotganiga amin boʻlaman 🔥
2,1300031
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 15, 2026, 11:05

Ustozingiz bormi?

Kecha "Lolazor"dagi Nodirbekning suhbatini eshitdim. Nodirbek dunyoda 4-raqamli shaxmatchi bo‘lsa ham, hozir murabbiy bilan ishlayotganini aytdi. Hatto murabbiyga 100 minglab dollar o‘z yonidan sarflarkan.

"Sizga hozir ham murabbiy kerakmi?" degan savolga Nodirbek: "Barcha eng zo‘rlar murabbiylar bilan ishlaydi", deb javob berdi.

Men o‘ylab qoldim. Biz(men)ning zo‘r emasligimiz balki shunaqa ustozlar bilan ishlamayotganimizdadir?

Biz, ustozlar, universitetni bitiramiz-u, qaytib shu bilan ustoz topmaymiz, chuqurlashib o‘rganmaymiz. Shu sababli hayotda ham, sohada ham o‘sish bo‘lmaydi. Yaxshi daromadga ham chiqolmaymiz!

Hozirgi holatga chiqquncha Nodirbekning oilasi juda katta moliyaviy va oilaviy qurbonliklar qilganini, hattoki opasi o‘z karyerasini ukasi uchun tugatganini aytib berdi.

Suhbatni eshitib, bir qarorimdan xursand bo‘ldim.

O‘zimda o‘sish nuqtasini anchadan beri topa olmay kelayotgandim. Aynan pedagogikada zo‘r ustozni 2-3 yildan beri qidirayotgandim.

Bu yil topib, birga ishlashni boshladik. Londondagi pedagogika bo‘yicha 1-o‘rinda turadigan universitetda o‘qib kelgan ustozning darslarini boshladik o‘tgan hafta. O‘rganganlarimizni shu yerda va kursimizda ulashib boramiz.

Albatta, keyingi qadam pedagogika bo‘yicha eng zo‘r universitetga borish va o‘qish bo‘ladi. Soha ustozlariga muhtojmiz.

Xulosa: zo‘r bo‘lishni xohlasangiz, ustoz toping. Yaxshiroq daromadga chiqishni xohlasangiz, hozirgi xarajatdan qochmang!

P.S postlar holis maslahat va fikr o’laroq yozilmoqda.

@MuallimMuhammad
Video Thumbnail
2,5500098
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 14, 2026, 10:42

Har bir muammoli vaziyat chiroyli axloq ko’rsatish uchun zo'r imkoniyat.
2,7100096
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 11, 2026, 20:06

Ta’limdagi rahbarlar, bormisiz?

Yuqorida Registon o’quv markazi rahbarini kursimiz haqidagi fikrlarini yubordik.

«Zamonaviy Pedagog» kursimizda 10 dan ortiq maktab va o‘quv markazi jamoalari o‘qib chiqishdi.

Yangi kursimizga ham rahbarlar tomonidan talab ko‘paymoqda.

Shuni hisobga olib, siz bilan shaxsan o‘zim bog‘lanishga qaror qildim. Siz uchun maxsus takliflarimiz bor.

«O‘qituvchilarimga investitsiya qilaman», degan rahbarlar, ro‘yxatdan o‘ting.

Tez orada Mohir ikkimiz siz bilan aloqaga chiqamiz.

👉https://forms.gle/DFhckuxTe2R9Jidu6

Google Docs

Ta´limdagi rahbarlar uchun maxsus

4,3100021
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 11, 2026, 20:01

Video
Registon o‘quv markazi ustozlari jamoasiga dars berishimiz tarixi qiziq bo‘lgan.

Dastlab Universam filiali rahbari Nodirbek aka «Zamonaviy Pedagog» 4-kursida o‘zlari o‘qib chiqdilar. Biz u kishining rahbar ekanliklarini bilmagandik.

Keyin esa darslarimizga ishonch hosil qilib, o‘z jamoalariga dars o‘tishga taklif qildilar. Videoda batafsil ko‘rishingiz mumkin.

Bundan tashqari, keyinchalik Yakkasaroy filiali o‘qituvchilari jamoasini ham o‘qitishga muvaffaq bo‘ldik.

Shu bilan 10 dan ortiq o‘quv markazi va xususiy maktab ustozlarini o‘qitishga ulgurdik. Hammasi bitta postga sig‘mas ekan.

Agar siz ham rahbar bo‘lsangiz, «O‘qituvchilarimga investitsiya qilaman», desangiz, kuzatib turing. Sizga ajoyib taklif tayyorladik. 🎁
3,6800016
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 11, 2026, 20:01

Assalomu alaykum, Mohirbek ustoz yaxshimisiz? Sog’-salomatmisiz?

Yanvar oyida bizni Registon o’quv markazi Yunusobod filiallari uchun tashkillashtirib berilgan “Zamonaviy pedagog” nomli trening. Bizning barcha ustozlarimiz uchun juda foydali va samarali bo’lsin.

Xususan, aynan shu treningdan so’ng oxirgi 6 oyda ayrim ustozlarimiz faoliyatida sezirali o’zgarish kuzatildi, ya’ni bir ustozimiz boshida doimiy qizil toifadagi ustoz sifatida yurar edi, ushbu trening ta’sirida ustozimiz qizildan rangdan sariqqa so’ng esa yashil rangga chiqib oldi. Shu qatori boshqa ustozlarimizda ham o’sish va rivojlanishni ko’rdik.

Xulosam shuki Mohirbek ustoz va Muhammad ustozlarining samarali mehnati zoya ketmapti, ustozlarga o’z minnatdorlik bildiraman.

Hurmat bilan Registon Mega filiali rahbari Ma’rufjon Omonov.
3,0800014
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 10, 2026, 00:33

Xususiy maktablarning xodimlariga mashinalar, sayohatlar, katta sovg’alar berayotgani, buni moliyasi ko’tarayotgani juda xursand qiladi.

Lekin, ko’pchilik katta sovg’alarni boshqaruv jamoasiga beryapti. Ustozlar chetda, negadir.

O’ta shaxsiy fikrimcha kompaniyalar boshqaruv jamoasiga alohida, ustozlar uchun alohida qilib taqdirlash o’tkazgani ma’qul.

Rahbarlarga nima berilsa ustozlarga ham berilgani yaxshi. Yoki teskarisi.

Bo’lmasa xuddi zakotni ukasiga berib qo’ygandek ko’rinadi tashqaridan.
4,29000123
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 09, 2026, 17:15

Bugun darslarimiz boshlanadi.

Nasib qilsa, Mohir "O'quvchilarni qiziqtirish va diqqatini jalb qilishning 10 texnikasi" mavzusida dars oʻtib beradi.

Foydali bo'ladi, albatta kiring.

Sizga ajoyib hadyalar ham tayyorlab qo'yganmiz.

Haliyam masterklass kanalda yo'q bo'lsangiz, tezda obuna bo'ling. 20:00'da ko'rishamiz:

https://t.me/+a8MRfdButFM3ZjQy
https://t.me/+a8MRfdButFM3ZjQy
4,1700023
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 08, 2026, 21:00

Photo1/2
Yuqoridagi savolni bejiz bermadim. Kelgan javoblardan ba’zilarini suratda ko’rishingiz mumkin.

Darsni tashkil etish va o’quvchilar bilan ishlashda ustozlarimizdagi muammolar talaygina.

Mutaxassis sifatida bepul loyihalar va kurslarimiz orqali bularga qo’limizdan kelgunicha yechimlar berib kelyapmiz.

Erta va indin kunlari mana shunday efirlardan birini — “Darslarni qiziqarli qilish metodikasi” nomli masterklass oʻtib beramiz.

O’tgan safar qolib ketganlar ko’p edi. Bu gal imkoniyatni qo’ldan chiqarmang: 👇

Masterklass kanalga ulanish
Masterklass kanalga ulanish
4,0000026
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 08, 2026, 18:26

Insonning bahosi bu dunyoda o’zi olgani bilan emas, o’zidan qolgani bilan belgilanadi.

Jumlani o’qib negadir hayolimga ustozlar keldi.
3,8500084
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 08, 2026, 18:13

O‘qituvchi sifatida qaysi xatoga yo‘l qo‘yishdan ko‘proq qo‘rqasiz?

• Bilmasdan qaysidir o‘quvchiga noto‘g‘ri yoki adolatsiz baho qo‘yib, uning ko‘nglini qoldirib fandan sovutishdanmi?

• Sinfdagi iqtidorlilarga ko‘p vaqt ajratib, darsni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan "bo‘sh" o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldirishdanmi?

• Yoki sizda boshqa qo’rquvlar bormi?

Fikrlaringizni izohda kutaman?
3,7600041
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Oct 07, 2026, 21:21

Eslasangiz, yaqinda siz uchun maxsus masterklass o’tib bergandik.

Lekin joylar soni cheklanganligi sababli, juda ko'pchilik qolib ketishgandi.

Ulashayotgan bepul videodarsliklarimizga qo’shimcha bo’lishi uchun 9-10-oktabr kunlari yana bir interaktiv dars o’tib berishni rejalashtirdik!

Albatta bu gal ham Mohir bilan foydali darslar o’tib beramiz.

O’tgan safar qolib ketgan ustozlarimiz uchun zo'r imkoniyat. Avval qatnashganlar ham qatnashsangiz yomon bo’lmaydi, mavzu ichida yangiliklar bo’ladi.

Ertaga dars bo’ladigan kanalga qo’shilish linkini beramiz.
3,8600044
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

O’tgan yili boshida darslarga kirganimda meni eng yomon ko’rgan, oilaviy kelib ustimdan shikoyatlar qilgan o’quvchim kecha: "Ustoz, maktabdan nega ketdingiz, siz bilan darslar qiziq bo’lardi", — deb yozibdi.

Xursand bo’ldim. O’tgan o’quv yilim bekor ketmabdi. Eng qiynalganlarimni ham qiziqtira olibmiz.
4,2000088
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

To’g’ri muhit haqida

Qishloqda tog’amning fermalari bor. Sigirlariga qarasam biz yoshlikda ko’rgan mahalliy tur umuman yo’q. Hammasi Yevropa turlari.

Sababi Yevropaniki sut va go’shtga ixtisoslashgan, yuqori samaradorlikka ega deyishdi.

Biologiyadan bilamiz barcha tanalar avvalo o’zini tirik ushlab qolishga ixtisoslashgan bo’ladi. Lekin Yevropa qoramollarida bu sun’iy ikkinchi o’ringa tushirilgan ekan!

Savol, qanday qilib?

Yashab qolish instinkti qachon kerak? Xavf bo’lganda, kutilmagan vaziyatlar ko’p bo’lganda, ovqat topish imkoni har doim ham bo’lmaganda.

Yevropa fermerlari o’z qoramollariga shu sharoitni yaratib bergan, to’liq xavfsiz muhit va yuqori sifatli ozuqa. Samaradorlik ko’rsatsa bo’ldi.

Mahalliy sigirlarimiz esa yozning issig’i, qishning sovug’i, quruq yem-xashak, ochlik bilan sinalaverib bor resursini mahsuldorlikka emas, shu qiyin vaziyatlarga asrab qo’yarkan. Yevropa sigirlari bunday sharoitda yashay olmaydi.

Miyamda analog paydo bo’ldi, bu xodimlarda ham ishlarmikan?

Doimiy stress, xato qilishdan qo’rqish, kam oylik, ishini yo’qotishdan xavotir xodimlarni ham mahalliy tur kabi kam samarador qilib qo’ymasmikan, bor energiyasini shu tizim ichida yashab qolish uchun sarflashga majbur qilmasmikan deb izlandim.

Javob ijobiy.

Sog’lom, xavfsiz muhitda ishlagan xodimlar Yevropa turlari kabi samarador, sadoqatli va layoqatli. Teskari muhitdagilar esa mahalliy turlar kabi.

Men endi tushundim nega davlat tizimida xodimlar bunday ishlashini.

Chet eldan mutaxassislari olib kelib, ularga zo’r sharoit va maosh belgilaydiganlar o’z mahalliy xodimlarimizga buni qilib bersalar ulardan ham foyda olisharkan.

Xodimmisiz? Shunday muhitni toping, gullab-yashnang. Foyda keltiring.

Yaxshi xodimlar yomon muhitda ishlashmaydi. Ularning kompaniyadan ketishi, rahbarlarga signal.
12,30000144
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

Bizda imkoniyat ko’proq!

Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz, so‘zsiz to‘liq berilur.

Zumar surasi, 10-oyat
Ana o‘shalar sabr qilganliklari sababli jannatdagi baland koshona bilan mukofotlanurlar va unda salom hamda omonlik bilan kutib olinurlar.

Furqon surasi, 75-oyat

Sabr nima? Hissiyot va nafsni aql hamda shariat mezonlariga bo‘ysundirish, o‘zini boshqara olish kuchi.

Alloh taolo deyarli barcha amallar uchun ma’lum miqdorda savob belgiladi, sabrning savobi esa cheksiz.

Sabr qachon qilinadi? Mashaqqatda!

Bolalar sho‘xligiga chidaganingizda, bir mavzuni qayta-qayta turlicha tushuntirganingizda, ularning xatolarini kechirganingizda, injiqliklariga chidaganingizda, charchasangiz ham darsga sifatli tayyorlanganingizda, natijani uzoq vaqt mehnat qilib kuta olganingizda siz sabr qilyapsiz.

Bu orqali Alloh taologa sevimli bo‘lyapsiz.

Biz ustozlarda bunga imkoniyat (mashaqqat) ko‘proq. Foydalanaylik. Sevimli ustoz va inson bo‘laylik.

O‘quv yilingiz xayrli bo‘lsin!
6,49000136
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

Photo
https://t.me/professionalstart_bot

Kecha kechqurun darslarimizning birinchisini boshlab berdim. Kechqurun 11 gacha ustozlar bilan mazza qilib dars o’tdik.

Ustozlar ajoyib fikrlar bildirishdi, ancha foyda olishdi. Qo’shilganidan xursand bo’lishdi.

Keyingi darslarni jamoamiz a’zolari davom ettirishadi xudo xohlasa.
4,8500016
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

Photo
Ish e’lonlari chiqarayotganda talablari ichiga “stressga chidamlilik”ni qo’shgan maktablarda yo oylik kechikadi yoki rahbariyat keraksiz bosimlarni ko’p bersa kerak deb o’ylab qolaman😅

Bo’lmasa biz ustozlar kamdan-kam bolalar bilan erkin ishlab stressga tushsak kerak.
5,1200095
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

Video
Birinchi dars — yil taqdiri: uni qanday o‘tkazasiz?

70–80% talabalar o‘qituvchi haqida ilk taassurotni 5–15 daqiqada shakllantiradi.

1 ta salbiy taassurotni tuzatish uchun 20 marta ijobiy aloqa kerak bo‘ladi.

65–70% o‘quvchilar yil davomida o‘qituvchini shu taassurot asosida baholaydi.

Xulosa: Ilk darsingiz = eng muhim darsingiz!

Muhimligini bilamiz, ammo birinchi darsni qanday o‘tkazishni aniq bilmaymiz.

Shu sabab men, “Zamonaviy Pedagog” kursi asoschisi, Muhammad Uralov, siz uchun maxsus qo‘llanma tayyorladim.

Qo‘llanmada — birinchi darsni samarali o‘tkazish bo‘yicha aniq, amaliy va oddiy ko‘rsatmalar berilgan.

Ustozlar guruhiga ulashib qo'yishni unutmang.
6,8400035
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Sep 10, 2026, 03:05

O'zimizning ayblarimizga chidayapmiz. Balki sezmayapmiz ham. Balki, uning ayblariga ham shuni qo'llarmiz?

Aziz aka Rahimovning shu iqtiboslarini nafaqat oila a’zo va do’stlarimizga balki o’quvchilarimizga ham qo’llasakchi?
4,9300051
Muallim Muhammad logo
Muallim Muhammad

Aug 25, 2026, 23:08

Photo
Yozda o’quvchilarimni sertifikatga tayyorlayapman. Ustoz o’qiiidimmm, esimda qolmayaptida deyishadi. Nechi marta o’qidingiz desan 1 marta deydi😁(O’qilganmi? O’qilgan)

Rosa o’qiyapman deganlariniyam kitobini olib tekshiraman, yangi turadi. Ba’zi betlarni ochishga qiynalaman, birinchi marta ochilgandek)

Rasmdagi kitob esa mening abituriyentligimdagi kitoblar qanday bo’lardi degan savolga javob. Ichi to’la qaydlar va tagiga chizilgan faktlar bo’lardi. Hozir unday kitoblar yo’qdek)

Sizchi, qanday o’qirdingiz kitoblarni?
5,9500091

Showing 30 of 59 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Muallim Muhammad Telegram channel about?+

Muallim Muhammad (@muallimmuhammad) is a Telegram channel listed under Erotic on tgdio. This profile shows ranking, ratings, reviews, and recent posts so you can decide before subscribing in Telegram. It currently lists about 13,477 subscribers on tgdio.

How do I join Muallim Muhammad (@muallimmuhammad) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @muallimmuhammad in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Muallim Muhammad a good Erotic channel to follow?+

On tgdio you can check Muallim Muhammad's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 13,477 subscribers on tgdio. Compare it with similar Erotic channels in the same category.

Where can I see Muallim Muhammad stats and latest posts?+

On tgdio, open the @muallimmuhammad channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.