Nega $2.00/mile yuk ham sizni bankrot qilishi mumkin
Ko'p yangi owner-operator va kichik kompaniyalar bitta xatoga yo'l qo'yadi: yuk narxiga qarashadi, lekin o'z xarajatini bilishmaydi. "Rate baland" deb quvonadi, oy oxirida esa pul qolmaydi. Sababi oddiy — ular Cost Per Mile (CPM) ni hisoblamaydi.
Keling, bitta truck'ning haqiqiy xarajatini ochib beramiz. Bu raqamlar taxminiy, lekin realistik.
FIXED COSTS (milya bosmasangiz ham to'laysiz):
• Truck payment: ~$2,500/oy
• Trailer payment: ~$600/oy
• Insurance: ~$1,500/oy (kichik yangi kompaniyada bundan ham baland)
• Permits, IFTA, ELD, dispatch software: ~$400/oy
• Jami: ~$5,000/oy
Agar truck oyiga 10,000 milya bossa:
Fixed CPM = 5,000 ÷ 10,000 = $0.50/mile
VARIABLE COSTS (haydagan sari to'lanadi):
• Fuel: $4.00/gal ÷ 6.5 mpg = $0.62/mile
• Maintenance + tires: ~$0.20/mile
• Tolls, scale, parking, misc: ~$0.10/mile
• Jami: ~$0.92/mile
DRIVER COST:
• Driver pay (agar yollangan bo'lsa): $0.60/mile yoki 25–30% gross
Endi jamlaymiz (company driver bilan):
$0.50 (fixed) + $0.92 (variable) + $0.60 (driver) = $2.02/mile
Ko'rdingizmi? Kompaniyaning breakeven nuqtasi $2.02/mile. Ya'ni $2.00/mile yuk sizni zararga olib boradi. Foyda ko'rish uchun kamida $2.30–2.50/mile kerak.
Asosiy xulosa:
1. Har bir kompaniya o'zining CPM'ini bilishi shart. Boshqaning raqami emas — sizniki.
2. Rate baland bo'lishi foydali degani emas. Deadhead, kutish, past mpg — hammasi CPM'ni oshiradi.
3. Bo'sh turgan truck (fixed cost baribir ketadi) — eng katta pul yeguvchi. Shuning uchun dispatcher truck'ni bo'sh qoldirmaslikka harakat qiladi.
Logistikada g'olib bo'lgan kompaniya ko'p yuk tashigani emas — o'z raqamini bilgani.
🔗 https://t.me/logistics_info ✈️ https://t.me/WeLogistiX
🛠️ https://t.me/safetyshopservices









