#JARAYON
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari J.Arashov rahbarligida vazirlik tizimidagi tashkilotlarning moliyaviy holatini yanada barqarorlashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tizim tashkilotlari rahbarlari hamda iqtisodiy masalalar uchun mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari, mavjud qarzdorliklarni qisqartirish, daromadlarni oshirish va mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga moliyaviy intizomni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yangilash, sohani zamonaviy maxsus texnika va uskunalar bilan ta’minlash, mavjud imkoniyatlar hamda muammolarni chuqur tahlil qilish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Joylardagi holatni o‘rganish va mavjud muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida vazirlikning mas’ul mutaxassislariga hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish, natijalari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi hamda asoslantirilgan takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi.
💠 Yig‘ilish yakunida vazirlik tizimi tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni izchil davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍
https://gov.uz/oz/mc| 📸
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/|💬 https://www.facebook.com/minstroyuz|😎 https://t.me/minstroyuz| 📹
https://youtube.com/@qurilishvazirligi?si=JXaEYfX0sAgBuVhv https://www.youtube.com/channel/UCdBFwFwzsFAPXCi0kUa6GDw?view_as=subscriber