1/20🟣O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi deputatlik guruhi tomonidan o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
🔹 Eshituv davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, umumta’lim maktablari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlik holati atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Xususan, 7–11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish, ularni «ustoz-shogird» an’anasi asosida kasbga o‘rgatish, tadbirkorlar va hunarmandlarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Deputatlar yoshlarning qiziqish va qobiliyatiga mos kasb tanlashi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi hamda kelajakda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Jamoatchilik eshituvi yakunida belgilangan vazifalar ijrosini izchil nazorat qilib borish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va o‘quvchi-yoshlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
✅Telegram✅Instagram
✅Facebook✅YouTube









