Sardor Ali Telegram channel photo

Sardor Ali

@jurnalistSardorAliPublic Channel

Dunyo siyosatining ko'rinmas qirralari — har kuni, sodda tilda.

5.4k (5,381 subscribers)
Members
—
Rating
30
Total Posts
Sep 19, 2026, 11:56 AM
Updated
Apr 17, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSardor Ali
Username@jurnalistSardorAli
CategoryPinay Content
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members5,381
Channel TypePublic Channel
CreatedApr 17, 2026
Last UpdatedSep 19, 2026 • 7 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#4858-7
Language Ranking
#993+1
Category Ranking
#55No change

Participant Growth (Last 9 Days)

Total: 5.4K
24h growth: -1610 23%
04/1705/0405/0407/0607/0608/2208/3109/1009/19

Latest Posts

Sardor Ali

Sep 05, 2026, 14:24

#parcha

Xaritalarni qanchalik ko'p hurmat qilsak, shunchalik kam xatoga yo'l qo'yamiz. Bu nafaqat qachon aralashish va qachon aralashmaslik haqida qaror qabul qilishda, balki nizoga qo'shilishga qaror qilganimizda bosqinchilik yoki harbiy operatsiyalarni rejalashtirish paytida ham o'z ahamiyatini ko'rsatadi.

📚Robert Kaplan “Geografiya qasosi” kitobidan
482002
Sardor Ali

Sep 05, 2026, 14:24

Photo
🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va erkinligimiz ramzi bo‘lgan ushbu qutlug‘ ayyomda xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik va xotirjamlik tilaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🕊️
579005
Sardor Ali

Sep 05, 2026, 14:24

Photo
Rossiyada Ukrainadagi urush endi nafaqat frontdagi jang, balki maktab darsliklaridagi tarixga ham aylanmoqda. «Maxsus harbiy operatsiya» haqidagi boblar yosh avlodga Rossiyaning urush haqidagi rasmiy talqinini yetkazish vositasiga aylanmoqda.

Bu esa urushning oddiy harbiy mojaro chegarasidan chiqib, davlat mafkurasi va tarixiy narrativining bir qismiga aylanayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, darsliklarda urushning sabablari, «qahramonlar», qurol-yarog‘ va harbiy operatsiyalar alohida yoritilayotgani yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilishi mumkin.

Urushni tarixga kiritish — urush haqidagi davlat narrativini yangi avlod ongiga kiritishdir. Bu esa kelajakda jamiyatning urushga munosabati va yangi harbiy avlodning shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin.

👉
656006
Sardor Ali

Sep 05, 2026, 14:24

#parcha

Shia Eronning sunniy arab dunyosi mintaqalaridagi obro‘sini, ayniqsa, shia Janubiy Livan va Iroqdagi nufuzi, Falastinni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi va shu bilan bog‘liq antisemitizm tufayli yuzaga kelgan obro‘sini hisobga olsak, davlat chegarasidan tashqaridagi ommani o‘ziga jalb qilish qobiliyatining O‘rta Osiyoga yoyilmaganligi diqqatga sazovordir.

Buning sabablaridan biri shuki, sobiq Sovet respublikalari Isroil bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolmoqda va “Arab bahori”ning dastlabki bosqichlariga qaramay, arab dunyosi mamlakatlarida hali ham keng tarqalgan yahudiy davlatiga nisbatan nafratni baham ko‘rmaydi.

1991-yildan so‘ng Eronning shimoli-g‘arbida joylashgan, shialar nazoratidagi Ozarbayjon lotin alifbosini qabul qildi va o‘ziga homiy sifatida Turkiyani tanladi. Eronning shimoli-sharqidagi respublikalarga kelsak, aholisi asosan sunniylardan iborat O‘zbekiston mamlakatda fundamentalizm g‘oyalari tarqalishidan xavotirlanib, islomdan ko‘ra millatchilikka ko‘proq e’tibor qaratdi va shu bois Eronga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqda.

Tojikiston esa, garchi sunniy bo‘lsa-da, fors tilida so‘zlashgani bois Erondan himoya izlaydi, ammo Eronning bu boradagi harakatlari O‘rta Osiyoning boshqa hududlaridagi ko‘plab turkiy tilli musulmonlar uchun dushman bo‘lib qolishni istamasligi bilan cheklangan. Bundan tashqari, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi hayot kechirgan O‘rta Osiyo aholisi kamdan-kam hollarda islom qonun-qoidalariga qat’iy amal qilgan. O‘troqlik va undan keyin shakllangan davlatchilik esa davlat ishlarini dindan ajratilgan.

📚Robert Kaplan "Geografiya qasosi" kitobida.

👉
732009
Sardor Ali

Sep 05, 2026, 14:24

#mulohaza

Ko‘pchilik “Tolibon” haqida yozgan so‘nggi postimdan keyin meni yomon ko‘ra boshladi. Aslida esa men “Tolibon” haqida bugun yoki kecha yozishni boshlagan emasman. Bu mavzuga avval ham ko‘p bor murojaat qilganman. Xususan, siyosiy fanlar doktori, dotsent Suhrob Bo‘ronovning tadqiqot va kitoblaridan juda ko‘plab muhim ma’lumotlarni kanalga ulashganman.

Jamiyatimizda “Tolibon”ga nisbatan ma’lum darajada yon bosish bor. Buni tushunish mumkin: Afg‘onistondagi urushlar, chet el harbiy kuchlarining aralashuvi va yillar davom etgan beqarorlik ko‘pchilikda “Tolibon — G‘arbga qarshi kuch” degan tasavvurni shakllantirgan.

Ammo masalaga faqat “G‘arbga qarshi” yoki “Islom tarafdori” degan ikki xil mezon bilan qarash yetarli emas.

Geosiyosatda har qanday siyosiy harakatning ortida turgan manfaatlar, uning kimlar bilan qanday munosabatda bo‘lgani va mintaqadagi kuchlar muvozanatida qanday rol o‘ynayotgani ham tahlil qilinishi kerak. “Tolibon”ni ham aynan shu nuqtayi nazardan o‘rganish zarur.

Qolaversa, “Tolibon”ning amaliy siyosati ham ko‘plab savollarni tug‘diradi. Agar biror siyosiy kuch o‘zini Islom tamoyillarining himoyachisi sifatida ko‘rsatsa, uning ayollarning ta’lim olishi va jamiyatdagi ishtirokiga qo‘ygan keskin cheklovlari, ilm-fan va ta’lim sohasidagi siyosati, shuningdek, madaniy merosga munosabati haqida savol berish tabiiy.

Islomni faqat bayroq, shior va siyosiy da’volar orqali baholab bo‘lmaydi. Har qanday guruhning asl mohiyatini uning amaliy ishlari, insonlarga munosabati va jamiyatga olib kirayotgan natijasi orqali baholash kerak.

Menimcha, eng to‘g‘ri yo‘l — hissiyotga berilmasdan, bu guruhlarning kelib chiqishi, moliyaviy va siyosiy aloqalari, mintaqadagi manfaatlar hamda ularning amaliy faoliyatini faktlar asosida tahlil qilish.

Chunki Islom nomidan gapirayotgan har qanday guruh avtomatik ravishda Islomning o‘zi degani emas. Bayroq boshqa, uning ortidagi siyosiy manfaat boshqa bo‘lishi mumkin.

👉
9,9600012
Sardor Ali

Sep 05, 2026, 14:24

Photo
Tramp yadroviy kelishuv evaziga Saudiyadan Isroilni tan olishni so‘radi

AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni bilan fuqarolik yadro energiyasi boʻyicha kelishuv loyihasini Kongressga koʻrib chiqish uchun yubordi.

Biroq Oq uy rasmiysining 25-avgust kuni Reuters agentligiga  https://www.reuters.com/world/middle-east/trump-sends-saudi-nuclear-deal-congress-says-riyadh-must-recognize-israel-2026-08-25/, bu bitim faqat Saudiya Isroil bilan munosabatlarni normallashtirsagina kuchga kiradi.

P/S: Isroil bunga tish-tirnog'i bilan qarshi chiqsa kerak.

👉
739001
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

Photo
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bugun tongda Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi. U yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi https://t.me/voiceofiran_ru

👉
5420011
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

AQSH va Eron 27-aprel kuni Pokistonda muzokara o‘tkazishi mumkin

AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner 25-aprel kuni Eron bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga yo‘l olishi https://edition.cnn.com/2026/04/24/world/live-news/iran-war-trump-israel-lebanon.

Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham vositachilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun Pokistonda bo‘lib turibdi. Biroq Eron tomoni AQSH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar rejalashtirilmaganini bildirgan. Bu esa Vashington va Tehron bayonotlari o‘rtasidagi navbatdagi tafovutni ko‘rsatmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt AQSH ma’muriyati Eron tomonidan “muayyan ijobiy siljishlar”ni kuzatayotganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, zarurat tug‘ilsa, amerikalik rasmiylar muzokaralar uchun Pokistonga zudlik bilan uchib borishga tayyor.

Axios nashri o‘z manbalariga tayanib https://www.axios.com/2026/04/24/witkoff-kushner-iran-talks-pakistan, AQSH va Eron delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

“AQSh elchilari va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va uning maxsus vakili Stiven Vitkoff Pokiston vositachilari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazgandan so'ng bo'lib o'tishi mumkin”, deb yozdi Axios muxbiri Barak Ravid X ijtimoiy tarmog‘ida.

U shuningdek, ismi oshkor qilinmagan Pokiston rasmiysiga tayanib, Eron tashqi ishlar vazirligi 24 va 25-aprel kunlari Vashington bilan muzokaralarni qayta boshlash masalasini muhokama qilish uchun pokistonlik hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishini qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari, Ravidning so‘zlariga ko‘ra, Aroqchi Islomoboddan Ummonning Maskat shahriga, keyin esa Moskvaga borishi kutilmoqda. Shuning uchun u amerikalik muzokarachilar bilan qachon uchrashishi noma’lum.

👉
705002
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

AQSH va Eron 27-aprel kuni Pokistonda muzokara o‘tkazishi mumkin AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner 25-aprel kuni Eron bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga yo‘l olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Eron tashqi…
630007
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirining Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan https://president.uz/oz/lists/view/9139 tingladi. Uchrashuvda Turkiya Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etdi.
576003
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

Video
Al-Jazira kanalida bo'lgan bahslardan biri

"Eron Isroil uchun ekzistensial tahdid emas, balki strategik tahdiddir. Eron hech qachon qo‘shnilariga hujum qilmagan. Isroil esa bir necha bor qo‘shnilariga hujum qilgan. Eron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan, Isroil esa uni imzolashdan bosh tortgan. Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi tekshiruvlariga rozi bo‘ladi, Isroil esa bunga rozi emas. Eronda yadro quroli yo‘q. Isroilda esa 75 dan 400 tagacha yadro quroli bor.

So‘nggi 40 yil davomida Isroil Eron haqida tizimli dezinformatsiya kampaniyasini olib bordi. Nega bu yolg‘onlar?

Ammo Isroil qo‘shnilariga o‘zini himoya qilish uchun emas, balki boshqa sabablar bilan hujum qilgan. Birinchi misol — 1956-yildagi Suvaysh urushi. Bu o‘zini himoya qilish urushi emas edi, balki Misrga qarshi mustamlakachilik rejasining bir qismi edi. Yana bir misol — 1982-yilda Livanga bosqin", — demoqda professor.
7110019
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

O‘rta yo‘lak va uning istiqboli GZT tomonidan juda puxta va ta’sirli yoritilibdi. Ayniqsa, turkiy davlatlarning global energiya inqirozi davridagi strategik o‘rni aniq misollar va tahlillar orqali chuqur ochib berilgan.

https://www.youtube.com/watch?v=KFYIRPq0pqo
Video Thumbnail
548002
Sardor Ali

Apr 28, 2026, 11:33

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li: Yevroosiyoda shakllanayotgan yangi transport yo‘lagining strategik bo‘g‘ini

Yaqinda Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining uchrashuvi Markaziy Osiyo va undan tashqari hududlarda transport bog‘liqligini rivojlantirishda yangi bosqich boshlanayotganini ko‘rsatdi.

Muzokaralar markazida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi turdi. U asta-sekin g‘oyadan amaliy bosqichga o‘tib, Xitoy–Markaziy Osiyo–Kavkaz–Yevropa yo‘nalishining muhim qismiga aylanmoqda.

Loyiha to‘liq amalga oshirilsa, u O‘rta yo‘lak (Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi)ni sezilarli darajada kuchaytiradi. Bu yo‘lak esa an’anaviy Yevroosiyo savdo yo‘nalishlariga haqiqiy muqobil sifatida tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.

Nima uchun bu loyiha strategik jihatdan muhim:

— Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytiradi, tranzit vaqtini qisqartiradi va yo‘nalishlar moslashuvchanligini oshiradi
— Geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida global ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shadi
— Markaziy Osiyoni «quruqlikka qamalgan» hududdan tranzit markazga aylantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi
— Turkiy davlatlar va qo‘shni hududlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi

Muhimi, Bishkekdagi muhokamalar faqat infratuzilma bilan cheklanmadi.

Asosiy e’tibor to‘liq integratsiyalashgan transport ekotizimini shakllantirishga qaratildi, jumladan:

— Chegara tartib-taomillarini soddalashtirish va tranzitni tezlashtirish
— Tariflar, standartlar va qoidalarni uyg‘unlashtirish
— Multimodal transport yechimlarini kengaytirish

Shuningdek, raqamlashtirishga alohida urg‘u berilmoqda, jumladan:

* Bir nechta davlatlarda e-Permit tizimlarini joriy etish
* Chegaralararo yuk tashishni soddalashtirish uchun e-CMR (elektron yuk hujjatlari)ni tatbiq etish

Yana bir muhim yo‘nalish — Kaspiy dengizi bo‘yicha hamkorlik. Parom xizmatlari va dengiz logistikasini rivojlantirish yo‘lakning uzluksiz ishlashini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bu esa O‘rta yo‘lak muvaffaqiyati temir yo‘l, avtomobil va dengiz transporti o‘rtasidagi uyg‘un va sinxron aloqalarga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.

Xulosa

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li endilikda faqat mintaqaviy infratuzilma loyihasi emas — u yangi Yevroosiyo logistika arxitekturasining strategik qismiga aylanmoqda.

Uning to‘liq salohiyati qurilish sur’atlariga emas, balki ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi muvofiqlashuv, raqamlashtirish va siyosiy-huquqiy uyg‘unlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Vladimir Norov

👉
603002
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Qatar amiri Tramp bilan suhbatda keskinlikni kamaytirishga chaqirdi ( https://t.me/haqqin_azz)

Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy chorshanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida “mintaqada tez sur’atlar bilan ortib borayotgan keskinlik” va uni yumshatish zarurati muhokama qilindi. Bu haqda amir devoni xabar berdi.

Yetakchilar Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi fonida xalqaro dengiz xavfsizligi, energetika bozorlarining barqarorligi hamda global yetkazib berish zanjirlariga oid masalalarni muhokama qildi.

Amir mintaqada vaziyat yanada keskinlashib ketishining oldini olish uchun xalqaro sa’y-harakatlarni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u mintaqaviy va global xavfsizlik hamda barqarorlikni saqlab qolish uchun diplomatik vositalardan foydalanish zarurligini qayd etdi.

P/S: Hormuzni uzoq vaqt yopilishi Qatar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi aniq.

👉
629007
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Оқ уй билан келишсанг, Европа билан гаплашишни ҳожати йўқ. ©️Путин @o'ylashimcha
585008
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Realni hujumlari purjinaga o’xshab, oldinga otilib chiqmoqda. Bavariya esa tezkor va aniq hujumga tayanmoqda.
6860011
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Noyer odam emas)
6820013
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Bavariya Real Madridning supper qarshi hujumlaridan ancha cho’chib qolibdi ko’rinadi
7250017
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Xayli tong, yana siyosat olamiga qaytamiz)
6240028
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Real Madrid nimalar qilayapti?! Bugungi o’yin tarixga kiradi
7200020
Sardor Ali

Apr 17, 2026, 10:07

Men asli futbol jinnisi man. Faqat siyosat tortib ketgan nima qilay)
6980030

Showing 30 of 30 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Sardor Ali Telegram channel about?+

Sardor Ali (@jurnalistSardorAli) is a Telegram channel in the Pinay Content category. Dunyo siyosatining ko'rinmas qirralari — har kuni, sodda tilda.

How do I join Sardor Ali (@jurnalistSardorAli) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @jurnalistSardorAli in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Sardor Ali a good Pinay Content channel to follow?+

On tgdio you can check Sardor Ali's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 5,381 subscribers on tgdio. Compare it with similar Pinay Content channels in the same category.

Where can I see Sardor Ali stats and latest posts?+

On tgdio, open the @jurnalistSardorAli channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.