Iste'mol.uz – Surxondaryo Telegram channel photo

Iste'mol.uz – Surxondaryo

@Surxandaryo_ihhqPublic Channel

🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: 🔹 Telegram: https://t.me/Surxandaryo_ihhq 🔹 Web-site: https://surxondaryo.istemol.uz/ 🔹 Facebook : https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989 ☎️ Murojaat uchun tel: +998(76)223-50-38

ReligionEnglishUnited States
70 (70 subscribers)
Members
—
Rating
30
Total Posts
Sep 19, 2026, 10:34 AM
Updated
Apr 16, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIste'mol.uz – Surxondaryo
Username@Surxandaryo_ihhq
CategoryReligion
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members70
Channel TypePublic Channel
CreatedApr 16, 2026
Last UpdatedSep 19, 2026 • 7 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#11742No change
Language Ranking
#2462+2
Category Ranking
#162No change

Participant Growth (Last 9 Days)

Total: 70
24h growth: +1 1%
04/1605/0405/0407/0607/0608/2208/3109/1009/19

Latest Posts

Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

🏠 UY-JOY SOTIB OLAYOTGAN BO‘LSANGIZ, VA’DAGA EMAS, SHARTNOMAGA ISHONING!

Bugun uy-joy yoki qurilish bilan bog‘liq katta miqdordagi mablag‘ni to‘lashdan oldin bir narsani unutmang: og‘zaki va’da — hujjat emas!

“Kalitni tez orada beramiz”, “gaz, suv, elektr tayyor”, “kadastrni o‘zimiz qilib beramiz”, “boshqa to‘lov bo‘lmaydi” kabi va’dalar aytilsa, ularning barchasi shartnomada aniq aks etganiga ishonch hosil qiling. Chunki keyinchalik og‘zaki va’dani isbotlash ancha qiyin.

⚠️ Yana bir muhim jihat — “investor” bo‘lib qolmang!

Agar siz uy-joyni qayta sotish yoki foyda olish uchun emas, o‘zingiz va oilangiz yashashi uchun olayotgan bo‘lsangiz, shartnomadagi huquqiy maqomingizga alohida e’tibor bering.

Shartnomada “investor”, “investitsiya kirituvchi”, “sarmoyador”, “investitsiya faoliyati”, “foyda olish”, “daromad”, “investitsiya tavakkali” kabi iboralar uchrasa, ularning mazmunini tushunmasdan imzo qo‘ymang. Shartnomaning nomi o‘z-o‘zidan sizni iste’molchi huquqlaridan mahrum qilmaydi, biroq bunday iboralar keyinchalik nizoda munosabatni investitsiya munosabati sifatida talqin qilishga urinish uchun asos qilib ko‘rsatilishi mumkin.

📋 Shartnomani imzolashdan oldin:

✅ obyektning aniq manzili va xonadon raqamini;
✅ umumiy narx va to‘lov grafigini;
✅ topshirish sanasini;
✅ ta’mir darajasini;
✅ gaz, suv, elektr va boshqa kommunikatsiyalar holatini;
✅ kadastr va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini;
✅ kechikish uchun javobgarlikni;
✅ pulni qaytarish shartlarini tekshiring.

⏰ “Taxminan”, “reja bo‘yicha”, “imkon qadar” kabi noaniq muddatlarga ham e’tiborli bo‘ling. Shartnomada aniq sana yoki hisoblanadigan muddat ko‘rsatilgani maqsadga muvofiq.

Shuningdek, iste’molchi huquqlarini cheklaydigan yoki qonunchilikka zid shartlar mavjud bo‘lsa, ularga alohida e’tibor qarating.

📂 Barcha dalillarni saqlang!

Shartnoma, to‘lov cheki, bank o‘tkazmasi, reklama, buklet, messenjer yozishmalari, audio yoki boshqa qonuniy olingan dalillar muammo yuzaga kelganda muhim ahamiyatga ega. Huquqingiz buzilsa, talabingizni yozma ravishda yuboring.

🔐 Yodda tuting:

AVVAL — O‘QING.
KEYIN — TUSHUNING.
SO‘NG — TEKSHIRING.
SHUNDAN KEYINGINA — IMZO QO‘YING VA TO‘LOV QILING!

🌐 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/federatsiya-ogohlantiradi-uy-joy-yoki-qurilish-boyicha-shartnoma-tuzayotganda-aldov-va-chalgituvchi-vadalarga-ishonmang

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegazrasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | ▶️ https://www.youtube.com/@ungmatbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
15000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
#murojaat
#Sariosiyo_tumani

1 million 365 ming so‘mlik noreal qarzdorlik bekor qilindi
https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/1-million-365-ming-somlik-noreal-qarzdorlik-bekor-qilindi

❗️ Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? Unda bizga murojaat qiling.

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/


🌐 https://istemol.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
38000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
#murojaat
#Denov_tumani

Elektr energiyasi ta’minotidagi muammo ijobiy hal etildi
https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/elektr-energiyasi-taminotidagi-muammo-ijobiy-hal-etildi

❗️ Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? Unda bizga murojaat qiling.

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/


🌐 https://istemol.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
55000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
#murojaat
#Boysun_tumani

4 million 800 ming so‘mlik nuqsonli kir yuvish mashinasi bo‘yicha iste’molchiga tanlov huquqi berildi
https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/4-million-800-ming-somlik-nuqsonli-kir-yuvish-mashinasi-boyicha-istemolchiga-tanlov-huquqi-berildi

❗️ Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? Unda bizga murojaat qiling.

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/


🌐 https://istemol.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
33000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini https://t.me/PressSecretaryUz.

Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.

– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,
– dedi davlatimiz rahbari.

Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi.

Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ https://gov.uz/uz/surxondaryo?utmsource=chatgpt.com | https://t.me/axborotxizmati | https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz?utmsource=chatgpt.com | https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/?utmsource=chatgpt.com | https://www.youtube.com/@surxondaryopressa?utmsource=chatgpt.com | https://twitter.com/surxondaryoax?s=20&utmsource=chatgpt.com
25000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
#murojaat
#Qiziriq_tumani

Gaz ballonidagi kamchilik bo‘yicha murojaat o‘rganildi
https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/gaz-ballonidagi-kamchilik-boyicha-murojaat-organildi

❗️ Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? Unda bizga murojaat qiling.

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/


🌐 https://istemol.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
32000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
#murojaat
#Denov_tumani

400 ming so‘mlik atir uchun to‘langan pul iste’molchiga qaytarildi
https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/noreal-qarzdorlikdan-1-million-365-ming-somlik-summa-chiqarib-tashlandi https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/400-ming-somlik-atir-uchun-tolangan-pul-istemolchiga-qaytarildi

❗️ Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? Unda bizga murojaat qiling.

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

http://murojaat.istemol.uz/


🌐 https://istemol.uz/ | | https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
64000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Sep 05, 2026, 17:17

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida https://president.uz/ru/lists/view/9540

https://gov.uz/uz/surxondaryo?utmsource=chatgpt.com | https://t.me/axborotxizmati | https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz?utmsource=chatgpt.com | https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/?utmsource=chatgpt.com | https://www.youtube.com/@surxondaryopressa?utmsource=chatgpt.com | https://twitter.com/surxondaryoax?s=20&utmsource=chatgpt.com
25000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

Photo
⚖️ Qonun ustuvor: iste’molchi foydasiga yechim topildi

📍 Boysun tumanining “Shorsoy” mahallasida yashovchi fuqaro H. Rning murojaati o‘rganib chiqildi.

🛒 Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2026-yil 30-mart kuni “At-Termiziy” ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan 3 800 000 so‘mga mini bolalar mashinasini xarid qilgan.

⚠️ Mahsulot sifatsiz chiqqani sababli uni qaytarish bo‘yicha qilgan murojaati do‘kon xodimlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

🔍 O‘rganish natijasida fuqaro mahsulotni sifatlisiga almashtirish yoki to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega ekani tushuntirildi.

📖 Shuningdek, do‘kon xodimiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari hamda iste’molchining haq-huquqlari yuzasidan tegishli tushuntirish berildi.

🛡 Iste’molchi huquqlari — qonun himoyasida!

📞 Ishonch telefoni: 1091

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
30002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

Photo
🔄 Nosoz mahsulot yangisiga almashtirildi

📍 Uzun tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro Shodmonova Nilufarning murojaati o‘rganib chiqildi.

📝 Mazkur murojaat yuzasidan Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi M. U, ZIFFLER servis mas’ul xodimi hamda murojaatchi ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro tomonidan yangi xarid qilingan 6 kg avtomat kir yuvish mashinasining baraban qismi nosoz holatga kelgan hamda ushbu masala bo‘yicha sotuvchiga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, muammo bartaraf etilmagan.

https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/nosoz-mahsulot-yangisiga-almashtirildi

📞 Ishonch telefoni: 1091

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
69002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

#sarhisob

Iste’molchilar huquqlari — doimiy e’tiborda: tizim faoliyati tanqidiy tahlil qilindi (foto)

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tizimning 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

👉 https://istemol.uz/index.php/matbuot-xizmati/yangiliklaar/istemolchilar-huquqlari-doimiy-etiborda-tizim-faoliyati-tanqidiy-tahlil-qilindi

🌐 http://istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegazrasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | ▶️ https://www.youtube.com/@ungmatbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
15002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

📢 Iste’molchilar huquqlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari kengaymoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini oshirish, huquqiy savodxonlikni mustahkamlash hamda dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida hududlarda targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi tomonidan tumandagi 8-sonli MTTda “Iste’molchi plastik karta bilan savdo qilishda va xizmat ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, tumandagi tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharg‘un shahar poliklinikasida “Iste’molchi onlayn xarid qilingan tovarni qaytarishga haqlimi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli hamda 25-sonli umumta’lim maktablarida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot va davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida fuqarolarga iste’molchi sifatida o‘z huquq va majburiyatlari, shuningdek, muammoli holatlarda murojaat qilish tartiblari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

☎️ 1091 – Ishonch telefoni orqali o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.

#IstemolchiHuquqlari #Targibot #1091 #Sariosiyo #Jarqorgon

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
63002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

SIFATSIZ MEBEL ALMASHTIRILDI

Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.F. tomonidan xarid qilingan mebel mahsulotining sifati yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, aniqlanishicha, iste’molchi tuman hududidagi mebel savdo do‘konidan 6 900 000 so‘m evaziga kredit asosida mebel to‘plamini xarid qilgan. Biroq qisqa muddat ichida mahsulotda nuqsonlar yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅ O‘rganish natijasiga ko‘ra:
— sifatsiz mebel o‘rniga yangi va sifatli mebel to‘plami tayyorlab berildi
— iste’molchining talabi to‘liq qanoatlantirildi

Natijada murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchi tomonidan qo‘shimcha e’tirozlar yo‘qligi bildirildi.

📌 Eslatma: sifatsiz mahsulot xarid qilgan bo‘lsangiz, uni almashtirish yoki yetkazilgan zararni qoplatish huquqiga egasiz.
📞 Ishonch telefoni: 1091

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
1,060003
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

Photo
✅ Iste’molchi murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Denov tumani “Surxon Diyor” mahallasi, Zafar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro G.R. tomonidan 2026-yil 24-mart kuni murojaat kelib tushdi.

Murojaatda iste’molchi Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan tikuv mashinalari savdo do‘konidan xarid qilgan tikuv mashinasining nosoz ekanligi sababli muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaatchi G.R. hamda do‘kon egasi ishtirokida o‘rganish olib borildi. O‘rganish jarayonida haqiqatan ham xarid qilingan tikuv mashinasida nuqson mavjudligi aniqlandi.

Natijada, amaldagi qonunchilik talablari asosida do‘kon sotuvchisiga tushuntirish ishlari olib borildi va fuqaro http://G.R.ga/ qiymati 4 500 000 so‘m bo‘lgan tikuv mashinasi yangisiga almashtirib berildi.

🔹 Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi ishlar davom etmoqda.

🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
1,030002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 28, 2026, 15:43

Video
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 8 kun qoldi!

"Boysun bahori" xalqaro festivali oldidan maxsus veb-sayt ishga tushirildi. Unda xalqaro folklor festivalning tarixi, huquqiy asoslari hamda avvalgi tadbirlar foto va video lavhalari bilan batafsil tanishingiz mumkin.

Shuningdek, saytda bu yilgi festivalning boshlanishiga qolgan kun, soat, daqiqa va soniyalar ko‘rsatib boriladi.

"Boysun bahori" folklor festivalining maxsus veb-sayti: http://boysunbahori.uz/

https://gov.uz/uz/surxondaryo | https://t.me/axborotxizmati | https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz | https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/ | https://www.youtube.com/@surxondaryopressa | https://twitter.com/surxondaryo_ax?s=20
23000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 16, 2026, 23:06

Iste’molchi murojaati o‘rganildi: gaz hisoblagichi bo‘yicha aniqlik kiritildi

Sariosiyo tumanida iste’molchilarning murojaatlari asosida tizimli o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaroning tabiiy gaz iste’moli uchun hisoblangan to‘lov miqdori yuqoriligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur murojaatni xolis va har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida, jamiyat inspektori hamda Sariosiyo tumangaz bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqib tekshiruv o‘tkazildi.

O‘rganish davomida:
Gaz hisoblagichining texnik holati ko‘zdan kechirildi;
Abonent raqami orqali maxsus dasturda iste’mol ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Natijalarga ko‘ra:
Gaz hisoblagichi belgilangan me’yorlar asosida soz holatda ishlayotgani aniqlandi;
Hech qanday texnik nosozlik yoki nojo‘ya holatlar qayd etilmadi;
Hisoblagich ko‘rsatkichlari amaldagi iste’mol hajmiga mos kelishi tasdiqlandi.

Xulosa:
Bunday o‘rganishlar iste’molchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir murojaat qonuniy asosda ko‘rib chiqilib, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa hisoblanadi.

📞 Agar Siz ham shunday holatlarga duch kelsangiz, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
43002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 16, 2026, 23:06

#Murojaatyechimnatija

Anons

​📣 TEZ KUNLARDA: HAR BIR MUROJAAT ORTIDA INSON TAQDIRI VA ADOLAT TURIBDI!

​Sizda ham sotib olingan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatdan norozilik bormi?

Muammoingiz yechimsiz qolayotgandek tuyulyaptimi?

Unday bo‘lsa, ushbu video aynan siz uchun!

​🎬 Yaqin kunlarda e’tiboringizga havola etiladigan maxsus lavhada:

​Sifatsiz smartfon uchun mablag‘ini qaytara olgan yigit;

​Kommunal to‘lovlardagi nohaq qarzdorlikdan xalos bo‘lgan fuqarolar;

​Va o‘z huquqini tiklagan o‘nlab yurtdoshlarimizning samimiy minnatdorchiligi.

​"Adolat sekin harakat qilishi mumkin, lekin u baribir manzilga yetib keladi."

​O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi — biz sizning huquqlaringiz himoyachisimiz!

​👉 1091 — Yagona ishonch telefoni

http://murojaat.istemol.uz/

​🔔 Bizni kuzatib boring, to‘liq videoni o‘tkazib yubormang!

👇Bizni kuzating:

http://🌐Istemol.uz/ | 📷 https://www.instagram.com/uzbekneftegazrasmiy/ https://www.instagram.com/istemol.uz/ | 👉 https://t.me/istemolchi1 | ▶️ https://www.youtube.com/@ungmatbuotxizmati/videos https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo | 💬 https://www.facebook.com/ozbekneftgaz https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/
Video Thumbnail
15000
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 16, 2026, 23:06

Photo
#табрик

ТУҒИЛГАН КУНИНГИЗ БИЛАН!

Шерабод тумани Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамияти раҳбари Амонов Кенжаназар Норматовични таваллуд топган куни билан табриклаймиз!

Ҳурматли Кенжаназар Норматович!

👏 Сизга муваффақиятли ва самарали иш, куч ва соғлиқ, бахт ва фаровонлик тилаймиз! Оилангиз, энг азиз ва энг яқин инсонларингиз бахтига омон бўлинг!

Фаолиятингизга улкан зафарлар тилаймиз!

Ҳурмат билан ҳудудий бирлашма жаомоаси!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
24002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 16, 2026, 23:06

💳 BANK KARTASIDAGI MABLAG‘ YO‘QOLISHI HOLATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH

📌 Fuqaroning bank kartasidagi pul mablag‘lari vaqtincha ko‘rinmay qolganligi yuzasidan murojaati tegishli tartibda o‘rganildi.

🔍 O‘rganish natijasida aniqlanishicha, mazkur holat mablag‘larning yo‘qolishi bilan bog‘liq emas, balki texnik nosozlik yoki tizimdagi vaqtinchalik uzilishlar sababli balansda aks etmagan.

⚖️ Huquqiy jihatdan:

Bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlar amaldagi fuqarolik qonunchiligi hamda bank xizmatlariga oid normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Bank mijoz mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash va hisob-kitoblarni to‘g‘ri yuritish majburiyatiga ega.
Mablag‘lar asossiz yechib olingan taqdirda, bank moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

ℹ️ Shu bilan birga, amaliyotda texnik uzilishlar sabab mablag‘larning vaqtincha ko‘rinmasligi holatlari uchrab turadi va bu har doim ham huquqbuzarlik sifatida baholanmaydi.

📢 Bunday vaziyatda:

bank tomonidan tezkor axborot berilishi,
muammoning zudlik bilan bartaraf etilishi muhim hisoblanadi.

📝 Agar fuqaro berilgan javobdan norozi bo‘lsa, u:

yuqori turuvchi tashkilotlarga
yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

📚 Ushbu huquq “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan kafolatlangan.

✅ Xulosa: Mazkur holatda bankning aybi aniqlanmagan bo‘lsa-da, iste’molchi o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilish imkoniyatiga ega.

☎️ Huquqlaringiz buzilganmi? 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
93001
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 16, 2026, 23:06

Photo
📌 MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Sho‘rchi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tumanda yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur murojaatda fuqaroning tuman suv ta’minoti korxonasi tomonidan ichimlik suvi uchun 4 494 200 so‘m qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan noroziligi bildirildi.

🔍 O‘rganish jarayonida foydalanilgan ichimlik suvi uchun to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinib, haqiqiy qarzdorlik 249 500 so‘m ekani aniqlandi.

✅ Natijada ortiqcha hisoblangan 4 692 500 so‘m miqdoridagi noreal qarzdorlik fuqaroning hisobidan chiqarildi.

⚖️ Fuqaroning murojaati qonuniy tartibda ko‘rib chiqilib, uning manfaatlari tiklandi.

📞 Agar huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
89002
Iste'mol.uz – Surxondaryo

Apr 16, 2026, 23:06

Photo
ORTIQCHA YECHIB OLINGAN PUL QAYTARILDI

Uzun tumani “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqaro B.Aning ishonch telefoniga qilgan murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

📌 Murojaat mazmuni:
Fuqaro Sariosiyo chegarasida joylashgan “Muborakshoh” MChJga qarashli gaz quyish shoxobchasida 2026-yil 5-mart kuni avtomobiliga 280 000 so‘mlik gaz quygan. To‘lov plastik karta orqali amalga oshirilgan bo‘lib, operator tomonidan xato ravishda ikki marotaba yechim qilinib, jami 560 000 so‘m yechib olingan.

📌 O‘rganish jarayoni:
Mazkur murojaat yuzasidan gaz quyish shoxobchasiga tegishli tartibda aloqa xati yuborilib, mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

✔️ Natijada ortiqcha yechilgan 280 000 so‘m pul mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarib berildi.

📌 Fuqaroga amaldagi qonunchilik asosida o‘z huquqlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Murojaat ijobiy hal etildi.

☎️ Huquqlaringiz buzilganda 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling.

🔹 | 🔹 https://surxondaryo.istemol.uz/|🔹 https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989
43001

Showing 30 of 30 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Iste'mol.uz – Surxondaryo Telegram channel about?+

Iste'mol.uz – Surxondaryo (@Surxandaryo_ihhq) is a Telegram channel in the Religion category. 🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: 🔹 Telegram: 🔹 Web-site: 🔹 Facebook : ☎️ Murojaat uchun tel: +998(76)223-50-38

How do I join Iste'mol.uz – Surxondaryo (@Surxandaryo_ihhq) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @Surxandaryo_ihhq in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Iste'mol.uz – Surxondaryo a good Religion channel to follow?+

On tgdio you can check Iste'mol.uz – Surxondaryo's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 70 subscribers on tgdio. Compare it with similar Religion channels in the same category.

Where can I see Iste'mol.uz – Surxondaryo stats and latest posts?+

On tgdio, open the @Surxandaryo_ihhq channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.