🇺🇿 AKFA Medline Social Telegram channel photo

🇺🇿 AKFA Medline Social

@akfamedlinesocialuzPublic Channel

AKFA Medline Social — O‘zbekistondagi birinchi ijtimoiy tibbiy startap bo‘lib, bepul, raqamli va profilaktik tibbiyot xizmatlarini jahon standartlari asosida taqdim etadi. 📍Toshkent | Alfraganus ☎️ +998-77-403-30-03 🌐 akfamedlinesocial.uz/uz

MedicalEnglishUnited States
229 (229 subscribers)
Members
—
Rating
21
Total Posts
Sep 24, 2026, 12:59 PM
Updated
Oct 18, 2025
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel Name🇺🇿 AKFA Medline Social
Username@akfamedlinesocialuz
CategoryMedical
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members229
Channel TypePublic Channel
CreatedOct 18, 2025
Last UpdatedSep 24, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#359-2
Language Ranking
#84No change
Category Ranking
#8No change

Participant Growth (Last 30 Days)

Total: 229
24h growth: +12 6%
04/0104/1905/2506/1007/1308/1409/24

Latest Posts

🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Video
Bugun Social by AKFA hali qurilish bosqichida. Ammo biz kelajakdagi bemorlarimiz uchun bu makonni qanday yaratishni aniq tasavvur qilamiz.

Klinikada bemorning yo‘li ilk qadamdan boshlab natijalarni olishgacha puxta o‘ylangan bo‘ladi. Zamonaviy texnologiyalar shifokorlarga samarali yordam beradi, tizim markazida esa har doim inson va uning salomatligi turadi.

35 000 m² tibbiy maydon, 190 nafarga yaqin shifokor hamda yiliga 500 000 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyati. “Social by AKFA” zamonaviy birlamchi tibbiyotning keng ko‘lamli tizimi sifatida yaratilmoqda.

Social by AKFA salomatlik uchun g‘amxo‘rlikni hayotimizning tushunarli, qulay va muntazam qismiga aylantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Social by AKFA qanday bunyod etilayotganini kuzatib borish uchun sahifamizga obuna bo‘ling.

https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/social.akfa/ 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
2900013
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Photo
⚡️ Social by AKFA hamshiralarni ishga taklif etadi!

Social by AKFA tibbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamshiralar uchun ishga qabul e’lon qiladi.

Agar siz mas’uliyatli, e’tiborli va bemorlarga g‘amxo‘rlik bilan yondashadigan mutaxassis bo‘lsangiz hamda zamonaviy klinikada yagona tibbiy yordam standartlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Biz sizga taklif etamiz:

- yirik tibbiyot loyihasida barqaror ish;
- raqobatbardosh ish haqi;
- zamonaviy ish muhiti va ilg‘or tibbiy uskunalar;
- sifatli tushlik;
- qulay lokatsiyada joylashgan ish joyi;
- kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyatlari;
- tajribali mutaxassislar jamoasida ishlash.

📍 Ish manzili: Mirobod tumani, “Tong Yulduzi” MFY, Kuchkoʻpirik ko‘chasi.

🏣 https://t.me/AkfaMedlineSocialbot

☎️ Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
+998 77 403 30 03

Social by AKFA jamoasiga qo‘shiling va professional faoliyatingizni biz bilan yangi bosqichga olib chiqing! 🩺
584009
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Photo
⚡️ OILAVIY SHIFOKORLAR va UMUMIY AMALIYOT SHIFOKORLARI UCHUN TANLOV BOSHLANDI

Social by AKFA Toshkent shahrida ochilayotgan yangi klinika uchun oilaviy va umumiy amaliyot shifokorlarni tanlovga taklif etadi.

Social by AKFA - zamonaviy tibbiy infratuzilma, professional ish muhiti va yagona tibbiy standartlar asosida faoliyat yuritadigan yangi klinika. Biz shifokorlarga raqobatbardosh ish haqi, klinika hisobidan ta’lim va malaka oshirish, professional hamda karyera rivoji uchun imkoniyatlar taklif etamiz.

❗️E'lon faqat ishga joylashishni rejalashtirayotgan shifokorlar uchun mo'ljallangan. Bu bemorlarni qabulga yozish e'loni emas.

Kimlar uchun?
• Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini yaqinda tamomlagan bakalavrlar
• Poliklinikalarda ishlayotgan umumiy amaliyot shifokorlari va terapevtlar
• Tez tibbiy yordamda ishlab, umumiy amaliyot shifokori sifatida faoliyatini davom ettirishni istaydigan shifokorlar
• Oilaviy shifokorlik yo‘nalishiga o‘tishni istagan tor ixtisoslikdagi shifokorlar

Tanlovning asosiy bosqichlaridan biri - SPS amaliy simulyatsiyasi. Unda shifokorning klinik fikrlashi, qaror qabul qilishi, bemor bilan muloqoti va tibbiy standartlar asosida ishlashi real qabulga yaqin sharoitda baholanadi.

🏣 https://t.me/AkfaMedlineSocialbot

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998-77-403-30-03
1,4200013
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Video
Shifokor haqiqiy qabulga tayyormi? Buni birinchi bemor kelishidan oldin qanday aniqlash mumkin?

Social by AKFAʼda shifokorlarni tanlash faqat diplom va rezyume bilan cheklanmaydi. Biz hujjatlarda aks etmaydigan, ammo amaliyot uchun muhim bo‘lgan jihatlarni baholaymiz: shifokorning klinik fikrlashi, bemor bilan muloqot qilish uslubi hamda nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish qobiliyati.

Shu maqsadda SPS (Standardized Patient Simulation) - “standartlashtirilgan bemor” ishtirokidagi simulyatsion qabul o‘tkaziladi. Bemor rolini oldindan ishlab chiqilgan klinik ssenariyni jonlantiruvchi aktyor bajaradi: u ma’lum shikoyatlar, anamnez va emotsional holatni namoyon etadi. Nomzod esa qabulni odatdagi tartibda olib boradi, ekspertlar esa anamnezni yig‘ish sifati, diagnostik fikrlash mantiqi, kommunikatsiya ko‘nikmalari va qabul qilingan qarorlarning asoslanganligini baholaydi.

Barcha nomzodlar bir xil ssenariy asosida baholanadi. Bu esa natijalarning xolis va o‘zaro taqqoslanishini ta’minlaydi.

Aynan shunday yondashuv orqali ilk ish kunidanoq yagona professional standartlar asosida ishlaydigan jamoa shakllantiriladi.

https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
308002
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Video
Loyiha ustidagi ishlar klinika ochilishidan ancha oldin boshlanadi. Biz uchun bemorning klinikadagi har bir bosqichi - roʻyxatdan oʻtish, kutish, shifokor qabulidan oʻtish va keyingi tavsiyalarni olish jarayoni qanday kechishini puxta tahlil qilish muhim.

Simulyatsion sinovlar ishtirokchilari klinikadagi barcha asosiy bosqichlardan oʻtdilar. Bu orqali jarayonlarni chuqur tahlil qilish, qoʻshimcha yuklama yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nuqtalarni aniqlash hamda takomillashtirish zarur boʻlgan yoʻnalishlarni belgilash imkoniga ega boʻldik.

Asosiy maqsadimiz - har bir bemor uchun qulay, tushunarli va samarali xizmat koʻrsatish jarayonini yaratish.

Shu maqsadda Social by AKFA jamoasi barcha jarayonlarni izchil takomillashtirishda davom etmoqda. Maqsad - klinikani ochilish kunidanoq bemorlar ehtiyojlari va kundalik ish surʼatiga toʻliq tayyor holga keltirish. 🏥

https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
3340010
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Photo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Janobi Oliylariga,

“Social by AKFA” Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lidagi izchil xizmatingiz, mamlakatimizni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissangiz, shuningdek, fuqarolar farovonligini oshirish masalalariga doimiy e’tiboringiz yuksak tahsinga sazovordir.

O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyoti, ravnaqi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatingizda yangi yutuqlar, belgilangan barcha tashabbuslarning ro‘yobga chiqishini va bundan keyingi muvaffaqiyatlarni chin dildan tilab qolamiz.

Cheksiz hurmat bilan,
“Social by AKFA” jamoasi
277000
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Video
Ba’zan yirik loyihaning eng muhim natijasi faqat erishilgan yutuqlarda emas, balki jamoa ish boshlashdan avval bera boshlaydigan savollarda namoyon bo‘ladi.

Bemor markaz bo‘ylab qanday harakatlanadi? Qaysi bosqichlarda yuklama ortadi? Shifokor qarorlarni qanday qabul qiladi? Raqamli tizim qanday ishlaydi? Jamoa haqiqiy ish sur’atiga qanchalik tayyor?

Social by AKFA simulyatsiyalari natijalari ushbu savollarga aniq javoblar, muhim ma’lumotlar va markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan oldin takomillashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha chuqur tahlil taqdim etadi.

Ushbu jarayonning bir qismi bo‘lgan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz: Social by AKFA jamoasi, Central Asian University, shifokorlar, talabalar, IT mutaxassislari, koordinatorlar va barcha ishtirokchilarga.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli kelajakdagi markaz faoliyati yanada samarali, puxta va bemorlar uchun qulay bo‘lishiga ishonamiz.

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
3,140005
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Video
🏗️ “Social by AKFA” asta-sekin shakllanmoqda.

Biz diagnostika, davolash, raqamli xizmatlar va bemorni keyingi qo‘llab-quvvatlashni yagona, tushunarli bir tizimga birlashtiruvchi markazni yaratmoqdamiz.

“Social”ning maqsadi – zamonaviy tibbiy yordamni hamyonbop, qulay va insonga yaqinroq qilishdir.

Qurilish maydonchasidan olingan yangi lavhalar bilan bo‘lishamiz va “Social by AKFA” kelajak maskani qanday qilib bosqichma-bosqich bunyod etilayotganini ko‘rsatamiz. 🙌🏼

https://t.me/akfamedlineru_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
320007
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Video
Social by AKFA loyihasini ishga tushirish oldidan yana bir muhim bosqichdan o‘tildi.

Simulyatsiyalarning ikkinchi bosqichida jamoa bo‘lajak diagnostika markazining real sharoitlarda qanday ishlashini sinab ko‘rdi: bemor yo‘nalishi, tizimga tushadigan yuklama, raqamli jarayonlar, klinik ssenariylar va shifokorlar faoliyati tekshirildi.

Klinik simulyatsiya orqali tibbiy jamoani saralashning yangi formati alohida sinovdan o‘tkazildi. Nomzodlar o‘zlarining klinik fikrlashi, muloqot qobiliyati, qaror qabul qilish tezligi va bo‘lajak markaz standartlari asosida ishlashga tayyorligini namoyon etdilar.

Ushbu loyiha Central Asian University uchun tibbiy ta’limning yangi bosqichiga namuna bo‘ldi: talabalar klinikaning realistik modeli ichida tahsil oladi, bemorlar bilan ishlaydi va tibbiyot tizimi amalda qanday yo‘lga qo‘yilganini ko‘radi.

Social by AKFA loyihasini ishlab chiqish ilmiy yondashuvga asoslangan: bo‘lajak markaz oldindan simulyatsiya tekshiruvidan o‘tkaziladi, jamoa ma’lumotlarni tahlil qilib, zaif jihatlarni aniqlaydi va modelni ishga tushirishdan avval takomillashtiradi.

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
3,6700010
🇺🇿 AKFA Medline Social

Sep 13, 2026, 13:51

Photo
“Social by AKFA” va Central Asian University bo‘lajak diagnostika markazining simulyatsion tadqiqotlari ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Ikkinchi bosqichning maqsadi – bo‘lajak klinikani to‘laqonli tibbiy tizim sifatida sinovdan o‘tkazish: ochilishidan oldin zaif jihatlarini aniqlash, raqamli infratuzilmani tekshirish, jamoani tayyorlash va Central Asian Universityʼda simulyatsion tibbiy ta’lim usullarini rivojlantirishdan iborat.

Ikkinchi bosqichda tadqiqotlar ikki yo‘nalishda olib borildi.

Jamoa bemorlar oqimi, yo‘nalishlar, ro‘yxatga olish, hamshiralar posti, maslahatlar va tizimga tushadigan umumiy yuklamani yanada chuqurroq tekshirdi. Ishtirokchilar shikoyat, anamnez va alomatlarga asoslangan realistik klinik ssenariylardan o‘tdilar, bu esa nafaqat bemor yo‘nalishini, balki klinik qarorlar algoritmlarini ham baholash imkonini berdi.

Shu bilan birga, ilk bor klinik simulyatsiya orqali tibbiy jamoani tanlab olishning noyob usuli qo‘llanildi. Nomzodlar cheklangan vaqt sharoitida standartlashtirilgan aktyor-bemorlar bilan ish olib borib, nafaqat o‘z kasbiy bilimlarini, balki klinik fikrlash qobiliyati, muloqot madaniyati va klinika standartlari asosida ishlashga tayyorligini ham namoyon etdilar.

Loyihada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan tahlildan faol foydalanildi. Tizim bemorning harakatlanish yo‘nalishini kuzatish, asosiy ko‘rsatkichlarni qayd etish, muloqotni tahlil qilish hamda nomzodlarning klinik fikrlashini baholashda yordam berdi.

Central Asian University uchun ushbu loyiha tibbiy ta’lim, klinik amaliyot va ma’lumotlar tahlili yagona jarayonga birlashgan akademik hamda tadqiqot maydoniga aylandi. CAU talabalari klinikaning realistik modeli ichida ishlaydi: bemorlar bilan muloqot qiladi, shikoyatlarni yig‘adi, anamnezni tahlil qiladi va klinik qaror butun tizimga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.

Loyiha klinik simulyatsiya O‘zbekiston tibbiyoti uchun muhim vositaga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda: u davolash muassasalarini ochishdan oldin operatsion jarayonlarni rejalashtirishga, shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga hamda talabalarni real amaliyotga tayyorlashga yordam beradi.

Loyihaning asosiy qimmati uning kompleks yondashuvidadir: tibbiy ta’lim, klinikani boshqarish, raqamli tahlil, sun’iy intellekt, bemor tajribasi va kadrlar tayyorlash yagona modelga birlashtirilgan. Bu bo‘lajak diagnostika markazini to‘laqonli tibbiy, texnologik va boshqaruv tizimi sifatida oldindan sinab ko‘rish imkonini beradi.

_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
3,150007
🇺🇿 AKFA Medline Social

Aug 29, 2026, 12:16

Photo
Muhim tayinlov haqida mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz: Central Asian University Tibbiyot maktabi dekani, doktor Murodbek Ahrorov Social loyihasi bosh direktori etib tayinlandi.

Ushbu tayinlov Murodbek Axrorovning yuksak kasbiy salohiyati, boy boshqaruv tajribasi, amaliy klinik faoliyati hamda tibbiy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. U Kanadadagi University of Alberta’da “Jarrohlik va jarrohlik ta’limi” (Surgery and Surgical Education) yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan, shuningdek, “El-Yurt Umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Bugungi kunda u Central Asian University Tibbiyot maktabi dekani sifatidagi faoliyati bilan bir qatorda, amaliyotchi LOR-xirurg sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Social loyihasi uchun aynan shunday — xalqaro bilim va tajribaga ega, zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalarini chuqur anglaydigan mutaxassis rahbarlik qilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, u bosh direktor lavozimini egallagan holda dekanlik faoliyatini ham davom ettiradi. Bu esa tibbiy ta’lim, klinik amaliyot va sog‘liqni saqlash tizimi rivoji o‘rtasidagi uzviylikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Murodbek Axrorovni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
4,190008
🇺🇿 AKFA Medline Social

Aug 19, 2026, 10:53

Video
Central Asian University tomonidan oʻtkazilgan klinik amaliyotni simulyatsiya qilish loyihasi “Oʻzbekiston 24” milliy telekanalida yoritildi.
⠀
Unda tibbiy ta’limni yangi bosqichga olib chiqayotgan zamonaviy yondashuvlar, talabalarni puxta amaliy tayyorlash jarayoni hamda istiqbolda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Social diagnostika markazining sinov modeli asosiy e’tibor markazida bo‘ldi
⠀
#ozbekiston24 #social #akfa
514005
🇺🇿 AKFA Medline Social

May 18, 2026, 06:54

Video
CAU tibbiy ta’limda klinik amaliyotni to‘liq simulyatsiya qilish orqali innovatsion yondashuvni joriy etmoqda.

Universitetda ish jarayonlari, bemorlar oqimi va bo‘limlararo hamkorlik real klinikaga maksimal darajada yaqinlashtirilgan diagnostika markazining to‘liq modeli yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyiha qurilayotgan “Social” diagnostika markazi modelining 1:3 miqyosidagi prototipi sifatida amalga oshirilmoqda.

Simulyatsion sinovlar 6 kunlik ish rejimida, kuniga o‘rtacha 1000 nafar bemorni qamrab olgan holda tashkil etilmoqda. Jarayonga CAU talabalari, rezidentlar hamda amaliyotchi shifokorlar jalb qilingan. Bu esa yuqori yuklama, umumiy amaliyot shifokorlari ortiqcha bandligi, tizimdagi uzilishlar va favqulodda holatlarni real sharoitga yaqin tarzda modellashtirish imkonini beradi.

Simulyatsiyaning asosiy maqsadi - navbatlar qayerda shakllanishini, bemorlar oqimi qaysi bosqichda uzilishini, vaqt cheklovlari sharoitida shifokorlar faoliyati sifatini hamda tizimning favqulodda vaziyatlarga reaksiyasini aniqlashdan iborat.

Yig‘ilgan barcha ma’lumotlar tizimli ravishda tahlil qilinadi va simulyatsiya yakunlari bo‘yicha CAU alohida ilmiy tadqiqot e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195

📞 77 403 30 03
1,710,000008
🇺🇿 AKFA Medline Social

May 18, 2026, 06:54

Photo
Social — Ochilish oldidan o‘tkazilayotgan simulyatsiya

Haqiqiy klinik tizimlarni keng miqyosda yaratish va sinovdan o‘tkazishga qaratilgan to‘liq ko‘lamli tibbiy simulyatsiya loyihasi ishga tushirildi. 🩺
Bu — Markaziy Osiyo uchun noyob amaliyot bo‘lib, mintaqada ilgari kuzatilmagan miqyosda amalga oshirilmoqda.

Central Asian University kampusida chinakam klinik muhitni aks ettiruvchi diagnostika markazi modeli — bo‘lajak klinikaning 1:3 o‘lchamdagi ishchi prototipi barpo etildi.

Bo‘lajak klinika kuniga 3000 nafargacha bemorni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Ushbu ko‘lamga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olti kunlik simulyatsiya o‘tkazilib, unda kuniga 1000 nafargacha bemorga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Bu rasmiy ochilishdan avval tizimni oldindan sinab ko‘rish, uning kuchli tomonlarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish va jarayonlarni takomillashtirish imkonini beradi.

Yuzlab ishtirokchilar, jumladan, talabalar, shifokorlar va professorlar real vaqt rejimida bemorlar bilan ishlamoqda.
Ushbu simulyatsiya nafaqat tizimni sinovdan o‘tkazadi, balki talabalarga haqiqiy klinik sharoitga juda yaqin muhitda amaliy tajriba orttirish uchun ham noyob imkoniyat yaratadi.

Tizim va uning ishtirokchilari chidamliligini sinash uchun haddan tashqari yuklama, tizimdagi uzilishlar va vaqt taqchilligi kabi stressli vaziyatlar ataylab yuzaga keltirilmoqda.

Raqamli vositalar va markazlashgan boshqaruv tizimi orqali bemorlar oqimi, kutish vaqti va operatsion samaradorlik kabi asosiy ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida kuzatib borilmoqda.

Bunday simulyatsiya klinikaning muvaffaqiyatli ochilishi uchun zamin yaratishda muhim o‘rin tutadi.

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
932003
🇺🇿 AKFA Medline Social

May 18, 2026, 06:54

Photo
Ovqatlanish oddiy ko‘rinadi - uni chuqurroq o‘rganishni boshlamaguncha.

Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari biz o‘ylaganimizdan butunlay boshqacha xususiyatlarga ega ekan.
Biz "to‘g‘ri ovqatlanish" haqidagi tasavvurni o‘zgartiradigan uchta kutilmagan uydirmalarni janladik.
Mahsulotlar haqidagi yanada g‘alati faktlar bilan ikkinchi qismni tayyorlashimizni xohlaysizmi? 🔥

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
552001
🇺🇿 AKFA Medline Social

May 18, 2026, 06:54

Photo
Roche Diagnostics kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha boshqaruv markazi rahbari Nazli Sahofi boshchiligidagi delegatsiya AKFA Medline Social loyihasiga tashrif buyurdi. 🤝

Roche Diagnostics laboratoriya diagnostikasi va sog‘liqni saqlash uchun raqamli yechimlar sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. 🧪

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy qadamlarni muhokama qildilar:
• zamonaviy diagnostika texnologiyalarini joriy etish
• servis xizmatlarini kengaytirish
• asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlash: klinik kimyo, immunologik tahlil va molekulyar diagnostika

AKFA Medline Social’ning ustuvor yo‘nalishlaridan biri laboratoriya infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiq diagnostika sifatini oshirish bo‘lib qolmoqda. 🏥

Ushbu tashrif sheriklikni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim bosqich bo‘ldi. 🌟

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
462001
🇺🇿 AKFA Medline Social

Mar 28, 2026, 08:35

Video
AKFA Medline Social qurilishi tez sur’atlar bilan davom etmoqda. Bu boʻlajak birlamchi tibbiyot va tashxis markazi bo‘lib, unda har bir fuqaro kasallikning dastlabki bosqichlarida bepul tekshiruvdan o‘tishi, tahlil topshirishi va mutaxassislar maslahatini olishi mumkin bo‘ladi.
⠀
Loyiha sog‘liqni saqlash sohasining asosiy vazifalaridan birini - kasallik oqibatlarini davolashdan ko‘ra uning oldini olishga e’tiborni qaratishni hal etadi. Chunki, agar inson zamonaviy tashxis imkoniyatlariga ega bo‘lsa, surunkali kasalliklarning aksariyatini o‘z vaqtida aniqlash va to‘xtatish mumkin.
⠀
Bu yerda ilg‘or texnologiyalar, raqamli infratuzilma va ko‘p tarmoqli shifokorlar jamoasi to‘planib, erta tashxis qo‘yish hayotning ajralmas qismiga aylanadi, istisno holatga emas.
⠀
Markazning ochilishi 2026-yilga rejalashtirilgan.

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
47002
🇺🇿 AKFA Medline Social

Mar 28, 2026, 08:35

Photo
Shamollash mavsumida salomatligingizga alohida e’tibor qaratish muhim.
Gripp va O‘RVI o‘xshash boshlanishi mumkin, ammo ularning kechishi turlicha — o‘zingizni his qilishdagi dastlabki o‘zgarishlarni qanchalik erta sezsangiz, tuzalish shunchalik oson kechadi.

Eng muhimi — tanangizning ilk signallarini e’tiborsiz qoldirmaslik.
Ba’zan ozgina dam olish, iliq choy ichish va o‘zingizga e’tibor berish jiddiy asoratlarning oldini oladi.

O‘zingizni asrang, sergak bo‘ling va tanangizga tiklanish uchun vaqt bering.
Sog‘lik— bu hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan boylik.❤️

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
22000
🇺🇿 AKFA Medline Social

Mar 28, 2026, 08:35

Photo
Sysmex Corporation (Yaponiya) vakillari Global boshqaruv bo‘yicha vitse-prezident Akamatsu Shinjirou rahbarligida, shuningdek, Turkiya va Markaziy Osiyodan kelgan vakillar AKFA Medline Social loyihasiga tashrif buyurdilar. 🇯🇵🤝🇺🇿

Sysmex Corporation laboratoriya diagnostikasi sohasida yetakchi yapon kompaniyasi bo‘lib, u o‘zining innovatsion texnologiyalari, robotlashtirilgan tizimlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi raqamli yechimlari bilan mashhur.

Tomonlar asosiy yo‘nalishlar: gematologiya, koagulogramma va umumiy klinik diagnostika bo‘yicha zamonaviy laboratoriya texnologiyalarini joriy etish va doimiy xizmat ko‘rsatish masalalarini muhokama qilib, rejalarni belgilab oldilar.

AFKA Medline Social’ning ustuvor maqsadlaridan biri zamonaviy laboratoriya infratuzilmasini yaratish va xalqaro standartlarga muvofiq diagnostika sifatini oshirishdan iborat.

https://t.me/akfamedlineru https://t.me/akfamedlineru
_____________________________________

💬 📱 https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
37001
🇺🇿 AKFA Medline Social

Nov 28, 2025, 16:48

AKFA Medline Social va Roche Diagnostics strategik hamkorlikni e’lon qiladilar

Laboratoriya va raqamli diagnostika sohasidagi jahon yetakchisi Roche Diagnostics, AKFA Group tomonidan Central Asian University va AKFA Medline University Hospital bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan O‘zbekistondagi birinchi ijtimoiy tibbiy startap — AKFA Medline Social loyihasining rasmiy texnologik hamkoriga aylandi.

Ushbu hamkorlik AKFA Medline Social tizimi doirasida tashxis aniqligi, tezligi va ishonchli boʻlish darajasini oshirish imkonini beruvchi ilg‘or laboratoriya uskunalari, Roche reagentlari, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan.

Qo‘shma tashabbuslar, shuningdek, tibbiyot mutaxassislari uchun o‘quv va sertifikatlash dasturlarini ishlab chiqish, treninglar o‘tkazish, tadqiqotlar olib borish va kasbiy tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.

AKFA Medline Social loyihasi 2026-yilda ochiladi va mintaqada bepul va raqamli tibbiyotni xalqaro sifat standartlari hamda har bir bemorga insoniy munosabat bilan uyg‘unlashtiradigan birinchi markazga aylanadi.

Roche Diagnostics × AKFA Medline Social — sogʻlom hayot uchun innovatsiyalar, ishonch va aniqlik.

🇷🇺 https://t.me/akfamedlineru/11
_____________________________________

💬https://t.me/akfamedlinesocialuz 📱https://www.instagram.com/akfa.medline.social
📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61582319195195 https://akfamedlinesocial.uz/uz

📞 77 403 30 03
373000

Showing 21 of 21 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the 🇺🇿 AKFA Medline Social Telegram channel about?+

🇺🇿 AKFA Medline Social (@akfamedlinesocialuz) is a Telegram channel in the Medical category. AKFA Medline Social — O‘zbekistondagi birinchi ijtimoiy tibbiy startap bo‘lib, bepul, raqamli va profilaktik tibbiyot xizmatlarini jahon standartlari asosida taqdim etadi. 📍Toshkent | Alfraganus ☎️ +998-77-403-30-03...

How do I join 🇺🇿 AKFA Medline Social (@akfamedlinesocialuz) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @akfamedlinesocialuz in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is 🇺🇿 AKFA Medline Social a good Medical channel to follow?+

On tgdio you can check 🇺🇿 AKFA Medline Social's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 229 subscribers on tgdio. Compare it with similar Medical channels in the same category.

Where can I see 🇺🇿 AKFA Medline Social stats and latest posts?+

On tgdio, open the @akfamedlinesocialuz channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.