"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️ Telegram channel photo

"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️

@uz_milliytiklanishPublic Channel

Inson o'zgarsa - jamiyat o'zgaradi Bizni boshqa tarmoqlarda ham kuzatib boring! https://taplink.cc/milliytiklanish

40k (39,972 subscribers)
Members
—
Rating
66
Total Posts
Sep 25, 2026, 5:51 AM
Updated
Mar 27, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel Name"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Username@uz_milliytiklanish
CategoryMatka & Lottery
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members39,972
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 27, 2026
Last UpdatedSep 25, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#9848+1
Language Ranking
#2065-1
Category Ranking
#213-1

Participant Growth (Last 27 Days)

Total: 40.0K
24h growth: -4136 9%
03/2704/0404/2005/1006/1407/3109/0609/25

Latest Posts

Photo
#deputatlar_hududlarda

🙏 Yarim asrlik bino ichidagi muammo hal etiladigan bo'ldi

Jizzax shahri “Qassoblik” mahallasidagi 41 ming aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 2-sonli Oilaviy poliklinika binosi 1974-yilda qurilgan bo‘lsada, sharoitlari yaxshi. Zarur uskunalar bilan jihozlangan, malakali mutaxassislar ham yetarli. Muammo xonalarning yetishmasligida. Masalan, bir xonada ham jarroh, ham LOR shifokori, boshqa bir xonada esa EKG va UZI uskunalari joylashtirilgan. Uch nafar umumiy amaliyot shifokori bemorlarni kichik bir xonada qabul qiladi. Erkak va ayollar yoki bolalarni kunduzgi davolash uchun alohida xonalar zarur.

Ushbu poliklinika sharoitlarini o‘rgangan Alisher Qodirov zudlik bilan bu masalani hal qilish kerak degan qarorga keldi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Shu bois, fraksiya rahbari “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan loyihalar uchun ajratilgan mablag‘ni poliklinika muammolarini hal qilishga sarflaydigan bo'ldi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
95001
Photo
#deputatlar_hududlarda

🙏 Natijalar qog‘ozda emas, amalda ko‘rinishi kerak

Jahongir Shirinovning saʼy-harakati bilan Jondor tumanidagi “Po‘loti” mahallasidan o‘tuvchi 2,5 km yo‘l taʼmirlanib, asfalt qilinadigan bo‘ldi. Loyihaning ahamiyati ushbu yo‘l orqali to'qqizta mahalla aholisi tuman markaziga, bolalar esa bog‘cha, maktablarga qatnaydi. Buning uchun 1,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi.

“Bu shunchaki yo‘l taʼmiri emas. Bu odamlarning, ayniqsa, bolalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini taʼminlaydi. Zero, aholi manfaati qog‘ozda emas, amaliy natijada namoyon bo‘lishi kerak”, – deydi “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
267006
Photo
#deputatlar_hududlarda

🙏 1341 ta xonadonga toza suv yetkaziladi

Zuhra Mirg‘oziyeva "Tashabbusli byudjet" bo‘yicha Yuqori Chirchiqdagi “Kavardan” mahallasida ichimlik suvi quvurlarini yangilash va aholiga toza "hayot manbai"ni yetkazish loyihasini tanlabdi. Mahallaning 1 341 ta xonadoniga toza suv yetkaziladi va buning uchun 1 648 000 000 so‘m sarflanadi.

Deputat: “Oldimizda yo‘llarni, bog‘cha va maktablarni taʼmirlash, jihozlash bilan bog‘liq ko‘plab loyihalar bor edi. Lekin ular orasida avvalo ichimlik suvi bilan bog‘liq loyihani eng muhim deb bildim. Odam sog‘lom bo‘lishi uchun avvalo toza suv zarur. Sog‘liq esa eng oliy va bebaho neʼmat hisoblanadi. Inson sog‘lom bo‘lsagina, yaxshi mehnat qiladi, zavqlanib yashaydi, maqsadiga erishadi”.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
326003
Photo
#deputatlar_hududlarda

🙏 Yangi O‘zbekiston bolalari yangi sharoitda taʼlim oladi

Endi “Temirchi” va “Qo‘rg‘oni Vardonze” mahallalari ichki yo‘llariga asfalt yotqizilib, piyodalar yo‘lagi va yo‘l o‘tkazgichlar taʼmirlanadi. “Sharof Rashidov” mahallasi, “Churuq” ovulidagi 39-sonli maktab esa taʼmirlanib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratiladi.

Buxoroning Shofirkon tumanida “Tashabbusli byudjet”ning g‘olib bo‘lmagan loyihalarini o‘rgangan Maxsud Muhammedov partiyaviy yo‘nalishlardan kelib chiqib, deputatlar uchun ajratilgan mablag‘ hisobidan yuqoridagi ikki loyihani moliyalashtirishga qaror qildi. “O‘quvchilar qachongacha loy, chang ko‘chadan maktabga qatnaydi. Ularning ham yorug‘, barcha sharoitlar yaratilgan maktabda o‘qishga haqqi bor”, – deydi deputat.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
3920011
Photo
#hududlarda

🙏 Yana bir natijasiz o‘rganish bo‘lmasin

Pasdarg‘om tumanidagi Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini o‘rgangan Samarqand viloyati kengashi ishchi guruhi bir qator kamchiliklarni aniqladi. 32-sonli maktabning tomi taʼmirtalab, yoritish chiroqlari eskirib bo‘lgan, musiqa asboblari yetishmaydi. 100 o‘rinli maktabda 316 nafar o‘quvchi sanʼat sirlarini o‘rganayotgani ham muammo. 23-son musiqa va sanʼat maktabida ham xuddi shunday kamchiliklar aniqlandi.

Maktab maʼmurlari muammolarni ochiq ko‘rsatdi, kamchiliklarni yashirmadi. Chunki bir necha yildan buyon muammolar faqat o‘rganilyapti, xolos. Zora, bu gal natijasi bo‘lsa...

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
4280025
Photo
▶️

🙏 Real o‘sish 8,5 foizga yetdi

Davlat dasturi bo‘yicha hukumat hisobotida qayd etilganidek, bajarilishi lozim bo‘lgan jami 193 ta topshiriqning 158 tasi to‘liq bajarildi. 26 tasi Prezident Administratsiyasida va 4 tasi Qonunchilik palatasi va Senatda ko‘rib chiqilmoqda. 5 tasining ijro muddati uzaytirilgan.

YAIM real o‘sish surati esa 8,5 foizga yetdi. Jami 28,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
3,5300035
Photo
▶️

🙏 Xorijlik o‘qituvchilar natija ko‘rsatyaptimi

Umida Rahmonova chet tilini o‘qitish bo‘yicha xorijdan jalb qilgan o‘qituvchilar masalasini ko‘tardi.

"Buning uchun byudjetdan katta mablag‘ ajratilyapti. Lekin hisobotda bu qanday natija berayotgani haqida maʼlumot ko‘rmadik", – deya izoh so‘radi.

Tegishli vazirlik javobi: albatta, natijalar bor. Jumladan, Toshkent shahrida chet el o‘qituvchilari jalb qilingan maktablar bitiruvchilarining xorijiy tildagi bilimi va qiziqishi o‘rganilganda ijobiy natijalar qayd etilgan.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
3,6200038
Photo
▶️

🙏 Ayni damda navbatdagi fraksiya yig'ilishi boshlanish arafasida

Kun tartibidagi asosiy masala: «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
1,1500024
Video
🙏 Yosh vatandoshlar bilan ilk bor vatanparvarlik fleshmobi o‘tkazildi

“ANOR” loyihasi doirasida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘i bilan vatanparvarlik fleshmobi o‘tkazildi. Mazkur tadbir orqali loyiha ishtirokchilarining Vatanga mehri, milliy g‘ururi va tarixiy yurt bilan mustahkam maʼnaviy bog‘liqligi yana bir bor yorqin namoyon bo‘ldi.

Tadbirning asosiy g‘oyasi — dunyoning turli mamlakatlarida yashab kelayotgan yosh vatandoshlarni yagona Vatan, yagona bayroq va umumiy milliy qadriyatlar atrofida birlashtirishdan iborat. Fleshmob ishtirokchilari uchun Davlat bayrog‘i nafaqat mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetining ramzi, balki Vatan bilan cheksiz mehr-muhabbat, milliy o‘zlik va birdamlik timsoli sifatida namoyon bo‘ldi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
422008
Photo
🙏 “Yangi O‘zbekiston” oromgohida “Vatandoshlar bog‘i”

Parkent tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” oromgohida yosh vatandoshlar ishtirokida “Vatandoshlar bog‘i” barpo etildi. “Anor” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu bog‘da ekilgan har bir ko‘chat yosh vatandoshlarning tarixiy Vatanga mehri, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissi va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatining amaliy ifodasiga aylandi.

Qayd etilganidek, mazkur bog‘ kelgusi yillarda ham “Anor” loyihasi ishtirokchilarini birlashtiruvchi, do‘stlik, hamjihatlik, ekologik madaniyat va Vatanga muhabbat ramzi sifatida yashab qoladi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
309006
Photo
🙏 Yosh vatandoshlar uchun Bolalar parlamenti modeli

“Anor” loyihasi doirasida Bolalar parlamenti modeli tashkil etildi. Interaktiv mashg‘ulotlar Yoshlar parlamenti aʼzolari Husnora Ahadova va Azizbek Ochilboyevlar ishtirokida o‘tkazildi. Yoshlar parlamenti vakillari yosh vatandoshlarga parlament va deputatlik faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni, liderlik masʼuliyati haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar parlament modelida deputatlar rolini bajarib, qonun loyihalarini muhokama qilish, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surish, fikrlarini asoslash hamda jamoaviy qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etdilar. Bu esa ularning erkin va tanqidiy fikrlash, notiqlik, muzokara olib borish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
348005
Photo
🙏 “ANOR”chilar “Zakovat” da bellashdi

Mashhur boshlovchi Abdurasul Abdullayev xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning O‘zbekiston tarixi, madaniyati va sanʼati, qadriyatlari hamda zamonaviy dunyoga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Turnir yoshlarning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, jamoaviy ishlash va intellektual salohiyatini namoyon etish uchun o‘ziga xos maydon bo‘ldi. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
4130015
Photo
▶️

🙏 Davlat fuqarolik xizmatchilariga yangi imtiyoz

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilari davlat granti asosida xorijdagi nufuzli taʼlim muassasalariga o‘qishga ketsa, mehnat shartnomasi bekor qilinadi va bu bir qator muammolarni keltirib chiqaryapti. Xususan, o‘qib qaytgan xizmatchining eski ish joyiga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndirmoqda. Natijada sohada kadrlar qo‘nimsizligi paydo bo‘lmoqda.

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan xorijiy tajribadan kelib chiqib, bunday xizmatchilarning ish joyidagi lavozimini saqlash va tahsil olish davrini mehnat stajiga qo‘shish taklif etilmoqda.

🖥 https://taplink.cc/milliytiklanish|
579009

Showing 30 of 66 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️ Telegram channel about?+

"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️ (@uz_milliytiklanish) is a Telegram channel in the Matka & Lottery category. Inson o'zgarsa - jamiyat o'zgaradi Bizni boshqa tarmoqlarda ham kuzatib boring!

How do I join "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️ (@uz_milliytiklanish) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @uz_milliytiklanish in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️ a good Matka & Lottery channel to follow?+

On tgdio you can check "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️'s rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 39,972 subscribers on tgdio. Compare it with similar Matka & Lottery channels in the same category.

Where can I see "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️ stats and latest posts?+

On tgdio, open the @uz_milliytiklanish channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.