1.Bu dunyo — bir karvon saroy, ketar kirganlar bir-birlay,
Odam deb mag‘rur bo‘lmagil, o‘tar dunyo bir ko‘z ochay.
Ushbu misra egasi sizga kitob sovgʻa qilmoqchi.
2.Suv yuzida gullar uchar,
Nilufarlar asta quchar
Sirli kitob kutar seni,
Izla uni ko‘l tubini emas — yonini
3.Maysazorli bir bog' ichra,
O'rindiqlar yonma-yon.
Bir qarab koʻr oʻsha yerda,
Kutar seni bir kitob.
4.Otdan tushgan, ammo mag‘lub bo‘lmagan,
Garchi jonsiz, ulug‘vorlik so‘nmagan.
Qilich qinda, mardlik unda barq urar,
Taxt ustida mag‘rur, sokin u turar.
5.Uch madrasa, bir hovli,
Ko‘k koshinlar bezabdi.
Samarqandning ko‘rki u,
Kitob bor osha yerda.
6.Qorong‘u bir chuqurlik,
Pastida suv oqadi.
Chelakni tashlab tortib koʻr kitob chiqar u yerdan
7.Ko‘k-yashil chinni bilan bezar tanasini,
Yarim qolgan orzuday to‘xtar manzilini.
Bo‘yi qisqa — ammo shu shahar timsoli bo‘lgan,
Qaysi shahar qo‘ynida turar bu mashhur minora?
8.Etti pirning yurti, tasavvuf koni,
Ibn Sino o‘sgan ilm makoni.
Labihovuz bo‘yida Afandi kular,
Ayting-chi, bu shahar nomi ne bo‘lar?
9.Gishtdan emas devori, yog'ochdan bino,
Eshigidan kirsang, charog'on dunyo.
Tepasida chanog'i — quyoshga oyna,
Bag'rida yashirin eng buyuk xazina.
Bobolar merosi — bu muazzam uy,
Izlagan kitobing shu yerda, hoy-huy!
10.Katta bir ilm yurti, bag‘rida ziyo maskan,
Lekin uning hududi kichkina stolga sig‘gan.
Binolari mitti-yu, oynalari miltirar,
Daraxtlari plastmassa, yaproqlari yiltirar.
11.Ko‘m-ko‘k daraxtzorning oldida turar,
Universitet yoshini eslatib turar.
Moviy rangga bo‘yalgan raqamlar aro,
Kitobni yashirdik ko‘zlardan nari.
12.Auditoriya emas, bu yer erkin bir hudud,
Darslardan charchaganda zamin beradi huzur.
Maysalar pichirlaydi, gilam kabi to'shalgan,
Biz qidirgan xazina aynan shu yerga ko'milgan.
Piknik havosini tuying, atrofga bo'ling ziyrak,
Birinchi kitob shu yerda, uni topadi zukko yurak!"(2ta)
13.Poydevori sakkiz qirra — yulduz misoli,Tepasida aylanar yerning timsoli.Globusning yonida kitoblar qator,Ustozlar sha'niga qo'yilgan viqor.Ziyo taratuvchi shu maskan aro,Yashirin xazinani topgin, ey oshno!
14.Qadam qo‘ygan oningizda qarshi olar to‘rt sarvqomat,
Kim zukko va chaqqon bo‘lsa, kulajakdir o‘sha omad.
Muqimiyning poyida qad ko‘targan ustunlar,
Bag‘rida kitob asrar, xuddi qadimiy tunlar.
Birma-bir aylanib chiq, topasan chin durning konin,
Aynan o‘sha yerda pinhon birinchi kitob sening!
15.Beshinchi bino tomon chorlar keyingi qadam,
Bu yerda darsdan so‘ngra sport bilan band odam.
To‘r o‘rtada tortilgan, raketkalar shay turar,
Volan osmon uchar ko‘p, o‘yin qizib qaynar shar.
Lekin bugun maydonda koptok emas, ilm bor,
Badminton hududida ikkinchi kitob intizor!
16.Beshinchi binodan so‘ng manzil o‘zgarar yana,
"Seul" talabalar kafesi bizga bo‘lar nishona.
Ichkariga kirmasdan, atrofga nazar soling,
Shirin iforlar kelgan tomondan izlab toping.
Kitob shu yerda pinhon, kutmoqda sizni intizor,
Chaqqon bo‘lgan o‘quvchi topadi uni takror!
17.Chidamlilik va kuchning, sportning bosh maskani,
Bu yerda chiniqadi talabaning har joni.
Eshiklari ochilar sog‘lom hayot tomonga,
Kitob esa do‘st bo‘ldi bugun sportchi mehmonga.
Ichkariga kirmasdan, ostonadan izlangiz,
"Sport club" darvozasiga bo‘lsin endi ko‘zingiz!
19.Universitet bog‘ida har daraxtning o‘z o‘rni bor,
Ulardan biri borki, buyuk nom bilan iftixor.
Rahman Alshanov nomi berilgan o‘sha archa,
Qish-u yoz yashil bo‘lib, hayratda solar barcha.
Poyiga ta’zim ila yaqinroq boring sekin,
Uning shoxlari ostida yashiringandir bilim!
20.Bir paytlar bu yerda darslar o‘tardi qizg‘in,
Endi esa jim-jitlik, o‘tmish yashirin jimgina.
Eski oltinchi bino... xarobaga aylangan,
Biz qidirgan xazina aynan shu yerga shaylangan.
Devorlar o‘rnida tosh, xotiralar qatlama,
Diqqat bilan nazar sol, xavfdan aslo hatlama.
G‘ishtlar, gurslar ortida ilm nuri porlaydi,
O‘tmishning shu burchagi seni izlab chorlaydi!