Scopus Academy Telegram channel photo

Scopus Academy

@scopus_academyPublic Channel

Scopus Academy shares Courses & Learning updates and media on Telegram. Join to stay updated.

2.5k

Last views

2.9k (2,912 subscribers)
Members
—
Rating
47
Total Posts
Oct 18, 2026, 6:38 PM
Updated
Aug 7, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameScopus Academy
Username@scopus_academy
CategoryCourses & Learning
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members2,912
Channel TypePublic Channel
CreatedAug 7, 2026
Last UpdatedOct 18, 2026 • 4 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#8059-17
Language Ranking
#1886+15
Category Ranking
#30No change

Participant Growth

Total: 2.9K30 Days growth: +91545.8%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20261,997
20:09:20261,997
21:09:20262,033
22:09:20262,033
23:09:20262,033
24:09:20262,033
25:09:20262,033
26:09:20262,033
27:09:20262,033
28:09:20262,033
29:09:20262,033
30:09:20262,033
01:10:20262,033
02:10:20262,033
03:10:20262,033
04:10:20262,033
05:10:20262,033
06:10:20262,033
07:10:20262,033
08:10:20262,033
09:10:20262,033
10:10:20262,033
11:10:20262,033
12:10:20262,033
13:10:20262,033
14:10:20262,033
15:10:20262,033
16:10:20262,033
17:10:20262,033
18:10:20262,912
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 03:08:20261,705
Week of 10:08:20261,705
Week of 17:08:20261,705
Week of 24:08:20261,770
Week of 31:08:20261,868
Week of 07:09:20261,997
Week of 14:09:20261,997
Week of 21:09:20262,033
Week of 28:09:20262,033
Week of 05:10:20262,033
Week of 12:10:20262,912
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
August 20261,770
September 20262,033
October 20262,912
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
20262,912

Latest Posts

Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 21, 2026, 12:30

Photo1/2
#XalqaroYutuq #IlmFan #TOP2

💠O‘zbekiston Milliy universiteti olimlari "World's Top 2% Scientists 2026" reytingiga kiritildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi. Jahonning eng yetakchi 2% olimlari reytingi ("World's Top 2% Scientists 2026" (TOPSCINET) yangi natijalari e’lon qilindi. Havola: https://topscinet.com/

🔻Har yili Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan dunyo olimlarining iqtiboslik ko'rsatkichlari asosida eng nufuzli top 2% olimlar ro‘yxati yangilab boriladi. O‘zbekistonlik olimlarning standartlashtirilgan xalqaro metrikalar bo‘yicha bunday nufuzli reytingdan joy olishi mamlakatimiz ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib borayotganini ko‘rsatadi.

🔹Ushbu nufuzli ro‘yxatdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining quyidagi olimlari o‘rin oldi:

Dilfuza Egamberdiyeva, Biologiya va ekologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professori (Mikrobiologiya);

Bobomurod Ahmedov, O‘zMU qoshidagi Nazariy fizika instituti direktori (Fizika-astronomiya);

Elyor Berdimurodov, Kimyo fakulteti Fizikaviy kimyo kafedrasi professori (Fizikaviy kimyo);

Javlon Rayimbayev, Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);

Ahmadjon Abdujabborov, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);

Yusufjon Gʻaffarov, Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti (Mikologiya va parazitologiya).

Kanal jamoasi yetuk olimlarimizni erishilgan ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaydi.

Manba

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
2,5100012
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 18, 2026, 17:20

⁉️Scopus jurnalida bepul maqola chiqarish mumkinmi?

“Scopus jurnaliga maqola chiqarish uchun qancha pul kerak?” Bu savolning o‘zida bitta keng tarqalgan tushunmovchilik bor: Scopus’da indekslangan jurnal albatta pullik bo‘lishi shart emas. Scopus — bibliografik va iqtiboslar bazasi. Jurnalning nashr modeli esa alohida masala.

Masalan, ayrim hybrid jurnallarda muallif Open Access variantini tanlamasdan subscription modeli orqali maqola nashr qilishi mumkin. Elsevier ham hybrid jurnallaridagi subscription yo‘li muallif uchun APCsiz bo‘lishi mumkinligini ochiq ko‘rsatadi. www.elsevier.com
Boshqa jurnallarda esa APC mavjud. Yana ayrim holatlarda universitet yoki moliyalashtiruvchi tashkilot Open Access xarajatlarini qoplashi mumkin. www.elsevier.com
Shuning uchun jurnal qidirayotganda faqat: “APC qancha?” deb so‘rash yetarli emas. Yaxshiroq savol: “Bu jurnalning nashr modeli qanday va men tanlagan publication route bo‘yicha qanday xarajat mavjud?” Yana bir muhim jihat: katta to‘lov jurnalning kuchliligini, bepul nashr esa jurnalning sifatsizligini avtomatik anglatmaydi. Jurnalni narxiga qarab emas, ilmiy mosligi, tahririy siyosati va ishonchli manbalardagi holatiga qarab baholang.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
902003
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 18, 2026, 04:52

Video
Ilmiy rahbar va ilmiy kengash mas’uliyatini qanday kuchaytiramiz?

Oldingi postimda ilmiy daraja dissertatsiyaga emas, tadqiqotni amalga oshirgan insonga berilishini yozgandim. Endi buni amalda ta’minlash bo‘yicha takliflarim.

1. Ilmiy rahbarning shaxsiy mas’uliyati.

Ilmiy rahbar talabgorning tadqiqotni mustaqil bajarganini, ilmiy natijalarga qanday erishganini va uning shaxsiy hissasini yozma ravishda tasdiqlashi kerak. Bu oddiy tavsiyanoma emas, dalillarga asoslangan xulosa bo‘lsin.

Axir talabgorning bir necha yil davomida nima bilan shug‘ullanganini ilmiy rahbaridan yaxshiroq kim biladi?

2. Mavjud elektron tizimdan foydalanish.

Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy faoliyat bo‘yicha hisobotlar yuklanadigan elektron platformasi mavjud. Yangi tizim yaratish shart emas.

Ilmiy kengash a’zolariga talabgorning ushbu platformaga yuklagan davriy hisobotlari va tadqiqot natijalari bilan tanishish huquqi berilsin.

Shunda kengash faqat tayyor dissertatsiyani emas, ilmiy natijalar qanday shakllanganini ham ko‘ra oladi.

3. Talabgorning o‘zini baholash.

Himoyada kengash faqat dissertatsiyadagi yangiliklarni muhokama qilish bilan cheklanmasin.

Talabgor tadqiqotni qanday bajargani, qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, natijalarni qanday olgani va ularni qanchalik chuqur tushunishi ham baholansin.

Kengash a’zolari ovoz berishda dissertatsiya bilan birga uning muallifiga ham baho berayotganini unutmasligi kerak.

4. Mas’uliyat va javobgarlik.

Agar tadqiqot boshqa shaxs tomonidan bajarilgani aniqlansa, ilmiy rahbarning bergan tasdiqnomasi va nazorat faoliyati ham o‘rganilsin. Uning aybi isbotlangan taqdirdagina javobgarlik masalasi ko‘rilsin.

Bu takliflardan maqsad yangi byurokratiya yaratish emas. Aksincha, mavjud ma’lumotlardan foydalanib, haqiqiy ilmiy mehnatni qadrlash.

Ilmiy daraja bir necha oyda tayyorlangan hujjatlar uchun emas, yillar davomida qilingan haqiqiy ilmiy mehnat uchun berilishi kerak-ku!

©️@botirov_golibjon

Kanalga ulanish
@centerasia_library
902002
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 17, 2026, 22:14

Predatory jurnalni bitta belgi bilan aniqlab bo‘lmaydi

“Tez nashr qiladi — demak predatory” degan formula ham ilmiy jihatdan yetarli emas.

Shubhali jurnalni baholashda belgilar majmuasiga qarash kerak.

Kutilmagan email orqali maqola so‘rash, g‘ayritabiiy kafolatlar, tahrir hay’ati haqidagi noaniq ma’lumot, soxta yoki tushunarsiz metrikalar, indeksatsiya haqidagi tekshirib bo‘lmaydigan da’volar — bular xavf signallari bo‘lishi mumkin.

Lekin xulosa chiqarishdan oldin jurnal va nashriyotni birlamchi manbalardan tekshirish kerak.

Eng muhim savol: “Ular nima deyapti?” emas, “ularning da’vosini mustaqil tekshira olamanmi?”

Akademik xavfsizlik aynan shu ko‘nikmadan boshlanadi.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
912001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 17, 2026, 11:06

⁉️Ism-familiyaning turlicha yozilishi Scopus profilingizga ta’sir qiladimi?

Ha, ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ism-familiyasi lotin yozuvida turlicha transliteratsiya qilinadigan mualliflar uchun bu muhim masala.
Masalan, bir familiya turli maqolalarda:
Yusupov
Yusufov
Iusupov kabi variantlarda uchrashi mumkin.

Inson uchun bular bir muallifga tegishli ekanini tushunish oson. Bibliografik tizimlarda esa muallifni aniqlashda ism-familiya bilan birga affiliation, hammualliflar, tadqiqot sohasi va boshqa metadata ham hisobga olinishi mumkin. Shuning uchun maqola topshirishda imkon qadar ism-familiyangizning bitta barqaror akademik yozilishidan foydalanish maqsadga muvofiq. Oldingi maqolalaringizdagi yozilishni tekshiring. ORCID profilingizdagi ism bilan solishtiring. Affiliationni ham imkon qadar universitet yoki tashkilotingizning rasmiy inglizcha nomida bir xil ko‘rsatishga harakat qiling.

Bu kichik texnik masaladek ko‘rinadi. Ammo yillar davomida ko‘plab maqolalar chop etilgach, turli yozilishlar sabab shakllangan profillarni tartibga keltirish ancha noqulay bo‘lishi mumkin. Ilmiy identifikatsiyani birinchi maqoladan tartibli yuritgan ma’qul.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
986000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 16, 2026, 09:05

⁉️Scopus’da ikkita profilingiz chiqib qoldimi? Bu tuzatiladigan holat

Bir muallifning maqolalari Scopus’da ikki yoki undan ortiq Author Profilega bo‘linib qolishi mumkin.
Masalan, bir maqolada ism: A. Karimov boshqasida: Akmal Karimov
yana boshqa nashrda esa affiliation boshqacha ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Scopus muallif profillarini algoritmik shakllantiradi. Shu sababli ayrim holatlarda bir muallifning barcha maqolalari avtomatik ravishda bitta profilga to‘planmasligi mumkin.

Bu holatni e’tiborsiz qoldirmagan ma’qul. Chunki maqolalaringiz ikki profilga bo‘linib qolsa, Scopus profilingiz ilmiy faoliyatingizni to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda Scopus Author Feedback Wizard orqali tuzatish so‘rovi yuborish imkonini beradi. Unda profillarni birlashtirish, preferred name belgilash, hujjatlarni qo‘shish yoki olib tashlash hamda affiliation ma’lumotlarini tuzatish mumkin.
Shuning uchun yangi maqolangiz Scopus’da paydo bo‘lganda faqat maqolaning o‘zini tekshirmang.

U qaysi Author Profile’ga biriktirilganini ham ko‘ring. Profilingiz — ilmiy faoliyatingizning raqamli izlaridan biri. Uni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish foydali.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,000000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 15, 2026, 22:14

Video
​​#Scopus_talabi_ilm_nur

Scopus talabi bosqichma-bosqich kuchaytirilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasida ilmiy darajalar uchun xalqaro nufuzli jurnallarda maqola chop etish talabi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.
Rejaga ko‘ra:

2026-yil sentyabridan boshlab DSc dissertatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida kamida 2 ta maqola Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnallarda chop etilishi amaliyoti joriy qilinadi.
2027-yildan boshlab PhD dissertatsiyalari uchun ham qo‘shimcha ravishda kamida 1 ta maqolani Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnalda nashr qilish talabi kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Bu talablar ilmiy tadqiqot sifatini oshirish, xalqaro ilmiy maydonda O‘zbekiston olimlarining ko‘rinishini kuchaytirish va dissertatsiya natijalarining xalqaro ekspertiza mezonlariga mosligini taʼminlashga qaratilgan.

⚠️NAZORAT REJASI BILAN TANISHING

Video muallifi▪️

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
882003
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 15, 2026, 18:50

“Submit” tugmasini bosishdan oldingi 10 daqiqa maqolangizni saqlab qolishi mumkin

Oylab yozilgan maqolani yuborishdan oldin yana bir marta texnik va mazmuniy tekshirish ortiqcha emas.

Submission oldidan kamida quyidagilarni ko‘ring:

-jurnal scope’i mosmi;
-author guidelines bajarilganmi;
-title va abstract yakuniy matnga mosmi;
-references to‘liqmi;
-jadval va rasmlar raqamlanganmi;
-muallif ma’lumotlari to‘g‘rimi;
-zarur etik bayonotlar kiritilganmi;
-cover letter talab qilinadimi;
-qo‘shimcha fayllar tayyormi;
-jurnalning AI va boshqa tegishli siyosatlari tekshirildimi.

Eng muhimi: faylning aynan yakuniy versiyasini yuklayotganingizni tekshiring.

Ilmiy nashr jarayonida ba’zi xatolar murakkab metodologiyadan emas, oddiy e’tiborsizlikdan kelib chiqadi.

Submission — maqola yozishning oxiri emas, nashr jarayonining yangi bosqichi.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
964002
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 15, 2026, 11:02

⁉️DOI bor — demak maqola Scopus’da deganimi?

Yo‘q. Bu juda ko‘p uchraydigan xato. DOI (Digital Object Identifier) — ilmiy materialga beriladigan doimiy raqamli identifikator. Crossref ta’rifiga ko‘ra, DOI materialni barqaror aniqlash va unga havola qilish imkonini beradi; DOI mavjudligi materialning sifati yoki aniqligini o‘z-o‘zidan tasdiqlamaydi. www.crossref.org
Scopus esa boshqa tizim — bibliografik va citation database. Demak: DOI mavjudligi ≠ Scopus indeksatsiyasi.
Maqola DOI olgan bo‘lishi mumkin, lekin u Scopus qamroviga kirmaydigan nashrda chop etilgan bo‘lishi ham mumkin.
Shuning uchun kimdir: “Mana DOI ham bor, demak Scopus” desa, bu yetarli dalil emas.
Tekshirishda ikkita savolni alohida qo‘ying: Maqolaning DOI'si bormi? va Maqola Scopus bazasida indekslanganmi?
Birinchisining javobi ikkinchisini avtomatik belgilamaydi. Ilmiy nashrda eng xavfli xatolardan biri — bir belgini boshqa narsaning isboti sifatida qabul qilish.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,020000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 14, 2026, 22:38

Photo1/2
⁉️O‘zbekiston qaysi fanlarda ko‘proq ko‘rinmoqda?

O‘zbekistonning Scopus’dagi o‘sishini faqat umumiy maqolalar soni orqali kuzatish yetarli emas. Chunki ilmiy salohiyatning qiziq tomoni — qaysi fanlarda publication faolligi shakllanayotganida.
SCImago ma’lumotlari davlat natijalarini alohida subject area va subject category kesimida ham ko‘rish imkonini beradi. Masalan, biokimyoning ayrim tor kategoriyalaridan birida 2024-yilda Qozog‘istondan 84, O‘zbekistondan 63, Qirg‘izistondan 9, Tojikistondan esa 2 hujjat qayd etilgan. Scimago Journal Rank
Bu bitta tor yo‘nalish misoli, albatta. Uni butun mamlakat ilm-faniga umumlashtirib bo‘lmaydi.
Lekin aynan shunday subject-level tahlil bizga muhim narsani ko‘rsatadi: O‘zbekistonning Scopus’dagi o‘sishi qaysi fanlar hisobiga yuz bermoqda? Keyingi bosqichda fizika, kimyo, muhandislik, tibbiyot, kompyuter fanlari, ijtimoiy fanlar va gumanitar yo‘nalishlarni alohida ko‘rish kerak.
Shunda “maqolalarimiz ko‘paydi” degan umumiy xulosadan: “Qaysi ilmiy yo‘nalishlarda xalqaro ko‘rinishimiz kuchaymoqda?” degan ancha foydali savolga o'tamiz.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,370006
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 14, 2026, 18:50

Maqolada muallif bo‘lish uchun ism yozishning o‘zi yetmaydi

Authorship — mukofot emas, ilmiy hissa va mas’uliyat masalasi.

Ba’zan maqolaga rahbar, hamkasb yoki boshqa shaxsning ismi “hurmat uchun” qo‘shiladi.

Boshqa holatda esa tadqiqotga sezilarli hissa qo‘shgan odam mualliflar ro‘yxatidan chetda qolishi mumkin.

Ikkala vaziyat ham akademik etika nuqtai nazaridan muammo tug‘diradi.

Mualliflik masalasini maqola tayyor bo‘lgandan keyin emas, tadqiqot boshida muhokama qilish foydali.

Kim nima qiladi? Kim qaysi qism uchun javob beradi? Mualliflar tartibi qanday belgilanadi?

Bunday kelishuv keyinchalik katta nizolarning oldini olishi mumkin.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,070004
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 14, 2026, 09:59

⁉️Maqola chop etildi, lekin Scopus’da topilmayapti. Nima qilish kerak?

Bu holatda darhol vahimaga tushish kerak emas. Avvalo maqolaning jurnal saytida rasman nashr qilinganini tekshiring. Keyin jurnalning o‘zi va tegishli yillardagi Scopus qamrovi masalasini aniqlashtiring.

Eng muhim nuqta: “Jurnal Scopus’da bor” degan ma’lumotning o‘zi yetmaydi.
Jurnalning qaysi davri Scopus tomonidan qamrab olinganini ham ko‘rish kerak.
Keyin maqolani Scopus’da faqat sarlavha orqali emas, DOI, muallif familiyasi va boshqa bibliografik ma’lumotlar bilan ham qidirib ko‘rish mumkin.
Agar maqola yangi nashr qilingan bo‘lsa, jurnal saytidagi publication va Scopusdagi bibliografik yozuv bir vaqtda paydo bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli maqola jurnal saytida chiqqan kuni bazada ko‘rinmasligi avtomatik ravishda muammo borligini anglatmaydi.
Ammo ancha vaqt o'tib ham yozuv topilmasa, jurnal/nashriyot ma’lumotlari va Scopus qamrovini yana tekshirish kerak.

Bu vaziyatda eng noto‘g‘ri yo‘l: “Kimdir Scopusga kiritib bersin” deb vositachi qidirish.
Indeksatsiya muallifning qo‘lda sotib oladigan xizmati emas. Avval sababni aniqlang.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,080003
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 13, 2026, 18:50

AI ilmiy maqolani tezlashtirishi mumkin. Ammo mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi

AI yordamchi bo‘lishi mumkin; ilmiy muallif o‘rnini bosmaydi.

AI research question variantlarini ishlab chiqish, qidiruv so‘rovlarini shakllantirish, matn strukturasini tekshirish yoki tilni tahrirlashda foydali bo‘lishi mumkin.

Ammo eng katta xavflardan biri — AI yaratgan ma’lumot va bibliografik havolalarni tekshirmasdan ishlatish.

Chunki ishonchli ko‘ringan javob to‘g‘ri javob bilan bir xil narsa emas.

Shuningdek, jurnal va nashriyotlarning generativ AI bo‘yicha qoidalari farq qilishi va yangilanib turishi mumkin.

Shuning uchun AI ishlatilganda uchta tamoyil:

Tekshir → hujjatlashtir → jurnal siyosatini o‘qi.

Mualliflik mas’uliyati baribir insonda qoladi.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,110004
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 13, 2026, 08:31

⁉️Jurnal sizdan pul so‘radi. Bu normal holatmi?

Ha, bo‘lishi mumkin. Lekin “pul so‘radi — demak firibgar” deyish ham, “Scopus jurnal ekan — bemalol to‘layveraman” deyish ham noto‘g‘ri.
Qonuniy Open Access jurnallarda APC mavjud bo‘lishi mumkin. Uning miqdori jurnalga qarab farqlanadi va rasmiy jurnal sahifasida ko‘rsatilishi kerak. Masalan, Elsevier APC narxlari jurnal kesimida belgilanishini va o‘zgarishi mumkinligini qayd etadi. www.elsevier.com
Muammo to‘lovning o‘zida emas.

Muammo — kimga, nima uchun va qaysi bosqichda to‘layotganingizni tushunmaslikda.
Pul o'tkazishdan oldin:
-jurnalning rasmiy saytini tekshiring;
-to‘lov aynan nima uchun ekanini aniqlang;
-APC miqdorini jurnalning rasmiy sahifasidan solishtiring;
-sizga yuborilgan payment request rasmiy nashriyot jarayoniga tegishlimi — tekshiring.

Ayniqsa shaxsiy messenjer orqali:
“Pulni tashlang, maqolangizni Scopusga chiqaramiz”
degan taklifga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak.

Scopus indeksatsiyasi — sotiladigan xizmat emas.

Siz maqolani jurnalga topshirasiz. Jurnal esa o‘zining tahririy va peer-review jarayonlari asosida qaror qiladi.
To‘lov borligi xavf belgisi emas. Tekshirib bo‘lmaydigan to‘lov — xavf belgisi.

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,140001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 12, 2026, 21:16

Photo1/2
#Scopus_Academy

Scopusda turgan ayrim jurnallar ham bugun “maqola chiqarib berish” biznesiga aylanib qolyapti. Jurnal sotib olinadi, nomi saqlanadi, lekin ichidagi ilmiy muhit o‘zgaradi.

Yosh olimlar bitta narsani unutmasin: “Scopusda bor ekan” degani — xavfsiz degani emas.

Jurnalni tanlashda kamida shularni tekshirish kerak:

— noshiri yaqinda o‘zgarmaganmi;
— maqolani 7–10 kunda qabul qilmayaptimi;
— bir sonda haddan tashqari ko‘p maqola chiqmayaptimi;
— special issue’lari ko‘payib ketmaganmi;
— tahrir hay’ati real ishlayaptimi.
Hozir eng xavfli gap: “pulini bersak, chiqarkan”. Ilmda bu gap keyin qimmatga tushadi.

━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,060001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 12, 2026, 18:50

Reject — maqolaning oxiri emas

Bitta jurnalning “reject” qarori tadqiqotingizning yakuniy hukmi emas.

Eng zararli qaror — rad javobini olgach maqolani darhol boshqa jurnalga o‘zgartirmasdan yuborish.

Reviewer va editor izohlarini ajrating:

qaysi e’tiroz metodologik?
qaysi biri matn bilan bog‘liq?
qaysi biri jurnal scope’iga tegishli?

So‘ng maqolani qayta ishlab, yangi jurnalning talablariga moslashtiring.

Rad javobidan keyingi savol:

“Qaysi jurnalga yuboraman?”

emas.

Avval:

“Bu qarordan maqolamni yaxshilash uchun nimani o‘rgandim?”

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,100001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Oct 12, 2026, 11:52

Photo1/12
Scopus bo‘yicha O‘zbekistonda toifalar kesimida TOP-5 oliygohlar

Milliy reyting doirasida 2025-yilda Scopus ma’lumotlari asosida oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi va xalqaro iqtibos ta’siri tahlil qilindi.

Bunda oliygohlarning ilmiy nashrlar faolligi nafaqat nashrlar soni, balki ilmiy sifat va xalqaro iqtibos ta’siri nuqtayi nazaridan ham baholandi.

Tahlilga ko‘ra, har 100 nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan ilmiy nashrlar soni:

➖TOP–1000ga kirgan universitetlarda – 71,4 ta;
➖ijtimoiy-gumanitar oliygohlarda – 37,5 ta;
➖amaliy oliygohlarda – 33,2 ta;
➖tibbiyot oliygohlarida – 20,5 ta;
➖ijod (sport) oliygohlarida – 1,3 tani tashkil etgan.

Har bir oliy ta’lim tashkilotining natijalari tegishli ko‘rsatkichlar asosida umumlashtirilib, ballarda ifodalandi. Infografikalarda har bir oliygohning toifa bo‘yicha egallagan o‘rni bilan birga to‘plagan bali ham aks ettirilgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ilmiy nashrlar faolligiga oid batafsil sharh bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1,070001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

Photo
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTA

Dunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar esa istalgan yo‘ldan emas, muayyan bo‘g‘oz va kanallardan o‘tadi. Shu nuqtalardan biridagi muammo butun dunyoda narxlar va yetkazib berish muddatlariga ta’sir qilishi mumkin.

1. Hormuz bo‘g‘ozi

Fors ko‘rfazidagi neft va gazning tashqi bozorlarga chiqishida muhim yo‘l. Bu hududdagi keskinlik energiya narxlariga tez ta’sir ko‘rsatadi.

2. Malakka bo‘g‘ozi

Hind va Tinch okeanlarini bog‘laydi. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo savdosi uchun katta ahamiyatga ega.

3. Suvaysh kanali

Osiyo bilan Yevropani eng qisqa dengiz yo‘li orqali bog‘laydi. Kanal yopilsa, kemalar Afrikaning janubidan aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi.

4. Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari

Qora dengiz davlatlarini O‘rta yer dengizi bilan bog‘laydi. Don, neft mahsulotlari va boshqa yuklar harakatida muhim o‘rin tutadi.

5. Panama kanali

Atlantika va Tinch okeanlari o‘rtasidagi masofani keskin qisqartiradi. Suv tanqisligi yoki tirbandlik kanal imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

Bu nuqtalar dunyo savdosini bevosita “boshqarmaydi”. Ammo ulardan biridagi uzilish global savdoni sekinlashtirish kuchiga ega.

Markaziy Osiyo dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmasa ham, bunday o‘zgarishlardan chetda qolmaydi. Tashish xarajatlari oshsa, mintaqaga kirib keladigan mahsulotlar narxi ham ko‘tariladi.

https://t.me/centerasiastudy
810004
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

Photo
#Scopus_Academy_tarix

07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat rivojlanishining tarixiy jarayonlarini o‘rganadigan fundamental yo‘nalishlardan biridir.

Bugungi kunda tarixshunoslikda manbashunoslik, tarixiy tafakkur, raqamli tarix, geosiyosiy jarayonlar hamda sivilizatsiyalararo aloqalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.

Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishi va ilmiy nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Past & Present”, “Journal of Global History” yoki “The Journal of African History” kabi jurnallar tarix yo‘nalishidagi eng nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi.

Quyidagi posterda 07.00.00 – Tarix fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi.

━━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,360000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

“Ko‘proq maqola yoz” talabi kuchli ilmni kamaytirishi mumkinmi?

Universitet olimga yiliga ma’lum miqdorda maqola yozishni talab qiladi. Grant tizimi tez natija kutadi. Yosh tadqiqotchiga esa keyingi kontrakt yoki lavozim uchun publication kerak.

Bunday tizim olimni qanday tadqiqot tanlashga undaydi?

3-sentabrda Nature Human Behaviourda e’lon qilingan tahlilda zamonaviy akademik tizimlarning qisqa muddatli grantlar, productivity-based baholash va xavfsiz natijalarga moyil mexanizmlari yuqori riskli va konseptual jihatdan yangi tadqiqotlarni cheklashi mumkinligi muhokama qilindi. Ayniqsa early-career researcherlar uchun tez, oson baholanadigan va natijasi oldindan taxmin qilinadigan loyihalarni tanlash ratsional strategiyaga aylanib qolishi mumkin.

Bu fikr juda muhim.

Olimga faqat “yiliga nechta maqola chiqarding?” deb savol bersak, u eng muhim muammoni emas, eng tez maqolaga aylantirish mumkin bo‘lgan muammoni tanlashi mumkin.

Shu sabab zamonaviy research assessment’da original g‘oya, uzoq muddatli tadqiqot, ilmiy hamkorlik, metodologik yangilik va hatto muvaffaqiyatsiz, ammo sifatli tajribalarni ham hisobga olish haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda.

Ba’zan ilm-fanga eng katta xavf maqola kamligi emas.

Maqola chiqarishning o‘zi ilmiy faoliyatning asosiy maqsadiga aylanib qolishidir.

━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,160004
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

#Scopus_Academy

Anthropological Literature bazasida rasmiy Harvard Library ma’lumotiga ko‘ra 660 ta jurnal va 670 mingdan ortiq maqola bor.

Baza antropologiya, arxeologiya va ularga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarni qamrab oladi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,090000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

pinned «#nufuzli_scopus #bepul_scopus #q1_q2_scopus ⁉️Quyida bir nechta fanlar bo‘yicha Skopus bazasidagi nufuzli, bepul va ishonchli jurnallar taqdim etilmoqda. Biologiya fanlari - link Sotsiologiya fanlari - link Fizika-matematika fanlari - link Kimyo fanlari…»
0000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

Video
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul https://t.me/ilmiy_darajali_kadrlar

Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.

Kvotalar quyidagicha belgilangan:
stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
doktoranturaga — 540 ta.

Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.

📢 Kanalga ulanish: https://t.me/PhD_Supp0rt
1,150000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

❗️Xitoyda akademik misconduct uchun jazo endi faqat retraction emas

Ilmiy halollik buzilganda maqolani qaytarib olish yetarlimi?

Xitoyda ko‘rilayotgan choralar bu masalani ancha kengroq qo‘ymoqda.

Xitoyning asosiy fundamental tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi tashkiloti — National Natural Science Foundation of China avgust oxirida 31 ta yangi academic misconduct holati bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi. Ularda 40 dan ortiq tadqiqotchi tilga olingan. South China Morning Post buni fondning hozirgacha amalga oshirgan eng katta ommaviy disclosure’i sifatida baholadi.

Ayrim taniqli professorlarning grantlari va ilmiy unvonlari bekor qilingan, ilgari ajratilgan mablag‘larni qaytarish talab qilingan. To‘rt tadqiqotchiga jami 10 million yuandan ortiq grant mablag‘ini qaytarish va uch yildan yetti yilgacha yangi funding uchun ariza bermaslik sanksiyalari qo‘llangan.

Bu juda muhim tendensiya.

Research integrity faqat jurnal va maqola masalasi bo‘lib qolmayapti. U grant, lavozim, ilmiy reputatsiya va institutsional javobgarlik bilan bog‘lanmoqda.

Agar akademik tizim KPI uchun yuqori talab qo‘ysa, integrity buzilganda javobgarlik mexanizmi ham shunga yarasha kuchli bo‘lishi kerak.

━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,070000
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

AI endi mavjud bo‘lmagan “olimlar”ni ham yaratmoqda

AI hallucination desa, odatda uydirma reference yoki mavjud bo‘lmagan DOI’ni tushunamiz.

Muammo bundan ham chuqurroq bo‘lishi mumkin.

2026-yilda e’lon qilingan bir preprintda tadqiqotchilar katta til modellari takror-takror bir xil uydirma ism va “ekspertlar”ni yaratishini o‘rgandi. Eng qiziq natija Zenodo’da kuzatilgan: tadqiqotchilar 1 655 ta “ghost-authored” record aniqlaganini xabar qiladi. Ushbu yozuvlarda mavjud bo‘lmagan mualliflar, jurnallar va nashr ma’lumotlari bo‘lgan, biroq ayrimlariga real DataCite DOI’lari ham biriktirilgan.

Bu hali peer-reviewed yakuniy tadqiqot emas — natijalar preprint sifatida e’lon qilingan. Shuning uchun ehtiyotkor talqin qilish kerak.

Lekin masala juda jiddiy.
Agar AI yaratgan uydirma akademik metadata haqiqiy DOI tizimlariga, repositorylarga yoki scholarly aggregatorlarga kirsa, keyinchalik boshqa tizimlar uni “ilmiy manba” sifatida qabul qilib ketishi mumkin.

Oldin savolimiz “AI soxta citation yaratadimi?” edi.

Endi yangi savol paydo bo‘lyapti:

AI butun boshli soxta akademik identitet ham yaratishi mumkinmi?

━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
987001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Sep 25, 2026, 11:49

Nature’dagi maqolani mualliflarning o‘zi qaytarib oldi

Retraction so‘zini eshitsak, ko‘pincha plagiarism, fake data yoki boshqa ilmiy qoidabuzarliklarni tasavvur qilamiz.

Har doim ham unday emas.

2-sentabr kuni Nature 2025-yilda chop etilgan global qurg‘oqchilik va “atmospheric thirst” haqidagi maqolani qaytarib oldi. Sabab — mualliflar aniqlagan hisoblash va kodlash bilan bog‘liq xatolar. Jumladan, vaqt ma’lumotlarini qayta ishlashdagi xato, modelning eski versiyasidan foydalanish va ayrim global hisob-kitoblarda muammolar aniqlangan.

Muhimi, mualliflar xatolarni yashirishga yoki maqolani har qanday narxda saqlab qolishga urinmagan. Tuzatishlar ko‘lami katta bo‘lgani uchun maqolani qaytarib olib, yangidan tekshirilgan manuscriptni peer review’ga topshirish yo‘lini tanlagan.

Bu research integrity’ning boshqa tomonini ko‘rsatadi.

Retraction har doim ilmiy sharmandalik emas. Ba’zan u ilmiy mas’uliyatning belgisi ham bo‘lishi mumkin.

Haqiqiy ilmiy madaniyat “mening maqolam xato qilishi mumkin emas” degan pozitsiyada emas. “Xato topsam, uni ilmiy rekordda tuzataman” degan pozitsiyada shakllanadi.

━━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,040003
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Aug 30, 2026, 01:41

Editor sizdan keraksiz citation talab qilsa, ehtiyot bo‘ling. Maqolaga faqat mavzu va argument uchun zarur manbalar kiritilishi kerak. ICMJE references muallif, editor yoki reviewerning shaxsiy manfaatlarini oshirish uchun ishlatilmasligi kerakligini qayd etadi.

━━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
970004
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Aug 30, 2026, 01:41

APC bilan “maqolani qabul qilish uchun pul”ni farqlang. Open Access jurnalda APC to‘lovi qonuniy nashriyot xarajati bo‘lishi mumkin. Lekin editorning shaxsiy hisobiga yoki norasmiy kanal orqali “acceptance uchun” pul so‘ralishi jiddiy xavf belgisi. To‘lov faqat jurnal/publisherning rasmiy tizimi va rasmiy invoice orqali amalga oshirilgani ma’qul.

━━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,070001
Scopus Academy logo
Scopus Academy

Aug 30, 2026, 01:41

Editor yoki reviewer bilan norasmiy kelishuv qidirmang. “Maqolani qabul qilib bersangiz…”, “reviewerni taniysizmi?”, “qancha to‘lash kerak?” kabi muloqotlar ilmiy nashr etikasi bilan mos kelmaydi. Editor, reviewer va muallif o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lsa, bu oshkor qilinishi kerak. COPE hatto oldingi hammualliflik kabi holatlarni ham editorial conflict of interest sifatida ko‘rib chiqishi mumkinligini qayd etadi.

━━━━━━━━━━━━━━━
🎓
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1,170004

Showing 30 of 47 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Scopus Academy Telegram channel about?+

Scopus Academy (@scopus_academy) is a Telegram channel listed under Courses & Learning on tgdio. This profile shows ranking, ratings, reviews, and recent posts so you can decide before subscribing in Telegram. It currently lists about 2,912 subscribers on tgdio.

How do I join Scopus Academy (@scopus_academy) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @scopus_academy in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Scopus Academy a good Courses & Learning channel to follow?+

On tgdio you can check Scopus Academy's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 2,912 subscribers on tgdio. Compare it with similar Courses & Learning channels in the same category.

Where can I see Scopus Academy stats and latest posts?+

On tgdio, open the @scopus_academy channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.