Ta'limga oid Telegram channel photo

Ta'limga oid

@TalimgaoidPublic Channel

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot

IPLEnglishUnited States
14.2k (14,217 subscribers)
Members
—
Rating
20
Total Posts
Sep 20, 2026, 3:15 PM
Updated
May 2, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTa'limga oid
Username@Talimgaoid
CategoryIPL
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members14,217
Channel TypePublic Channel
CreatedMay 2, 2026
Last UpdatedSep 20, 2026 • 6 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#1214-2
Language Ranking
#263No change
Category Ranking
#13+1

Participant Growth (Last 9 Days)

Total: 14.2K
24h growth: -1347 9%
05/0205/0705/0707/1007/1008/2309/0109/1109/20

Latest Posts

Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

Photo
#Magistratura2026 #Tahrirlash

⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.

▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.

❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.

❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma!

❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.

🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
4,790003
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

Photo
ISHLAYSIZMI? MASOFAVIY TA'LIM SHAKLIDA TAHSIL OLING!

Ishlash yoki kundalik yumushlar sabab oliy ma’lumot olishni kechiktirmang.

🎓 Sarbon Universitetida masofaviy ta’lim orqali o‘qib, kundalik hayotingizni to‘xtatmagan holda oliy ma’lumot olishingiz mumkin.

📚 O‘zingizga qulay vaqtda ta’lim oling
💻 Masofadan turib o‘qing
⏰ Ish va o‘qishni birga olib boring
🎓 Oliy ma’lumotga ega bo‘ling

Bugun boshlagan ishingiz ertangi imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📲 +998555883381
3,630000
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

Video
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar (6-yoʻnalish)ga tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustgacha (shu kuni ham).

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

Abituriyentlar “ http://my.uzbmb.uz/” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
4,000003
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

Photo
⚡️Vakant o'rinlarga kirish shartlari

Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2026/2027-o'quv yili kirish imtihonlarida qatnashib, 56,7 ball to'plagan abituriyentlar vakant o'rinlarga qo'shimcha tanlovda ishtirok etishi imkoniyati yaratildi.

Eng muhimi, vakant o’rin bo’lishi kerak siz test yechgan fanlar majmuasi bo’yicha. Agar bo’sh kvota bo’lmasa topshira olmaysiz!

❗️Agarda yuqoridagi rasmdagi singari "kvota mavjud emas" yozuvi chiqayotgan boʻlsa, demak sizning fanlar majmuangizga mos ta'lim yoʻnalishiga boʻsh kvota mavjud emasligini bildirad va siz tanlovda qatnasha olmaysiz.

Undan tashqari, kvota bo’sh degani talaba bo’lasiz degani ham emas. Boshqa siz kabi 5 ta asosiy tanlagan yo’nalishlariga kira olmaganlar bilan natijangiz bo’yicha bellashasiz!

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
3,990004
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

⚡️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan?

‼️Kimlar topshira olgandi?

➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar;
➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;

❌ Mumkin emas

● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar:
● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar

‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi?

◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan;
◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

❓Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan?

🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha http://my.uzbmb.uz/ sayti orqali onlayn qabul qilingan;
🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan.

❓Bu yil nima kutilyapti?

Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin.

✅ https://t.me/Axmadjanoov | https://www.instagram.com/firdavs_akhmadjanov?igsh=MXhsazBtODZ4d3poZQ==
4,010008
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

Photo
❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING!

— DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi?

— Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi degani emas.

Sizning DTM natijangiz bilan Sarbon Universitetida o‘qish imkoniyatingiz mavjud.

➖ Sirtqi ta’lim o‘rniga — masofaviy ta’lim
➖ O‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati
➖ Oliy ma’lumot olish imkoniyati
➖ Bir yilni yo‘qotib qo‘ymang!

“Balim yetmaydi, endi nima qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz — imkoniyatlarni hoziroq bilib oling.

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998555883381
3,590000
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

⚡️Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil sentyabr oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazilishi belgilandi:

✔️Ingliz tili
✔️Nemis tili
✔️Fransuz tili
✔️Turk tili
✔️Arab tili

🧾Ro‘yxatdan o‘tish:

🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — http://my.gov.uz/ orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

👨‍💻 Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 29-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 30-avgust hisoblanadi.

📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📎Eslatma: nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
2,720000
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

⚡️Sertifikatli abituriyentlar soni oshmoqda: maksimal ball berish mexanizmi qayta ko‘rib chiqilmoqda

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov “2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul natijalari: yakuniy ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar” mavzusidagi matbuot https://talimxabarlari.uz/77327/ https://talimxabarlari.uz/77327/.

Uning aytishicha, milliy sertifikat imtihonlari oliygohga kirish testlaridan farq qiladi. Kirish testlarida yopiq savollar berilsa, milliy sertifikat imtihonlarida ochiq topshiriqlar ham mavjud. Natijalar esa xalqaro Rash modeli asosida hisoblanadi.

Hozir ko‘plab o‘quvchilar maktabni bitirmasdan turib fanlar bo‘yicha milliy sertifikat olishga harakat qilmoqda. Natijada sertifikat bilan oliygohga hujjat topshirayotganlar soni yil sayin oshib bormoqda.

Biroq sertifikat uchun maksimal ball berilishi ko‘plab abituriyentlarning bir xil yuqori ball to‘plashiga olib kelishi va o‘tish ballariga ta’sir qilishi mumkin.

Shu sababli maksimal ball berishning amaldagi tartibi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan birgalikda o‘rganilmoqda.

Sardor Rajabovning fikricha, kelgusida milliy sertifikat bilan hujjat topshiradigan abituriyentlar soni oddiy test sinovlarida qatnashadiganlardan ham ko‘payishi mumkin.

Biroq hozircha davlat test sinovlarini qisqartirish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
3,1700014
Ta'limga oid

Sep 03, 2026, 09:21

Photo
#Super_kontrakt #Qabul2026

⚡️Qoʻqon davlat universitetining arzonlashtirilgan super-kontrakt narxlari tasdiqlandi

Qoʻqon davlat universiteti tomonidan super kontrakt narxlari belgilandi. Super kontrakt uchun arizalar qabuli ham boshlandi.

Super kontrakr uchun murojaat: +99873-2493838

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
2,700000
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

Photo
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Navbatdagi milliy sertifikat imtihoni natijalari tayyor

🗓 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-27-fevral, 3-4-mart kunlari 🪕 musiqa madaniyati fani va
⚽️ jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi

🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini http://my.gov.uz/ saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
491000
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

Photo
⚡️9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari

❗️9-sinf — majburiy fanlar:

• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun;
• Matematika — 4-iyun;
• O'zbekiston tarixi — 8-iyun;
• Jismoniy tarbiya — 1–6-may.

❗️11-sinf — majburiy fanlar:

• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun;
• Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun;
• O'zbekiston tarixi — 9-iyun.

• 11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

Fizika, Kimyo, Biologiya https://t.me/uztdi Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o'tkaziladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
539003
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

⚡️O‘zbekistonda yagona davlat imtihonlari (YADI) joriy etilishi rejalashtirilmoqda

‘‘Oʻquvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari tizimini joriy etish toʻgʻrisida’’gi Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va muhokamalar https://regulation.adliya.uz/project/9359/27637?contentLang=oz

Loyihaga ko‘ra, 9-sinf bitiruvchilari uchun bitiruv va o‘rta maxsus yoki boshlang‘ich professional ta’limga qabul jarayonlarini qamrab oluvchi asosiy davlat imtihonlari joriy etiladi. 11-sinf, shuningdek o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim bitiruvchilari uchun esa bitiruv hamda oliy va professional ta’limga qabulni o‘z ichiga olgan yagona davlat imtihonlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

9-sinf bitiruvchilari ona tili va matematikadan majburiy, shuningdek 2 ta tanlov fanidan imtihon topshiradi. 11-sinf va tegishli boshqa bitiruvchilar uchun ham 2 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fani asosida yagona davlat imtihoni tashkil etiladi.

Loyihaga muvofiq, imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish har yili 1-yanvardan 31-martga qadar davom etadi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
537002
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

⚡️Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar joriy qilinadi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga

❓Bu nima degani?

Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi.

Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga mutaxassislik fanidan imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi. Imtihon shaklini ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi.

OTM rektorlari bundan korrupsiya yo'lida foydalanishmaydi deb umid qilamiz!

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
615000
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

⚡️Texnikumlar ham endi “avval test, so‘ng tanlov” asosida talabalar qabul qiladi

Davlat texnikumlariga o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar texnikum, kasb (mutaxassislik) hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddat ichida tanlaydi.

➡️ Shuningdek, texnikumlarda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha tasdiqlangan qabul parametrlariga nisbatan to‘lmay qolgan vakant o‘rinlarga abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
887000
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

Video
⚡️Qo'qonda "Qur'on Karim va tavjid" kursi ochildi

Bugundan boshlab Qo'qon shahrida Qu'ron Karim va tajvid o'quv kursi faoliyatini boshladi. Mazkur muassasaning ochilish marosimiga Shayx Alijon Qori Fayzulloh oʻgʻli tashrif buyurdilar.

Mazkur kursga 18 yoshdan yuqori bo'lgan kishilar uchun qabul jarayonlari boshlandi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
1,280003
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

⚡️Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda

Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda https://t.me/eduuz

🔹 davlat oliygohining prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;

🔹 oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

🔹 kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;

🔹 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;

🔹 oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;

🔹 xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;

🔹 chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;

🔹 xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
381001
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

Photo
⚡️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

➡️Unga ko‘ra:

📆 Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti asosidagi qabul parametrlari har yili 1-iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

✔️Davlat granti asosidagi tanlovda ishtirok etishga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarga ruxsat etiladi.

📨 Tanlov boʻyicha saralash imtihoni bakalavriat taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda Vazirlik har yili 1-iyulga qadar klassifikatorda mavjud boʻlmagan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim sohalariga muvofiqligini belgilaydi hamda fanlar majmuasini eʼlon qiladi.

📝Tanlov boʻyicha saralash imtihonlari har yili sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkaziladi.
Bunda:
🟢test sinovlari – Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan;
🟢kasbiy (ijodiy) imtihonlar – Vazirlik tomonidan belgilangan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.

✅Davlat grantlari belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplaganlarga ballar ketma-ketligida taʼlim sohasi boʻyicha ajratilgan qabul koʻrsatkichlari doirasida taqdim etiladi.

💠Davlat grantini olgan talabalar bilan oʻqishini tamomlagandan soʻng davlat (ulushi boʻlgan) tashkilotlarda uch yil davomida ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
527000
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

⚡️Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistraturaga sertifikatiz qabul qilinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

🧾Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.

📝2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.

🔅Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
411000
Ta'limga oid

May 03, 2026, 11:56

❗️Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (161-son, 09.04.2026 y.) “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti

Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.

📝 Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP ( http://my.gov.uz/)da roʻyxatdan oʻtadi.

📋 Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▪️ ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
▪️ dissertatsiyaning nusxasi.

💰 Hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

⏳ Ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.

✅ Davlat xizmatini koʻrsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅
450000

Showing 20 of 20 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Ta'limga oid Telegram channel about?+

Ta'limga oid (@Talimgaoid) is a Telegram channel in the IPL category. —Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot

How do I join Ta'limga oid (@Talimgaoid) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @Talimgaoid in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Ta'limga oid a good IPL channel to follow?+

On tgdio you can check Ta'limga oid's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 14,217 subscribers on tgdio. Compare it with similar IPL channels in the same category.

Where can I see Ta'limga oid stats and latest posts?+

On tgdio, open the @Talimgaoid channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.