1/2💠O‘zbekiston Milliy universiteti olimlari "World's Top 2% Scientists 2026" reytingiga kiritildi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi. Jahonning eng yetakchi 2% olimlari reytingi ("World's Top 2% Scientists 2026" (TOPSCINET) yangi natijalari e’lon qilindi. Havola: https://topscinet.com/
🔻Har yili Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan dunyo olimlarining iqtiboslik ko'rsatkichlari asosida eng nufuzli top 2% olimlar ro‘yxati yangilab boriladi. O‘zbekistonlik olimlarning standartlashtirilgan xalqaro metrikalar bo‘yicha bunday nufuzli reytingdan joy olishi mamlakatimiz ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib borayotganini ko‘rsatadi.
🔹Ushbu nufuzli ro‘yxatdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining quyidagi olimlari o‘rin oldi:
Dilfuza Egamberdiyeva, Biologiya va ekologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professori (Mikrobiologiya);
Bobomurod Ahmedov, O‘zMU qoshidagi Nazariy fizika instituti direktori (Fizika-astronomiya);
Elyor Berdimurodov, Kimyo fakulteti Fizikaviy kimyo kafedrasi professori (Fizikaviy kimyo);
Javlon Rayimbayev, Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);
Ahmadjon Abdujabborov, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);
Yusufjon Gʻaffarov, Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti (Mikologiya va parazitologiya).
Kanal jamoasi yetuk olimlarimizni erishilgan ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaydi.
Manba
📌 Batafsil: @Scopus_Academy









