Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿 Telegram channel photo

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿

@bekobodshaharuzPublic Channel

Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart! Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi! https://bekobodsh.uz/

EroticEnglishUnited States

232

Last views

11.3k (11,320 subscribers)
Members
—
Rating
65
Total Posts
Oct 19, 2026, 11:41 PM
Updated
Mar 21, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameBekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿
Username@bekobodshaharuz
CategoryErotic
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members11,320
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 21, 2026
Last UpdatedOct 19, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#1631+2
Language Ranking
#394+10
Category Ranking
#45No change

Participant Growth

Total: 11.3K30 Days growth: +8.1K255.8%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
20:09:20263,182
21:09:20263,182
22:09:20263,182
23:09:20263,182
24:09:202613,425
25:09:202613,425
26:09:202613,425
27:09:202613,425
28:09:202613,425
29:09:202613,425
30:09:202613,425
01:10:202613,425
02:10:202613,425
03:10:202613,425
04:10:202613,425
05:10:202613,425
06:10:202613,425
07:10:202613,425
08:10:202613,425
09:10:202613,425
10:10:202613,425
11:10:202613,425
12:10:202611,564
13:10:202611,564
14:10:202611,564
15:10:202611,564
16:10:202611,564
17:10:202611,564
18:10:202611,564
19:10:202611,320
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20262,838
Week of 06:04:20262,841
Week of 13:04:20262,868
Week of 20:04:20262,876
Week of 27:04:20262,876
Week of 04:05:20262,917
Week of 11:05:20262,917
Week of 18:05:20262,917
Week of 25:05:20262,908
Week of 01:06:20262,908
Week of 08:06:20262,909
Week of 15:06:20262,909
Week of 22:06:20262,939
Week of 29:06:20262,939
Week of 06:07:20262,939
Week of 13:07:20262,969
Week of 20:07:20262,976
Week of 27:07:20262,990
Week of 03:08:20262,990
Week of 10:08:20263,078
Week of 17:08:20263,078
Week of 24:08:20263,149
Week of 31:08:20263,158
Week of 07:09:20263,158
Week of 14:09:20263,182
Week of 21:09:202613,425
Week of 28:09:202613,425
Week of 05:10:202613,425
Week of 12:10:202611,564
Week of 19:10:202611,320
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
April 20262,876
May 20262,908
June 20262,939
July 20262,990
August 20263,149
September 202613,425
October 202611,320
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
202611,320

Latest Posts

Video
🚲MEʼMOR KO‘CHASIDA — VELOSIPEDDA NAZORAT!

Bugun Meʼmor ko‘chasida yo‘lni asfaltlash ishlarining yakuniy bosqichi. Avtomobillar harakati vaqtincha cheklangan bir paytda shahar hokimi Narimonjon Ismailov masʼullar bilan hududni velosipedda aylanib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shahar hokimi tadbirkorlar bilan ham muloqot qilib, ularga tadbirkorlik obyektlari fasadlarini shaharning dizayn kodida belgilangan talablarga muvofiq bo‘yash va tashqi ko‘rinishini tartibga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, suhbat davomida shahar infratuzilmasini yana-da rivojlantirishga qaratilgan kelgusi rejalar ham muhokama qilindi.

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
232004
Photo
🥇JAHON CHEMPIONI — O‘ZBEKISTON FAXRI!

Polshadagi jahon chempionatida O‘zbekiston madhiyasi yangradi!

Karate WKF bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatida terma jamoamiz aʼzosi - bekobodlik Javohir Jahongirov hal qiluvchi final bahsida amerikalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!

G‘alabaga yo‘g‘rilgan iroda, matonat va mahorat — Javohirni jahonning eng kuchli sportchilari qatoriga olib chiqdi. Hamshaharimiz jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tardi!

🏆Javohir, g‘alabang muborak!

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4860017
Video
#baxshilar_kechasi

Go‘ro‘g‘li dostoni — avlodlar ovozida

17–18-oktabr kunlari Parkent tumanining so‘lim Kumushkon hududida joylashgan “Silver Valley Family Adventures” maskanida "Go‘ro‘g‘li dostoni — avlodlar ovozida" deb nomlangan baxshichilik kechasi bo‘lib o‘tadi.

Baxshilar bellashuvi, jo‘shqin aytishuvlar, badiha termalar va yosh iste’dodlar chiqishlari — barchasi bir sahnada!

Bu kechada qadimiy dostonlar yangraydi, milliy merosimiz avlodlar ovozida davom etadi.

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
869003
Video
QARIYB 10 SOATLIK MULOQOT: HAR BIR MUROJAAT EʼTIBORDA!

Inson muammosiga yechim izlab kelganda, uni tinglash, dardiga quloq tutish va imkoni boricha amaliy yordam berish — muhim vazifa.

Prezidentning Bekobod shahridagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabuli qariyb 10 soat davom etdi. Unda 50 nafardan ziyod fuqaro ishga joylashish, uy-joy, kadastr, moddiy yordam, tibbiy xizmat va jarrohlik amaliyotlariga oid murojaatlari bilan qatnashdi.

📌 Natijalar:
✅ 24 ta murojaat shu yerning o‘zida qanoatlantirildi.
🔎 10 ta murojaat masʼullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
📍 7 ta masala joyiga chiqqan holda o‘rganilib, amaliy yechim choralari belgilanadigan bo‘ldi.

O‘n soatlik muloqot — bu shunchaki vaqt emas, balki insonlarning dardini tinglash, muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish yo‘lidagi saʼy-harakatdir.

Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, har bir yechim ortida esa bir oilaning umidi mujassam.

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2,3400011
Photo
SAVODXON TASHKILOT — SAVODLI JAMIYAT!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Bekobod shahrida davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning yozma savodxonligini yuksaltirish hamda davlat tilida ish yuritish madaniyatini mustahkamlash maqsadida umummilliy diktant tashkil etildi.

Tadbir shahar hokimligi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining viloyat hududiy bo‘linmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1,410008
Photo
☀️ Bekobod shahri bo‘yicha bugungi ob-havo (17 oktabr, shanba)

☀️ Kunduzi: taxminan +25 °C
🌙 Kechasi: taxminan +10 °C
🌧 Yomg‘ir ehtimoli: 5%

Kun asosan ochiq va iliq bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli juda past. Kechasi va ertalab havo salqin bo‘ladi, shuning uchun erta chiqsangiz yengil kurtka olib chiqing.

📅 Keyingi kunlar:
18 oktabr: ☀️ +21 °C, 🌙 +8 °C, (yomg‘ir ehtimoli 15% ☔️)
19 oktabr: ☀️ +24 °C, 🌙 +8 °C
20 oktabr: ☀️ +25 °C, 🌙 +8 °C

Yakshanba kuni harorat biroz pasayib, keyin yana iliydi.

📍 Manba: meteo.uz

#Bekobod #Obhavo #Prognoz

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1,410003
Photo
🏆 TARIXIY NATIJA: BEKOBODLIK SPORTCHI JAHON ChEMPIONATI FINALIDA!

Polshada karate WKF bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning 120 ta davlatidan sportchilar ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada bekobodlik Javohir Jahongirov yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

🥋 Quvonarlisi, yakka kata yo‘nalishida O‘zbekiston vakili ilk bor jahon chempionati finaliga yo‘l oldi! Javohir Braziliya, Ukraina, Slovakiya va Gonkong vakillarini mag‘lub etib, o‘z mahorati va matonatini namoyish qildi.

Tajribali murabbiy Hamdam Shodibekov qo‘l ostida shug‘ullanayotgan hamshaharimiz 17-oktyabr kuni finalda AQSHlik raqibiga qarshi bahs olib boradi.

💪 Endi esa maqsad — jahon chempionligi!

Javohirga hal qiluvchi bellashuvda kuch-g‘ayrat, omad va zafar tilaymiz!

Butun Bekobod sen bilan!

#Bekobod #KarateWKF #JahonChempionati

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2,1300053
Photo
🏆 MMA chempionlari taqdirlandi!

🥇 Aralash jang sanʼati (MMA) bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bekobodlik sportchilar munosib taqdirlandi.

«Payshanba — yoshlar kuni» doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar IIB boshlig‘i, shahar aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi raisi Fayzulla Ismoilov tomonidan sportchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimida shahar hokimi Narimonjon Ismailov ham ishtirok etdi.

Ushbu eʼtirof yosh sportchilarning mehnati va intilishlariga berilgan munosib baho bo‘lib, ularni yangi marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.

Bekobodlik chempionlarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz! Kelgusida ham yuksak natijalar va yangi zafarlar yor bo‘lsin!

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2,1300014
Video
🔥 Bozorlarda yong‘in xavfsizligi — barchamizning masʼuliyatimiz!

Bozorlarda yong‘inning oldini olish, savdo nuqtalari va aholi xavfsizligini taʼminlash uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarur.

⚠️ Oddiy ehtiyot chorasi — katta falokatning oldini olishi mumkin!

🎥 Batafsil videorolikda.

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1,800007
Photo
☀️ Bekobod shahri: bugungi ob-havo (16 oktabr, juma)

☀️ Kunduzi: taxminan +26 °C
🌙 Kechasi: taxminan +9 °C
🌧 Yomg‘ir ehtimoli: 0%

Kun ochiq, quruq va iliq bo‘ladi, yomg‘ir kutilmaydi. Kechasi va ertalab havo ancha salqin bo‘ladi, shuning uchun erta chiqsangiz yengil kurtka olib chiqing.

📅 Keyingi kunlar:
17 oktabr: ☀️+25 °C, 🌙 +10 °C
18 oktabr: ☀️+21 °C, 🌙 +8 °C, (yomg‘ir ehtimoli 15% ☔️)
19 oktabr: ☀️+24 °C, 🌙 +8 °C

Hafta oxirida harorat yakshanba kuni biroz pasayadi, keyin yana iliydi.

📍 Manba: meteo.uz

#Bekobod #Obhavo #Prognoz

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1,890002
Video
BEKOBOD SHAHRIDA — YOSHLAR BANDLIGI EʼTIBOR MARKAZIDA

📌 Bugun Bekobod shahrida «Payshanba — yoshlar kuni» doirasida yoshlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar hokimi Narimonjon Ismailov, shahar prokurori Baxtiyor Ilyasov, shahar IIB boshlig‘i F. Ismoilov, soliq inspeksiyasi boshlig‘i Furqat Mamatqulov hamda mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

🤝 Muloqot davomida yoshlarning ish bilan taʼminlanish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va shu yo‘nalishlarda duch kelayotgan muammolari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan masʼullar bilan birgalikda yechimlar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Maqsad — har bir yoshning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyat yaratish!

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5,8500024
Video
🚨 KIBERJINOYATCHILIKDAN OGOH BO‘LING!

Bekobod shahar IIB boshlig‘i shahar aholisini kiberfiribgarlikdan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

2026-yilning 9 oyida shaharda 167 ta kiberjinoyat aniqlanib, fuqarolarga 1,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

🔐 Xavfsizlikning 5 qoidasi:

1. SMS-kod va karta maʼlumotlarini hech kimga bermang.
2. Shubhali havolalarni ochmang.
3. Nomaʼlum fayllarni yuklab olmang.
4. Tez boyish vaʼdalarga ishonmang.
5. Internet xaridlarida ehtiyot bo‘ling.

⚠️ Firibgarlar shoshiltiradi. Siz esa to‘xtang, o‘ylang va tekshiring!

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2,4000017
Photo
BEKOBOD SHAHAR AHOLISIGA MUROJAATNOMA

Kiberjinoyatlar va internet firibgarligining oldini olish to‘g‘risida

Hurmatli Bekobod shahri aholisi!

Bugungi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanish kengayib borayotgani bilan birga, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik va boshqa kiberjinoyatlar ham dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Fuqarolarning bank kartalaridagi mablag‘larini o‘zlashtirish, soxta havolalar yuborish, zararli APK ilovalarini o‘rnatishga undash, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni egallash hamda soxta savdo va investitsiya takliflari orqali aldash holatlari fuqarolarga jiddiy moliyaviy zarar yetkazmoqda.

Hurmatli fuqarolar, bunday jinoyatlarning oldini olishda har biringizning ogohligingiz va masʼuliyatingiz muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan sizlardan quyidagi xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etishingizni so‘rayman:

● Shubhali havolalarni ochmang, nomaʼlum APK fayllarini o‘rnatmang. Bunday fayllar telefoningizdagi shaxsiy маълумотлар va bank hisoblaringiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

● Bank kartangiz maʼlumotlarini himoya qiling. PIN-kod, parol va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang. O‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ham bunday maʼlumotlarni oshkor qilmang.

● Internet orqali pul o‘tkazishda ehtiyot bo‘ling. Tovar sotuvchisi yoki xizmat ko‘rsatuvchining ishonchliligini tekshirmasdan turib oldindan to‘lov qilmang.

● Soxta investitsiya takliflariga aldanmang. Qisqa muddatda katta daromad olishni kafolatlaydigan nomaʼlum platformalarga pul kiritmang.

● Oila aʼzolaringizni ham ogohlantiring. Ayniqsa, kiberfiribgarlik usullaridan yetarlicha xabardor bo‘lmagan yaqinlaringizga internet xavfsizligi qoidalarini tushuntirib boring.

Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida quyidagi amaliy choralarni ko‘rishingizni tavsiya etaman:

1. Telefoningiz va bank ilovalarining xavfsizlik sozlamalarini muntazam tekshirib boring, murakkab parollardan foydalaning hamda ikki bosqichli himoyani yoqing.

2. Bank hisobingizda shubhali operatsiyani aniqlasangiz, zudlik bilan bankingizga мурожаат qiling va zarur hollarda bank kartangizni bloklating.

3. Firibgarlik holatiga duch kelsangiz, yozishmalar, telefon raqamlari, havolalar va to‘lov hujjatlarini saqlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering.

4. Shubhali xabarlar va zararli ilovalar haqida yaqinlaringizni ogohlantiring hamda bunday holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga maʼlum qiling.

Shuni unutmangki, kiberjinoyatchilarning asosiy maqsadi — fuqarolarning ishonchidan foydalanib, ularning pul mablag‘lari va shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritishdir. Birgina ehtiyotsizlik katta miqdordagi moddiy zarar va jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi мумкин.

Hurmatli fuqarolar! Internetdan foydalanishda hushyor bo‘ling, shaxsiy maʼlumotlaringizni asrang va shubhali takliflarga ishonmang. Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda befarq bo‘lmang. O‘z xavfsizligingiz va yaqinlaringiz manfaatlarini himoya qilishga masʼuliyat bilan yondashing.

Ogohlik va ehtiyotkorlik — kiberjinoyatlarga qarshi eng muhim himoyadir!

Baxtiyor Ilyasov, Bekobod shahar prokurori.

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2,020008
Video
🚧 Meʼmor ko‘chasida ish surʼati yana-da oshirildi!

Bu yerda ish to‘xtamaydi, talab esa qatʼiy: belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi shart!

🏗 Shahar hokimi bugun ham Meʼmor ko‘chasiga borib, olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Jarayonlarni jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va natijadorlikni taʼminlash maqsadida masʼul tashkilotlarning barchasi safarbar etildi.

Chunki obod ko‘cha — bu shunchaki asfalt emas, balki aholi uchun qulaylik, tartib va shahar qiyofasining yangilanishidir.

🎥 Meʼmor ko‘chasidagi bugungi ishlar va o‘zgarishlar — batafsil videoda!

🔔 Bizni kuzating👇🏻
|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5,4300021
Photo
#Eʼlon

📢 Hurmatli Bekobod shahar fuqarolari!

Sizni Bekobod shahar Ichki ishlar bo'limi boshligʻi, polkovnik Ismoilov Fayzulla Xikmatovichning sayyor qabuliga taklif etamiz.

🗓 Sana: 2026-yil 13-sentyabr
🕙 Vaqt: soat 10:00 da
🏢 Manzil: Bekobod shahar Ichki ishlar binosi

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi hamda ularni joyida hal etish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.

➡️ Barcha fuqarolarni ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Sizning fikringiz — biz uchun muhim!
498002
Photo
🇺🇿 OTA-ONALAR UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Bugun Bekobod shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ota-onalar ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📚 Yig‘ilishda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, maktabning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda turli to‘garaklarga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbirda maktab direktori D.A. Djurayeva, V.M.M.B. katta inspektori, kapitan D.K. Gulmurodov, “Bulog‘ariq” MFY raisi Sh. Sultonova hamda maktab maslahatchisi R. Boboqulov ishtirok etib, ota-onalar bilan muhim masalalar yuzasidan suhbatlashdilar.

🌍 Shuningdek, Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan mehmon ota-onalar jamoasiga tanishtirilib, ta’lim va tarbiya sohasidagi hamkorlik hamda tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Yig‘ilish yakunida farzandlar tarbiyasida maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

✨ “Birgalikda tarbiya — barkamol avlod garovi!”
519000
Video
FUQAROLAR MUROJAATI — EʼTIBOR MARKAZIDA

Aholi bilan ochiq va faol muloqotni taʼminlash maqsadida Prezidentning Bekobod shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda 20 nafarga yaqin fuqaroning uy-joy, moddiy yordam, kontrakt to‘lovi, tibbiy xizmat va jarrohlik amaliyotlariga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 10 tasi shu yerning o‘zida qanoatlantirildi. 3 tasi bo‘yicha atroflicha tushuntirish berildi, qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etadigan 5 ta murojaat masʼullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ayrim masalalar esa joyiga chiqqan holda o‘rganilib, amaliy yechim choralari ko‘riladi.
1,300006
Photo
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
654001
Video
Bozordagi faoliyat — qonuniy va barqaror bo‘lishi kerak

Bekobod shahar hokimi Narimon Ismailov masʼul tashkilot rahbarlari hamrohligida shahar «Dehqon bozori»da o‘rganish o‘tkazdi.

Asosiy eʼtibor — norasmiy tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish va «soyadan chiqish» masalalariga qaratildi.

Tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Chunki faoliyatni rasmiylashtirish — shunchaki qonun talabi emas. Bu biznesni barqaror rivojlantirish, xotirjam ishlash va yangi moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish uchun ishonchli qadam.
1,530006
Video
🇺🇿 13-MAKTABDA “MILLIY LIBOSLAR KUNI”

Bugun Bekobod shahar 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni keng targ‘ib etish maqsadida “Milliy liboslar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘qituvchi va o‘quvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar.

Milliy liboslar — xalqimiz tarixi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.

Milliy qadriyatlarimiz — milliy iftixorimiz!
868006
Video
MILLIY KUY-QO‘SHIQLAR — MILLIY QADRIYATLARIMIZ TIMSOLI!

📍 Bekobod shahar

🇺🇿🎶O‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga sadoqat, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga ehtirom ruhida tarbiyalash, shuningdek, ta’lim tashkilotlarida milliy musiqa va san’at namunalarini keng targ‘ib etish maqsadida Bekobod shahridagi umumta’lim maktablarida qator ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan tanaffus vaqtlaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularda milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqish va mehrni yanada oshirish maqsadida milliy kuy-qo‘shiqlar, maqom namunalari va mumtoz musiqa asarlari muntazam ravishda yangratib borilmoqda.

Mazkur tashabbus o‘quvchilarning estetik didini yuksaltirish, milliy musiqa san’atining o‘ziga xosligi va tarbiyaviy ahamiyatini anglatish, yoshlar qalbida milliy o‘zlik va madaniy merosimizga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🎥 Videolavhada: Bekobod shahar 16-sonli umumta’lim maktabida tanaffus vaqtida milliy kuy-qo‘shiqlar va maqom namunalarini targ‘ib etish jarayonlari aks etgan.
867000
Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan https://president.uz/oz/lists/view/9599 qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел https://president.uz/ru/lists/view/9599 с Премьер-министром Республики Армения Николом Пашиняном.

#Mirziyoyev #muloqot #Armaniston #hamkorlik

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
608000
Photo
3-MAKTABDA PROFILAKTIK YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Bekobod shahar 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, psixotrop moddalar zarari, davomat hamda ta’lim-tarbiyaga oid masalalar yuzasidan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘quvchilarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, psixotrop moddalarning zarari, davomatga rioya qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbirda Bekobod shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari E.Z. Xodjabekov, IIB JXX HPB VEMB katta inspektor-psixologi kapitan D.K. Gulmurodov, Bulo‘g‘ariq MFY yoshlar yetakchisi Sh.Q. Saydullayev, maktab inspektor-psixologi O.M. Sheraliyev, maktab direktori D.A. Djurayeva hamda maktab jamoasi ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida profilaktik ishlarni kuchaytirish va hamkorlikni davom ettirish belgilandi..
877004
Photo
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Bekobod shahrining Do'stlik mahallasi, 14-dahasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘la qismlarida navbatdagi monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida yerto‘la qismlarining texnik holati, umumiy foydalanishdagi hududlardan foydalanish tartibi hamda amaldagi qonunchilik qoidalariga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi.
Yerto'lada turli xil buyumlarni to'ldirilgan holatlar yuzasidan mulkdorlarga tegishli tartibda bajarilishi shart bo'lgan majburiy ko'rsatmalar berildi
750000
Photo
– O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘p qirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz,
– dedi davlatimiz rahbari.

Iqtisodiy diplomatiya tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Mamlakatimiz 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk marotaba raislik qiladi.

Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu global tuzilma samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar faol ilgari suriladi.

Yon qo‘shnimiz Afg‘oniston bo‘yicha konstruktiv siyosat qat’iy davom ettiriladi.

Prezidentimiz tantanada ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda AQSh, Turkiya va Singapurdan kelgan yuqori martabali mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
259000
Photo
Yettinchi milliy dastur O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishga qaratiladi.

Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a’zolari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgani qayd etildi.

– Bugungi notinch zamonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik xalqimizning oltin fondi, bebaho boyligidir,
– dedi Prezidentimiz.

O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosati uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.

Markaziy Osiyoda ahil qo‘shnichilik, strategik sheriklik va do‘stlik aloqalarini kengaytirishda tarixiy yutuqlarga erishildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va arab-musulmon dunyosi davlatlari bilan munosabatlar yanada mustahkamlandi.

Sharqiy Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari ochildi. O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 170 taga yetdi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
276000
Photo
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.

Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.

– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,
– dedi davlatimiz rahbari.

Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi.

Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
288000
Photo
– Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Beshinchi milliy dastur sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirishga qaratilgan.

Huquqiy tarbiya maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar qat’iy davom ettiriladi.

Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi.

Yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
260000
Photo
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.

To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.

Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.

– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz.

Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi.

Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
280000
Photo
– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish,
– dedi davlatimiz rahbari.

Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.

Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.

Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.

– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi,
– dedi Prezidentimiz.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
249000

Showing 30 of 65 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿 Telegram channel about?+

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿 (@bekobodshaharuz) is a Telegram channel listed under Erotic on tgdio. This profile shows ranking, ratings, reviews, and recent posts so you can decide before subscribing in Telegram. It currently lists about 11,320 subscribers on tgdio.

How do I join Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿 (@bekobodshaharuz) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @bekobodshaharuz in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿 a good Erotic channel to follow?+

On tgdio you can check Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 11,320 subscribers on tgdio. Compare it with similar Erotic channels in the same category.

Where can I see Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿 stats and latest posts?+

On tgdio, open the @bekobodshaharuz channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.