Bosh prokuratura huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotni yashirgan hamda IIV yoki «Inson» markazlariga xabar bermagan shaxslarni jarimaga tortishni taklif qilmoqda. Jarima miqdori xodimlar uchun 2,2 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun 4,4 mln so‘mgacha, huquqbuzarlik takroran sodir etilsa — 6,6 mln so‘mgacha etib belgilanadi.
Qonun loyihasi 16 yoshga to‘lmagan qizlarning erta nikohi va homiladorligi haqida xabar berish majburiyati bilan bog‘liq. Bosh prokuraturaning qayd etishicha, alohida javobgarlik belgilanmagani sababli bunday holatlar ko‘pincha yashiriladi.
Agar «Inson» markazlari faoliyati kuchaytirilib, huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar himoya qilinsa, qonun bunday holatlarni yashirish holatlarini kamaytirishi mumkin. Bordi-yu, tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilmay, faqat jarimalar bilan cheklanilsa, «ko‘z yumish» amaliyoti barham topishi dargumon.








