TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI Telegram channel photo

TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

@yiatvboshqarmaPublic Channel

✅Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi. ❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈

13k (12,953 subscribers)
Members
—
Rating
55
Total Posts
Sep 25, 2026, 6:22 AM
Updated
Mar 27, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTOSHKENT VILOYATI YOSHLARI
Username@yiatvboshqarma
CategoryViral Videos
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members12,953
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 27, 2026
Last UpdatedSep 25, 2026 • yesterday
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#1606-3
Language Ranking
#336No change
Category Ranking
#82No change

Participant Growth (Last 25 Days)

Total: 13.0K
24h growth: -45 0%
03/2804/0904/2005/2707/1608/1609/25

Latest Posts

TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Sep 11, 2026, 19:22

Photo
#Jarayon

Siz chempionatga tayyormisiz?

Zangiota tumanida yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida “World Triathlon Championship Series Samarkand–2026”, “World Triathlon Para Series Samarkand–2026” va “Challenge Samarkand–2026” xalqaro musobaqalari yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Targ‘ibot jarayonida yoshlar xalqaro miqyosdagi mazkur sport musobaqalari bilan yaqindan tanishtirilib, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va faol hayot kechirish borasida tushunchalar berildi.

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
365008
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Sep 11, 2026, 19:22

Photo
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda olish va o‘z o‘quv markazingizni ochish imkoniyati borligini bilarmidingiz?

Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar uchun olis va chekka hududlarda zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil etish imkonini bermoqda.

Loyiha doirasida 158 ta tumandagi olis va chekka mahallalarda 577 ta o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu markazlarda ingliz, nemis, rus, koreys va boshqa xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar soni 25 mingdan oshdi.

Agar siz ham xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsangiz, o‘quv markazi tashkil etib, o‘z bilimingizni minglab yoshlarga ulashishingiz mumkin.

Buning uchun 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

“Ko‘mak” orqali jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik harakatining munosib davomchisiga aylaning!

https://yoshlarfondi.uz/login?redirect_url=/cabinet/applications 👈

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
156000
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Sep 11, 2026, 19:22

Video
⚡️ III Butunjahon parashaxmat olimpiadasiga start berildi!

Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi musobaqa mutlaq rekord bilan boshlanmoqda: unda jami 41 ta jamoa va 205 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Bunday nufuzli global tadbirning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani yurtimizda inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar yaratishga berilayotgan e'tiborning yorqin isbotidir.

Barcha ishtirokchilarga chin dildan omad va yorqin g‘alabalar tilayman!

#Parashaxmat #ChessOlympiad2026 #Uzbekistan #Samarqand

https://t.me/alisher_sadullaev
182000
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Sep 11, 2026, 19:22

Video
🚸 “Xavfsiz maktab” — xavfsizlik har birimizdan boshlanadi!

O‘quvchilarning maktabga borib-kelish jarayonida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi — ularning xavfsizligi uchun muhim omillardan biridir.

🇺🇿 Shu munosabat bilan O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Toshkent viloyati sardorlari tomonidan o‘quvchilarning yo‘ldan xavfsiz o‘tishi, svetofor va piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maxsus videorolik tayyorlandi.

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
477002
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Sep 11, 2026, 19:22

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Muloqot

YOSHLAR BILAN MULOQOTDAN “ZAKOVAT” BELLASHUVIGACHA

Olmaliq shahrida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda bilimdon yoshlar hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Shuningdek, yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar.

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari jamoasiga, 2-o‘rin Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasiga, 3-o‘rin Olmaliq davlat texnika instituti jamoasiga nasib etdi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
255001
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Sep 11, 2026, 19:22

Photo
#Jarayon

📍Gulobodda aholi bilan ochiq muloqot

Ayni damda Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev Yuqori Chirchiq tumanida o‘ziga biriktirilgan hudud aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
512002
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 27, 2026, 18:30

Photo
#E’tirof

Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasidagi bir guruh faollar taqdirlandi

Bugun Yoshlar markazida Prezidentimiz Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan tizimda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, fidokorona mehnati va faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimizga berildi.

🎖️ Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
4640011
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 27, 2026, 18:30

Photo
#E'tirof

DXX kubogi respublika bosqichida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan Yuqori Chirchiq tumani «Oq Ovul» mahallasi jamoasi tantanali ravishda taqdirlandi.

Bugun Yuqori Chirchiq tumani hokimligida mazkur g‘alaba munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Uskenbay Atemov, Yuqori Chirchiq tumanlararo DXX raisi, IIB hamda Soliq inspeksiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda «Oq Ovul» mahallasi jamoasi a’zolarining respublika miqyosidagi nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, DXX kubogining respublika bosqichi chempioni bo‘lgani alohida e’tirof etildi.

Taqdirlash marosimida «Oq Ovul» jamoasi a’zolariga tuman hokimining Tashakkurnomasi hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
647003
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 27, 2026, 18:30

Video
Yangiyo‘l yoshlari — O‘zbekiston 24 nigohida!

Yangiyo‘l shahrining faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlari haqida “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.

Unda yoshlarning bugungi faoliyati, erishayotgan yutuqlari, tashabbuslari va kelajakdagi maqsadlari haqida so‘z yuritildi.

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
2,540003
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 27, 2026, 18:30

Photo
🚀 Kelajagingizni texnologiyalar bilan quring!
Nurafshon Texnologiyalar Akademiyasi — zamonaviy kasblarni o‘rganish, amaliy bilim olish va o‘z kelajagingizga mustahkam poydevor yaratish uchun imkoniyat! 💻🤖
📚 Zamonaviy ta’lim
💡 Amaliy bilim va ko‘nikmalar
🎯 Kelajak kasblariga tayyorgarlik
📞 Batafsil ma’lumot: +998 78 333 33 36
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScgCbHYPowErJzPtaViT1MCs1lpC3lDkX6sHKr7BQ7oyi1M5w/viewform?usp=publish-editor
📲 Hoziroq bog‘laning va imkoniyatni boy bermang!
1,200002
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 27, 2026, 18:30

Photo
#E’tirof

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan:

Shoyo‘ldoshova Billura Shoxaydar qizi — Parkent tumanidagi «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofotni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tantanali ravishda topshirdi.

Tashabbuskor va faol yoshlar yetakchimiz Billurani ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! 🔥

/ https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr/ https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw==/ http://www.youtube.com/@nishon924
9690016
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 02, 2026, 03:31

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌿 "Yoshlar ko'magi" — yolg‘iz keksalar e’tibor va e’zozda! ✨

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab qizg‘in davom etayotgan ezgu tashabbuslar doirasida yana bir xayrli ish amalga oshirildi.

"Obod mahalla – obod xonadon" ezgu g‘oyasi ostida qizg‘in davom etayotgan "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida yoshlarimiz o‘zlarining yuksak tashabbuskorligi, mehr-oqibat va sahovatpeshaligini yana bir bor amalda namoyish etishmoqda.

Bugun 3-sektor yoshlar yetakchilari va tashabbuskor yoshlarimiz boshni biriktirib, mahalamizdagi yolg‘iz keksalar va nuroniylarning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Ularning holidan xabar olinib, hovli va uy-joylarini tartibga keltirishda, yashil hududlarni obodonlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Keksalarini e’zozlagan, ularga mehr ulashgan elning kelajagi porloq bo‘ladi.”

🕊 🌐 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺 http://www.youtube.com/@nishon924
454008
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 02, 2026, 03:31

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Nurafshon shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqaning Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirokchilar ayollar va erkaklar o‘rtasida 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida o‘zaro bellashib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Ayollar, 16–21 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Ohangaron shahri
🥈 2-o‘rin – Yuqori Chirchiq tumani
🥉 3-o‘rin – Oqqo‘rg‘on tumani

Ayollar, 22–30 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Ohangaron shahri
🥈 2-o‘rin – Ohangaron tumani
🥉 3-o‘rin – Yuqori Chirchiq tumani

Erkaklar, 16–21 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Parkent tumani
🥈 2-o‘rin – Piskent tumani
🥉 3-o‘rin – Zangiota tumani

Erkaklar, 22–30 yosh toifasi:
🥇 1-o‘rin – Piskent tumani
🥈 2-o‘rin – Parkent tumani
🥉 3-o‘rin – Quyi Chirchiq tumani

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🕊 🌐 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺 http://www.youtube.com/@nishon924
465004
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 02, 2026, 03:31

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Dolzarb40kunlik

🤝 Saxovat va muruvvat — amalda.

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Ohangaron tumanining Uvak mahallasida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan oila holidan xabar olindi.

Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev boshchiligidagi ko‘ngilli yoshlar xonadonni obodonlashtirish ishlariga bel bog‘ladi. Hashar davomida hovli va tomorqa tartibga keltirildi, devorlar hamda zinapoyalar bo‘yaldi, xonadon atrofi tozalanib, yashash uchun yanada qulay muhit yaratildi.

Yoshlarning birdamligi va fidoyiligi yana bir bor ezgulik amalda namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Zero, inson qadri ulug‘langan jamiyatda saxovat va mehr-oqibat eng oliy qadriyatlardan biridir.

🕊 🌐 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺 http://www.youtube.com/@nishon924
720005
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 02, 2026, 03:31

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🚀 START-UP G‘OYANGIZNI HAQIQIY LOYIHAGA AYLANTIRING!

Hurmatli yoshlar!

Agar sizda innovatsion startup g‘oyasi bo‘lsa yoki uni qanday rivojlantirishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, sizni Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadigan 3 kunlik Startup seminar-treningiga taklif qilamiz.

Seminar davomida siz:
🔹 startup yaratish bosqichlari;
🔹 g‘oyani biznesga aylantirish;
🔹 investorlarni jalb qilish;
🔹 zamonaviy biznes ko‘nikmalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz.

💡 G‘oyangizni imkoniyatga, imkoniyatingizni muvaffaqiyatga aylantirish vaqti keldi!

📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
+998 99 438 01 38

Kelajagingizni bugundan boshlang! Biz sizni kutamiz!

🕊 🌐 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺 http://www.youtube.com/@nishon924
411001
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 02, 2026, 03:31

Video
#yoz_zavqi

Yosh iste’dodlar yozgi oromgoh sari yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-maydagi PF–103-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda hududlarda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san’at maktablarida tahsil olayotgan 70 nafar iqtidorli o‘quvchi Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi va homiyligida Angren shahrining Oppartak mahallasida joylashgan “Istiqbol” bolalar oromgohiga yo‘l oldi.

Yosh iste’dodlar 12 kun davomida Angrenning musaffo tabiati qo‘ynida mazmunli hordiq chiqarish bilan birga, musiqa, tasviriy san’at va ijod yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda mahoratini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maxsus dastur doirasida tajribali ustozlar va malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Mazkur loyiha yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

🕊 🌐 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺 http://www.youtube.com/@nishon924
355001
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

Aug 02, 2026, 03:31

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning oʻgʻil bolalar oʻrtasida 22-30 yosh toifasida voleybol sport turi bo‘yicha Toshkent viloyati bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

🏆 Natijalar:
🥇 1-o‘rin — Piskent tumani
🥈 2-o‘rin — Parkent tumani
🥉 3-o‘rin — Quyi chirchiq tumani oʻgʻil bolalar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

🕊 🌐 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📺 http://www.youtube.com/@nishon924
460007
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

May 13, 2026, 16:20

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Telenigoh

Bo‘stonliq tumanining faol, tashabbuskor va maqsadli yoshlari haqida tayyorlangan maxsus ko‘rsatuv “O‘zbekiston24” telekanali orqali efirga uzatildi.

Unda yoshlarning yutuqlari, amalga oshirayotgan loyihalari hamda hududdagi imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan iqtidor egalari faoliyati yoritildi.

📱 📱 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr 📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📱 http://www.youtube.com/@nishon924
310000
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

May 13, 2026, 16:20

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#MilliyFashionShow
#Nurafshon
#YoshlarIjodi

Nurafshon shahridagi “Vatanparvar bog‘i”da o‘tkazilgan “Milliy Fashion Show”ning Toshkent viloyati bosqichi yoshlar ijodi, milliy qadriyat va zamonaviy moda uyg‘unlashgan haqiqiy san’at kechasiga aylandi.

Tadbir davomida milliylik ruhini aks ettirgan betakror liboslar namoyish etildi, iqtidorli yosh dizaynerlar o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etdi hamda mehmonlarga unutilmas kayfiyat ulashildi.

Milliy an’analarni zamonaviy nigoh bilan targ‘ib etgan ushbu loyiha yoshlarning moda va dizayn sohasidagi salohiyatini yana bir bor namoyon qildi. ✨

📱 📱 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr 📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📱 http://www.youtube.com/@nishon924
212001
TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

May 13, 2026, 16:20

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❗️ "Milliy Fashion Show" boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi!

📍 Nurafshon shahridagi “Vatanparvar bog‘i”da yoshlar, moda va milliy qadriyatlarni birlashtirgan yirik loyiha — “Milliy Fashion Show”ning Toshkent viloyati bosqichi boshlanish arafasida!

⌛ Milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan betakror liboslar namoyishi, iqtidorli yosh dizaynerlar chiqishlari hamda unutilmas moda kechasi sizni kutmoqda.

🙋‍♂️ Bizni kuzatishda davom eting!

📱 📱 https://www.facebook.com/share/17WgYgLwWN/?mibextid=wwXIfr 📱 https://www.instagram.com/toshvilyosh?igsh=MXRseTN3YmU2YnRybw== 📱 http://www.youtube.com/@nishon924
218001

Showing 30 of 55 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI Telegram channel about?+

TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI (@yiatvboshqarma) is a Telegram channel in the Viral Videos category. ✅Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi. ❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈

How do I join TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI (@yiatvboshqarma) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @yiatvboshqarma in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI a good Viral Videos channel to follow?+

On tgdio you can check TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 12,953 subscribers on tgdio. Compare it with similar Viral Videos channels in the same category.

Where can I see TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI stats and latest posts?+

On tgdio, open the @yiatvboshqarma channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.