🧠 Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini
🌍 "Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo'l" Butunjahon sammiti uchun volontyorlar qabulini e'lon qilamiz.
📅 Sana: 2026-yil 21–22-oktabr
😲 Manzil: Samarqand shahri, O'zbekiston
🖋Volontyorlar uchun talablar:
✔️Mas'uliyat, faollik va xushmuomalalik;
✔️O'zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila olish (qo‘shimcha til bilganlarga ustunlik beriladi;
✔️Xalqaro miqyosdagi tadbirlarda volontyor sifatida ishtirok etish tajribasi;
✔️Tadbir kunlari to'liq vaqtini ajrata olish;
✔️ 18 yoshdan oshgan bo'lish;
✔️Tadbir kunlari Samarqand shahrida bo‘lish.
🖋Volontyor vazifalari:
✔️Mehmonlarni kutib olish va ro'yxatdan o'tkazish;
✔️Sessiyalar, yalpi majlislar va ko'rgazmalar davomida tashkiliy ishlarga ko'maklashish;
✔️Xorijiy mehmonlarga yo'nalish berish va amaliy yordam ko'rsatish.
🖋Biz nima taklif qilamiz?
✔️Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirda qatnashib, katta tajriba orttirish;
✔️Yangi do'stlar va foydali tanishlar tarmog'ini yaratish;
✔️Maxsus volontyorlik formasi va tadbir davomida ovqatlanish;
✔️Tadbir yakunida rasmiy tashakkurnoma yoki sertifikat.
🔗Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://tanlov.forms.app/ihmasammit
⏳So'nggi muddat: 8-sentyabr, 2026-yil
👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️
https://t.me/uva_uz | https://instagram.com/uva.uz?igshid=14d50h5n4dtmt | https://m.facebook.com/uva.uz | https://volontyor.uz/








