📅 5-avgust kuni BIR TA'LIM GRANT loyihasining 2-bosqichi rasman yakunlandi.
Ushbu bosqich davomida yuzlab yoshlar zamonaviy kasblarni o'rganib, o'z ustida ishlash va daromad topish yo'lida muhim qadam tashlashdi.
📊 Loyihaning umumiy natijalari bilan tanishing:
✅ 20 000+ yosh loyiha bilan qiziqdi.
✅ 5 500 ga yaqin ariza qabul qilindi.
✅ Saralashdan o'tgan 341 nafar ishtirokchi grant asosida o'qishni boshladi.
✅ 230 nafar ishtirokchi kursni muvaffaqiyatli tamomladi.
✅ Bitiruvchilar o'qish davomida 235 000 000 million so'mdan ortiq daromad ishlab topishdi.
✅ 100+ bitiruvchi qisqa muddat ichida ish bilan ta'minlandi.
💙 Barcha ustozlarimiz, jamoamiz va ishtirokchilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
🚀 Bu hali boshlanishi. Oldinda yanada katta natijalar va yangi imkoniyatlar kutmoqda!









