KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI Telegram channel photo

KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

@kitobmmtb_axborotPublic Channel

Kitob tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot kanali https://t.me/KitobtumaniMMTBbot Kitob tumani MMTB boshlig‘iga murojaat boti

EroticEnglishUnited States

1.1k

Last views

17.9k (17,902 subscribers)
Members
—
Rating
55
Total Posts
Oct 20, 2026, 6:24 AM
Updated
Mar 26, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
Username@kitobmmtb_axborot
CategoryErotic
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members17,902
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 26, 2026
Last UpdatedOct 20, 2026 • 3 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#2101+4
Language Ranking
#500+11
Category Ranking
#63-2

Participant Growth

Total: 17.9K30 Days growth: +11.8K195%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
21:09:20266,069
22:09:20266,069
23:09:20266,069
24:09:20268,825
25:09:20268,825
26:09:20268,825
27:09:20268,825
28:09:20268,825
29:09:20268,825
30:09:20268,825
01:10:20268,825
02:10:20268,825
03:10:20268,825
04:10:20268,825
05:10:20268,825
06:10:20268,825
07:10:20268,825
08:10:20268,825
09:10:20268,825
10:10:20268,825
11:10:20268,825
12:10:202618,414
13:10:202618,414
14:10:202618,414
15:10:202618,414
16:10:202618,414
17:10:202618,414
18:10:202618,414
19:10:202618,414
20:10:202617,902
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:20265,470
Week of 30:03:20265,352
Week of 06:04:20265,368
Week of 13:04:20265,293
Week of 20:04:20268,665
Week of 27:04:20268,665
Week of 04:05:20268,741
Week of 11:05:20268,741
Week of 18:05:20268,741
Week of 25:05:20268,001
Week of 01:06:20268,001
Week of 08:06:20267,613
Week of 15:06:20267,613
Week of 22:06:20267,346
Week of 29:06:20267,346
Week of 06:07:20267,346
Week of 13:07:20266,928
Week of 20:07:20266,787
Week of 27:07:20266,682
Week of 03:08:20266,682
Week of 10:08:20266,682
Week of 17:08:20266,682
Week of 24:08:20266,280
Week of 31:08:20266,188
Week of 07:09:20266,188
Week of 14:09:20266,069
Week of 21:09:20268,825
Week of 28:09:20268,825
Week of 05:10:20268,825
Week of 12:10:202618,414
Week of 19:10:202617,902
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
March 20265,470
April 20268,665
May 20268,001
June 20267,346
July 20266,682
August 20266,280
September 20268,825
October 202617,902
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
202617,902

Latest Posts

Photo1/2
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.

Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.

Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.

Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.

Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!

—

Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.

Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.

Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было

Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.

Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.

Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!
1,110009
Photo1/2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohalarida hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Shuningdek, loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlash tadbirida ishtirok etish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Кашкадарьинскую область. Глава нашего государства ознакомится с работой, проводимой в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования и махаллях.

В программе поездки также участие в церемонии запуска проектов и начала строительства новых объектов, а также совещание по вопросам комплексного развития области.

Facebook|Instagram|X
1,150004
Video
🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!

Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatim ko‘zgusi!

Har yili 21-oktabr sanasi xalqimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kun — ona tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi, milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviy merosimizni ulug‘laydigan qutlug‘ sana.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kun

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy voqea xalqimizning ko‘p asrlik orzusi, milliy o‘zligini anglash va ona tiliga bo‘lgan ehtiromining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Shu tariqa o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, uning nufuzini oshirish hamda kelajak avlodlarga boy til merosini yetkazish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi.

Boy tarix va bebaho ma’naviy meros

O‘zbek tili — asrlar davomida sayqallanib, boyib kelgan, xalqimizning qalbi, tafakkuri va ma’naviyatini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinadir. Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz tilimizning boyligi va go‘zalligini o‘z asarlari orqali namoyon etganlar.

Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodi turkiy tilning ulkan badiiy va adabiy imkoniyatlarini dunyoga tanitib, uning nufuzini yuksaltirishda beqiyos o‘rin tutadi.

Bugun o‘zbek tili ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va davlat boshqaruvi sohalarida keng qo‘llanib, xalqimizning milliy qadriyatlarini ifoda etib kelmoqda.

37 yillik tarix — ehtirom va mas’uliyat

2026-yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ladi. Bu sana nafaqat tarixiy voqeani yodga olish, balki ona tilimizni asrab-avaylash, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash, sofligini saqlash hamda kelgusi avlodlarga munosib yetkazish mas’uliyatini ham eslatadi.

Zero, ona tilini qadrlash — milliy o‘zlikni qadrlash, tarixni e’zozlash va kelajakni asrash demakdir.

Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ona tilimizning nufuzi yuksalaversin, uning jozibasi va boyligi avlodlar qalbida mangu yashasin!

Ona tilimiz — millatimiz faxri va g‘ururi!

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
1,190008
Video
🇺🇿📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Kitob tumani IQtidor maktabi o‘quvchilari 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan chorlovda faol ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini she’riy chiqishlar orqali tarannum etmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,610005
Photo1/12
⚖️ "Qonun oldida barchamiz tengmiz" mavzusida ijodiy insholar tanlovi o‘tkazildi.

Kitob tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Qonun oldida barchamiz tengmiz” mavzusida ijodiy insholar tanlovi ommaviy tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, o‘quvchilarning huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarini oshirish hamda qonun ustuvorligi tamoyilini keng targ‘ib etishdan iborat.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,890006
Video
🇺🇿📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Kitob tumani 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan chorlovda faol ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini she’riy chiqishlar orqali tarannum etmoqda.
1,630004
Video
🇺🇿📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Kitob tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari hamda maktabning ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Zebo Raxmatova 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan chorlovda faol ishtirok etmoqda.

Chorlovda ona tilimizning go‘zalligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini she’riy chiqishlar orqali tarannum etmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,7800013
Video
#JadidlarIzidan

📢 “Jadidlar izidan” tanlovining tuman-shahar bosqichi oʻtkaziladigan sana va manzillarni e’lon qilamiz!

▪️ “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman-shahar bosqichi joriy yil 23-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

⚡️ Hududlar kesimida tanlov oʻtadigan manzillar bilan tanishing:

🗺️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🗺️ Andijon viloyati
🗺️ Buxoro viloyati
🗺️ Jizzax viloyati
🗺️ Qashqadaryo viloyati
🗺️ Navoiy viloyati
🗺️ Namangan viloyati
🗺️ Samarqand viloyati
🗺️ Sirdaryo viloyati
🗺️ Surxondaryo viloyati
🗺️ Toshkent viloyati
🗺️ Farg‘ona viloyati
🗺️ Xorazm viloyati
🗺️ Toshkent shahri

📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube
1,690003
Video
🇺🇿📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Kitob tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan chorlovda faol ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini she’riy chiqishlar orqali tarannum etmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,8500015
Video
#Ustozlarga_imtiyozlar

Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga 100 million so‘mgacha mukofot beriladi

To‘rtinchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazilib, 2027-yildan uning tuman bosqichi g‘oliblariga kompyuter sovg‘a qilinadi. G‘oliblarni tayyorlagan ustozlarga esa tuman bosqichidagi g‘oliblik uchun 10 million, viloyat bosqichi uchun 50 million, respublika bosqichi uchun 100 million so‘m pul mukofoti beriladi.

🌐 Batafsil videolavhada

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤Telegram         🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedin
1,750002
Photo1/6
#XUSHXABAR

🏆 JAHON KUBOGI — KIKBOKSING 2026 🇺🇿

Joriy yilning 13–18-oktabr kunlari Toshkent shahrida kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 60 dan ortiq davlatdan 3000 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Nufuzli musobaqada tumandagi 95-maktabning iqtidorli sportchi o'quvchilari ham ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo'lga kiritdilar.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing.

🥈 Nurimberdiyev Boburjon — Point Fighting yo‘nalishida 2-o‘rin.
🥉 Agzamova Laziza — Point Fighting yo‘nalishida 3-o‘rin.
🥉 Baxtiyorova Asilabonu — Point Fighting yo‘nalishida 3-o‘rin.
🥉 Zoidova Kumush — K-1 yo‘nalishida 3-o‘rin.
🥉 Voitova Sug‘diyona — K-1 yo‘nalishida 3-o‘rin.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
2,020004
Photo1/2
📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2026-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
1,800004
Photo
🇺🇿 KITOB TUMANIDA “MENING QAHRAMONIM” MAVZUSIDA OMMAVIY INSHOLAR TANLOVI TASHKIL ETILDI

📚 Kitob tumanidagi barcha umumta’lim maktablarining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening qahramonim” mavzusida ommaviy insholar tanlovi o‘tkazildi.

✍️ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqimizning mard va jasur qahramonlari hayoti hamda ibratli faoliyatini keng targ‘ib etish, yoshlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantirishdan iborat.

Jumladan, tumandagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham O‘quvchilar o‘z insholarida o‘zlari uchun ibrat bo‘lgan qahramonlar, ularning jasorati, fidoyiligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini samimiy fikrlar orqali ifoda etdilar.

Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,2700010
Photo
XUSHXABAR! VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Qashqadaryo viloyatida 2026–2027-o‘quv yili uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining 18 nafar g‘olibi aniqlandi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 631 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan, 133 nafar nomzod esa viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan.

G‘oliblar ro‘yxati:

“A’lochi o‘quvchi”

1. O‘ktamov Davron Akmal o‘g‘li — Muborak tumani, 3-maktab, 11-sinf.
2. Sodmonova Sanjana Sanjar qizi — Koson tumani, 9-maktab, 10-sinf.
3. Bahodirova Nazokat Botirovna — Kitob tumani, 30-maktab, 10-sinf.

“Yosh kitobxon o‘quvchi”

4. To‘lqinov Ilhom Farhod o‘g‘li — Nishon tumani, 18-maktab, 11-sinf.
5. Baratova Parizoda Baxodir qizi — Qarshi shahri, 15-maktab, 10-sinf.
6. Saidova Dilnura Akbarovna — Kitob tumani, 31-maktab, 8-sinf.

“Ijodkor o‘quvchi”

7. Qahramonova Zahro Qahrom qizi — Shahrisabz tumani, 22-maktab, 7-sinf.
8. Maxmatqulova Amira Alisherovna — Dehqonobod tumani, 70-maktab, 11-sinf.
9. Aminova Madinabonu Ixtiyorovna — Qarshi shahri, 26-maktab, 8-sinf.

“Innovator o‘quvchi”

10. Muydullayev Imron Ruhiddinovich — Qarshi shahri, 50-maktab, 7-sinf.
11. Rabbimqulov Shohrux Iskandarovich — Kitob tumani, 97-maktab, 7-sinf.
12. Xushvaqtova Nozliya Umid qizi — Shahrisabz shahri, 6-maktab, 10-sinf.

“IT bilimdoni”

13. Norsafarova Durdona Jo‘rabek qizi — Dehqonobod tumani, 70-maktab, 11-sinf.
14. Ergashev Shohjahon Rustam o‘g‘li — Qarshi shahri, 3-maktab, 10-sinf.
15. Temirova Gulsanam Ismat qizi — Mirishkor tumani, 9-maktab, 11-sinf.

“Sportchi o‘quvchi”

16. Nazarova Navro‘za Muhiddin qizi — Yakkabog‘ tumani, 14-maktab, 7-sinf.
17. Barakayev Iqboljon Akmaljon o‘g‘li — Shahrisabz tumani, 30-maktab, 11-sinf.
18. Elmirzayev Xondamir Zafar o‘g‘li — Chiroqchi tumani, 1-maktab, 11-sinf.

Stipendiya g‘oliblariga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu davr uchun jami 106 million 920 ming so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Barcha g‘olib o‘quvchilarni muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qishlari va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
1,7300021
Photo
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.
1,590005
Video
🇺🇿📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Kitob tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan chorlovda faol ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini she’riy chiqishlar orqali tarannum etmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,670003
Video
🇺🇿 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom” tanlovida Kitob tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Usmonova Nafisa Mansurovna ham faol ishtirok etdi.

Ushbu tanlov ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni she’riy satrlar orqali ifoda etish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga xizmat qiladi.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,570007
Photo
🇺🇿 “JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

🏛 Bugun Shahrisabz shahrida, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur haykali poyida “Jasorat maktabi” o‘quvchilarining va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🫡 Marosim davomida yoshlar Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda ajdodlarimizning boy merosiga munosib voris bo‘lishga va’da berdilar.

🇺🇿 Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va Vatan taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
1,670000
Video
🌿Umumta'lim maktablarida “Ustozdan ibrat” loyihasi qizg'in davom etmoqda.

Bugungi uchrashuvimizning aziz mehmoni — ko‘p yillar davomida Kitob tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumtaʼlim maktabida yosh avlodga saboq berib, qalbiga ezgulik va ilm urug‘ini qadagan faxriy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, bugungi kunda nafaqada bo‘lsalar-da, ustozlikning nurini o‘zida mujassam etgan Qo‘zigul Rajabova bo‘ldilar.

Ustozning hayotiy tajribasi, samimiy suhbatlari va qimmatli nasihatlari yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabidir.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
874005
Video
#Ustozdan_ibrat 🇺🇿

📚 Kitob tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ustozdan ibrat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir davomida so'zga chiqqan faxriylar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yosh avlodning Vatan ravnaqi va kelajagi oldidagi mas’uliyati haqida tushunchalar berildi.

Tadbirda ustozlarning hayotiy tajribasi va ibratli faoliyati yoshlar uchun muhim saboq ekani ta’kidlanib, o‘quvchilarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
918004
Photo
#diqqat_eʼlon
#sport

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.

➖ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.

🔹 Roʻyxatdan oʻtish http://5tashabbus.uz/ platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.

👉 Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
1,170004
Video
📻 MAKTABLARDA JONLI RADIO ESHITTIRISHLAR YO‘LGA QO‘YILMOQDA

🏫 Kitob tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda ta’lim muhitini yanada jonlantirish maqsadida jonli radio eshittirishlar yo‘lga qo‘yildi.

🎙️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi asosida tashkil etilayotgan loyiha doirasida kun davomida o‘quvchilarga ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi chiqishlar, foydali ma’lumotlar va tarbiyaviy yo‘nalishdagi eshittirishlar taqdim etib borilmoqda.

🎶 Shuningdek, maktabning kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlari milliy kuylar asosida yangrab, ta’lim muassasasida o‘ziga xos milliy muhit va ko‘tarinki kayfiyatni shakllantirmoqda.

🇺🇿 Mazkur tashabbus tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
1,600006
Photo
🌍 KITOB TUMANIDA XORIJIY MUTAXASSISLAR FAOLIYATI BOSHLANDI!

🏫 Yangi o‘quv yilidan boshlab Kitob tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijiy mutaxassislar ta’lim jarayonidagi faoliyatini boshladi.

📚 Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish hamda o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

🔎 Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridanoq xorijiy mutaxassislarni ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish, ularning tajribasidan unumli foydalanish va o‘quvchilar uchun sifatli xorijiy til ta’limini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
1,170000
Photo
🚫 Giyohvandlik — sog‘lom hayot, oilaviy farovonlik va yorqin kelajak uchun jiddiy tahdid!

Yoshlarni turli illatlardan asrash, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish — muhim vazifalardan biridir.

🏫 Shu maqsadda Kitob tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashamiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri hamda rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berilib, videoroliklar namoyish etildi, mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

🎨 Shuningdek, o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikka qarshi munosabatini ifodalab, rasmlar tanlovida faol ishtirok etdilar.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
2,470007
Photo
🇺🇿 Kitob tumanida Mustaqillik bayrami arafasida 30 ga yaqin ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirilmoqda

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Kitob tumanida yangi ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish ishlari jadal davom etmoqda. Ayni kunlarda tumanda 30 ga yaqin ijtimoiy soha obyekti aholiga munosib bayram tuhfasi sifatida foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, bugun tumandagi 4 ta umumta’lim maktabi hamda 6-sonli oilaviy poliklinikaning “Panji” mahalla filiali binosining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “Yakkatut” mahallasidagi 19-maktabga 168 o‘rinli qo‘shimcha bino va sport zali, “Alaqo‘yliq” mahallasidagi 20-maktabga 420 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport zali “Sharq yulduzi” mahallasidagi 24-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda “Obikanda” mahallasidagi 64-maktabga 480 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport zali foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, ayrim maktablarda sport zallari tashabbusli budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan barpo etildi.

“Panji” mahallasida 6-sonli oilaviy poliklinikaning mahalla filiali binosi ham tashabbusli budjet va homiylar ko‘magida foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish tadbirlarida tuman hokimi Rustam Gafurov, tuman prokurori Xurshid Bahromov, nuroniylar, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yangi obyektlarning foydalanishga topshirilishi hududlarda ta’lim va tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bunyod etilayotgan mazkur inshootlar xalqimizga munosib bayram tuhfasi bo‘lmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat

💬 https://www.facebook.com/groups/1020007438353831 | 📸 https://www.instagram.com/kitabdistrict/ | 🌍 https://gov.uz/oz/kitobt|  ✅ https://t.me/kitab_district | ✅ https://twitter.com/KitobTumani?s=09| 📹 https://www.youtube.com/channel/UCEah4F9OesUJNRyFJSxVkow
824003

Showing 30 of 55 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI Telegram channel about?+

KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (@kitobmmtb_axborot) is a Telegram channel listed under Erotic on tgdio. This profile shows ranking, ratings, reviews, and recent posts so you can decide before subscribing in Telegram. It currently lists about 17,902 subscribers on tgdio.

How do I join KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (@kitobmmtb_axborot) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @kitobmmtb_axborot in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI a good Erotic channel to follow?+

On tgdio you can check KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 17,902 subscribers on tgdio. Compare it with similar Erotic channels in the same category.

Where can I see KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI stats and latest posts?+

On tgdio, open the @kitobmmtb_axborot channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.