Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori Telegram channel photo

Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori

@Dr_ChidemTurkyilmazPublic Channel

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori

MedicalEnglishUnited States
2.8k (2,825 subscribers)
Members
—
Rating
29
Total Posts
Sep 25, 2026, 12:06 AM
Updated
Mar 25, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameDr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori
Username@Dr_ChidemTurkyilmaz
CategoryMedical
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members2,825
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 25, 2026
Last UpdatedSep 25, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#4104-6
Language Ranking
#814No change
Category Ranking
#82No change

Participant Growth (Last 24 Days)

Total: 2.8K
24h growth: -37 1%
03/2604/0404/2005/2707/1508/2709/25

Latest Posts

Photo
#Xalqaro_hamkorlik #Pokiston

NUST delegatsiyasi Samarqand davlat texnika universitetida

🇺🇿🤝🇵🇰Samarqand davlat texnika universitetida Pokiston Islom Respublikasining National University of Sciences and Technology (NUST) rektori Dr. Muhammad Zahid Latif boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar davomida ikki oliygoh o'rtasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish va uni amaliy loyihalar orqali rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Tomonlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar:
🟣 talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvi;
🟣 qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🟣 muhandislik, qayta tiklanuvchi energetika, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar;
🟣 arxitektura, shaharsozlik va ekologiya.

✔️ Shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish va xalqaro grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish bo'yicha fikr almashildi.

✔️ Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy va ta'limiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga kelishib oldilar. Mehmonlar uchun universitetning yangi binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
___

Делегация NUST в Самаркандском государственном техническом университете

🇺🇿🤝🇵🇰 В Самаркандском государственном техническом университете состоялась встреча с делегацией Национального университета науки и технологий (National University of Sciences and Technology, NUST) Исламской Республики Пакистан во главе с ректором д-ром Мухаммадом Захидом Латифом. В ходе переговоров были рассмотрены вопросы налаживания сотрудничества между двумя вузами и его развития через практические проекты.

Стороны обсудили перспективы взаимодействия по следующим направлениям:
🟣 обмен студентами и профессорско-преподавательским составом;
🟣 проведение совместных научных исследований;
🟣 инженерия, возобновляемая энергетика, искусственный интеллект и цифровые технологии;
🟣 архитектура, градостроительство и экология.

✔️ Кроме того, состоялся обмен мнениями по организации совместных образовательных программ и совместному участию в международных грантовых проектах.

✔️ По итогам встречи стороны договорились о совместной реализации научных и образовательных проектов, создании новых возможностей для студентов и дальнейшем расширении рамок сотрудничества. Для гостей была организована экскурсия по новому корпусу университета.
___

NUST Delegation Visits Samarkand State Technical University

🇺🇿🤝🇵🇰 Samarkand State Technical University hosted a delegation from the National University of Sciences and Technology (NUST) of the Islamic Republic of Pakistan, led by Rector Dr. Muhammad Zahid Latif. The talks focused on establishing cooperation between the two institutions and advancing it through practical joint projects.

The parties discussed prospects for collaboration in the following areas:
🟣 exchange of students and academic staff;
🟣 joint research activities;
🟣 engineering, renewable energy, artificial intelligence and digital technologies;
🟣 architecture, urban planning and ecology.

✔️ The sides also exchanged views on establishing joint educational programmes and participating together in international grant projects.

✔️ Concluding the meeting, the parties agreed to implement joint academic and research projects, create new opportunities for students and further expand the scope of cooperation. The guests were then given a tour of the university's new building.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
2,260008
Photo
Maktab maslahatchilarining Samarqand viloyat I-forumi

🔘 Kuni kecha Samarqand davlat texnika universitetida "Kelajak markazlari maktab maslahatchisi: yangi davr ta'lim yetakchisi" mavzusidagi hududiy forum bo'lib o'tdi.

✔️ Forumga faxriy mehmon va spiker sifatida taklif etilganimdan mamnunman. O'z navbatimda ishtirokchilar bilan "Muloqot madaniyati: so'z, tinglash va ta'sir ko'rsatish san'ati" mavzusida fikr almashdim.

👥 Forum doirasida viloyat rahbariyati, davlat idoralari va ta'lim sohasi vakillari liderlik, kreativ fikrlash, emotsional intellekt, zamonaviy texnologiyalar hamda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish yo'nalishlarida qator mashg'ulotlar olib bordi. Har bir spiker o'z sohasidagi tajribasini maktab maslahatchilari bilan bo'lishdi.

✔️ Maktab maslahatchisi — bugungi o'quvchi bilan ertangi kasb o'rtasidagi ko'prik. Ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan bunday tashabbuslar ta'lim tizimimiz uchun juda muhim.
___

I областной форум школьных консультантов Самаркандской области

🔘 Вчера в Самаркандском государственном техническом университете состоялся региональный форум на тему «Школьный консультант центров "Kelajak": лидер образования новой эпохи».

✔️ Рада, что была приглашена на форум в качестве почётного гостя и спикера. В свою очередь, я поделилась с участниками мыслями на тему «Культура общения: искусство слова, слушания и влияния».

👥 В рамках форума представители руководства области, государственных организаций и сферы образования провели ряд занятий по направлениям лидерства, креативного мышления, эмоционального интеллекта, современных технологий, а также профориентации учащихся. Каждый спикер поделился со школьными консультантами опытом своей сферы.

✔️ Школьный консультант — это мост между сегодняшним учеником и его завтрашней профессией. Подобные инициативы, направленные на повышение их профессионального мастерства, крайне важны для нашей системы образования.
___

First Regional Forum of School Counsellors of Samarkand Region

🔘 Yesterday, Samarkand State Technical University hosted a regional forum on the topic "School Counsellor of the Kelajak Centres: Education Leader of a New Era."

✔️ I am glad to have been invited to the forum as an honorary guest and speaker. For my part, I shared my thoughts with the participants on "The Culture of Communication: The Art of Speaking, Listening and Influence."

👥 During the forum, representatives of the regional administration, state organisations and the education sector delivered a series of sessions on leadership, creative thinking, emotional intelligence, modern technologies, and career guidance for students. Each speaker shared expertise from their own field with the school counsellors.

✔️ A school counsellor is the bridge between today's student and tomorrow's profession. Initiatives aimed at strengthening their professional skills are of great importance to our education system.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
3,2500010
SDTUda GIZ bilan dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi 🇺🇿🤝🇩🇪 6-avgust kuni Samarqand davlat texnika universitetiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga TexVET II loyihasining O‘zbekistondagi milliy…
335002
SDTUda GIZ bilan dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi 🇺🇿🤝🇩🇪 6-avgust kuni Samarqand davlat texnika universitetiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga TexVET II loyihasining O‘zbekistondagi milliy…
321005
Photo
SDTUda GIZ bilan dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

🇺🇿🤝🇩🇪 6-avgust kuni Samarqand davlat texnika universitetiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga TexVET II loyihasining O‘zbekistondagi milliy koordinatori Yelena Sabirova boshchilik qildi.

📌 Muzokaralarning asosiy mavzusi — tayyorgarlik sifatini oshirish, gender tenglikni ta’minlash va mehnat bozori talablariga moslashish maqsadida dual ta’limni modernizatsiya qilish. Tomonlar hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab oldilar:
🟣 xususiy korxonalar va ta’lim muassasalarida dual ta’limni joriy etish;
🟣 ta’lim jarayoniga inklyuziv yondashuvlarni tatbiq etish;
🟣 hamkorlik doirasida o‘quv jarayonini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash;
🟣 loyiha doirasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
🟣 ta’lim jarayonlarini boshqarish uchun zarur malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash.

✔️ Uchrashuvda TexVET II O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma loyihasining erishilgan natijalari va istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.

🗂 Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston kasb-hunar ta’lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash (TexVET II)” loyihasi Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtiriladi va GIZ tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston tomonidan yetakchi ijrochi tashkilotlar — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligi. Loyiha 2026-yil yanvaridan 2028-yil dekabrigacha davom etadi.

✔️ Uning doirasida 12 ta kasb standarti va ularga oid o‘quv dasturlari yangilanib, 23 tagacha kasbiy ta’lim muassasasida tajriba-sinovdan o‘tkaziladi, tanlab olingan muassasalar zamonaviy o‘quv uskunalari bilan jihozlanadi. Germaniyaning amaliy fanlar universitetlari bilan hamkorlikda ikkita dual ta’lim dasturi ishlab chiqiladi, Germaniyaning Kasbiy ta’lim bo‘yicha federal instituti (BIBB) bilan aloqalar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. TexVET II to‘qimachilik va charm sanoatidan tashqari yana beshta sohani qamrab oladi; yosh ayollarga alohida e’tibor qaratgan holda gender xususiyatlarini inobatga oluvchi kasbga yo‘naltirish yondashuvlari ishlab chiqiladi.

SDTU Axborot xizmati
✅ https://t.me/sstueduuz  I ✅ https://www.instagram.com/sstueduuz
✅ https://www.facebook.com/sstueduuz  I ✅ https://www.youtube.com/@sstueduuz
237005
Photo
#inklyuzivtalim #seminar

SDTUda inklyuziv ta’lim bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi

💻 Samarqand davlat texnika universitetida “Inklyuziv ta’limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

✔️ Tadbir doirasida “Yilning eng yaxshi maxsus pedagogi” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 ta hudud vakillari taqdirlandi. Seminar qatnashchilariga esa maxsus sertifikatlar topshirildi.

👮‍♂️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar va yangi g‘oyalar muhokama qilindi.

⏰ Seminardan ko‘zlangan maqsad — hududlardagi maxsus pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish muhitini yaratish hamda inklyuziv ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv va innovatsion yechimlarni keng tatbiq etishdan iborat.

📌 Ma’lumot uchun: Prezidentimizning shu yil avgust oyida qabul qilingan qarori bilan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni aniqlash, baholash hamda ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi.

Jumladan:
🟣 2026-yil 1-sentabrdan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlarga jalb qilish bo‘yicha “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi;
🟣 shu sanadan maxsus pedagoglarning malaka oshirish kurslari Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan dasturlar asosida onlayn yoki oflayn shaklda o‘tkaziladi;
🟣 2026/2027 o‘quv yilidan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish har bir bolaning individual ta’lim rejalari asosida tashkil etiladi;
🟣 har yili kamida 50 ta davlat maktabi uchun “Inklyuziv ta’lim muhiti” granti ajratiladi;
🟣 2027/2028 o‘quv yilidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yo‘nalishi talabalari maxsus pedagogika fanlarini chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qiydi.

✔️ Ushbu vazifalar ijrosida maxsus pedagoglarning kasbiy mahorati va hududlar o‘rtasidagi tajriba almashinuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. SDTU esa bunday muhokamalar uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

SDTU Axborot xizmati
✅ https://t.me/sstueduuz  I ✅ https://t.me/sstueduuz
✅ https://t.me/sstueduuz  I ✅ https://t.me/sstueduuz
263008
Photo
#Xushxabar #Sport

🏊‍♂️ “Yangi Oʻzbekiston” talabalar olimpiadasining 2-hududiy bosqichida sportning suzish turi boʻyicha bahslar yuqori raqobat ostida oʻtdi.

👮‍♂️ Unda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabasi Ulashev Temur 50 metr hamda 100 metr erkin usulda suzish yoʻnalishlarida munosib ishtirok etib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

↗️ Ushbu natija orqali Temur Ulashev olimpiadaning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritdi.

🎊 Universitet jamoasi nomidan talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. Respublika bosqichida ham omad va zafarlar tilaymiz!

SamDAQU Axborot xizmati
✅ https://t.me/samdaqueduuz  I ✅ https://www.instagram.com/samdaqueduuz
✅ https://www.facebook.com/samdaqueduuz  I ✅ https://www.youtube.com/@samdaqueduuz
1,1000015
Photo
Hurmatli ustozlar, qadrli talabalar, aziz hamkasblar!

Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Bu kun o‘zbek xalqi uchun tarixiy xotira, inson qadrini ulug‘lash, tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekanini chuqur anglash kunidir. Vatan ozodligi, bugungi tinch va farovon hayot yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan qahramonlarning jasorati, matonati va mardligi biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib qoladi.

Xotira — o‘tmishga hurmat, qadrlash esa bugungi kun tinchligi va inson sha’niga ehtiromdir. Biz yosh avlodni ana shu ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalashni, ularning qalbida Vatanga sadoqat, insoniylik, minnatdorlik va tinchlikparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashni muhim vazifa deb bilamiz.

Shu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtda tinchlik va osoyishtalik abadiy bo‘lsin, xalq hamisha omon bo‘lsin.

9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Chidem Turkyilmaz!

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
4,490003
Photo
🏆 #60_yil #SamDAQU

Talabalar tanlovi

“Eng faol dekan” tanlovi e’lon qilinadi!

✔️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida “Eng faol dekan” tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan dekan munosib taqdirlanadi.

Tanlov ishtirokchilari:

Variantlar:
• Sherzod Bozorov – Talabalar dekani
• Javlonbek Suyunov – Qurilish fakulteti dekani
• Dilnoza Kamalova – Arxitektura fakulteti dekani
• Masudjon Eshmurodov – Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani
• Sherzod Abduraimov – MMOA fakulteti dekani

👇 Ovoz berish uchun variantni tanlang:
10,5000018
Photo
#KelajakMuhandislari #Stajirovka #Innovatsiya #Muhandislar #YoshlarImkoniyati

“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli davom etmoqda!

Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o'tab, xalqaro darajaga olib chiqing.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
✅Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
✅ Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar

Asosiy talablar:
✅ Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish;
✅Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish;
✅Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish.

Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?
✅ Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega;
✅Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan;
✅Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan;
✅Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar

📩 Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling! Ariza topshirish muddati - 20-maygacha!

Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!

Batafsil: http://muhandis.edu.uz/

Murojaat uchun: +998502106338

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
1,040000
Photo
Hurmatli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari,

🎊 Sizlarni 7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi nomidan samimiy tabriklayman.

👨‍💻 Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim, ilm-fan, boshqaruv, qurilish va arxitektura sohalarining ajralmas qismiga aylandi. Universitetimizda o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish, elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish, zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish hamda talaba-yoshlar uchun qulay raqamli muhit yaratishda sizlarning mehnatingiz alohida o‘rin tutadi.

🧠 Sizlarning bilim, mas’uliyat va fidoyiligingiz tufayli universitet faoliyatida tezkorlik, shaffoflik va samaradorlik ortib bormoqda. Axborot xavfsizligini ta’minlash, texnik infratuzilmani barqaror yuritish va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etishdagi hissangiz yuksak e’tirofga loyiq.

🔋 Ushbu kasb bayrami munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, kasbiy muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilayman. Raqamli taraqqiyot yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va ilhom hamisha hamroh bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Chidem Turkyilmaz!
2,340000
Photo
#Xizmat_safari #Xitoy

Xitoyning zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🟣 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Jiangsu provinsiyasida joylashgan Jiangsu Neolithic New Building Materials Technology Co., Ltd. korxonasiga tashrif buyurdi.

👮‍♂️ Tashrif doirasida kompaniya asoschisi va rahbari janob Wang Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv jarayonida zamonaviy qurilish materiallari, energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalar, shuningdek, innovatsion panel tizimlari hamda prefabrik konstruksiyalar yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

✔️ Muloqot davomida tomonlar istiqbolli loyihalar, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yuzasidan fikr almashdilar.

✔️ Mazkur tashrif xalqaro aloqalarni mustahkamlash va qurilish sohasida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
__________
#Служебная_поездка #Китай

Обсуждены вопросы сотрудничества с китайской компанией по производству современных строительных материалов

🟣 Ректор Самаркандского государственного архитектурно-строительного университета д-р Чидем Туркйилмаз в рамках служебной поездки в Китайскую Народную Республику посетила компанию Jiangsu Neolithic New Building Materials Technology Co., Ltd., расположенную в провинции Цзянсу.

👮‍♂️ В ходе визита состоялась встреча с основателем и руководителем компании господином Ван Юном. В процессе переговоров были обсуждены вопросы сотрудничества в области современных строительных материалов, энергоэффективных и экологически чистых технологий, а также инновационных панельных систем и префабрикованных конструкций.

✔️ В ходе диалога стороны обменялись мнениями по перспективным проектам, налаживанию научного сотрудничества и внедрению передовых технологий.

✔️ Ожидается, что данный визит будет способствовать укреплению международных связей и развитию современных подходов в строительной отрасли.
___________

#Business_Trip #China

Cooperation issues discussed with a Chinese company specializing in modern building materials

🟣 The Rector of Samarkand State Architecture and Construction University, Dr. Cigdem Turkyilmaz, visited Jiangsu Neolithic New Building Materials Technology Co., Ltd., located in Jiangsu Province, as part of an official visit to the People’s Republic of China.

👮‍♂️ During the visit, a meeting was held with the company’s founder and head, Mr. Wang Yong. The discussions focused on cooperation in the field of modern building materials, energy-efficient and environmentally friendly technologies, as well as innovative panel systems and prefabricated structures.

✔️ During the dialogue, the parties exchanged views on prospective projects, the establishment of scientific cooperation, and the introduction of advanced technologies.

✔️ It is expected that this visit will contribute to strengthening international ties and promoting modern approaches in the construction industry.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
3,140001
#Xizmat_safari #Xitoy 🇨🇳 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi Hongshu Longeiverbay Group kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar…
2,260000
Photo
#Xizmat_safari #Xitoy

🇨🇳 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi Hongshu Longeiverbay Group kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Jumladan, kompaniya prezidenti janob Wu Hongjun hamda bosh menejeri janob Jiang Xiaoliang bilan samarali uchrashuv tashkil etildi.

✔️ Uchrashuvda qurilish, zamonaviy arxitektura, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

✔️ Mazkur tashrif universitetning xalqaro aloqalarini kengaytirish va qurilish sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
____________

🇨🇳 В рамках служебной поездки в Китайскую Народную Республику ректор Самаркандского государственного архитектурно-строительного университета Д-р Чидем Туркйилмаз провела переговоры с руководством компании Hongshu Longeiverbay Group, осуществляющей деятельность в сфере строительства. В частности, состоялась продуктивная встреча с президентом компании господином Wu Hongjun, а также с генеральным менеджером господином Jiang Xiaoliang.

✔️ В ходе встречи были обсуждены вопросы строительства, современной архитектуры, внедрения инновационных технологий, а также развития интеграции образования и производства. Стороны достигли договорённостей о налаживании сотрудничества, реализации совместных проектов и обмене опытом.

✔️ Данный визит является важным шагом в расширении международных связей университета и внедрении передового опыта в строительной сфере.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
2,480000
Photo
#Akademikqarzdorlik #Kuzgisemestr

E’LON

🟣 o‘tgan o‘quv yillaridan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar uchun faqat bahorgi semestrida ochilgan fanlar bo‘yicha talablar yig‘ilishi ma’lum qilingan edi.

✔️ Shu bilan birga, kuzgi semestrga o‘zlashtirilmagan fanlari mavjud talabalar tomonidan ham murojaatlar kelib tushayotgani sababli, kuzgi semestr fanlari bo‘yicha ham qo‘shimcha ravishda talablar yig‘iladi.

✔️ Biroq, kuzgi semestr fanlari bo‘yicha ro‘yxatga olish va fanlarni ochish masalasi yetarli miqdorda talabalar guruhi shakllangan taqdirda, shuningdek tegishli fanlarni akademik va tashkiliy jihatdan yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud bo‘lganda ko‘rib chiqiladi.

✔️ Shu munosabat bilan, o‘tgan o‘quv yillaridan kuzgi semestr fanlari bo‘yicha akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan va ushbu fanlarni o‘qish istagida bo‘lgan barcha talabalar 3-aprel juma kuni kechgacha Hemis axborot tizimi orqali belgilangan tartibda murojaat qilishlari lozim. Mazkur muddatdan keyin talablar qabul qilinmaydi.

✔️ Ushbu e’lon yakuniy ro‘yxatga olish e’loni hisoblanmaydi, balki dastlabki murojaatlar va talablarni yig‘ish maqsadida berilmoqda. Yakuniy qaror murojaatlar soni hamda universitetning tegishli akademik va tashkiliy imkoniyatlaridan kelib chiqib qabul qilinadi.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
7,220000
Photo
DIQQAT E’LON: AKADEMIK QARZDOR TALABALAR DIQQATIGA!

🟣 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-dekabrdagi 824-sonli qaroriga muvofiq, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalariga akademik qarzlarni topshirish uchun qayta o‘qish tashkil etilmoqda.

🗓 Ariza topshirish muddati:
🟣 Joriy yil 1-aprelgacha
🟣 HEMIS axborot tizimi orqali

⚠️ MUHIM ESLATMALAR:

✔️ Qayta o‘qish faqat bahorgi semestr fanlari uchun tashkil etiladi (kuzgi semestr fanlari uchun emas).

✔️ Agar fanlar jadvali boshqa darslar bilan ustma-ust tushsa, qayta o‘qish tashkil etilmaydi.

✔️ Ariza topshirishda prerekvizit (old shart) fanlar ketma-ketligiga rioya qilish shart. Ya’ni, oldingi fan o‘zlashtirilmagan bo‘lsa, keyingi fan uchun ariza berish mumkin emas.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Universitet registrator ofisi yoki tegishli dekanatga murojaat qilishingiz mumkin.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
10,500000
Photo
🟣 Bugun Turkiya Respublikasining nufuzli “Business Turk” jurnali bosh muharriri, turkiy dunyo allomalari hayoti va faoliyatini yoritishda beqiyos hissa qo‘shgan, uch mingdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar haqida yozilgan “Aziz Sanjar bilan 7 kun” asari muallifi, xalqaro darajadagi e’tiroflarga sazovor bo‘lgan atoqli jurnalist Muhammad Ruzubay Ako‘ren bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdim.

✔️ Suhbat davomida turkiy dunyoning boy ma’naviy merosi, ilm-fan va adabiyotning bugungi o‘rni, shuningdek, zamonaviy jurnalistika oldidagi muhim vazifalar haqida fikr almashdik.

📖 Uchrashuv yakunida yozuvchi o‘z qalamiga mansub “Pomir va Pomir qirg‘izlari” kitobini sovg‘a qildi. Bunday uchrashuvlar insonni ruhlantiradi, yangi marralar sari undaydi.
____

🟣 Сегодня мне выпала честь встретиться и побеседовать с главным редактором авторитетного журнала Турецкой Республики “Business Turk”, выдающимся журналистом Мухаммадом Рузубаем Акөреном — автором более трёх тысяч научных статей о жизни и деятельности мыслителей тюркского мира, в том числе книги «7 дней с Азизом Санжаром», посвящённой лауреату Нобелевской премии Азизу Санжару, а также обладателем ряда престижных международных наград.

✔️ В ходе беседы мы обменялись мнениями о богатом духовном наследии тюркского мира, роли науки и литературы в современности, а также о важных задачах, стоящих перед современной журналистикой.

📖 В завершение встречи автор подарил мне свою книгу «Памир и памирские кыргызы». Такие встречи вдохновляют и побуждают к новым достижениям.
____

🟣 Today, I had the honor of meeting and engaging in a meaningful conversation with Muhammad Ruzubay Akören, Editor-in-Chief of the prestigious Turkish journal Business Turk. He is a distinguished journalist who has made a significant contribution to documenting the lives and works of scholars of the Turkic world, and the author of more than three thousand academic articles, including the book “7 Days with Aziz Sancar”, dedicated to Nobel laureate Aziz Sancar. He is also a recipient of several prestigious international awards.

✔️ During our conversation, we exchanged views on the rich spiritual heritage of the Turkic world, the role of science and literature in the modern era, and the key challenges facing contemporary journalism.

📖 At the end of the meeting, the author presented me with his book “Pamir and the Pamir Kyrgyz”. Such meetings inspire and motivate one to strive for new achievements.

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
2,130000
Video
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli hamkasblar!

Sizlarni kirib kelayotgan qutlug‘ ayyom — Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘z — bu yangilanish, mehr-oqibat, ezgulik va bag‘rikenglik timsolidir. Bahorning eng go‘zal bayramlaridan biri sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga esa quvonch olib kelsin!

Yana bir bor barchangizni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etaman!

Hurmat bilan, Chidem Turkyilmaz!
______

Уважаемые профессорско-преподавательский состав, дорогие студенты и коллеги!

От всей души поздравляю вас с наступающим светлым и благословенным праздником — Навруз!

Навруз — это символ обновления, доброты, милосердия и взаимопонимания. Один из самых прекрасных праздников весны пусть принесёт вам крепкое здоровье, семейное счастье, благополучие в ваши дома и радость в ваши сердца!

Ещё раз искренне поздравляю всех вас с праздником Навруз!

С уважением, Чидем Туркйилмаз!
______

Dear professors, students, and colleagues,

I sincerely congratulate you on the occasion of the upcoming bright and blessed holiday of Navruz!

Navruz is a symbol of renewal, kindness, compassion, and mutual understanding. May this beautiful spring holiday bring you good health, family happiness, prosperity to your homes, and joy to your hearts!

Once again, I warmly congratulate you all on the occasion of Navruz!

Sincerely, Cigdem Turkyilmaz!

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
2,290000
Video
Hurmatli hamkasblar, aziz do‘stlar, universitetimizning qadrli talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari!

Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu ulug‘ va qutlug‘ ayyom mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Muqaddas Ramazon oyida qalblarimiz poklanib, yaxshilik qilishga bo‘lgan intilishlarimiz yanada ortadi. Hayit kunlari esa ana shu ezgu amallarning go‘zal yakuni sifatida har bir xonadonga quvonch, fayzu baraka olib kiradi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik va barcha ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Xonadonlaringizdan fayz-baraka, mehr-oqibat arimasin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Chidem Turkyilmaz!
_____

Уважаемые коллеги, друзья, дорогие студенты, профессорско-преподавательский состав и сотрудники нашего университета!

От всей души поздравляю вас со светлым праздником Ид аль-Фитр.

Этот великий и священный праздник способствует дальнейшему укреплению таких благородных качеств, как доброта, щедрость и толерантность. В течение священного месяца Рамадан наши сердца очищаются, а стремление творить добро становится ещё сильнее. Дни праздника являются прекрасным завершением этих благих деяний, принося в каждый дом радость, благодать и изобилие.

Желаю вам крепкого здоровья, семейного счастья, мира и благополучия, а также успехов во всех ваших добрых начинаниях. Пусть ваши дома всегда будут наполнены достатком, добротой и согласием.

С праздником Ид аль-Фитр!

С уважением, Чидем Туркйилмаз!
_____

Dear colleagues, friends, and esteemed students, professors, and staff of our university,

I sincerely extend my heartfelt congratulations to you on the blessed occasion of Eid al-Fitr.

This great and sacred holiday serves to further strengthen such noble values as kindness, generosity, and tolerance. During the holy month of Ramadan, our hearts are purified, and our aspiration to do good grows even stronger. The days of Eid, as a beautiful culmination of these good deeds, bring joy, peace, and blessings to every home.

I wish you good health, family happiness, peace, and success in all your endeavors. May your homes always be filled with prosperity, kindness, and harmony.

May Eid al-Fitr be blessed for all of us!

Sincerely, Cigdem Turkyilmaz!

| https://www.instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz/
2,590000

Showing 29 of 29 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori Telegram channel about?+

Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori (@Dr_ChidemTurkyilmaz) is a Telegram channel in the Medical category. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori

How do I join Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori (@Dr_ChidemTurkyilmaz) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @Dr_ChidemTurkyilmaz in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori a good Medical channel to follow?+

On tgdio you can check Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 2,825 subscribers on tgdio. Compare it with similar Medical channels in the same category.

Where can I see Dr. Chidem Turkyilmaz SamDAQU rektori stats and latest posts?+

On tgdio, open the @Dr_ChidemTurkyilmaz channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.