KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI Telegram channel photo

KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

@kitobmmtb_axborotPublic Channel

Kitob tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot kanali https://t.me/KitobtumaniMMTBbot Kitob tumani MMTB boshlig‘iga murojaat boti

EroticEnglishUnited States

1.3k

Last views

17.9k (17,902 subscribers)
Members
—
Rating
42
Total Posts
Oct 20, 2026, 6:24 AM
Updated
Mar 26, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
Username@kitobmmtb_axborot
CategoryErotic
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members17,902
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 26, 2026
Last UpdatedOct 20, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#2101+4
Language Ranking
#500+11
Category Ranking
#63-2

Participant Growth

Total: 17.9K30 Days growth: +11.8K195%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
21:09:20266,069
22:09:20266,069
23:09:20266,069
24:09:20268,825
25:09:20268,825
26:09:20268,825
27:09:20268,825
28:09:20268,825
29:09:20268,825
30:09:20268,825
01:10:20268,825
02:10:20268,825
03:10:20268,825
04:10:20268,825
05:10:20268,825
06:10:20268,825
07:10:20268,825
08:10:20268,825
09:10:20268,825
10:10:20268,825
11:10:20268,825
12:10:202618,414
13:10:202618,414
14:10:202618,414
15:10:202618,414
16:10:202618,414
17:10:202618,414
18:10:202618,414
19:10:202618,414
20:10:202617,902
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:20265,470
Week of 30:03:20265,352
Week of 06:04:20265,368
Week of 13:04:20265,293
Week of 20:04:20268,665
Week of 27:04:20268,665
Week of 04:05:20268,741
Week of 11:05:20268,741
Week of 18:05:20268,741
Week of 25:05:20268,001
Week of 01:06:20268,001
Week of 08:06:20267,613
Week of 15:06:20267,613
Week of 22:06:20267,346
Week of 29:06:20267,346
Week of 06:07:20267,346
Week of 13:07:20266,928
Week of 20:07:20266,787
Week of 27:07:20266,682
Week of 03:08:20266,682
Week of 10:08:20266,682
Week of 17:08:20266,682
Week of 24:08:20266,280
Week of 31:08:20266,188
Week of 07:09:20266,188
Week of 14:09:20266,069
Week of 21:09:20268,825
Week of 28:09:20268,825
Week of 05:10:20268,825
Week of 12:10:202618,414
Week of 19:10:202617,902
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
March 20265,470
April 20268,665
May 20268,001
June 20267,346
July 20266,682
August 20266,280
September 20268,825
October 202617,902
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
202617,902

Latest Posts

Photo
🇺🇿 KITOB TUMANIDA “MENING QAHRAMONIM” MAVZUSIDA OMMAVIY INSHOLAR TANLOVI TASHKIL ETILDI

📚 Kitob tumanidagi barcha umumta’lim maktablarining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening qahramonim” mavzusida ommaviy insholar tanlovi o‘tkazildi.

✍️ Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqimizning mard va jasur qahramonlari hayoti hamda ibratli faoliyatini keng targ‘ib etish, yoshlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantirishdan iborat.

Jumladan, tumandagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham O‘quvchilar o‘z insholarida o‘zlari uchun ibrat bo‘lgan qahramonlar, ularning jasorati, fidoyiligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini samimiy fikrlar orqali ifoda etdilar.

Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,2700010
Photo
XUSHXABAR! VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Qashqadaryo viloyatida 2026–2027-o‘quv yili uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining 18 nafar g‘olibi aniqlandi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 631 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan, 133 nafar nomzod esa viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan.

G‘oliblar ro‘yxati:

“A’lochi o‘quvchi”

1. O‘ktamov Davron Akmal o‘g‘li — Muborak tumani, 3-maktab, 11-sinf.
2. Sodmonova Sanjana Sanjar qizi — Koson tumani, 9-maktab, 10-sinf.
3. Bahodirova Nazokat Botirovna — Kitob tumani, 30-maktab, 10-sinf.

“Yosh kitobxon o‘quvchi”

4. To‘lqinov Ilhom Farhod o‘g‘li — Nishon tumani, 18-maktab, 11-sinf.
5. Baratova Parizoda Baxodir qizi — Qarshi shahri, 15-maktab, 10-sinf.
6. Saidova Dilnura Akbarovna — Kitob tumani, 31-maktab, 8-sinf.

“Ijodkor o‘quvchi”

7. Qahramonova Zahro Qahrom qizi — Shahrisabz tumani, 22-maktab, 7-sinf.
8. Maxmatqulova Amira Alisherovna — Dehqonobod tumani, 70-maktab, 11-sinf.
9. Aminova Madinabonu Ixtiyorovna — Qarshi shahri, 26-maktab, 8-sinf.

“Innovator o‘quvchi”

10. Muydullayev Imron Ruhiddinovich — Qarshi shahri, 50-maktab, 7-sinf.
11. Rabbimqulov Shohrux Iskandarovich — Kitob tumani, 97-maktab, 7-sinf.
12. Xushvaqtova Nozliya Umid qizi — Shahrisabz shahri, 6-maktab, 10-sinf.

“IT bilimdoni”

13. Norsafarova Durdona Jo‘rabek qizi — Dehqonobod tumani, 70-maktab, 11-sinf.
14. Ergashev Shohjahon Rustam o‘g‘li — Qarshi shahri, 3-maktab, 10-sinf.
15. Temirova Gulsanam Ismat qizi — Mirishkor tumani, 9-maktab, 11-sinf.

“Sportchi o‘quvchi”

16. Nazarova Navro‘za Muhiddin qizi — Yakkabog‘ tumani, 14-maktab, 7-sinf.
17. Barakayev Iqboljon Akmaljon o‘g‘li — Shahrisabz tumani, 30-maktab, 11-sinf.
18. Elmirzayev Xondamir Zafar o‘g‘li — Chiroqchi tumani, 1-maktab, 11-sinf.

Stipendiya g‘oliblariga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu davr uchun jami 106 million 920 ming so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Barcha g‘olib o‘quvchilarni muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qishlari va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
1,7300021
Photo
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.
1,590005
Video
🇺🇿📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM!

Kitob tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan chorlovda faol ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz ona tilimizning go‘zalligi, jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rnini she’riy chiqishlar orqali tarannum etmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,670003
Video
🇺🇿 ONA TILIGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom” tanlovida Kitob tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Usmonova Nafisa Mansurovna ham faol ishtirok etdi.

Ushbu tanlov ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni she’riy satrlar orqali ifoda etish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga xizmat qiladi.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
1,570007
Photo
🇺🇿 “JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

🏛 Bugun Shahrisabz shahrida, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur haykali poyida “Jasorat maktabi” o‘quvchilarining va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🫡 Marosim davomida yoshlar Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda ajdodlarimizning boy merosiga munosib voris bo‘lishga va’da berdilar.

🇺🇿 Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va Vatan taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
1,670000
Video
🌿Umumta'lim maktablarida “Ustozdan ibrat” loyihasi qizg'in davom etmoqda.

Bugungi uchrashuvimizning aziz mehmoni — ko‘p yillar davomida Kitob tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumtaʼlim maktabida yosh avlodga saboq berib, qalbiga ezgulik va ilm urug‘ini qadagan faxriy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, bugungi kunda nafaqada bo‘lsalar-da, ustozlikning nurini o‘zida mujassam etgan Qo‘zigul Rajabova bo‘ldilar.

Ustozning hayotiy tajribasi, samimiy suhbatlari va qimmatli nasihatlari yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabidir.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
874005
Video
#Ustozdan_ibrat 🇺🇿

📚 Kitob tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ustozdan ibrat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir davomida so'zga chiqqan faxriylar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yosh avlodning Vatan ravnaqi va kelajagi oldidagi mas’uliyati haqida tushunchalar berildi.

Tadbirda ustozlarning hayotiy tajribasi va ibratli faoliyati yoshlar uchun muhim saboq ekani ta’kidlanib, o‘quvchilarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
918004
Photo
#diqqat_eʼlon
#sport

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.

➖ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.

🔹 Roʻyxatdan oʻtish http://5tashabbus.uz/ platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.

👉 Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
1,170004
Video
📻 MAKTABLARDA JONLI RADIO ESHITTIRISHLAR YO‘LGA QO‘YILMOQDA

🏫 Kitob tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda ta’lim muhitini yanada jonlantirish maqsadida jonli radio eshittirishlar yo‘lga qo‘yildi.

🎙️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi asosida tashkil etilayotgan loyiha doirasida kun davomida o‘quvchilarga ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi chiqishlar, foydali ma’lumotlar va tarbiyaviy yo‘nalishdagi eshittirishlar taqdim etib borilmoqda.

🎶 Shuningdek, maktabning kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlari milliy kuylar asosida yangrab, ta’lim muassasasida o‘ziga xos milliy muhit va ko‘tarinki kayfiyatni shakllantirmoqda.

🇺🇿 Mazkur tashabbus tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
1,600006
Photo
🌍 KITOB TUMANIDA XORIJIY MUTAXASSISLAR FAOLIYATI BOSHLANDI!

🏫 Yangi o‘quv yilidan boshlab Kitob tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijiy mutaxassislar ta’lim jarayonidagi faoliyatini boshladi.

📚 Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish hamda o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

🔎 Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridanoq xorijiy mutaxassislarni ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish, ularning tajribasidan unumli foydalanish va o‘quvchilar uchun sifatli xorijiy til ta’limini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
1,170000
Photo
🚫 Giyohvandlik — sog‘lom hayot, oilaviy farovonlik va yorqin kelajak uchun jiddiy tahdid!

Yoshlarni turli illatlardan asrash, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish — muhim vazifalardan biridir.

🏫 Shu maqsadda Kitob tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashamiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri hamda rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berilib, videoroliklar namoyish etildi, mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

🎨 Shuningdek, o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikka qarshi munosabatini ifodalab, rasmlar tanlovida faol ishtirok etdilar.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
2,470007
Photo
🇺🇿 Kitob tumanida Mustaqillik bayrami arafasida 30 ga yaqin ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirilmoqda

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Kitob tumanida yangi ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish ishlari jadal davom etmoqda. Ayni kunlarda tumanda 30 ga yaqin ijtimoiy soha obyekti aholiga munosib bayram tuhfasi sifatida foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, bugun tumandagi 4 ta umumta’lim maktabi hamda 6-sonli oilaviy poliklinikaning “Panji” mahalla filiali binosining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “Yakkatut” mahallasidagi 19-maktabga 168 o‘rinli qo‘shimcha bino va sport zali, “Alaqo‘yliq” mahallasidagi 20-maktabga 420 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport zali “Sharq yulduzi” mahallasidagi 24-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda “Obikanda” mahallasidagi 64-maktabga 480 o‘rinli qo‘shimcha bino, sport zali foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, ayrim maktablarda sport zallari tashabbusli budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan barpo etildi.

“Panji” mahallasida 6-sonli oilaviy poliklinikaning mahalla filiali binosi ham tashabbusli budjet va homiylar ko‘magida foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish tadbirlarida tuman hokimi Rustam Gafurov, tuman prokurori Xurshid Bahromov, nuroniylar, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yangi obyektlarning foydalanishga topshirilishi hududlarda ta’lim va tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bunyod etilayotgan mazkur inshootlar xalqimizga munosib bayram tuhfasi bo‘lmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat

💬 https://www.facebook.com/groups/1020007438353831 | 📸 https://www.instagram.com/kitabdistrict/ | 🌍 https://gov.uz/oz/kitobt|  ✅ https://t.me/kitab_district | ✅ https://twitter.com/KitobTumani?s=09| 📹 https://www.youtube.com/channel/UCEah4F9OesUJNRyFJSxVkow
824003
Photo
🏆 YUKSAK E’TIROF — ULKAN MUKOFOT!

📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarix va huquq fani o‘qituvchisi Yangiboyev Ilyos “Yil o‘qituvchisi — 2026” respublika ko‘rik-tanlovida munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🎉

🌟 Ustozning ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati, o‘quvchilarga sifatli bilim berish yo‘lidagi izlanishlari hamda tarix va huquq fanlarini o‘qitishdagi samarali faoliyati munosib e’tirof etildi.

💰 G‘olib sifatida 576 million 800 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi!

👏 Bu yutuq — nafaqat ustozning, balki Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasining ham katta faxri!

🎊 Yangiboyev Ilyos ustozni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

🏆 Yutuqlaringiz bardavom, marralaringiz yanada yuksak bo‘lsin, ustoz!
https://t.me/ima_kitobimi
7270037
Photo
E'LON

KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG‘INING SAYYOR QABULI O‘TKAZILADI

Hurmatli fuqarolar, ota-onalar, pedagoglar va ta’lim sohasi xodimlari!

Sizlarni ta’lim tizimiga oid murojaatlar, taklif va mulohazalaringizni tinglash hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganish maqsadida tashkil etilayotgan Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining sayyor qabuliga taklif etamiz.

📅 Sana: 2026-yil 7-avgust
🕙 Boshlanish vaqti: soat 10:00
📍 Manzil: Kitob tumani, Guliston MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 143-uy.
(4-maktab)

📝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning ta’lim sohasiga oid murojaatlari, takliflari va muammolari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.

Hurmatli fuqarolar!
Sizni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
1,470002
Photo
Kitob tumanida 18 soatlik o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 16-iyundagi 313-sonli buyrug‘i 5-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 5–7-avgust kunlari Kitob tumanida pedagog xodimlar hamda mentor-o‘qituvchilar uchun 18 soatlik o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv-seminarlar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, metodik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Seminarlarda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodistlari, shuningdek, mashg‘ulotlarni olib boruvchi mentor-o‘qituvchilar faol ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlariga Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi texnologiya fani metodisti N. Bakiyeva hamda mentor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqda.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
2,100008
Photo
🇺🇿 Kitob tumanida “Jasorat” maktabiga saralash sinovlari davom etmoqda

Kitob tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Jasorat” maktabiga o'quvchilarni qabul qilish bo'yicha saralash sinovlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Saralash jarayonlari belgilangan nizom talablari asosida olib borilib, unda mutasaddi tashkilotlar vakillari, hamda mas'ul ishchi guruh a'zolari ishtirok etmoqda.

Saralash jarayonlarining ochiq va shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida barcha tashkiliy masalalarga alohida e'tibor qaratilib, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
1,700004
Photo
🚦 “YASHIL CHIROQ – 2026” TANLOVINING KITOB TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI!

Kitob tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil chiroq – 2026” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov davomida ishtirokchilar yo‘l harakati qoidalari, tezkor fikrlash, jamoaviy hamkorlik hamda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha bir necha shartlar asosida o‘zaro bellashdilar.

Tanlovning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga hurmat hissini shakllantirish, ularni yo‘l harakatining madaniyatli ishtirokchisi sifatida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 3-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 28-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 4-maktab jamoasi

G‘olib va faol ishtirok etgan barcha jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
545006
Photo
💙💙💙
Kitob tumani ta'lim sohasida yana bir katta natija: bir sinfda 29 nafar o‘quvchining barchasi talaba bo‘ldi!

Kitob tumanidagi 96-sonli umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchilari yuksak natijalarni qayd etdi. Sinfdagi 29 nafar bitiruvchining barchasi muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborlisi, o‘quvchilarning 6 nafari xalqaro darajadagi SAT sertifikatini qo‘lga kiritib, xorijiy oliygohlarda tahsil olish imkoniyatini ham yaratishdi. Bu esa yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi, zamonaviy ta’limga qiziqishi hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lib borayotganidan dalolat beradi.

Mazkur yutuq — o‘quvchilarning tirishqoqligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning yaqindan ko‘rsatgan ko‘magi samarasi hisoblanadi.

Kitob tumani hokimligi barcha bitiruvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi o‘qish hamda faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.👏👏👏

🇺🇿Yoshlarimizning yutuqlari — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat

💬 https://www.facebook.com/groups/1020007438353831 | 📸 https://www.instagram.com/kitabdistrict/ | 🌍 https://gov.uz/oz/kitobt  ✅ https://t.me/kitab_district | ✅ https://twitter.com/KitobTumani?s=09| 📹 https://www.youtube.com/channel/UCEah4F9OesUJNRyFJSxVkow
1,8000039
Photo
🫡 "Jasorat maktablari"ga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 15-mayidan 4-iyuniga qadar http://my.gov.uz/ hamda http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali onlayn amalga oshiriladi.


👍 Jasorat maktablarga hujjat topshirayotgan bilimdon o‘quvchilarimizga omad tilaymiz!

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
2,920004
Video
⚡️Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar diqqatiga!

🔗Davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi. Imtiyozdan foydalanish uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lish lozim.

🎓Tavsiyanoma olish tartibi qanday?

Batafsil videorolikda

#Tavsiyanoma
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
https://gov.uz/wcu https://www.facebook.com/wcuuzofficial https://instagram.com/wcuuzofficial https://youtube.com/@wcuuzofficial
2,260003
Photo
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!

➡️ Umumta’lim maktablarida sinf ta’miri yoki “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etish uchun ota-onalardan pul yigʻish qat’iyan taqiqlanadi.

📌 Mazkur holatlar yuzasidan murojaatlar mavjud bo‘lganda Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basiga murojaat qilishingiz mumkin.

🤖 Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan https://t.me/Kashkadaryakorrupsiya_bot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

❗️ Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📞 Ishonch telefoni: (75)221-33-14

Hurmatli fuqarolar va aziz ota-onalar!

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash hamda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi tashkilotlariga oid murojaatlarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bizning asosiy maqsadimizdir.

📩 Sizning taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhim.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ https://t.me/qashqadaryo_MMTB 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 https://youtube.com/@qashqadaryo_mmtb-v?si=ZzvXKpS9znEsxHlP 🌐 https://www.instagram.com/mmtbqashqadaryo?igsh=Y2Roc25wdGZqOTBz&utm_source=ig_contact_invite
2,3400010
Photo
Kitob tumanida chekka bir maktabning bir sinfdan 13 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi islohotlari doirasida o‘quvchilarning bilim darajasini baholashning zamonaviy tizimlari va xalqaro standartlarni joriy etish o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani "Iskana" MFY hududida joylashgan 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilarining joriy o‘quv yilidagi ko‘rsatkichlari tuman miqyosidagi eng yuqori natijalardan biri sifatida qayd etildi.

Mazkur ta’lim muassasasining 11 "A" sinfida jami 15 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. O‘tkazilgan tahlillar va imtihon natijalariga ko‘ra:
Talabalikka qabul qilinish ko‘rsatkichi: Sinf o‘quvchilarining 86,6 foizi (13 nafar) o‘quv yili yakunlanmasidan avval oliy ta’lim muassasalariga kirish huquqini qo‘lga kiritgan.
Maksimal natijalar: O‘quvchilarning 2 nafari test sinovlarida eng yuqori ko‘rsatkichni — 189 ballni qayd etgan.
Sertifikatlashtirish: 11 nafar o‘quvchi fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lib, bu ularga kirish imtihonlarida qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beradi.
Kitob tumani 50-sonli maktabi bitiruvchilarining erishgan natijalari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va ta’lim muassasasining o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyati mahsulidir.👏👏

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat

💬 https://www.facebook.com/groups/1020007438353831 | 📸 https://www.instagram.com/kitabdistrict/ | 🌍 https://gov.uz/oz/kitobt  ✅ https://t.me/kitab_district | ✅ https://twitter.com/KitobTumani?s=09| 📹 https://www.youtube.com/channel/UCEah4F9OesUJNRyFJSxVkow
2,2500031
Photo
🎓Kitob tumanidagi chekka qishloq o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Kechagi kun orzulari bugunning haqiqatiga aylanmoqda. Kitob tumanining eng chekka hududlaridan biri — Minjir qishlog‘ida voyaga yetayotgan yoshlarning intilishi bugun butun viloyatga namuna bo‘lmoqda.
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 78-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asadbek Baxtiyorov ulkan muvaffaqiyatga erishdi. U o‘zining bilim va salohiyati bilan muddatidan avval oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kitob tumanidagi chekka qishloq o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
Kechagi kun orzulari bugunning haqiqatiga aylanmoqda. Kitob tumanining eng chekka hududlaridan biri — Minjir qishlog‘ida voyaga yetayotgan yoshlarning intilishi bugun butun viloyatga namuna bo‘lmoqda.
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 78-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asadbek Baxtiyorov ulkan muvaffaqiyatga erishdi. U o‘zining bilim va salohiyati bilan muddatidan avval oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bilim va mehnatning yuksak e’tirofi
Asadbek o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, imtihonlarda maksimal — 189 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu natija nafaqat tuman, balki mamlakat miqyosida ham yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Endilikda u maktabni bitirmasidanoq talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.

Ushbu yutuq zamirida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor yotibdi. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim imkoniyatlari nafaqat shahar markazlarida, balki tog‘li va chekka hududlarda ham o‘z mevasini bermoqda.
"Eng chekka qishloqdagi maktabda tahsil olib, shunday natijaga erishish — bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun hech qanday chegara yo‘qligining isbotidir."

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat

💬 https://www.facebook.com/groups/1020007438353831 | 📸 https://www.instagram.com/kitabdistrict/ | 🌍 https://gov.uz/oz/kitobt  ✅ https://t.me/kitab_district | ✅ https://twitter.com/KitobTumani?s=09| 📹 https://www.youtube.com/channel/UCEah4F9OesUJNRyFJSxVkow
2,5500067
Video
#seminar_trening

📚 Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi JXD YHXX hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida ishlab chiqilgan reja-dastur asosida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari Kitob tumanida tashkil etildi.

Viloyat IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida o‘qituvchilarga yo‘l harakati qoidalarini bolalarga muntazam o‘rgatishda YHXX tomonidan taqdim etilgan o‘quv qo‘llanmalardan samarali foydalanish tavsiya etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ https://t.me/qashqadaryo_MMTB 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 https://youtube.com/@qashqadaryo_mmtb-v?si=ZzvXKpS9znEsxHlP 🌐 https://www.instagram.com/mmtbqashqadaryo?igsh=Y2Roc25wdGZqOTBz&utm_source=ig_contact_invite
616005

Showing 30 of 42 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI Telegram channel about?+

KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (@kitobmmtb_axborot) is a Telegram channel listed under Erotic on tgdio. This profile shows ranking, ratings, reviews, and recent posts so you can decide before subscribing in Telegram. It currently lists about 17,902 subscribers on tgdio.

How do I join KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (@kitobmmtb_axborot) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @kitobmmtb_axborot in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI a good Erotic channel to follow?+

On tgdio you can check KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 17,902 subscribers on tgdio. Compare it with similar Erotic channels in the same category.

Where can I see KITOB TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI stats and latest posts?+

On tgdio, open the @kitobmmtb_axborot channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.