1/2Yaqin kunlarda O‘zbekistonda Apple Pay orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Turizm qo‘mitasi ma’lum qilishicha, xizmatni ishga tushirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Markaziy bank, tijorat banklari, Humo va Uzcard tizimlari Apple Pay’ni ulash ustida ishlamoqda.
Xizmat ishga tushgach, xaridlar uchun iPhone va Apple Watch orqali to‘lov qilish mumkin bo‘ladi.
Pul va biznes xabarlari 👉 @pulmasalasi.









