Alisher Sadullaev Telegram channel photo

Alisher Sadullaev

@alisher_sadullaevPublic Channel

Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive

PoliticsEnglishUnited States
237.2k (237,150 subscribers)
Members
—
Rating
52
Total Posts
Sep 24, 2026, 8:11 PM
Updated
Mar 21, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAlisher Sadullaev
Username@alisher_sadullaev
CategoryPolitics
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members237,150
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 21, 2026
Last UpdatedSep 24, 2026 • 3 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#18759No change
Language Ranking
#4045No change
Category Ranking
#341No change

Participant Growth (Last 30 Days)

Total: 237.2K
24h growth: -4661 2%
04/0404/2305/2606/1307/2408/1509/24

Latest Posts

Alisher Sadullaev

Sep 12, 2026, 23:34

Photo
Prezidentimiz raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bu yerda bir vaqtning o‘zida 75 ming nafar talaba tahsil oladi. Shu bois, ularning o‘qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta’minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan alohida mas’ullar faoliyati tashkil etiladi.

Tumanda 7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh istiqomat qiladi. Ularning yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va “buk-kafe”larni ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.

Talabalar shaharchasida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi orqali oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani qayd etildi.

Mazkur tizimni yil yakunigacha Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish vazifasi https://t.me/PressSecretaryUz.
21,20000129
Alisher Sadullaev

Sep 12, 2026, 23:34

#Info

O’zbekistonda tarixiy butunjahon shaxmat olimpiadasi qachon boshlanadi?

Olimpiadada nechta mamlakat ishtirok etadi? Kimlar favorit?
24,40000254
Alisher Sadullaev

Sep 12, 2026, 23:34

Video
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda

Joriy yilning 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.

1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.

Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.

Batafsil ma’lumot — https://chessolympiad2026.fide.com/.

#ChessOlympiad2026 #Uzbekistan
525,00000335
Alisher Sadullaev

Sep 12, 2026, 23:34

Video
⚡️ III Butunjahon parashaxmat olimpiadasiga start berildi!

Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi musobaqa mutlaq rekord bilan boshlanmoqda: unda jami 41 ta jamoa va 205 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Bunday nufuzli global tadbirning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani yurtimizda inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar yaratishga berilayotgan e'tiborning yorqin isbotidir.

Barcha ishtirokchilarga chin dildan omad va yorqin g‘alabalar tilayman!

#Parashaxmat #ChessOlympiad2026 #Uzbekistan #Samarqand
481,00000200
Alisher Sadullaev

Sep 12, 2026, 23:34

Video
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi.

Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

To‘liq nutq — videoda.

#12IPU #Samarqand
654,00000233
Alisher Sadullaev

Sep 12, 2026, 23:34

Photo
Samarqandda Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi boshlandi!

Samarqand shahrida 4–6-sentyabr kunlari “Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament aʼzolari va xalqaro tashkilotlardan 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan https://president.uz/oz/lists/view/9577 o‘qib eshittirildi. Unda yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish barqaror taraqqiyotning muhim omili ekani alohida taʼkidlandi.

Konferensiya doirasida inson huquqlari, raqamli xavfsizlik, taʼlim, yoshlarning siyosiy faolligi hamda parlamentlararo hamkorlikka oid qator muhim masalalar muhokama qilinib, yakunda maxsus hujjat qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

#12IPU #Samarqand
58,00000244
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Photo
Bizning eng katta boyligimiz - ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan Yangi O’zbekiston yoshlaridir – dedi davlatimiz rahbari.

Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda.

Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi.

Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.

– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!
– deya yoshlarga murojaat qildi https://t.me/PressSecretaryUz.
12,1000061
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Photo
Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.

Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.

Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.

O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.

– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir, – https://t.me/PressSecretaryUz davlatimiz rahbari.
13,0000055
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Photo
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.

AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.

– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,
– dedi davlatimiz rahbari.

Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham https://t.me/PressSecretaryUz.
12,2000053
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Video
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod https://t.me/shmirziyoyev.
578,00000222
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Photo
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi https://president.uz/oz/lists/view/9518 bilan bir guruh mahalladagi yoshlar yetakchilari quyidagi medallar bilan taqdirlandilar:

«Kelajak bunyodkori» medali:

G‘aniyev Doston Farxod o‘g‘li - Qamashi tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati

Jumabekov Elbek Fazilbek o‘g‘li - Taxiatosh tumanidagi «Markaziy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Shoyo‘ldoshova Billura Shoxaydar qizi - Parkent tumanidagi «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati

«Shuhrat» medali:

Orifova Mubina Faxriddin qizi - Uychi tumanidagi «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Namangan viloyati

Barcha taqdirlangan yoshlar yetakchilarimizni hamda tizimimizdagi barcha xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklayman.
50,70000303
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Video
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Geydar Aliyev" ordeni, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandilar.
45,70000349
Alisher Sadullaev

Aug 29, 2026, 01:41

Video
Yaponiya bugungi madaniyatga qanday erishgan?

Yaponiyaning toza ko‘chalari, tartibli jamiyati va o‘ziga xos turmush tarzi haqida gap ketganda, ko‘pincha bu xalqning yuksak madaniyati bilan izohlanadi. Ammo ularda ham doim bunday tartib bo‘lmagan.

Ko‘pchilik havas qiladigan yapon madaniyatining ortida yillar davomida ishlagan butun boshli tizim turibdi.

Ya’ni, jamiyatdan madaniyat talab qilishning o‘zi yetarli bo‘lmagan. Qoida ham bo‘lgan, nazorat ham, javobgarlik ham. Shu bilan birga, odamlarning o‘z hududi va jamoat joylariga munosabatini o‘zgartiradigan mexanizmlar yaratilgan.

Bu masala O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Ko‘chani tozalashga qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, uni iflos qilish odat bo‘lib qolaversa, muammo yana qaytib kelaveradi.

Yaponiya odamlarni tozalik va tartibga qanday o‘rgatgan — batafsil videoda.
630,00000281
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

https://t.me/ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi?

Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz.

Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar?

Izoh qoldiring.
688,00000652
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Photo
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi https://president.uz/oz/lists/view/9494 bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, samarali mehnati va faol tashabbuslari uchun bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi.

Ganiyev Boisxon Basitovich — “Bek va Lola” loyihasi bosh prodyuseri va “United soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari sifatida mamlakatimiz rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi, mehnati va tashabbuslari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Boisxon Basitovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklayman. Kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar va katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Mukofot muborak bo‘lsin!
66,60000481
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Photo
⚡️Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrigi e’lon qilindi

Men butun O‘zbekiston yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: xalqimizning sizlarga bo‘lgan yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlaning, yangi bilim hamda texnologiyalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing va kasbingiz bo‘yicha eng ilg‘or mutaxassis bo‘lib yetishing! - deyiladi Prezident https://president.uz/oz/lists/view/9490
97,80000513
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring.

Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish!

📅 1–31-avgust

Yuborish: http://tashabbus.yito.uz/

O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
855,00000651
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Bu kitobni har bir O‘zbekiston farzandi o‘qishi shart

Abdurauf Fitratning “Hind sayyohining qissasi” asarini o‘qib, bir narsaga amin bo‘ldim: ba’zi kitoblar yozilgan davridan ancha uzoq yashaydi.

Fitrat Buxoroning buyuk ilmiy merosini, shu bilan birga jaholat, ma’rifatning zaiflashuvi, noto‘g‘ri boshqaruv va poraxo‘rlik kabi muammolarni ochiq ko‘rsatadi. U ta’lim, ilm, adolat va zamonaviy boshqaruvsiz jamiyat taraqqiy eta olmasligini ta’kidlaydi.

Eng muhimi, u bizga shuni eslatadi: buyuk tarix bilan faxrlanishning o‘zi yetarli emas. Ajdodlarimizning ilm va taraqqiyotga intilishini davom ettirishimiz kerak.

👉 https://mutolaa.com/davra/post/439851
104,00000872
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Toshkent viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik.

O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz.

Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
847,000001,024
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Yosh fermerlar chempionatiga start berildi

Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi.

G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi.

Hoziroq https://yoshfermer.uz/ orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
988,00000533
Alisher Sadullaev

Aug 18, 2026, 22:28

Sirdaryo viloyati yoshlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlashga keldik.

O’zingizni izohlarda tanishtiring. Loyihangiz, tadbirkorlik g’oyangizni kengaytirishda yordam beramiz.

Albatta, sizning hududingizga, hatto eng olis hududlarga ham boramiz.
202,000001,047
Alisher Sadullaev

May 16, 2026, 14:41

Photo
⚡️ Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqotidan so‘ng, hududlarda yangicha ish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Jamoamiz Buxoroda yoshlarga ko‘proq qulayliklar yaratish va yangi infratuzilmalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2 kun safarda bo‘ldik.

Maqsadimiz — shunchaki o‘rganish emas, mas’ullar bilan birga muammolarga yechim topish va amaliy tavsiyalar berish. Viloyatda boshlangan e’tiborga molik ishlar bilan bo‘lishmoqchiman:

1. Viloyatdagi o‘quv markazlar soni 1700 dan oshdi. Olis hududlarda yana 67 ta yangi o‘quv markazi ochish uchun “Ko‘mak” dasturi doirasida 8,6 mlrd so‘m foizsiz ssuda ajratildi.

2. O‘tgan yili 4 ta Yoshlar markazi ochilgan bo‘lsa, 1-sentyabrgacha yana 5 tasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali Buxoro “Yoshlar markazi” bilan to‘liq ta’minlangan respublikadagi yetakchi hududga aylanadi.

3. Yoshlar o‘rtasida mutolaani targ‘ib qilish maqsadida viloyat bo‘ylab 18 ta kitob do‘koni faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu tarmoqni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz.

Safarimiz davomida Olot tumanidagi olis “Muxtor” mahallasida yangi kutubxona ochilishida qatnashdik. U yerda bilimga chanqoq 200 nafar yigit-qizning yozgi ta’til paytida Toshkent shahriga 1 haftalik sayohatini tashkil etishga kelishib oldik.

Keyingi tashrif manzili qaysi hudud bo‘lishini istaysiz?
636,00000394
Alisher Sadullaev

May 16, 2026, 14:41

⚡️Prezident qarori amalda

Jamoamiz bilan muallif, tarjimon hamda noshirlar orzu qilgan katta maydon yaratish ustida ishlayapmiz.

Yangi Kitob ( https://t.me/yangikitoblaruz) – ijodkorlarning kitoblarini noshir, sotuvchilar, sarmoyador va keng ommaga yetkazish imkonini beradi.

Bu orzumizni amalga oshirishda jonkuyar OAV vakillari, blogerlar va tadbirkorlar ham yaqindan yordam koʻrsatishyapti.

Kitobxonlik rivoji yoʻlida hamkorlikdan mamnun boʻlamiz.

Bogʻlanish uchun: https://t.me/yangikitobhamkor
744,00000450
Alisher Sadullaev

May 16, 2026, 14:41

Photo
⚡️Navoiy viloyatiga tashrifimiz davomida yoshlarimiz bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning kreativ tashabbuslarini tingladik.

Viloyatdagi 268 mingdan ziyod yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar va yangi imkoniyatlar bilan qisqacha bo‘lishmoqchiman:

1. Hududda C1 darajasidagi sertifikatga ega 23 nafar yoshga o‘quv markazini ochishi uchun “Ko‘mak” loyihasi orqali 3 mlrd so‘m foizsiz ssuda ajratib berilgan.

2. 39 nafar yosh tadbirkorga 6,8 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Shuningdek, yoshlarning startap loyihalari uchun 1 mlrd so‘mgacha, yirik biznes g‘oyalari uchun esa 5 mlrd so‘mgacha investitsiya ajratish imkoniyati mavjud.

3. Nurotada yoshlar uchun ko‘chma savdo shoxobchalari, kitob do‘konlari tashkil etish boshlandi. Xatirchi tumani esa “Yoshlar tumani” maqomini olib, bu yerda zamonaviy sharoitlarga ega Yoshlar markazi bunyod etilmoqda.

4. Yoshlarimizning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida viloyat bo‘ylab 28 ta kitob do‘koni hamda 5 ta nashriyot faoliyat olib bormoqda. Ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish bo‘yicha oldimizga aniq rejalar belgilab oldik.

O‘rganishlarimiz Buxoro viloyatida davom etmoqda!
644,00000387

Showing 30 of 52 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Alisher Sadullaev Telegram channel about?+

Alisher Sadullaev (@alisher_sadullaev) is a Telegram channel in the Politics category. Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive

How do I join Alisher Sadullaev (@alisher_sadullaev) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @alisher_sadullaev in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Alisher Sadullaev a good Politics channel to follow?+

On tgdio you can check Alisher Sadullaev's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 237,150 subscribers on tgdio. Compare it with similar Politics channels in the same category.

Where can I see Alisher Sadullaev stats and latest posts?+

On tgdio, open the @alisher_sadullaev channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.