Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar Telegram channel photo

Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar

@Talim24uzPublic Channel

🎓 Talim24.uz — O'zbekiston va jahon ta'lim sferasidagi eng dolzarb rasmiy yangiliklar! Murojaat: @Talim24uz_bot Hamkorlik: @UnitedAgency

87.5k (87,501 subscribers)
Members
—
Rating
50
Total Posts
Sep 16, 2026, 5:29 PM
Updated
Apr 2, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTa'lim24.uz | Rasmiy xabarlar
Username@Talim24uz
CategoryCompetitive Exams
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members87,501
Channel TypePublic Channel
CreatedApr 2, 2026
Last UpdatedSep 16, 2026 • 10 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#4280-6
Language Ranking
#856+1
Category Ranking
#24No change

Participant Growth (Last 25 Days)

Total: 87.5K
24h growth: -10737 11%
04/0204/0504/2606/0407/1808/0309/16

Latest Posts

❗️ OTMga kirolmagan abituriyentlar uchun texnikumlarga hujjat topshirish bugun yakunlanadi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’limga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar bugun, 25-avgustga qadar (shu kuni ham) kollej va texnikumlardagi kasb va mutaxassisliklardan birini tanlashlari mumkin.

➡️ Buning uchun http://my.uzbmb.uz/ saytida:

— kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum);
— kasb va mutaxassislik;
— ta’lim shaklini tanlash lozim.

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari ham mumkin.

📝 Kasbiy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani haqidagi yakuniy natijalar tanlov to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

✅️
10,800000
Photo
💎 15% CHEGIRMANI O‘TKAZIB YUBORMANG!

UBS TOSHKENTDA 1-KURS TALABALARI UCHUN KONTRAKT 15% ARZON!

Siz universitet tanlayapsizmi? Unda bir xil ta’lim uchun ko‘proq pul to‘lashga shoshilmang.

15% chegirma bilan:

💎 Barcha yo‘nalishlar — 15 759 000 so‘m/yil
💎 Tibbiyot yo‘nalishlari — 24 514 000 so‘m/yil

Eng yaxshi tomoni: kontraktni birdaniga to‘lashingiz shart emas!

💎 4 QISMGA BO‘LIB TO‘LAYSIZ.

15-sentabrgacha esa kontraktning 25% qismini to‘lash kifoya.

LEKIN CHEGIRMA MUDDATI CHEKLANGAN!

💎 15-sentabrgacha UBS Toshkent filialiga ro‘yxatdan o‘tib, shartnoma olgan 1-kurs talabalari 15% chegirmadan foydalanishi mumkin.

💎 Keyinga qoldirsangiz — chegirmadan mahrum bo‘lishingiz mumkin.

💎 Hozir ro‘yxatdan o‘tsangiz — kamroq to‘laysiz va o‘qishni UBSda boshlaysiz.

Qabul hali davom etmoqda. Qarorni cho‘zmasdan, joyingizni hoziroq band qiling!

Hujjat topshirish: http://qabul.ubsu.uz/

💎 +998555202626
💎 https://t.me/ubsuzbekistan_bot

💎 https://maps.google.com/maps?q=41.205939,69.222117&ll=41.205939,69.222117&z=16.

🏛UBS bilan ilmga yo‘l oching!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
😊 https://t.me/ubs_toshkent | 😊  https://www.instagram.com/ubstashkentofficial?igsh=MXJvd29mdTRnMXFsNw== |😊 http://ubsu.uz/
11,800000
Qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma

🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi.

Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

👉 https://t.me/nodavlattalim

✅️
11,300000
Photo
ISHLAYSIZMI? MASOFAVIY TA'LIM SHAKLIDA TAHSIL OLING!

Ishlash yoki kundalik yumushlar sabab oliy ma’lumot olishni kechiktirmang.

🎓 Sarbon Universitetida masofaviy ta’lim orqali o‘qib, kundalik hayotingizni to‘xtatmagan holda oliy ma’lumot olishingiz mumkin.

📚 O‘zingizga qulay vaqtda ta’lim oling
💻 Masofadan turib o‘qing
⏰ Ish va o‘qishni birga olib boring
🎓 Oliy ma’lumotga ega bo‘ling

Bugun boshlagan ishingiz ertangi imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📲 +998555883381
9,880000
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihon natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini http://my.uzbmb.uz/ saytidagi " https://my.uzbmb.uz/allow/transfer-study-answer“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh:Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

✅️
12,400000
⚡️ 6-yo'nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning http://my.uzbmb.uz/ rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarinitanlash huquqi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
10,300000
Photo
❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING!

— DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi?

— Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi degani emas.

Sizning DTM natijangiz bilan Sarbon Universitetida o‘qish imkoniyatingiz mavjud.

➖ Sirtqi ta’lim o‘rniga — masofaviy ta’lim
➖ O‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati
➖ Oliy ma’lumot olish imkoniyati
➖ Bir yilni yo‘qotib qo‘ymang!

“Balim yetmaydi, endi nima qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz — imkoniyatlarni hoziroq bilib oling.

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998555883381
11,900000
Video
Malayziyaga kettik-mi?

⭐️ Tashkent Perfect Universiteti beshinchi marotaba o’z talabalarini 100% grant asosida Malayziyaning nufuzli INTI International University’ga kuzatdi

Siz ham baxtli talabalar qatorida bo'ling!

https://t.me/perfect_qabul

• 75 dan ortiq hamkor kompaniyalarning grant va stipendiyalari va aynan shu kompaniyalarda 100% karyerangizni boshlash

• Londonda oʻqib 2 ta diplom olish, Malayziya kabi davlatlarda esa 100% lik xalqaro grantlar bilan oʻqish kutmoqda

Bu imkoniyatlardan hoziroq foydalanib, o’qishni ham karyerani ham, gazini bosing!

📱 https://forms.amocrm.ru/rztwtdc

📞 55 511 55 29

https://t.me/perfect_qabul | https://www.instagram.com/perfect.qabul?igsh=dTRxMmdsOHhmbHFm
12,600000
#SavollargaJavob

❓ Sertifikat olishda qanday imtiyozlar mavjud?

Umumta'lim fanlari yoki chet tillaridan milliy sertifikatga ega bo‘lish talabgorning shaxsiy tashabbusi, xohish va istagi bilan amalga oshiriladi.

Sertifikat olishda talabgor uchun qandaydir imtiyoz mavjud emas. Biroq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yaxshi shart-sharoit, imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, sertifikat talabgorga ijtimoiy, iqtisodiy va ta'lim sohalarida bir qancha imtiyoz va katta imkoniyat yaratishi mumkin.

Milliy va xalqaro sertifikatlar beradigan imtiyozlari hamda ularni tan olish tartibi, sertifikatning turi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

Shu sababli sertifikat olish uchun harakat boshlashdan avval uning qaysi ta’lim jarayonida va qanday tartibda imtiyoz berishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy manbalardan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

📎 Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, sertifikatlarga oid imtiyozlar bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi.

✅️
12,400000
📢 SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 22-avgust kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.

Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.

❗️ Shu munosabat bilan, quyida qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi:

https://bluebook.collegeboard.org/technology/devices/requirements/overview.

⚠️ Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.

⚠️ Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.

📍 Respublika bo'yicha SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉 https://telegra.ph/SAT-imtihoni-otkaziladigan-joylar-08-20

Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz.

✅️
12,800000
Photo
⚡️Rasman: Qabul jarayonlari yakunlanmoqda!

2026/2027-o‘quv yili uchun Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda!

🎓 Universitetda 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishi mavjud:
— Kunduzgi
— Kechki
— Masofaviy ta’lim shakllari

💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi!

Agar bu yil talaba bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998555883381
11,800000
Video
⚡️Rasman: keyingi haftadan abituriyentlarga 6-yo'nalish tanlash imkoni beriladi

O'zi tanlagan 5 ta yo'nalishga kira olmagan, lekin baland ball to'plagan abituriyentlar 6-yo'nalish tanlashi mumkin bo'ladi.

✅️
15,600000
❗️OTMlarda talabalar o'rtasida qayta taqsimlangan davlat granti natijalari eʼlon qilindi

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, davlat OTMlarida har yili taʼlim grantlarini ikkinchi va undan keyingi kurs talabalari oʻrtasida tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash hamda qoʻshimcha grant taqdim etish https://lex.uz/uz/docs/-7429154

🔰Unga koʻra, taʼlim granti soni ikkinchi va undan keyingi kurslar uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili va kurslar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantiga ajratiladi.

Bunda:

➡️ toʻliq taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, oʻqitish xarajati Davlat budjetidan toʻliq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanadigan taʼlim granti;

➡️ toʻliq boʻlmagan taʼlim granti — bir oʻquv yili uchun berilib, toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan taʼminlanmaydigan taʼlim granti.

Joriy oʻquv yili yakunida grant taqsimoti uchun arizalar 15-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilindi. Yangi oʻquv yili uchun qayta taqsimlangan grant natijalari https://talimxabarlari.uz/77416/.

Grant uchun daʼvorgarlik qilgan talabgorlar HEMIS platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali grant natijalarini koʻrib olishlari mumkin.

✅️
8,270000
Photo
❗️DTM BALINGIZ BILAN TALABA BO‘LING!

— DTMdan kutgan balingiz chiqmadimi?

— Bu hali talaba bo‘lish imkoniyatingiz tugadi degani emas.

Sizning DTM natijangiz bilan Sarbon Universitetida o‘qish imkoniyatingiz mavjud.

➖ Sirtqi ta’lim o‘rniga — masofaviy ta’lim
➖ O‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati
➖ Oliy ma’lumot olish imkoniyati
➖ Bir yilni yo‘qotib qo‘ymang!

“Balim yetmaydi, endi nima qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz — imkoniyatlarni hoziroq bilib oling.

📲 Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl
17,300000
⚡️Rasman: O'qishni ko'chirish imtihonlari boshlanmoqda

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib https://t.me/nodavlattalim.

✅ Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligi standardlariga muvofiq, o'qishni ko'chirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun maxsus https://t.me/BMB_testbot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 https://t.me/BMB_testbot;
👉 https://t.me/BMB_testbot;
👉 https://t.me/BMB_testbot.

👉 https://t.me/BMB_testbot 👈
19,900000
❗️OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar bugundan boshlab qabul qilinadi
#abituriyent

📥 Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini http://my.uzbmb.uz/ saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda bugun, 15-avgustdan24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari https://t.me/BaholashUz.

🔰 Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

📄 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🪪 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

🗓️ Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.

✅️
16,800000
#tezkor

⚡️SUPER-KONTRAKTDA O‘QIMOQCHI BO‘LGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Xabaringiz bor, bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi. Afsuski, ayrim abituriyentlar talabalikka tavsiya etilmadi.

❓ Hozirda ko‘pchilik abituriyentlardan “Super-kontrakt asosida o‘qisam, qancha to‘layman?” degan savollar kelmoqda.

📌 Endi buni aniqlash juda oson!

🤖 Quyidagi botga abituriyentning ID raqami yoki qaydnomasini yuboring. Bot siz uchun super-kontrakt miqdorini avtomatik hisoblab beradi.

👉 https://t.me/superkontrakt_bot
👉 https://t.me/superkontrakt_bot
👉 https://t.me/superkontrakt_bot
16,200000
Photo
⚡️Davlat oliygohlarida bugungi kundagi kontrakt narxlari

Super kontrakt asosida oʻqimoqchi boʻlganlar, yetmay qolgan baliga qarab quyidagi tartibda kontrakt summasini hisoblaydilar:

➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 3 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.
☝️4.0 baldan koʻproq yetmagan lekin 56,7 balldan yuqori – ball toʻplaganlar uchun super kontrakt miqdori oliygohlar tomonidan mustaqil belgilanadi.

✅️
14,500000
Video
🧐 Mandat kutilgandek bo'lmadimi?

Bu — bir yilni yo‘qotish kerak degani emas!

🎓 Agar siz DTM’dan 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsangiz, https://t.me/isfi_qabul’da IMTIHONSIZ talaba bo‘lish imkoniyatiga egasiz!

56.7 dan past bo'lsa, online ichki imtihon orqali talaba bo'ling!

— Ortiqcha stresssiz
— Qo‘shimcha imtihonsiz
— Qulay ta’lim shakllari bilan

Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang. O‘zingizga yana bir imkoniyat bering va talabalik sari ishonchli qadam tashlang!

👉Afrasiab University — kelajagingizni bugundan boshlang!

📱 https://forms.amocrm.ru/rztwtwd

https://t.me/isfiqabul | https://www.instagram.com/isfiqabul?igsh=MTloN3IwZnZqN2tkcg==
10,800000
Photo
8-9-10-sinflar uchun 100% lik GRANT

⚡️ Jahon School maktabimiz kelgusi o'quv yilida 8-9-10-sinfni boshlaydigan iqtidorli o'quvchilar uchun qiymati 2 milliard 370 million so‘mlik grant e’lon qilgan.

Grant uchun qabul jarayonining birinchi ya'ni ariza yuborish bosqichi 31-maygacha davom etadi. Ikkinchi bosqichda 7-iyun kuni Jahon School maktabida saralash imtihoni o'tkaziladi.

8-sinflar uchun ikkinchi bosqich imtihoni quyidagi tartibda o'tkaziladi:
🔸 Matematika va ingliz tili fanlaridan test;
🔸 Ona tili va adabiyot fanidan insho.

9-10-sinflar uchun ikkinchi bosqich imtihoni quyidagi tartibda o'tkaziladi:
🔸 Aniq fanlar yo'nalishi: Matematika va ingliz tili fanlaridan test, ona tili fanidan insho;
🔸 Tabiiy fanlar yo'nalishi: Biologiya va ingliz tili fanlaridan test, ona tili fanidan insho;
🔸 Ijtimoiy fanlar yo'nalishi: Tarix va ingliz tili fanlaridan test, ona tili va adabiyot fanlaridan insho.

❗️MUHIM! Barcha bosqichlardan o'tib g'olib bo'lgan o'quvchilar Jahon School'da to'liq bepul o'qish imkoniga ega bo'lishadi.

🔗 Grantga ariza yuborish uchun: https://forms.gle/t65Rg8yPjh9AUGEx7

📞 78-777-07-07
6,990000
⚡️Xushxabar: endi majburiy fanlardan test ishlash yanada oson!

📚 Abituriyentlar uchun maxsus https://t.me/mandatjavobbot telegram boti ishga tushirildi.

Bot orqali:
✅ Majburiy fanlardan testlarni elektron shaklda ishlashingiz;
✅ Bilimingizni sinab ko‘rishingiz;
✅ Kirish imtihonlariga samarali tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 https://t.me/mandatjavobbot

📲 Testlarni hoziroq ishlab ko‘ring:
👉 https://t.me/mandatjavobbot
8,830000
❓Prezident maktablariga ariza topshirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?

✅ JAVOB: Hujjatlar ro‘yxati quyidagicha:

🔹 Oxirgi 2 oyda tushgan fotosurat;
🔹 Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrka) nusxasi;
🔹 Maktab direktori tasdiqlagan yoki QR-kodli elektron tabel;
🔹 Ota-onasi (qonuniy vakili) pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari.

❓Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o‘quvchi qabul qilinadi?

✅ JAVOB: Umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. Har bir maktabga jami 24 nafar o‘quvchi (ikkita sinfga 12 nafardan) qabul qilinishi belgilangan.

📋 Ixtisoslashtirilgan maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlari va imtihon shakllari e’lon qilindi:

▪️ Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — https://t.me/piimauz

▪️ Prezident, sport va ijod maktablari uchun — https://t.me/piimauz

Ma’lumot uchun, barcha hujjatlar onlayn platforma orqali topshiriladi.

✅️
8,270000
❗️Oliy ta'lim tashkilotlarida davomatni yuritish jarayonida talabalarning darsda ishtirok etmaganligini sababli qilish bo'yicha aniq mezonlar.

Tegishli hujjat topshirgan taqdiringizda ham “NB” qoʻyiladi. Hujjat orqali oʻsha “NB” sababli qilinadi.

1️⃣ O‘qishga vaqtincha layoqatsizlik (kasallik) sababli

095\x shakldagi tibbiy ma’lumotnoma — eng ko‘p muddati: 30 kungacha;

2️⃣ Nogironligi mavjud talabalarning mavsumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi sababli

Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi ma’lumotnomasi — ko‘rikdan o‘tish muddati davomida;

3️⃣ Talabaning nikoh to‘yi sababli

💍 Nikoh to‘yidan oldin bergan ariza va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma — 10 kungacha;

4️⃣ Yaqin (birinchi darajali) qarindoshining to‘yi yoki vafoti sababli

Talaba arizasi + asoslovchi hujjat — 5 kungacha;

5️⃣ Homiladorlik davrining og‘ir kechishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi ta’til sababli

Talaba doimiy ro‘yxatdan o‘tgan tibbiy muassasa ma’lumotnomasi yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — 30 kungacha;

6️⃣ Turli xil musobaqalar va tadbirlarda ishtirok etishi sababli

Vazirlik yoki oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug‘i — Tadbir muddati davomida, 30 kundan oshmagan holda;

7️⃣ Tabiiy ofatlar yoki baxtsiz hodisalar sababli

Tegishli idoralar ma’lumotnomasi — ma’lumotnomada belgilangan muddatga ko‘ra, 30 kundan oshmagan holda;

8️⃣ Xorijlik talabalar vizasi muddati tugashi sababli

Pasport nusxasi va xalqaro bo‘lim bildirgisi — viza olish muddati davomida, 30 kundan oshmagan holda.

Bundan boshqa barcha holatlarda nima olib kelishingizdan qatʼiy nazar sababsiz hisoblanadi.

‼️ESLATMA:

🔹 qoldirilgan darslar bir semestr davomida 30 kundan oshsa, sababidan qat’i nazar, talaba akademik ta’tilga chiqariladi yoki talabalar safidan chetlashtiriladi;

🔹 sababli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan kunidan 10 kun ichida topshirilishi shart.

✅️
8,580000
Photo
⚡️Diniy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

2026-2027 o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo'yicha o'tkaziladi:

Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Imom Termiziy nomidagi islom instituti uchun:
➖ Arab tili (test sinovi) 30 x 3,1 – 93 ball;
➖ Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 x 2,1 – 63 ball;
➖ O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabi uchun:
➖ Arab tili (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
➖ Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) – 63 ball;
➖ O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari uchun:
➖ Xorijiy til (test sinovi) 30 x 3,1 – 93 ball;
➖ O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 2,1 – 63 ball;
➖ Ona tili va adabiyot (O'zbek tili bo'yicha) (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.

❗️DIQQAT

O'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida belgilangan xorijiy til bo‘yicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Magistratura bosqichiga o'qishga kirish istagidagi talabgorlardan xorijiy tildan Arab tili bo'yicha kamida C1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.

ESLATMA: O'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida O'zbekiston tarixi hamda Ona tili va adabiyot (o'zbek tili) fanlari bo'yicha milliy sertifikatga ega abituriyentlar uchun imtiyoz qo'llanilmaydi. Ushbu fanlar bo'yicha barcha abituriyentlar test sinovlarida to‘liq qatnashadi.

✅️
9,570000
Photo
⚡️Eng ishonchli ta'limga oid TOP-13 kanallar

Feyk ma'lumotlar ommalashib borayotgan bir vaqtda telegramda ta'limga oid ishonchli va sifatli ma'lumotlar beruvchi kanallarni topish qiyin. Biz esa siz uchun bu ishni osonlashtirdik — o'z yo'nalishida mutaxassis hisoblagan telegram kanallarini jamladik.

Ishonchli ma'lumotlar berib boruvchi, sodda - tushunarli tilda yangiliklar yorituvchi va foydali ma’lumot beruvchi https://t.me/addlist.

Biz eng yaxshilarini sizga ilindik — siz esa yaqinlaringizga ulashing!

Ushbu link ustiga bosing va top kanallarga ulaning:👇
https://t.me/addlist
7,600000
#Loyiha

❗️Pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi

Muhokama uchun joylashtirilgan yangi qaror loyihasiga ko‘ra 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.

Bunda davlat oliy tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori nazarda tutilgan. Oshirilgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun bu imtiyoz amal qilmaydi.

Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanilishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” ( http://kontrakt.edu.uz/) orqali ariza yuboradi. Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo'llaniladi.

Loyihaga ovoz berish 👉 https://regulation.adliya.uz/project/9610/29509?contentLang=uz

✅️
8,210000
❗️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:
➖ ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
➖ chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
➖ mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
➖ hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
➖ umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
➖ vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

✅️
7,320000
File
❗️Qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkin

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin.

✅️
7,200000
#Loyiha

❗️Pedagogika yoʻnalishida tahsil olayotgan davlat va nodavlat oliygoh talabalari endi har yili test topshiradilar

Yangi nizom https://regulation.adliya.uz/project/9862/29624?contentLang=uz pedagogika yo‘nalishidagi 3-bosqich talabalari har yili maxsus test sinovlaridan o‘tkaziladi.

Test natijalari talabalar reytingiga ta’sir qilmaydi, ammo past ko‘rsatkich qayd etilgan oliygohlar navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Tashqi diagnostika orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekshiriladi.

Tashqi diagnostika har yili bahorgi semestrda o‘tkaziladi. Bunda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ishtirok etadi. Qaysi akademik guruh testga jalb qilinishi maxsus ishchi guruh tomonidan tanlanadi.

Test sinovlari talabaning tahsil tilida tashkil etiladi va 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Unda talabalarning:

— fan va uni o‘qitish metodikasi;
— pedagogik va psixologik kompetensiyasi;
— sinfni boshqarish ko‘nikmasi;
— baholash kompetensiyalari tekshiriladi.

Jami 100 ball beriladi. Agar yo‘nalish bo‘yicha talabalarning o‘rtacha natijasi 56 ball va undan yuqori bo‘lsa, u “belgilangan talablarga javob beradigan” deb baholanadi. 55 ball yoki undan past ko‘rsatkich qayd etilsa, ta’lim sifati talab darajasida emas deb topiladi.

Nizomga ko‘ra, tashqi diagnostika natijalari talabalarning reyting bahosiga ta’sir qilmaydi. Biroq past natija qayd etilgan pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin. Bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga taqdim etiladi.

✅️
7,730000

Showing 30 of 50 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar Telegram channel about?+

Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar (@Talim24uz) is a Telegram channel in the Competitive Exams category. 🎓 Talim24.uz — O'zbekiston va jahon ta'lim sferasidagi eng dolzarb rasmiy yangiliklar! Murojaat: @Talim24uz_bot Hamkorlik: @UnitedAgency

How do I join Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar (@Talim24uz) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @Talim24uz in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar a good Competitive Exams channel to follow?+

On tgdio you can check Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 87,501 subscribers on tgdio. Compare it with similar Competitive Exams channels in the same category.

Where can I see Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar stats and latest posts?+

On tgdio, open the @Talim24uz channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.