AQSH va Eron 27-aprel kuni Pokistonda muzokara o‘tkazishi mumkin
AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner 25-aprel kuni Eron bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga yo‘l olishi
https://edition.cnn.com/2026/04/24/world/live-news/iran-war-trump-israel-lebanon.Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham vositachilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun Pokistonda bo‘lib turibdi. Biroq Eron tomoni AQSH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar rejalashtirilmaganini bildirgan. Bu esa Vashington va Tehron bayonotlari o‘rtasidagi navbatdagi tafovutni ko‘rsatmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt AQSH ma’muriyati Eron tomonidan “muayyan ijobiy siljishlar”ni kuzatayotganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, zarurat tug‘ilsa, amerikalik rasmiylar muzokaralar uchun Pokistonga zudlik bilan uchib borishga tayyor.
Axios nashri o‘z manbalariga tayanib
https://www.axios.com/2026/04/24/witkoff-kushner-iran-talks-pakistan, AQSH va Eron delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
“AQSh elchilari va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va uning maxsus vakili Stiven Vitkoff Pokiston vositachilari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazgandan so'ng bo'lib o'tishi mumkin”, deb yozdi Axios muxbiri Barak Ravid X ijtimoiy tarmog‘ida.
U shuningdek, ismi oshkor qilinmagan Pokiston rasmiysiga tayanib, Eron tashqi ishlar vazirligi 24 va 25-aprel kunlari Vashington bilan muzokaralarni qayta boshlash masalasini muhokama qilish uchun pokistonlik hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, Ravidning so‘zlariga ko‘ra, Aroqchi Islomoboddan Ummonning Maskat shahriga, keyin esa Moskvaga borishi kutilmoqda. Shuning uchun u amerikalik muzokarachilar bilan qachon uchrashishi noma’lum.
👉