NUST delegatsiyasi Samarqand davlat texnika universitetida
🇺🇿🤝🇵🇰Samarqand davlat texnika universitetida Pokiston Islom Respublikasining National University of Sciences and Technology (NUST) rektori Dr. Muhammad Zahid Latif boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar davomida ikki oliygoh o'rtasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish va uni amaliy loyihalar orqali rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.
Tomonlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar:
🟣 talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvi;
🟣 qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🟣 muhandislik, qayta tiklanuvchi energetika, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar;
🟣 arxitektura, shaharsozlik va ekologiya.
✔️ Shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish va xalqaro grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish bo'yicha fikr almashildi.
✔️ Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy va ta'limiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga kelishib oldilar. Mehmonlar uchun universitetning yangi binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
___
Делегация NUST в Самаркандском государственном техническом университете
🇺🇿🤝🇵🇰 В Самаркандском государственном техническом университете состоялась встреча с делегацией Национального университета науки и технологий (National University of Sciences and Technology, NUST) Исламской Республики Пакистан во главе с ректором д-ром Мухаммадом Захидом Латифом. В ходе переговоров были рассмотрены вопросы налаживания сотрудничества между двумя вузами и его развития через практические проекты.
Стороны обсудили перспективы взаимодействия по следующим направлениям:
🟣 обмен студентами и профессорско-преподавательским составом;
🟣 проведение совместных научных исследований;
🟣 инженерия, возобновляемая энергетика, искусственный интеллект и цифровые технологии;
🟣 архитектура, градостроительство и экология.
✔️ Кроме того, состоялся обмен мнениями по организации совместных образовательных программ и совместному участию в международных грантовых проектах.
✔️ По итогам встречи стороны договорились о совместной реализации научных и образовательных проектов, создании новых возможностей для студентов и дальнейшем расширении рамок сотрудничества. Для гостей была организована экскурсия по новому корпусу университета.
___
NUST Delegation Visits Samarkand State Technical University
🇺🇿🤝🇵🇰 Samarkand State Technical University hosted a delegation from the National University of Sciences and Technology (NUST) of the Islamic Republic of Pakistan, led by Rector Dr. Muhammad Zahid Latif. The talks focused on establishing cooperation between the two institutions and advancing it through practical joint projects.
The parties discussed prospects for collaboration in the following areas:
🟣 exchange of students and academic staff;
🟣 joint research activities;
🟣 engineering, renewable energy, artificial intelligence and digital technologies;
🟣 architecture, urban planning and ecology.
✔️ The sides also exchanged views on establishing joint educational programmes and participating together in international grant projects.
✔️ Concluding the meeting, the parties agreed to implement joint academic and research projects, create new opportunities for students and further expand the scope of cooperation. The guests were then given a tour of the university's new building.
| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/









