TARIX IZLARI Telegram channel photo

TARIX IZLARI

@tarix_izlariPublic Channel

​"Tarix Izlari" — O'tmishning sirli sahifalari, buyuk shaxslar hayoti va dunyo sivilizatsiyasining eng muhim lahzalari.​

ReligionEnglishUnited States
2.5k (2,462 subscribers)
Members
—
Rating
20
Total Posts
Sep 21, 2026, 5:14 AM
Updated
May 22, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTARIX IZLARI
Username@tarix_izlari
CategoryReligion
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members2,462
Channel TypePublic Channel
CreatedMay 22, 2026
Last UpdatedSep 21, 2026 • 6 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#5299-10
Language Ranking
#1079+1
Category Ranking
#74No change

Participant Growth (Last 6 Days)

Total: 2.5K
24h growth: +7 0%
05/2207/1108/2309/0209/1109/21

Latest Posts

TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Sevgi tarbiyaviy kuchdir, lekin unga erishish qiyin, mehnat talab qiladi. Chunki ma'lum bir lahzaga emas, oxirigacha sevish kerak. Har bir inson vaqtinchalik muhabbatni his qilishi mumkin, hatto kichik jinoyatchi ham.

"Aka-uka Karamazovlar" Dostoyevkiy

✅
5730016
TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Photo
📆 ​29— avgust tarix izlarida

✅Tarixiy muhim voqealar
🔹1526 — Turklar Vengriyani bosib oldilar
🔹1756 — Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi
🔹​1831-yil — Maykl Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi. Bu ixtiro zamonaviy elektr generatorlari va transformatorlarining asosiga aylandi.
🔹​1885-yil — Nemis muhandisi Gotlib Daymler dunyodagi birinchi benzin dvigatelli mototsikl — Daimler Reitwagen uchun patent oldi.
🔹1897 — Bazelda yahudiylar kengashi bo’ldi
🔹1910 — Koreya yapon koloniyasiga aylandi.
🔹​1949-yil — Semipalatinsk poligonida SSSR o‘zining ilk atom bombasini (RDS-1) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
🔹​1991-yil — Qozog‘iston Prezidenti farmoni bilan dunyodagi eng yirik yadro poligonlaridan biri — Semipalatinsk yadro poligoni rasman yopildi.
🔹​2005-yil — AQShning janubiy sohillariga dahshatli "Katrina" to‘foni yopirildi. Bu AQSh tarixidagi eng ko‘p talofat keltirgan tabiiy ofatlardan biri bo‘ldi.

​🎂 Shu kunda tug‘ilganlar
🔹​ Jon Lokk (1632) — Ingliz faylasufi, ma’rifatparvarlik davrining yirik vakili, liberalizm g‘oyalari asoschisi.
🔹 ​Ingrid Bergman (1915) — Shvetsiyalik afsonaviy aktrisa, 3 karra "Oskar" mukofoti sovrindori (qizig‘i, u o‘z tavallud kunida vafot etgan).
🔹 Charli Parker (1920) — nufuzli amerikalik jazz saksofonchisi va bastakor.
🔹 ​Maykl Jekson (1958) — Amerikalik afsonaviy xonanda, raqqos va bastakor, tan olingan "Pop-musiqa qiroli".
🔹 Tomas Tuchel (1973) – nemis millatiga mansub, germaniyalik professional futbol murabbiy
🔹 Abduqodir Toshqulov (1976) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, oʻqituvchi va davlat arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Termiz davlat universiteti rektori
🔹 Marina Aleksandrova (1982) — rossiyalik teatr va kino aktrisasi.
🔹 Liam Peyn (1993) — britaniyalik xonanda, mashhur "One Direction" guruhi sobiq aʼzosi.

🎉 Xalqaro kunlar va bayramlar
🔹 ​Yadro sinovlariga qarshi xalqaro kurash kuni — BMT tashabbusi bilan 1991-yil Semipalatinsk poligoni yopilgan sana munosabati bilan nishonlanadi.
🔹 ​Slovakiya Milliy Qo‘zg‘oloni kuni — 1944-yil fashizmga qarshi boshlangan milliy harakat xotirasi.

Yaqinlaringizga ulashing ✅
6100011
TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Photo
Usmon bin Affon (arabcha: عثمان بن عفان) - To'rt xalifaning uchinchisi, jannat xushxabari berilgan Muhammad (s.a.v)ning sahobalaridan biri bo'lganlar.

Usmon (r.a)ning tavallud yillari noaniq, ilk islom manbalarida 576 va 579 yillar deb berilgan.

🔹 U kishining otasi Affon bin Abi'l Os Umaviylar urug'ining taniqli Makka savdogarlaridan biri edi. Avf ibn Abd Avfning yaqin hamkori bo'lgan va uning Banu Jazima a'zosi qo'lida fojiali o'limiga guvoh bo'lganlar.
🔹 Usmon (r.a)ning onalari Erva bint Kureyz payg'ambar Muhammad (s.a.v)ning amakivachchalari edi.

🔹 Usmon (r.a) yoshliklarida yozishni o‘rganganlar va Islomda yoza oladigan 22 Makkalik ro‘yxatga kiritilganlar. U kishi otasi kabi badavlat savdogarga aylandi. Tijorati gullab-yashnab, Qurayshning eng badavlat kishilaridan biriga aylandi.

🔹 Usmon ibn Affon (r.a) 644 yildan 656 yilda o'ldirilgunlariga qadar 12 yil xalifa bo'lganlar. U kishi to'rt xalifaning ichida eng ko'p vaqt xalifalikni boshqarganlar. U kishini shialar xalifa deb tan olmaganlar. Chunki shialarning e'tiqodiga ko'ra hukmronlik qilgan birinchi xalifa Ali (r.a) bo'lgan. Sunniylik e'tiqodiga ko'ra esa, Ali (r.a) va Usmon (r.a) o'rtalarida hech qanday farq yo'q.

🔹 U kishi, shuningdek, payg'ambar Muhammad (s.a.v) ning kuyovlari edi. Avval Muhammad (s.a.v)ning qizlari Ruqayyaga uylandilar. Keyinchalik, Ruqayya binti Muhammad (s.a.v) vafot etgach, Muhammad (s.a.v)ning yana bir qizlari Ummu Gulsumga uylandilar. Ammo Ummu Gulsum ham vafot etgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki marta kuyovlari bo‘lganlari va ikki qizlariga uylanganlari uchun Zi’n-Nuren, ya’ni “ikki nur sohibi” nomi bilan mashhurlar. Ikki marta hijrat qilganlari uchun u kishini Zatu'l Hijratayn deb ham atashgan.

🔹 Abu Bakr (r.a)ning yaqin do'stlaridan biri Usmon (r.a) Islom diniga birinchilardan bo'lib kirganlar. Badr tashqarisidagi janglarda qatnashganlar. 644 yilda xalifa bo‘lganlar. ibn Saba tarafdorlari u kishining uyini o'rab olishdi. Shu tarzda u kishi o'ldirildi(656). Zubayr jasadini olib, Baki qabristoniga dafn qilindi.

🔹Usmon (r.a) boy edi, vahiy kotibi edi. U Qur'onni takrorladi. Uning laqabi Nashir-ul Qur'on edi. 146 ta hadis rivoyat qilgan.

Yaqinlaringizga ulashing✅
1,8000025
TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Video
II. Jahon urushi davrida yaponlar zo‘rlagan osiyolik ayollar taqdirini bilasizmi?

“Comfort Women” (tasalli beruvchi ayollar) boshidan kechirganlari uchun uzr kutmoqda.

“Comfort Women”, ya’ni “tasalli beruvchi ayollar” — Ikkinchi jahon urushi davrida yapon harbiylari tomonidan fohishalikka majburlangan osiyolik ayollarga berilgan nom.

1937–1945-yillarda Yaponiyaning Koreyani bosib olishi davrida 300 ming nafar koreyalik ayol va qiz o‘z qishloqlari va oilalaridan majburan olib ketilib, tashkil etilgan harbiy fohishaxonalarga joylashtirilgani aytiladi.

“Comfort Women” deb atalgan bu ayollar har kuni o‘rtacha 30–40 nafar askar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.
Ayollarning katta qismi homilador bo‘lish, homilani tushirish, qiynoqlar va boshqa og‘ir azob-uqubatlarni boshdan kechirgan. 😢

​Ayollarning bir qismi abort, homilani tushirish, qiynoqlar va qarovsiz qolish natijasida halok bo‘lgan.
Bu ayollarning 80 foizini koreyaliklar tashkil etgan, biroq xitoylik, tayvanlik, indoneziyalik va filippinlik ayollar ham jinsiy qullar sifatida ishlatilgan.

Yuz bergan fojia 1991-yilda Janubiy Koreyalik uch nafar ayol o‘z boshidan kechirgan voqealarni oshkor qilishi bilan jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan.
Hozirda bu ayollar boshdan kechirgan azob-uqubatlari uchun javob talab qilmoqda. Majburan jinsiy xizmatga jalb qilingan koreyalik ayollar kengashi Yaponiya hukumatidan rasmiy uzr kutmoqda.

Yaqinlaringizga ulashing ✅
6280021
TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Photo
🗓 28-avgust — Tarix izlarida
​
✅​ Muhim voqealar
🔹 475 — Romul Avgust Rim taxtiga chiqdi.
🔹 1349 — Maynsdagi 6000ga yaqin yahudiylar vabo tarqatishda ayblanib qirg'in qilindi.
🔹​ 1963-yil — Vashingtonda mashhur fuqarolik huquqlari marshi bo‘lib o‘tdi. Unda Martin Lyuter King o‘zining tarixiy "Menda orzu bor" (I Have a Dream) nomli nutqini so‘zladi.
🔹 ​1850-yil — Veymarda (Germaniya) buyuk bastakor Rixard Vagnerning mashhur "Loengrin" operasi premyerasi bo‘lib o‘tdi
🔹1946 — AQSH Mongoliya va Albaniyani BMTga qabul qilnishiga veto qo'ydi.
🔹​ 1990-yil — Iroq hukumati Quvaytni o‘zining 19-viloyati deb e’lon qildi va bu Yaqin Sharqdagi keng ko‘lamli Fors ko‘rfazi urushining boshlanishiga turtki bo‘ldi.
🔹1999 — Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi xukumati raisi etib tayinlandi.
🔹 2009 — Toshkent shahri markazida «Oʻzbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi ochildi.

🎂 ​Shu kunda tug'ilganlar
🔹 ​Iogann Volfgang fon Gyote (1749) — Nemis adabiyotining buyuk namoyandasi, mutafakkir, mashhur "Faust" tragediyasi muallifi.
🔹 Faina Ranevskaya (1896) — Taniqli teatr va kino aktrisasi.
🔹 Andrey Platonov (1899) — Mashhur rus yozuvchisi va dramaturgi.
🔹 Devid Fincher (1962) — Amerikalik mashhur kinorejissyor va prodюser („Zodiak“, „Taksich“ kabi filmlar muallifi).
🔹 Jek Blek (1969) — Amerikalik aktyor, komedik rol ijrochisi va musiqachi.
🔹 Sezar Aspilikueta (1989) — Ispaniyalik professional futbolchi.

🎉 ​Xalqaro bayramlar va muhim kunlar
🔹​ Xalqaro orzular kuni (Dream Day) — Martin Lyuter Kingning afsonaviy nutqi sharafiga nishonlanadigan sana.
🔹​ Filippin — Milliy qahramonlar kuni.
🔹​ Meksika — Bobo va buvilar kuni (Día de los Abuelos).
🔹 Bibi Maryamni xotirlash bayrami (Uspeniye) — Rus pravoslav cherkovi va boshqa sharqiy xristian cherkovlari tomonidan Iso Masihning onasi (Maryam ona) vafot etgan kunni xotirlash uchun nishonlanadigan yirik diniy bayram.
🔹 Chernogoriya qirolligi e'lon qilingan kun — Chernogoriyada nishonlanadigan muhim tarixiy va milliy sana (1910-yil 28-avgustda mamlakat qirollik deb e'lon qilingan).
🔹 Rossiyada harbiy shifokorlar kuni — harbiy-tibbiyot sohasi xodimlarining kasb bayrami.

​"Katta maqsadlar yo‘lida qilingan kichik qadamlar tarixni yaratadi."

​Yaqinlaringizga ulashing ✅
6850014
TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Odamlar sizning hayotingizni qurib bermaydilar-ku… Eng avval oʻzingiz haqingizda oʻylang.

Teodor Drayzer (Sarmoyador) kitobidan

✅
6520016
TARIX IZLARI

Aug 30, 2026, 22:35

Photo
Abdurahmon III (Abdurahmon ibn Muhammad an-Nosir) — Andalus (Kordova) xalifaligining eng qudratli hukmdori, Umaviylar sulolasining 8-amiri va birinchi xalifasi (912–961-yillarda hukmronlik qilgan).
U o‘z davrida parokanda bo‘lib qolgan Kordova amirligini birlashtirib, uni Yevropaning eng qudratli va madaniy imperiyasiga aylantirgan.

🔹 ​Hokimiyatga kelishi va xalifalikning e’lon qilinishi
​Abdurahmon 912-yilda 21 yoshida amirlik taxtiga o‘tirdi. O‘sha paytda Andalus ichki isyonlar, qabilaviy nizolar va shimoldagi nasroniy qirolliklarining hujumlari tufayli chuqur inqirozda edi.
​U 20 yil davomida barcha isyonchilarni (ayniqsa, Umar ibn Hafsun qo‘zg‘olonini) bostirib, markaziy hokimiyatni to‘liq tikladi.

​929-yilda o‘zini «an-Nosir li-dinilloh» (Alloh dinining yordamchisi/g‘olibi) laqabi bilan xalifa deb e’lon qildi. Bu orqali u Kordovani Fotimiylar (Shimoliy Afrika) va Abbosiylar (Bag‘dod) bilan teng maqomga ko‘tardi.

✅​ Siyosiy va harbiy yutuqlari
🔹​Shimoliy chegaralar: Leon, Navarra va Kastiliya kabi shimoliy nasroniy qirolliklariga qarshi muvaffaqiyatli yurishlar qildi va ularni Kordovaga o‘lpon to‘lashga majbur qildi.
🔹​Dengiz floti va Shimoliy Afrika: Fotimiylarning kengayishiga to‘sqinlik qilish uchun O‘rtayer dengizida kuchli flot tuzdi hamda Seuta va Melilya kabi muhim hududlarni egalladi.
🔹​Xalqaro aloqalar: Vizantiya imperiyasi va Muqaddas Rim imperiyasi (Germaniya) bilan elchilik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
​Madaniyat, iqtisodiyot va ilm-fan homiysi
🔹​Madina az-Zahro: Sevimli rafiqasi Zahro sharafiga Kordova yaqinida hashamatli shahar-saroy majmuasi — Madina az-Zahroni barpo ettirdi.
🔹 ​Kordovaning gullab-yashnashi: Shahar Bag‘dod va Konstantinopol bilan raqobatlasha oladigan Yevropaning madaniy, ilmiy va savdo poytaxtiga aylandi. Kordova ko‘chalari yoritilgan, yuzlab hammomlar, kutubxonalar va madrasalar faoliyat yuritgan.
🔹​Diniy bag‘rikenglik: Musulmonlar, xristianlar (mozarablar) va yahudiylar tinch-totuv yashab, davlat ishlarida teng xizmat qilgan.

​Abdurahmon III qariyb yarim asrlik hukmronligidan so‘ng 961-yilda 70 yoshida vafot etdi. U Andalus tarixidagi eng muvaffaqiyatli davlat arbobi sifatida e’tirof etiladi.

Yaqinlaringizga ulashing ✅
7240025
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

Photo
​🗓 BUGUN TARIXDA: 20-MAY
​
​🎉 XALQARO BAYRAMLAR

​🇺🇳 Butunjahon asalarilar kuni (World Bee Day): Tabiat ekotizimini ushlab turishda asalarilarning o‘rni beqiyos. Bugun ularning sayyoramiz uchun qanchalik muhimligini eslatuvchi kun.

​📐 Butunjahon metrologiya kuni: 1875-yil 20-mayda Parijda mashhur "Metrik konvensiya" imzolangan. Shu sababli bugun butun dunyo o‘lchov va standartlar kunini nishonlaydi.

​📜 TARIXIY VOQEALAR

​🔹 1498-yil — Portugaliyalik dengizchi Vasko da Gama Afrika qit'asini aylanib o‘tib, Hindiston (Kojikode) qirg‘oqlariga yetib keldi. Bu Yevropadan Hindistonga olib boradigan dengiz yo‘lining ochilishi edi.

​🔹 1570-yil — Antverpenda jahon tarixidagi ilk zamonaviy atlas ("Theatrum Orbis Terrarum") nashr etildi. Unda o‘sha davr uchun ma'lum bo‘lgan dunyoning 53 ta xaritasi jamlangan edi.

​🔹 1800-yil — Italiyalik fizik Alessandro Volta dunyodagi ilk kimyoviy batareya (Volta ustuni)ni namoyish etdi. Bu elektr energiyasi asrining boshlanishi edi.

​🇨🇺 1902-yil — Kuba AQSh protektoratidan mustaqil bo‘ldi va o‘z respublikasini e'lon qildi.

​🔹 1927-yil — Charlz Lindberg tariqda ilk bor Atlantika okeani osha Nyuyorkdan Parijgacha yolg‘iz, to‘xtovsiz parvozni boshladi.

​🎂 BUGUN TUG‘ILGANLAR

​🔹 Onore de Balzak (1799) — Fransuz adabiyotining buyuk namoyandasi, realizm maktabining asoschilaridan biri, "Insoniy komediya" turkum romanlari muallifi.

​🔹 Sher (Cher) (1946) — Amerikalik afsonaviy xonanda va aktrisa, "Pop musiqa ma'budasi" deb ta'riflanadigan, Oskar va Gremmi mukofotlari sohibasi.

​🔹 Iker Kasilyas (1981) — Ispaniya terma jamoasi va "Real Madrid" klubining afsonaviy darvozaboni, Jahon va Yevropa chempioni.

🔹Petr Čech (1982-yil) Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Chelsea klubi darvozabonidir.

​✨ Kun hikmati:
"Tarixni bilmaslik — daraxtning o‘z ildizini tanimasligidir."

​📌 Sizga qaysi fakt ko'proq qiziqarli tuyuldi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

​✅ — Tarix sahifalarini biz bilan birga varaqlang!
250002
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

Bolalikda kishining ko‘ngli muloyim bo‘ladi. Qancha xafa bo‘lsang ham tezda tarqalib ketadi.

©Mark Tven (Tom Soyerning sarguzashtlari) kitobidan
233005
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

Photo
📜 Sun‘iy intellekt va tarix: AI qanday qilib qadimiy tillarni o‘qimoqda?

​Tasavvur qiling, ming yillar davomida loy lavhalarga bitilgan, siri ochilmagan va qisman yorilib ketgan matnlarni bir necha soniyada o‘qiy oladigan yordamchimiz bor. Yo‘q, bu fantastika emas — bu bugungi kun zamonaviy texnologiyasi!

​Bugun sun‘iy intellekt (AI) arxeologiya va tilshunoslikda haqiqiy inqilob qilmoqda. Xo‘sh, AI qanday qilib "tilsiz" qolgan tariximizni gapirtiryapti?

​🔹Singan va yeyilgan matnlarni tiklash (Ithaca loyihasi)
​Qadimgi bitiklar ko‘pincha vaqt g‘ubori, urushlar yoki tabiat hodisalari tufayli zarar ko‘rgan bo‘ladi. DeepMind kompaniyasi tomonidan yaratilgan Ithaca neyrotarmog‘i qadimgi grek matnlarini tiklashda aqlbovar qilmas natija ko‘rsatdi. AI matndagi yetishmayotgan so‘zlarni 72% aniqlik bilan topib beradi va bitik qayerda, qachon yozilganini ham aniqlay oladi.

​🔹Shumer va Akkad mixxatlarini tarjima qilish
​Insoniyatning eng qadimgi yozuvlaridan biri bo‘lgan mixxatlar (mixsimon yozuvlar)ni o‘qish o‘ta murakkab va dunyoda bu tilni biladigan sanoqli mutaxassislar bor. Yaqinda olimlar AI modelini minglab Akkad mixxatlarini ingliz tiliga avtomatik tarjima qilishga o‘rgatishdi. Endi loy lavhalardagi g‘isht rasmlari ortida yashiringan qadimgi shohlar qonunlari, savdo shartnomalari va diniy madhlar bir zumda kompyuter ekranida namoyon bo‘lmoqda.

​🔹"Kuygan" kutubxonalarni tiriltirish (Gerkulanum o‘ramlari)
​Milodiy 79-yilda Vezuviy vulqoni otilishi oqibatida Gerkulanum shahridagi ulkan kutubxona yonib, ko‘mirga aylangan. Bu o‘ramlarni ochishga urinish ularni kul qilib yuborar edi. Ammo olimlar rentgen skanerlash va AI kombinatsiyasi yordamida, o‘ramlarni ochmasdan, ichidagi qoraygan siyohlarni ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi. AI bizga 2000 yil oldingi falsafiy asarlarni qayta o‘qish imkonini berdi!

​💡 Qiziqarli fakt: AI shunchaki lug‘atga qarab tarjima qilmaydi. U matn yaratilgan davr kontekstini, o‘sha davr odamlarining fikrlash tarzi va grammatikasini tahlil qilib, eng mantiqiy variantni taklif etadi.

✅​Bu bizga nima beradi?
​Tarixni faqat g‘oliblar yozadi deyishadi. Biroq AI tufayli biz oddiy odamlarning kundalik maktublari, savdogarlarning hisob-kitoblari va unutilgan sivilizatsiyalar sirlari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz. Texnologiya va tarix uyg‘unligi bizga o‘tmishni butunlay boshqacha nigohda ko‘rsatmoqda.

​Sizningcha, AI yaqin orada insoniyat haligacha o‘qiy olmagan "Voynich qolyozmasi" yoki "Krit chiziqli yozuvi A" kabi eng sirli matnlarni yecha oladimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!👇

Yaqinlaringizga ulashing ✅
292007
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

Photo
1988 yilda suratga olingan "Yomg‘ir odam" filmining bosh qahramoniga prototip bo‘lgan inson — amerikalik Kim Pik edi. U fenomenal xotiraga ega bo‘lib, o‘qigan ma’lumotlarining 98 foizigacha eslab qolardi. U autizmdan aziyat chekmagan, ammo boshi tanasiga nisbatan kattaroq bo‘lgan, miyasida esa miya yarim sharlarini bog‘lab turuvchi mozolist tana mavjud emasdi va miyachada ham shikast bo‘lgan.

Kim Pik o‘ziga xos o‘qish usulini ishlab chiqqan: o‘ng ko‘zi bilan kitobning o‘ng sahifasini, chap ko‘zi bilan esa chap sahifasini bir vaqtning o‘zida o‘qirdi. Oddiy kitobning ikki sahifasini o‘qish unga atigi 8–10 soniya vaqt olardi.

Kanalga obuna bo‘ling ✅
4000012
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

Photo
​🗓 19-MAY: TARIX VARIQLARIDA BUGUN
​
​🌐 MUHIM TARIXIY VOQEALAR

🔹​1643-yil — O‘ttiz yillik urush davridagi eng mashhur janglardan biri — Rokrua jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya qo‘shinlari Ispaniya armiyasini mag‘lub etdi va bu Ispaniyaning Yevropadagi harbiy gegemonligiga chek qo‘ydi.

🔹​1780-yil — Shimoliy Amerikada sirli "Qora kun" hodisasi yuz berdi. Kunduzi soat 13:00 larda osmon butkul qop-qorong‘u bo‘lib qolgan. Olimlar buni o‘rmon yong‘inlari va quyuq bulutlar aralashmasi deb tushuntirishgan.

🔹​1919-yil — Mustafo Kamol Otaturk tushirilgan kema Samsun shahriga yetib keldi. Shu kun Turkiya mustaqillik urushining boshlanishi hisoblanadi.

🔹​2018-yil — Buyuk Britaniyada yil to‘yi bo‘lib o‘tdi: Prins Garri va Megan Marklning nikoh marosimi butun dunyo diqqat markazida bo‘ldi.

​🎂 BUGUN TUG‘ILGANLAR

🔹​1762-yil — Iogann Gotlib Fixte, nemis faylasufi, nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri.
🔹​1881-yil — Mustafo Kamol Otaturk, Turkiya Respublikasining asoschisi va birinchi prezidenti (ramziy tug‘ilgan kuni sifatida aynan 19-mayni tanlagan).

🔹​1890-yil — Xoshimin, Vyetnam inqilobchisi, davlat arbobi, Vyetnamning birinchi prezidenti.

🔹​1977-yil — Natalya Oreyro, urugvaylik mashhur xonanda va aktrisa (yodingizdami, "Yovvoyi farishta" seriali?).

🔹1979-yil Andrea Pirlo italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

​🎉 BAYRAMLAR VA XALQARO KUNLAR

​🇹🇷 Turkiyada Otaturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami — Turkiyadagi eng muhim milliy bayramlardan biri.

​🏥 Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni — Jamiyatda umumiy amaliyot shifokorlarining o‘rnini qadrlash maqsadida nishonlanadi.

​🍰 Xalqaro pironi (pirog) yaxshi ko‘radiganlar kuni — Bugun o‘zingizni shirin pirog bilan siylash uchun ajoyib sabab!

​✨ Tarix — o‘tmish sadosi, kelajak ko‘zgusidir. Kuningiz xayrli va unumli o‘tsin!
​📌 Kanalimizga obuna bo‘ling:
283006
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

"Sizni baxtli yoki baxtsiz qiladigan narsa nimaga ega ekanligingiz, kimligingiz, qayerda ekanligingiz yoki nima qilayotganingiz emas. Bular haqida nima deb o‘ylashingizdir."

— Deyl Karnegi, "Do‘st orttirish va odamlarga ta'sir o‘tkazish" kitobidan.
293006
TARIX IZLARI

May 22, 2026, 04:00

Photo
⚔️ Agar tarix boshqacha bo‘lganda: Gannibal Rimni olganida nima bo‘lardi?

​Miloddan avvalgi 216-yil. Kanna jangi. Karfagen sarkardasi Gannibal Barka Rim qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Rim sarosimada, shahar himoyasiz qoldi. Ammo Gannibal Rimga yurmadi. Tarixchi Tit Liviyning yozishicha, Gannibalning otliq qo‘shinlari qo‘mondoni Maxarbal unga shunday degan edi:
“Siz g‘alaba qozonishni bilasiz, Gannibal, lekin g‘alabadan foydalanishni bilmaysiz”.

​Xo‘sh, agar Gannibal o‘sha kuni Rim ustiga yurib, imperiya poytaxtini yer bilan yakson qilganida, bugungi dunyo qanday ko‘rinishda bo‘lardi?

Keling, muqobil tarix sahifalariga nazar solamiz:

​🔹Rim imperiyasi bo‘lmasdi
​Eng yaqqol oqibat — biz bilgan ulkan Rim imperiyasi hech qachon vujudga kelmasdi. Sezar, Avgust, Trayan kabi imperatorlar tarix sahnasiga chiqmasdi. Rim bor-yo‘g‘i Italiyaning o‘rtasidagi kichik bir vayrona shahar bo‘lib qolaverardi.

​🔹Karfagen — Dunyoning yangi hukmdori
​Gannibalning g‘alabasidan so‘ng, Shimoliy Afrikadagi Karfagen O‘rta yer dengizining mutlaq xo‘jayiniga aylanardi. Bugungi Tunis hududida joylashgan bu davlat harbiy qudratga emas, ko‘proq savdo va iqtisodiyotga tayanardi. Demak, dunyo harbiy diktatura ostida emas, yirik savdo imperiyasi soyasida rivojlanar edi.

​🔹 Lotin tili o‘rniga Finikiya tili
​Bugun Yevropa tillarining (fransuz, italyan, ispan, ingliz) asosi bo‘lgan lotin tili o‘lik tilga aylanib, uning o‘rnini finikiya (karfagen) tili va yozuvi egallardi. Ehtimol, bugun biz xalqaro miqyosda ingliz tili emas, aynan finikiya tilidan kirib kelgan so‘zlarni ishlatayotgan bo‘lardik.

​🔹Xristianlik va Islom tarixi butunlay o‘zgarardi
​Rim imperiyasi nasroniylik (xristianlik) dinining dunyoga yoyilishida asosiy ko‘prik bo‘lgan. Rim bo‘lmasa, nasroniylik Falastindagi kichik bir diniy oqimligicha qolib ketishi yoki butunlay yo‘q bo‘lishi mumkin edi. Bu esa keyinchalik Yaqin Sharq va Afrikadagi umumiy diniy muvozanatni, jumladan, Islom sivilizatsiyasining geografik tarqalishini ham tamoman boshqa o‘zanga burib yuborardi.

​🔹Yevropaning qoloqligi va Gretsiyaning yuksalishi
​Rim Yevropaga huquq tizimi, yo‘llar va arxitekturani olib kirdi. Rim mag‘lub bo‘lsa, G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Germaniya, Britaniya) uzoq vaqt "yovvoyi" qabilalar maskani bo‘lib qolardi. Sharqda esa Karfagenning ittifoqchisi bo‘lgan Gretsiya qaytadan yuksalar va dunyoning madaniy markaziga aylanardi.

✅​Xulosa: Gannibalning Rimni olmagani insoniyat tarixining eng katta burilish nuqtalaridan biridir. Agar u Rim darvozalari oldida to‘xtab qolmaganida, bugun biz butunlay boshqa tilda gaplashadigan, boshqa qonunlar bilan yashaydigan va mutlaqo boshqacha xaritaga ega bo‘lgan dunyoda yashayotgan bo‘lardik.

​Sizningcha, Gannibal nega Rimga hujum qilmadi? Qo‘rquvmi, charchoqmi yoki strategik xato? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!👇

Yaqinlaringizga ulashing ✅
328009

Showing 20 of 20 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the TARIX IZLARI Telegram channel about?+

TARIX IZLARI (@tarix_izlari) is a Telegram channel in the Religion category. ​"Tarix Izlari" — O'tmishning sirli sahifalari, buyuk shaxslar hayoti va dunyo sivilizatsiyasining eng muhim lahzalari.​

How do I join TARIX IZLARI (@tarix_izlari) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @tarix_izlari in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is TARIX IZLARI a good Religion channel to follow?+

On tgdio you can check TARIX IZLARI's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 2,462 subscribers on tgdio. Compare it with similar Religion channels in the same category.

Where can I see TARIX IZLARI stats and latest posts?+

On tgdio, open the @tarix_izlari channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.