IHMA Toshkent viloyati Telegram channel photo

IHMA Toshkent viloyati

IHMA Toshkent viloyati shares Spirituality updates and media on Telegram. Join to stay updated.

2.2k (2,220 subscribers)
Members
—
Rating
51
Total Posts
Sep 25, 2026, 6:45 AM
Updated
Mar 27, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIHMA Toshkent viloyati
Username@ihma_toshkentviloyati
CategorySpirituality
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members2,220
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 27, 2026
Last UpdatedSep 25, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#54618-51
Language Ranking
#11638+2
Category Ranking
#248+1

Participant Growth (Last 30 Days)

Total: 2.2K
24h growth: +397 22%
03/3004/1605/1106/0107/1608/1609/25

Latest Posts

IHMA Toshkent viloyati

Sep 11, 2026, 18:20

Photo
#jarayon

Joylarda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentli Toshkent viloyati boshqarmasi hamda "O‘zbekiston 24” telekanali ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda tasvirga olish ishlari tashkil etildi.

🎥Ushbu maxsus lavha tez kunlarda efirga uzatiladi.
344000
IHMA Toshkent viloyati

Sep 11, 2026, 18:20

Photo
#hafta_hujjati

Hujjat talablari amaliyot uyg‘unligida o‘rganilmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilim va kasbiy salohiyatini oshirish, yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish hamda ularni amaliy faoliyatga samarali tatbiq etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

➡️ https://telegra.ph/hafta-hujjati-09-11
435000
IHMA Toshkent viloyati

Sep 11, 2026, 18:20

Bolani cheklash emas, qo‘llab-quvvatlash kerak!

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Komplayens xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi ayrim ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1-sinfda tahsil olayotgan ayrim bolalarni yangi ta’lim muhitiga moslashtirish hamda dars jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida bugungi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga mos kelmaydigan usullardan, jumladan, bolaning sinfda harakatini cheklashdan foydalanilgan holatlar aniqlandi.

Bunday cheklovchi usullar ayrim davlatlarda maxsus ta’lim va parvarish amaliyotlarida tarixan uchragan bo`lsa-da, bugungi kunda bunday usullar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolaning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda insonparvarlik tamoyillariga mos kelmaydi.

Mazkur holatlardan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tizimdagi barcha ta’lim tashkilotlariga eskirgan, zamonaviy pedagogik talablarga mos kelmaydigan va bolaga nisbatan asossiz jismoniy yoki boshqa cheklovlarni nazarda tutuvchi usullardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, har bir bolaga uning individual ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda mehr, hurmat va professional yondashuv asosida munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 1–2-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda dars jarayonida ularga individual yordam ko‘rsatish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab maxsus assistent-pedagog lavozimi joriy etilmoqda.

Hurmatli ota-onalar!

Agar farzandingiz ta’lim jarayonida yuqoridagi kabi nomaqbul holatlarga duch kelsa:
— birinchi navbatda maktab ma’muriyatiga bu haqda xabar berishingiz;
— pedagog yoki maxsus assistent-pedagog bilan holatni muhokama qilishingiz;
— muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1246 ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir bolaning sha’ni, qadr-qimmati va xavfsizligini ta’minlash — ta’lim jarayonining ajralmas tamoyilidir.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
333002
IHMA Toshkent viloyati

Sep 11, 2026, 18:20

Photo
#xushxabar

Oqqo'rg'onlik sportchi – Jahon chempioni!

4-7-sentyabr kunlari AQShning Xantsvill shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqaning T1 klassida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan, Oqqo‘rg‘on tumani farzandi Marjona Pardaboeva barcha raqiblaridan ustunligini amalda isbotlab, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi!

Oqqo‘rg‘onlik chempionimizni ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!
5420012
IHMA Toshkent viloyati

Sep 11, 2026, 18:20

Murojaatlar — e’tibor va yechim markazida

🧠 2026-yilning 6 oyi davomida Agentlik va tizim tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 95,6 mingta murojaat kelib tushdi.

Ularning 66 foizi ijobiy hal etildi, yana 19 foiz murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tezkor o‘rganish va hal etish maqsadida ishchi guruhlar, sayyor qabullar va yangi mexanizmlar joriy etildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha aholiga tezkor va aniq ma’lumot berish uchun yagona skriptlar ishlab chiqildi.
Natijada koll-markazga murojaat qilgan 593 ming fuqaroning 80 foizi birinchi qo‘ng‘iroqning o‘zida zarur maslahat va tushuntirishlarni oldi.

Murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar tahlil qilinib, Ijtimoiy reyestr tizimida ham qator yengillik va o‘zgarishlar joriy etildi.

🎬 Batafsil — videorolikda.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
387000
IHMA Toshkent viloyati

Aug 27, 2026, 17:38

Photo
#Live

🔴 Xabaringiz bor, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari hamkorligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida turkum ko‘rsatuv va maqolalar tayyorlanmoqda.

Ayni vaqtda esa “Sevimli” telekanalining ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida inklyuziv ta’lim yo‘nalishidagi amaliy ishlar va ularning natijalari yuzasidan ko‘rsatuv tayyorlanmoqda.

Tasvirga olish jarayonlari Yangiyo‘l shahrida olib borilmoqda.
210000
IHMA Toshkent viloyati

Aug 27, 2026, 17:38

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash https://president.uz/oz/lists/view/9539 boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась https://president.uz/ru/lists/view/9539 награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyevsh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/presidentuz
197001
IHMA Toshkent viloyati

Aug 01, 2026, 05:41

Photo
#davra_suhbati

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH — UMUMIY MAS’ULIYAT!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida odam savdosining oldini olish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda bu boradagi xabardorlikni oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida odam savdosining zamonaviy ko‘rinishlari, uning inson huquqlari va qadr-qimmatiga tahdidi, fuqarolarni turli xavf-xatarlardan ogohlantirish hamda jabrlanuvchilarni ijtimoiy himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilarga odam savdosiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarga befarq bo‘lmaslik, xorijda mehnat qilish yoki ta’lim olish jarayonida huquqiy xavfsizlik choralariga rioya etish, shubhali taklif va vositachilardan ehtiyot bo‘lish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
386000
IHMA Toshkent viloyati

Aug 01, 2026, 05:41

Photo
#bosmanashrlarbiz_haqimizda

Umid va ishonch bermoqlikdan ortiqroq baxt bo‘lmasa kerak

Ushbu sarlavha tafsilotlarga oid maqola “Mahalla” gazetasida eʼlon qilindi.
📑Shuningdek, gazeta sahifalarida turkum maqola va qiziqarli xabarlarni o‘qishingiz mumkin.
503000
IHMA Toshkent viloyati

Aug 01, 2026, 05:41

Video
#parvarish_xizmati

Kunduzgi parvarish xizmati bolalar va oilalar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan tuzilgan bitim asosida Bekobod tumani Istiqlol mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Bugungi kunda mazkur markaz nogironligi bo‘lgan bolalar hamda ularning oilalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Ayni paytda bu yerda 18 nafar bola sifatli parvarish bilan qamrab olingan. 

🎥 Batafsil yuqoridagi videolavhada.
596003
IHMA Toshkent viloyati

Aug 01, 2026, 05:41

Video
Avgust oyi yaqinlashishi bilan bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari bo‘yicha turli savollar ko‘paymoqda.

❓Eng ko‘p berilayotgan savollardan biri — avgust oyidan nafaqalar to‘xtatiladimi?

‼️Yo‘q. Hech kim asossiz ravishda nafaqadan mahrum qilinmaydi.

Ushbu videoda avgust oyida nima uchun qayta baholash o‘tkazilishi, to‘lovlar qaysi hollarda davom etishi yoki to‘xtatilishi, shuningdek, bu oilaning “Ijtimoiy reyestr”dan chiqarilganini anglatmasligi haqida tushuntirib o‘tdik.

🎬 Videoni tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ham ulashing.

https://t.me/IHMA_matbuotkotibi
310001
IHMA Toshkent viloyati

Aug 01, 2026, 05:41

Video
#Live

🔴Ayni vaqtda 30-iyul — Xalqaro doʻstlik kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida "Doʻstlik" festivali boʻlib oʻtmoqda.

Festival ishtirokchilari turli millat vakillarining urf-odatlari, milliy anʼanalari va madaniyati bilan tanishmoqda.

Mazkur tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi tuman va shaharlaridagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari ham ishtirok etmoqda.

https://t.me/ihma_toshkentviloyat
619006
IHMA Toshkent viloyati

Aug 01, 2026, 05:41

Video
#OAV_nigohida

ISTE’DODGA YO‘L OCHAYOTGAN IMKONIYATLAR

🎥Mavzu tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.
606000
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

#InsonUchun
#1_kun

🏃“Imkoniyatlar yo‘li” — kelajak sari ochilgan yo‘l!

🫶Inson uchun festivali doirasida tashkil etilgan ushbu maydon insonning bolalikdan boshlab ta’lim, kasb va mustaqil hayot sari bo‘lgan yo‘lini namoyon etmoqda.

🟢10 ta funksional hudud
🟢150 ga yaqin loyiha va xizmatlar
🟢Inklyuziv rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar

👫“Bilim makon” hududi esa tashrif buyuruvchilarning eng sevimli nuqtalaridan biriga aylandi.

🧮Bu yerda:
☑️MenHamBor.uz platformasi
☑️“Aqlvoy va Robbi” interaktiv stoli
☑️Kasblarni o‘rgatuvchi qo‘g‘irchoq teatri
☑️“Bog‘dorchilik to‘plami”
☑️“Do‘kon” syujetli o‘yin loyihasi
☑️Maxsus o‘quv qo‘llanmalari va didaktik materiallar
☑️Devoriy rivojlantiruvchi elementlar taqdim etildi.

✅Har bir loyiha — bolalarning qiziqishi, fikrlashi va mustaqil hayot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

💚Har bir tashabbus — inson qadri uchun yaratilayotgan imkoniyatdir.

😮Bir so’z bilan aytganda, “Inson uchun – 2026” — bu shunchaki festival emas. Bu imkoniyat, inklyuzivlik va kelajak platformasi.

🎬Batafsil videoda…

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
126000
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

Photo
Birinchi xonim Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy “Inson uchun” festivaliga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy loyihalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari bilan tanishdi.

Festival ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirdi.
—
Первая леди посетила традиционный фестиваль «Инсон учун», проходящий в Ташкенте.

В ходе посещения Зироат Мирзиёева ознакомилась с социальными проектами, продукцией, произведённой лицами с инвалидностью, а также с современными механизмами поддержки молодёжи и семей.

Фестиваль объединил государственные структуры, бизнес, банки, международные и общественные организации для продвижения инициатив в сфере социальной защиты, инклюзивной занятости и поддержки уязвимых категорий населения.

https://www.facebook.com/share/1AznLKkuSx/ | https://www.instagram.com/ziroatmirziyoyeva
199000
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

🟦🟦

#InsonUchun
#1_kun

✍️“Inson uchun” festivali doirasidagi ilhom va motivatsiyaga boy loyihalar davom etmoqda

🟢Bugun barchaning nigohi sahnada — ayol-qizlarning faolligi, liderligi va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslar markazda!

🟢“Qizlar ovozi” platformasi rahbari Marjona Jo’raqulovaning chiqishi festival ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish va iliq taassurot bilan kutib olindi.

🟢Taqdimot davomida ayol-qizlar uchun foydali bilimlar, motivatsion fikrlar va hayotiy tajribalar ulashildi.

✅Bu maydonda har bir ovoz muhim.
Har bir g‘oya esa ertangi harakatga aylanadi!

🗣Bizni kuzatib boring, qaynoq jarayonlar hali oldinda!

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
332002
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

🟦🟦

#InsonUchun
#1_kun
#ImkoniyatlarOlimpiadasi_2026

🏃Sahnada — e’tirof, ortida esa katta mehnat!

🫶Bugun “Inson uchun” festivali doirasida Respublika “Imkoniyatlar olimpiadasi” — Abilympiks g‘oliblari nomi e’lon qilinadi.

👩‍👩‍👧‍👦13 ta yo‘nalish bo‘yicha 39 nafar ishtirokchi o‘zining kasbiy mahorati, iste’dodi va qat’iyati bilan sahnaga ko‘tariladi. Har bir kompetensiyada 3 ta sovrinli o‘rin aniqlanadi.

🥇1-o‘rin — noutbuk
🥈 2-o‘rin — planshet
🥉3-o‘rin — smartfon

❗️Bu tanlovning eng katta qadri esa mukofotlarda emas.
Asosiy yutuq — insonning o‘z imkoniyatiga ishona olishi, mehnati va salohiyatining e’tirof etilishidir!

🗣Bizni to’g’ridan-to’g’ri https://www.youtube.com/live/utQuJ4F-aVg?feature=shared orqali kuzatib boring.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
297001
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

🟦🟦

#InsonUchun
#1_kun

🫶“Inson uchun 2026” III an’anaviy festivali o‘z ishini boshladi

💻 Bugun “Inson uchun 2026” III an’anaviy festivali o‘z ishini boshladi.

🧮 Mazkur nufuzli tadbir davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, biznes vakillari, yoshlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirgan katta imkoniyatlar maydoniga aylandi.

Festival doirasida ijtimoiy himoya, inklyuziv ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va zamonaviy ijtimoiy xizmatlarga oid ilg‘or loyihalar namoyish etilishi belgilangan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun yangi imkoniyatlar, innovatsion tashabbuslar va amaliy yechimlar taqdim qilinmoqda. Tadbir davomida 130 dan ortiq loyihalar, 100 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, “Abilympics” kasblar tanlovi, interaktiv hududlar hamda turli ijtimoiy tashabbuslar tashkil etilgani festival ahamiyatini yanada oshirmoqda.

↗️ Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Olloyorov Mansurbek Polvonzoda hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna ishtirok etib, festivalga rasman start berdi.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
262002
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

#InsonUchun
#1_kun

“Inson uchun – 2026” festivali: ijtimoiy himoya va inklyuziv taraqqiyot maydoni

🧮 Bugundan boshlangan “Inson uchun – 2026” festivali ijtimoiy himoya, inklyuziv ta’lim, bandlik va tadbirkorlik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyon etishni maqsad qilgan.

Festival doirasida ijtimoiy himoya tizimid amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik loyihalari hamda inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar keng yoritilmoqda. Shu bilan birga, aholining ehtiyojmand qatlamlari, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari taqdim etilmoqda.

💻 Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, kasbiy ko‘nikmalar tanlovi hamda 100 ga yaqin ijtimoiy loyihalar namoyish etilmoqda. Bu esa festivalning nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy va amaliy ahamiyatini ham oshirmoqda.

↗️ Shuningdek, interaktiv o‘yinlar va kvizlar orqali ijtimoiy xodimlar kundalik faoliyatida uchraydigan vaziyatlar va muammolarni o‘yin formatida o‘rganib, sohaning amaliy jihatlari haqida batafsil tasavvurga ega bo‘lmoqda.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
303000
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

🟦🟦

#InsonUchun
#1_kun

❗️Sanoqli daqiqalardan so‘ng “Inson uchun” festivali start oladi!

↗️Bu oddiy festival emas — bu inson qadri, mehr, ilhom va unutilmas lahzalar bayrami.

✅Bugun sizni:
🟢eng qiziqarli chiqishlar
🟢yorqin atmosfera
🟢samimiy uchrashuvlar
🟢eksklyuziv lavhalar kutmoqda!

🗣Bizni kuzatishda davom eting — eng qaynoq jarayonlarni birga his qilamiz!

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
296001
IHMA Toshkent viloyati

May 13, 2026, 13:31

🟦🟦🟦

⚡️ Ertaga katta festival boshlanadi!

🫶 12-13-may kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz majmuasida “INSON UCHUN – 2026” III an’anaviy festivali bo‘lib o‘tadi.

✅ Ikki kun davomida:
✅ ijtimoiy himoya sohasidagi yangiliklar
✅ interaktiv maydonchalar va kvizlar
✅ foydali uchrashuvlar
✅ ish beruvchilar bilan muloqot va yana ko‘plab qiziqarli loyihalar sizni kutadi!

Inson qadri, mehr va imkoniyatlar birlashadigan festivalda ko‘rishguncha!

Manzil: O‘zekspomarkaz, (Toshkent shahri)12–13-may 2026-yil

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
327000
IHMA Toshkent viloyati

Apr 03, 2026, 12:19

Kunduzgi parvarish xizmatiga quyidagi tashxislar qo‘yilgan nogironligi bo‘lgan bolalar qabul qilinadi

❗️ GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 4–5-darajadagi bolalar serebral falaji (G80) bo‘lgan bolalarda yengil darajadagi aqliy zaiflik (F70);
✅ mo‘tadil aqliy zaiflik (F71);
✅ og‘ir darajadagi aqliy zaiflik (F72);
✅ chuqur aqliy zaiflik (F73);
✅ ko‘r-kar-soqovlik.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

✅ bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash;
✅ bolalarning tengdoshlari bilan muloqot qilishi uchun sharoit yaratish;
✅ bolalarga yangi hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
✅ bolalarning jamiyatga integratsiyasiga ko‘maklashish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash.

Xususiy sherikka kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatgan har bir kun uchun quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

✅ kunduzgi parvarish xizmatida parvarish qilinayotgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan har bir bola uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi;
✅ kunduzgi parvarish xizmatida parvarish qilinayotgan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan har bir bola uchun bazaviy hisoblash miqdorining 27 foizi.

Viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlarida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorini belgilashda 1,1 koeffitsiyent qo‘llanadi.

Kunduzgi parvarish xizmatida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bolalarini parvarish qilganlik uchun har bir bola bo‘yicha belgilangan subsidiya umumiy miqdorining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoyaagentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoyaagentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
245000

Showing 30 of 51 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the IHMA Toshkent viloyati Telegram channel about?+

IHMA Toshkent viloyati (@ihma_toshkentviloyati) is a Telegram channel in the Spirituality category. IHMA Toshkent viloyati shares Spirituality content on Telegram.

How do I join IHMA Toshkent viloyati (@ihma_toshkentviloyati) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @ihma_toshkentviloyati in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is IHMA Toshkent viloyati a good Spirituality channel to follow?+

On tgdio you can check IHMA Toshkent viloyati's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 2,220 subscribers on tgdio. Compare it with similar Spirituality channels in the same category.

Where can I see IHMA Toshkent viloyati stats and latest posts?+

On tgdio, open the @ihma_toshkentviloyati channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.