🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Nurafshon shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqaning Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ishtirokchilar ayollar va erkaklar o‘rtasida 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida o‘zaro bellashib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Ayollar, 16–21 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Ohangaron shahri
🥈 2-o‘rin – Yuqori Chirchiq tumani
🥉 3-o‘rin – Oqqo‘rg‘on tumani
Ayollar, 22–30 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Ohangaron shahri
🥈 2-o‘rin – Ohangaron tumani
🥉 3-o‘rin – Yuqori Chirchiq tumani
Erkaklar, 16–21 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Parkent tumani
🥈 2-o‘rin – Piskent tumani
🥉 3-o‘rin – Zangiota tumani
Erkaklar, 22–30 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Piskent tumani
🥈 2-o‘rin – Parkent tumani
🥉 3-o‘rin – Quyi Chirchiq tumani
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🕊 🌐
https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺
http://www.youtube.com/@nishon924