⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba qizlari!
Sizlarni Initial Growth loyihasida ishtirok etishga taklif etamiz!
🗣Initial Growth — universitet hayotidagi ilk qadamlardan boshlab akademik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish yo‘lingizni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beruvchi loyiha hisoblanadi. Loyiha davomida siz talabalik davridan boshlab kelajakdagi yutuqlaringiz sari yo‘l xaritasini shakllantirish hamda universitetdagi ilk networking muhitiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
❓Loyiha davomida sizni nimalar kutmoqda?
⏺Akademik rivojlanish:
JIDU ta’lim tizimi, GPA va kelgusi yillarda grant hamda kontrakt taqsimotida yuqori natijalarga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
⏺Yangi imkoniyatlar:
Milliy va xalqaro grantlar, almashinuv dasturlari, rasmiy amaliyotlar, davlat stipendiyalari hamda mukofotlar, jumladan, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tayyorgarlik bo‘yicha foydali ma’lumotlar.
⏺Amaliy ko‘nikmalar:
Startaplar, tanlovlar va camp dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, ilmiy maqola yozish va chop etish ko‘nikmalari.
⏺Networking va madaniy hordiq:
Qiziqarli o‘yinlar, karaoke va do‘stona muhit orqali yangi tanishuvlar orttirish hamda networking ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati.
⚡️Loyiha ishtirokchilari JIDU Yoshlar ittifoqi tomonidan sertifikatlar hamda hamkorimiz — https://sen-sulu.com/ brendidan sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!
✅Shuningdek, yuqori bosqich talabalari va tajribali speakerlarning talabalik davridagi tashabbuslari, yutuqlari hamda real tajribalari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
🗣Loyiha dasturi bilan ushbu https://drive.google.com/file/d/1Qps5Vvh6xvnZ1_8sSXU0jhLTcM-AIkd-/view?usp=sharing orqali tanishishingiz mumkin.
❗️Hoziroq https://forms.gle/uDfVYFwjtai4z9T56 o‘z o‘rningizni band qiling. Joylar soni cheklangan!
🔄Savol va murojaatlar uchun: https://t.me/mnbyva
Batafsil: https://t.me/initialgrowthproject
💬💬💬💬
🌎Yangiliklarni kuzatib boring:
🚀 https://t.me/JIDUYoshlari |🔸 https://www.instagram.com/jiduyoshlari?igsh=dXVsdms4aWNtOWlp |🎰 https://www.linkedin.com/in/uwed-youthunion-4ab564352?utmsource=share&utmcampaign=sharevia&utmcontent=profile&utmmedium=androidapp








