To'q sariq rangda oraliq imtihon baholari, kulrang rangda esa yakuniy imtihon baholari. Farqni qarang.
Mening ba'zi talabalarimda ham shuni sezgandam, uy vazifalarida to'liq 100% oladigan talabalar sinfdagi imtixonlardan 50-60% ham olishadi. Ba'zida uy vazifa savolini birga-bir imtixonda qaytarib bersam ham.
Bundan bilar edimki o'sha talabalar uy vazifasini juda katta ehtimol bilan AIda qiladi.
Browndagi professor shu kuzatuvimni kengroq ko'lamda qilibdi. Xulosa shuki, talabalar uy vazifa/uy imtixonlarini AIda qilishyapti. Sinfda deyarli shu savollarni imtixon qilib bersangiz farq katta.
Kuzgi semestrda shuni yana sinab ko'raman.
Aytgancha, #1 va #22 talabalarga qoyil!
https://t.me/uzbekonomics








