🔎 Markaziy Osiyo analitiklari va media mutaxassislari uchun stajirovka
Markaziy Osiyoda Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabi tadqiqot va media monitoring yo‘nalishida yillik stajirovka dasturiga qabul e’lon qilmoqda.
Kimlar uchun:
— O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan analitiklar;
— Media sohasi vakillari;
— Ommaviy kommunikatsiyalar, huquqshunoslik, madaniyatshunoslik va antropologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar.
Stajirovka davomida:
— Zamonaviy tahlil va AI tadqiqot vositalari;
— Raqamli etika va Yevropa tajribasi;
— Media monitoring va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
— Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash o‘rganiladi.
Ishtirokchilar mentorlar rahbarligida turli tadqiqotlarda ham qatnashadilar.
Nomzodlardan kutiladi:
— Mahalliy va ingliz tillarini bilish;
— Diqqatlilik va analitik fikrlash;
— Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish;
— Tadqiqot metodologiyasiga rioya qilish.
Ariza uchun: motivatsion xat va kamida 2 nafar tavsiya beruvchining aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan CVni yuboring.
📧
[email protected]Mavzu: «На стажировку»
⏰ Deadline: 30-sentyabr, 2026-yil, Bishkek vaqti bilan 18:00.