Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University Telegram channel photo

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuniPublic Channel

The Official Channel of Al-Khwarizmi University Website: akhu.uz Contact: @alxorazmiyunibot Instagram: https://www.instagram.com/alkhwarizmi.uni Facebook: https://www.facebook.com/alkhwarizmi.uni

14.4k (14,351 subscribers)
Members
—
Rating
58
Total Posts
Sep 24, 2026, 10:54 PM
Updated
Mar 24, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAl-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University
Username@alxorazmiyuni
CategoryOnline Classes
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members14,351
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 24, 2026
Last UpdatedSep 24, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#17064-7
Language Ranking
#3657+3
Category Ranking
#58No change

Participant Growth (Last 30 Days)

Total: 14.4K
24h growth: -602 4%
03/2404/0404/2005/2706/2508/1609/24

Latest Posts

Photo
✅ Iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari taqdirlandi!

✔️Universitetimizda o‘qish va ilmiy izlanishlarda yuksak marralarni zabt etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan iqtidorli talabalarimiz hamda ularga munosib tarbiya berib, muvaffaqiyatlariga zamin yaratgan ota-onalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi — unda universitet rahbariyati tomonidan ularning fidoyiligi munosib e’tirof etilib, Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Iqtidorli talabalarimizga esa kelgusi marralarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

https://telegra.ph/Talented-Students-and-Their-Parents-Recognized-09-11
1,0000027
Video
📣 Yotoqxonamiz talabalarni qabul qilishga tayyor!

✔️Al-Xorazmiy universiteti talabalari uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy va shinam yotoqxona oʻz eshiklarini ochadi.

🤝 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 10-sonli talabalar turargohidan universitetimiz talabalari uchun alohida, barcha qulayliklarga ega shinam joylar ajratildi.

Yotoqxona afzalliklari:
🟢Zamonaviy va shinam mebellar bilan toʻliq jihozlangan shinam xonalar;
🟢Oʻqish va dam olish uchun tinch, osoyishta hamda 24/7 xavfsiz muhit;
🟢Doimiy toza va tartibli sharoitlar hamda maishiy qulayliklar;
🟢Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, Al-Xorazmiy majmuasida joylashgan. Transport qatnovi juda qulay, shahar markaziga borish oson.

🗣Bilim olish va muvaffaqiyatga erishish uchun shinam muhitni tanlang!

📌 Manzil: https://maps.app.goo.gl/wSHbJnNadMG4CX7s5

📞 Murojaat uchun telefon: +99899-333-76-20

https://telegra.ph/Our-Student-Dormitory-is-Ready-to-Welcome-You-08-28
3770012
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:

Telegram

https://www.youtube.com/watch?v=mPaw6tw4WC0

https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/2190665415194154

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyevsh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/presidentuz
Video Thumbnail
256003
Video
✅ Bilim, shaffoflik va hayajonli daqiqalar!

🌟 Al-Xorazmiy universitetida "Biznesni boshqarish (MBA)" hamda "Amaliy sun’iy intellekt" magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Jarayon har bir talabgor uchun teng imkoniyat, xolis yondashuv va adolatli muhitda tashkil etildi.

🟢Imtihon natijalari va keyingi bosqichlar haqidagi ma’lumotlar tez orada rasmiy sahifalarimizda e’lon qilinadi.

⭐️Barcha talabgorlarga yuqori ballar tilaymiz! Orzuingizdagi magistratura bosqichi sizni kutmoqda!

#magistratura #qabul2026 #videoreportaj #AKHU #AlXorazmiyUniversiteti

https://telegra.ph/Knowledge-transparency-and-exciting-moments-08-28

📱 Murojaat uchun: +998 (62) 227-71-71 | https://t.me/alxorazmiyunibot
1,2600026
Photo
#magistratura
#qabul2026
#fotoreportaj

🎓 Magistratura bosqichi uchun kirish imtihonlari muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi!

✔️Bugun Al-Xorazmiy universitetining "Biznesni boshqarish (MBA)" hamda "Amaliy sun'iy intellekt" magistratura yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, yuqori saviyada tashkil etildi. Talabgorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

⭐️Barcha talabgorlarga omad yor bo‘lishini va Al-Xorazmiy universiteti magistrantlari qatoridan joy olishlarini tilaymiz!

🌐 https://telegra.ph/Entrance-exams-for-Masters-programs-have-been-successfully-conducted-08-28
1,2700020
Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan universitetimiz xodimlari yuksak mukofot bilan taqdirlandilar!

✔️Bugun viloyat hokimligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazilib, yurtimiz taraqqiyoti, xususan, ta’lim sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar taqdirlandi.

Jumladan, Muhtaram Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan Al-Xorazmiy universiteti Moliyaviy boshqaruv boʻlimi boshligʻi Dushamov Maxmudjon Maksudbekovich hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshlig‘i Erimmetova Nafisa Bahramovna “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandilar.

Ushbu yuksak e’tirof — fidoyi va halol mehnatning, oliy ta’lim hamda el-yurt ravnaqi yo‘lidagi sadoqatning munosib bahosidir.

✅ Universitet jamoasi va talabalari nomidan hamkasblarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 https://telegra.ph/On-the-occasion-of-the-35th-anniversary-of-our-Independence-our-university-staff-members-have-been-honored-with-high-awards-08-27
2,6500044
Photo
Al-Xorazmiy universitetida Orientation Week — "Tanishtiruv haftaligi"

🎓 Hurmatli 1-bosqich talabalari! Hayotingizdagi yangi va muhim bosqichga xush kelibsiz! Universitet hayotiga tez va mazmunli moslashishingiz uchun 7–11-sentabr kunlari maxsus "Tanishtiruv haftaligi" boʻlib oʻtadi.

✔️ Haftalik davomida sizni nimalar kutmoqda?
🟢 Universitet infratuzilmasi, qoidalari va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishuv;
🟢 Tajribali professor-oʻqituvchilardan ilhomlantiruvchi taqdimotlar va master-klasslar;
🟢 Mantiqiy, intellektual va koʻngilochar oʻyinlar;
🟢 Doʻstona sport musobaqalari;
🟢 Oʻquv yilining tantanali va unutilmas ochilish marosimi!

🗓 Sana: 2026-yil 7–11-sentabr

📍 Manzil: https://maps.app.goo.gl/YggJE8mJ8F12bPrH8

⭐️ Talabalik davringizning ilk kunlari mazmunli va yorqin taassurotlarga boy oʻtishini taʼminlaymiz! Universitetimizda koʻrishguncha!

https://telegra.ph/Orientation-Week-at-Al-Khwarizmi-University-08-27
2,0000035
Photo
📢 Magistratura saralash imtihonlari uchun ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi!

2026/2027-o‘quv yili uchun Al-Xorazmiy universitetining Biznesni boshqarish (MBA) hamda Amaliy sun’iy intellekt magistratura dasturlari bo‘yicha saralash imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi.

📄 Ruxsatnomani yuklab olish uchun Al-Xorazmiy universiteti qabul platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring va ruxsatnomangizni yuklab olib, chop eting.

🌟 https://master.akhu.uz/login

📝 Imtihon kuni o‘zingiz bilan quyidagilarni olib kelishingiz shart:
— shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta);
— ruxsatnomaning chop etilgan nusxasi.

🗓 Imtihon sanasi: 28-avgust

⏰ Imtihon vaqti: 10:00

📋 Ro‘yxatga olish boshlanishi: 09:00

📍Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CTfuJNlH

Imtihon jarayoni tartibli o‘tishi uchun belgilangan vaqtdan oldinroq kelishingizni so‘raymiz.

✔️Barcha talabgorlarga imtihonda omad va yuqori natijalar tilaymiz!

📱 Murojaat uchun: +998 (62) 227-71-71 | https://t.me/alxorazmiyunibot

🌐 https://telegra.ph/Download-of-Admit-Cards-for-Masters-Entrance-Examinations-Has-Begun-08-27
2,2800014
Photo
📢 Magistratura saralash imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi!

28-avgust kuni soat 10:00 da Al-Xorazmiy universiteti binosida Biznesni boshqarish (MBA) hamda Amaliy sun'iy intellekt magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌟Imtihon formati bilan tanishish va tayyorgarlik ko‘rish uchun namunaviy savollar:
🟢 https://admission.akhu.uz/samples/AlKhwarizmiAdmissionTest2026AI_Masters(Sample).pdf
🟢 https://admission.akhu.uz/samples/AlKhwarizmiAdmissionTest2026MBA_Masters(Sample).pdf)

📝 Nomzodlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi. Imtihon jarayoni tartibli o‘tishi uchun belgilangan vaqtdan biroz oldinroq kelishingiz hamda o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnomaning chop etilgan nusxasini olib kelishingiz shart.

📍Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CTfuJNlH.

📌 Ruxsatnomani platformadan yuklab olish bo‘yicha batafsil ko‘rsatma keyingi postimizda beriladi.

✔️Barchangizga imtihonda omad va yuqori natijalar tilaymiz!

📱Murojaat uchun: +998(62)227-71-71 | https://t.me/alxorazmiyunibot

🌐 https://telegra.ph/The-Date-for-the-Masters-Entrance-Screening-Exams-Has-Been-Confirmed-08-25
2,7400016
Photo
🎓 Magistraturaga hujjat topshirishning SO‘NGGI KUNI!

Al-Xorazmiy universitetining quyidagi magistratura yo‘nalishlariga topshirishga ulgurib qoling:

🔊Biznesni boshqarish (MBA) — zamonaviy biznes jarayonlari, strategik qarorlar qabul qilish va raqobatbardosh boshqaruv ko‘nikmalari;
🔊Amaliy lingvistika va TESOL — zamonaviy tilshunoslik, xalqaro metodika hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlar.

✅ Dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.

🔗 Hujjat topshirish https://admission.akhu.uz/ platformasi orqali amalga oshiriladi.

⭐️Imkoniyatni boy bermang, bugun oxirgi muddat!

https://telegra.ph/LAST-DAY-to-apply-for-Masters-Programs-08-25-2
2,8800015
Photo
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
🎓 Magistraturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi!

✔️Ko‘plab talabgorlarning murojaat va istaklarini inobatga olgan holda, Al-Xorazmiy universitetining magistratura dasturlariga hujjat topshirish muddati 25-avgustga qadar uzaytirildi.

Al-Xorazmiy universitetida zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarini chuqur o‘rganish va ularni turli sohalardagi amaliy masalalarni hal etishda qo‘llay oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.

🗓Asosiy sanalar va bosqichlar:
🔊Hujjat qabulining so‘nggi kuni 25-avgust.
🔊Saralash imtihoni 28-avgust kuni Al-Xorazmiy universiteti binosida https://yandex.uz/maps/-/CTfuJNlH.
🔊Yangi o‘quv yili 5-oktabrdan boshlanadi.

🔗Hujjat topshirish http://admission.akhu.uz/ qabul platformasi orqali amalga oshiriladi.

✅Kelajak kasblarini Al-Xorazmiy universiteti bilan birga egallang!

📱Murojaat uchun: +998(62)227-71-71 | https://t.me/alxorazmiyunibot

🌐 https://telegra.ph/Masters-Admissions-Deadline-Extended-08-21
4,9600018
Photo
🇺🇸🤝🇺🇿 "O‘zbekistonning boy ilmiy merosi — sun’iy intellekt kelajagi uchun muhim zamin!" — AQShlik professor Al-Xorazmiy universiteti haqida

⭐️Shu yilning bahorida "Fulbright Specialist" dasturi doirasida universitetimizda mehmon bo‘lib, talabalarimizga zamonaviy texnologiyalar va ma’lumotlar fanidan dars bergan Florida Markaziy Universiteti professori Bill Xuang AQShga qaytgach, o‘zining iliq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

🖌"Sun’iy intellekt va ma’lumotlar fani ko‘pincha mutlaqo yangi sohalar sifatida tilga olinadi, biroq ular insoniyatning uzoq tarixiy yo‘liga chambarchas bog‘liq. O‘zbekistonning boy ilmiy merosi esa sun’iy intellekt va hisoblash tadqiqotlarining kelajakdagi taraqqiyotini tushunish uchun muhim zamin yaratadi." — Professor Bill Xuang

✔️Professorning universitetimiz haqidagi ushbu iliq fikrlari Florida Markaziy Universitetining nufuzli https://sciences.ucf.edu/news/fulbright-experience-in-uzbekistan-opens-doors-for-future-global-collaboration/ nashrida e'lon qilindi.

✅Biz dunyo tan oladigan mutaxassislarni tayyorlashda davom etamiz!

https://telegra.ph/Uzbekistans-Rich-Scientific-Heritage-Is-a-Strong-Foundation-for-the-Future-of-Artificial-Intelligence-Says-US-Professor-About-Al-07-29
4,4900043
Video
✔️Kelajak mutaxassislarini saralash lahzalari!

🌟Al-Xorazmiy universitetining 2026–2027-oʻquv yili uchun qabul imtihonlari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Abituriyentlarning diqqat-e’tibori va ota-onalarning cheksiz hayajonini videoreportaj orqali muhrladik.

🗣Sinovlar toʻliq shaffoflik va qat’iy nazorat ostida oʻtkazildi. Endi navbat — yakuniy natijalarga!

💬 Imtihon topshirgan barchaga muvaffaqiyat, eng munosiblarga esa Al-Xorazmiy universiteti talabasi bo‘lishini tilab qolamiz!

https://telegra.ph/The-defining-moments-of-selecting-future-specialists-07-28
5,1400047
Photo
📌Al-Xorazmiy universiteti kirish imtihoni o'tkaziladigan hududlar va manzillar

Abituriyentlar o‘zlariga eng yaqin hududni tanlab, kirish imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

🟡 https://yandex.uz/maps/-/CPT0eH8G
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuF2nq
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJAyM
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJE9-
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJIO2
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJM1g
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJNlH
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJZNP

⚠️Muhim eslatma imtihon ishtirokchilari quyida keltirib o‘tilgan hujjatlar bilan begilangan manzilga kelishlari lozim.
⏺Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (ID karta yoki pasport);
⏺Imtihon ruxsatnomasining chop etilgan nusxasi.

Hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, abituriyent imtihonga kiritilmaydi. Shuningdek, barcha ishtirokchilardan imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin belgilangan manzilga yetib kelishlari tavsiya etiladi.

🌐 https://telegra.ph/Al-Khwarizmi-University-Entrance-Examination-Venues-and-Locations-07-26
3,1800037
Photo
Al-Xorazmiy universitetida qabul imtihoni!

📣 Qabul imtihoni Bugun 28-Iyul kuni soat 9:00 da (Xorazmda 8:30 da) boshlanadi.

Imtihon o'tkaziladigan hududlar va manzillar

🟡 https://yandex.uz/maps/-/CPT0eH8G
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuF2nq
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJAyM
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJE9-
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJIO2
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJM1g
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJNlH
🟡 https://yandex.uz/maps/-/CTfuJZNP

⚠️Muhim eslatma imtihon ishtirokchilari quyida keltirib o‘tilgan hujjatlar bilan begilangan manzilga kelishlari lozim.
⏺Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (ID karta yoki pasport);
⏺Imtihon ruxsatnomasining chop etilgan nusxasi.

🌐 https://telegra.ph/Al-Khwarizmi-University-Entrance-Examination-07-28
2,5200031
Photo
📣 ERASMUS+ CBHE 2026 NATIJALARI E'LON QILINDI!

2026-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 180 ta loyihadan 11 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 9 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder (muvofiqlashtiruvchi) sifatida qatnashmoqda:
🔹ALFRAGANUS UNIVERSITY (Erasmus+ CBHE UNI2CARE)
🔹Al-Xorazmiy universiteti (Erasmus+ CBHE WASTE-UZ)
🔹Jizzax politexnika instituti (Erasmus+ CBHE UzEcoDigiT)
🔹Farg‘ona davlat universiteti (Erasmus+ CBHE FOOD4FUTURE)

Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 17 ta OTMi (Toshkent, Xorazm, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ushbu loyihalarda ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 6,5 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 27 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan.

🆕 O‘zbekistondan 3 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 1 tasi esa xususiy OTMdir:
🔹Al-Xorazmiy universiteti
🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali
🔹Xalqaro Nordik universiteti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jami 2 ta loyihada ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nonakademik tashkilot ham O‘zbekistondan ushbu loyihalarga jalb qilingan, jumladan:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🔹Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
🔹O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi
🔹"NAZAR BUSINESS AND TECHNOLOGY" MChJ
🔹"KNOWLEDGE TRIANGLE AND INNOVATION" MChJ
🔹"TEXTILE STANDARD SERVICES" MChJ
🔹"NOVATECHNOLOGY" MChJ

📊 Loyiha turlari:

🔘5 ta mintaqaviy loyiha:
UNI2CARE — O‘zbekiston va Tojikistonda bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sun’iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan kasbiy ekotizim
GreenPath — Markaziy Osiyoda barqaror ko‘nikmalar, chidamli iqtisodiyotlar va yuqori sifatli yashil ish o‘rinlari uchun oliy ta’lim tizimlarini o‘zgartirish
FOOD4FUTURE — O‘zbekiston va Qozog‘istonda oziq-ovqat iste’molchilari uchun sog‘lomroq tanlovlarni ta’minlash vositasi sifatida mahsulot tarkibini qayta shakllantirishni kuchaytirish
GreenTex — Markaziy Osiyoda to‘qimachilik ta’limining barqaror va raqamli transformatsiyasida akademik mukammallik uchun yashil innovatsiyalar tarmog‘i
DIETICA — Markaziy Osiyoda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan dietologiya ta’limini rivojlantirish

🔘2 ta milliy loyiha:
WASTE-UZ — Chiqindilar bo‘yicha xabardorlik, ko‘nikmalarni rivojlantirish va ta’lim — O‘zbekiston
UzEcoDigiT — O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining yashil raqamli transformatsiyasi

🔘2 ta mintaqalararo loyiha:
INSPIRE 21 — XXI asrda barqaror o‘sish uchun xalqaro hamkorlik va ko‘nikmalarni kuchaytirish
DIGI4ENERGYS — Qayta tiklanuvchi energetika muhandisligi ko‘nikmalari uchun raqamlashtirish

🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: Havola

https://erasmus.uz/en/publications/731-erasmus-cbhe-2026-natijalari-e-lon-qilindi 👈

🔁 https://telegra.ph/ERASMUS-CBHE-2026-RESULTS-ANNOUNCED-07-24

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
3,2600033
Video
AKHU STEM va ROBO-CODING olimpiadalari haqida maxsus lavha efirga uzatildi!

Lavhada Al-Xorazmiy universitetida o‘tkazilgan olimpiadalarning eng hayajonli jarayonlari, final bosqichidagi murosasiz bellashuvlar hamda Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilarning samimiy fikrlari yoritildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ilm-fan, dasturlash va robototexnikaga bo‘lgan qiziqishi, kelajakdagi katta maqsadlari ham alohida e’tirof etildi. Ishtirokchilarning aksariyati Al-Xorazmiy universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar va innovatsion muhit ularda katta taassurot qoldirganini ta’kidlashdi.

AKHU STEM va ROBO-CODING — bu nafaqat olimpiada, balki kelajak muhandislari, dasturchilari va texnologiya yetakchilarini birlashtiruvchi katta maydon bo‘ldi.

https://telegra.ph/A-special-TV-report-about-the-AKHU-STEM-and-ROBO-CODING-Olympiads-was-broadcast-05-15

🎓 Qabul davom etmoqda!

“Al-Xorazmiy” universiteti talabasi https://admission.akhu.uz/
1,9300022
Photo
AI va innovatsiyalar yo‘lida yangi hamkorlik!

Al-Xorazmiy universiteti hamda AICA — Central Asian Association for Artificial Intelligence o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda talabalarni:
— sun’iy intellekt;
— amaliy dasturlash;
— innovatsion loyihalar;
— hackathon va texnologik musobaqalarga keng jalb etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, universitet talabalari uchun:
⏺ mentorlik sessiyalari;
⏺ real loyihalar;
⏺ master-klass va seminarlar;
⏺ texnologik tadbirlar tashkil etiladi.

Bu hamkorlik yoshlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish va ularni IT sohasining kuchli mutaxassislari bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

https://telegra.ph/A-New-Partnership-on-the-Path-of-AI-and-Innovation-05-14

🎓 Qabul davom etmoqda!

“Al-Xorazmiy” universiteti talabasi https://admission.akhu.uz/
2,6700022
Photo
Kiberxavfsizlik yo‘nalishida yangi hamkorlik!

Al-Xorazmiy universiteti hamda OFFBOX o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida talabalarni:
— kiberxavfsizlik;
— axborot xavfsizligi;
— zamonaviy texnologiyalar;
— amaliy IT ko‘nikmalariga keng jalb etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, universitetda OFFBOX mutaxassislari ko‘magida “Cybersecurity Club” faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Talabalar uchun:
⏺ amaliy mashg‘ulotlar;
⏺ mentorlik sessiyalari;
⏺ seminar va treninglar;
⏺ sohaviy musobaqalar tashkil etiladi.

Bu hamkorlik zamonaviy ta’lim muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

https://telegra.ph/A-New-Partnership-in-Cybersecurity-05-14
2,7100023
Video
Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib o‘tgan “Engineering, Technology and Mathematics – ITECX 2026” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida maxsus lavha efirga uzatildi.

Mazkur nufuzli anjumanda xorijiy va mahalliy professor-olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lib, muhandislik, texnologiya, matematika, sun’iy intellekt va STEM yo‘nalishlaridagi zamonaviy ilmiy yondashuvlarni muhokama qildilar.

🤔 Konferensiyaga 180 dan ortiq ilmiy maqolalar qabul qilingani uning xalqaro miqyosdagi nufuzi va ilmiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

✨ ITECX 2026 — ilm, innovatsiya va xalqaro hamkorlik uchrashgan nuqta!

https://telegra.ph/A-special-report-about-the-Engineering-Technology-and-Mathematics--ITECX-2026-International-Scientific-and-Practical-Conference--05-11
3,9500040
Video
AKHU STEM va ROBO-CODING olimpiadalarining Respublika bosqichi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida Al-Xorazmiy universiteti hududi bilim, texnologiya va katta maqsadlar markaziga aylandi.

Ushbu videoda:
— final bosqichidagi hayajonli jarayonlar,
— g‘oliblarning unutilmas lahzalari,
— ustozlar va ota-onalarning quvonchi aks etgan.

⏺ G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
⏺Al-Xorazmiy universitetida tahsil olish uchun maxsus imtiyozlar berildi.
⏺ Fibonacci International Olympiad final bosqichiga yo‘llanmalar taqdim etildi.

⚡️ AKHU STEM va ROBO-CODING — ilmni tanlagan yoshlarning katta sahnasi.

https://telegra.ph/The-grand-award-ceremony-of-the-Republican-stage-of-the-AKHU-STEM-and-ROBO-CODING-Olympiads-was-successfully-held-05-07

🎓 Qabul davom etmoqda!

“Al-Xorazmiy” universiteti talabasi https://admission.akhu.uz/
5,4400034
Photo
9-may — Xotira va qadrlash kuni

🇺🇿Bugun biz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz. Ularning jasorati, matonati va fidoyiligi har birimiz uchun buyuk ibratdir.

Keksalarimizni qadrlash, tariximizni unutmaslik va tinchlikning qadriga yetish — barchamizning muqaddas burchimizdir.

Bugungi osoyishta hayot va yorug‘ kelajak ortida minglab insonlarning mardligi va fidoyiligi mujassam. Ularning xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.

Al-Xorazmiy universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

https://telegra.ph/May-9--Day-of-Memory-and-Honor-05-08
5,7600039

Showing 30 of 58 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University Telegram channel about?+

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University (@alxorazmiyuni) is a Telegram channel in the Online Classes category. The Official Channel of Al-Khwarizmi University Website: akhu.uz Contact: @alxorazmiyunibot Instagram: Facebook:

How do I join Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University (@alxorazmiyuni) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @alxorazmiyuni in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University a good Online Classes channel to follow?+

On tgdio you can check Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 14,351 subscribers on tgdio. Compare it with similar Online Classes channels in the same category.

Where can I see Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University stats and latest posts?+

On tgdio, open the @alxorazmiyuni channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.