SamDTU Ma'naviyat [RASMIY] Telegram channel photo

SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

@SamDTU_manaviyatPublic Channel

Samarqand davlat tibbiyot universitetida o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tyutorlar va boshqa bo'limlar faoliyatiga doir yangiliklar! SamDTU Matbuot xizmati: ✅ Veb-sayt: https://sammu.uz ✅ Telegram: https://t.me/sammu_media

FootballEnglishUnited States
406 (406 subscribers)
Members
—
Rating
24
Total Posts
Sep 25, 2026, 9:38 AM
Updated
Mar 28, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSamDTU Ma'naviyat [RASMIY]
Username@SamDTU_manaviyat
CategoryFootball
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members406
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 28, 2026
Last UpdatedSep 25, 2026 • yesterday
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#6445+591
Language Ranking
#1343+122
Category Ranking
#63+8

Participant Growth (Last 23 Days)

Total: 406
24h growth: +19 5%
03/2804/0404/2005/2806/2608/0108/1709/1609/25

Latest Posts

SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Sep 11, 2026, 10:10

Photo
#maktabga_tashrif

📌Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi xodimlari Samarqand shahridagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar.

Tashrif davomida o‘quvchilar bilan iliq suhbat o‘tkazilib, yangi o‘quv yilida ularga mustahkam bilim, yuksak marralar va ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Shuningdek, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.

Bizni kuzating
95000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Sep 11, 2026, 10:10

Photo
⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️

📌Samarqand davlat tibbiyot universiteti profilaktika imspektori O. Eshmuratov, xotin-qizlar bo’yicha inspektor Sh. Musayeva hamda tyutorlar ishtirokida talabalar turar joylarida profilaktik davra suhbatlari tashkil etildi.

Suhbatlar davomida talabalar bilan TTJ ichki tartib-qoidalari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, jumladan talabalar orasida psixotrop va giyohvandlik vositalarining tarqalishini oldini olishga qaratilgan tushuntirishlar olib borildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊 https://t.me/sammumedia |📱 https://www.instagram.com/sammueducation   |📱 https://www.facebook.com/sammu.education
68000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Sep 11, 2026, 10:10

Photo
📌Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar bilan kiberxavfsizlik, internetdan xavfsiz foydalanish hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir https://www.sammu.uz/uz/news/2581948

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Eldor Tangirov, rektor maslahatchisi Ibrat Qurbonov, shuningdek, Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga internet tarmog‘ida uchrashi mumkin bo‘lgan kiberxavflar, firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, bunday illatlarning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, huquqiy javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur tavsiya va tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.

🏛SamDTU Matbuot xizmati

🕊 https://t.me/sammumedia |📱 https://www.instagram.com/sammueducation |📱 https://www.facebook.com/sammu.education
96000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Sep 11, 2026, 10:10

Photo
#mustaqillik_darsi
#kelajak_soati

📌Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilidagi dastlabki darslar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari sifatida https://www.sammu.uz/uz/news/2581931

Darslar davomida Mustaqilligimizning xalqimiz va ayniqsa yoshlarimizga bergan ulkan imkoniyatlari, mustaqilligimiz sharofati va yurtboshimiz tashabbuslari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr almashildi.

“Kelajak soati” darslari yoshlar ongida mustaqillik va tinchlikning qadriga yetib, uning sharofati bilan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga hamda vatanparvarlik, fidokorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

🏛SamDTU Matbuot xizmati

🕊 https://t.me/sammumedia |📱 https://www.instagram.com/sammueducation |📱 https://www.facebook.com/sammu.education
119000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Aug 27, 2026, 10:43

Photo
#sayohat

📌Bugun universitetimizning Yoshlar ishlari bo'yicha prorektori boshchiligida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, boy ilmiy-ma'naviy merosi bilan yanada yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif tarixiy xotiramizni yanada chuqurroq anglash, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo'lish mas'uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

🏛SamDTU Matbuot xizmati

🕊 https://t.me/sammumedia |📱 https://www.instagram.com/sammueducation |📱 https://www.facebook.com/sammu.education
271002
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Aug 27, 2026, 10:43

Photo
“Sportchi yoshlar – kelajagimiz” shiori ostida mini futbol musobaqasi o'tkazildi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari o‘rtasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Sportchi yoshlar – kelajagimiz” shiori ostida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Musobaqa talabalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Bizni kuzating
223001
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Aug 27, 2026, 10:43

Photo
#Dolzarb90kun

📌 “Vatan bo’ylab sayohat qil” loyihasi doirasida Vatanimiz ozodligi hamda xalqimiz ma’rifatini yuksaltirish yo‘lida jonini fido qilganlar xotirasini abadiylashtirish, ularning xalq va Vatan kelajagi yo‘lidagi jasorati haqida talabalarga chuqur ma’lumotlar berish maqsadida Boshqaruv va menejment fakulteti talabalari bilan Samarqand viloyati “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.

✅ SamDTU Matbuot xizmati

https://t.me/sammumedia | https://www.instagram.com/sammueducation  | https://www.facebook.com/sammu.education
351002
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Aug 27, 2026, 10:43

Photo
📌 SamDTU Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasi assistentlari Samarqand shahridagi "Tokzor" MFYda "Keksalarni e'zozlash - milliy qadriyatimiz" mavzusida ma'ruza o'qidi.

Shuningdek, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida davra suhbai o'tkazildi.
https://www.facebook.com/sammu.educationBizni kuzating
483000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Jul 25, 2026, 20:16

Photo
📌SamDTU Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tomonidan Samarqand shahar “Yangi Hayrobod” mahallasida mahalla raisi, inspektori va mahallada yashovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mahallada sog‘lom turmush tarzi va dori vositalar iste’moli to‘g‘risida ma’ruzalar tashkil etildi, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni kuzating
321000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

May 12, 2026, 18:54

Photo
#davra_suhbati

📌Boshqaruv va menejment fakulteti talabalari bilan yozuvchi va tarjimon Ibrohim G‘afurov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan adibning tarjimonlik mahorati va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

“Ibrohim G‘afurovning tarjimonlik maktabi”, “Adib ijodida badiiy tafakkur va uslub”, “Jahon adabiyotidan qilgan tarjimalarining ahamiyati” haqida ma’ruzalar qilindi. Adib ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi, talabalar tomonidan adib asarlaridan parchalar o‘qildi.

Bizni kuzating ✅
99000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

May 12, 2026, 18:54

Photo
#davra_suhbati

📌Talaba yoshlar orasida adabiyotga bo'lgan qiziqishni oshirish maqsadida Stomatologiya fakulteti taslabalari bilan O'zbek adabiyotining zabardast vakili Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida adibning o'zbek she'riyati vatarjimashunosligiga qo'shgan ulkan hissasi e'tirof etilib, ijodidan namunalar o'qildi.

Bizni kuzating ✅
111000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

May 12, 2026, 18:54

Photo
#sayohat

📌Talabalarning darslardan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabalari bilan Samarqand davlat universiteti tasarrufidagi Biologiya muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Bizni kuzating ✅
124000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

May 12, 2026, 18:54

Photo
#no_korrupsiya

📌Samarqand davlat tibbiyot universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi hamda Davolash fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar bilan "Oliy ta’limda korrupsiyaga yo‘l yo‘q" mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil qilindi.

Bizni kuzating ✅
154002
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

May 12, 2026, 18:54

Photo
#davra_subati

📌Talabalar o'rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni qat’iyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Pediatriya fakulteti talabalari bilan Bahodir Jalolovning hayoti va sportdagi yutuqlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Bizni kuzating ✅
129000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Apr 02, 2026, 18:50

Photo
📌Yoshlar kuni doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Joriy yilning 2-aprel kuni “Yoshlar kuni” doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti dekani S.Karabayev talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘z taklif va murojaatlarini bevosita fakultet rahbariga bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida universitetda tashki etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lgan, ozining bilimi va intiluvchanligi bilan talabalar orasida namuna bo‘lib kelayotgan faol yoshlar hamda ularning ota-oalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊 https://t.me/sammumedia |📱 https://www.instagram.com/sammueducation   |📱 https://www.facebook.com/sammu.education
24000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Apr 02, 2026, 18:50

Photo
📌Talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli hamda unumli o‘tkazish, ularning milliy hamda jahon madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida Boshqaruv va menejment fakulteti talabalari uchun Samarqand shahridagi “Afrosiyob muzeyi” ga ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Samarqand — Markaziy Osiyoning eng qadimiy va betakror shaharlaridan biri bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Qadimda Afrosiyob nomi bilan mashhur bo‘lgan bu hudud Buyuk Ipak yo‘lining muhim markazlaridan biri hisoblangan. Samarqand turli davrlarda yirik ilm-fan, savdo va madaniyat markazi sifatida rivojlangan.Bugungi kunda ham bu shahar o‘zining boy tarixiy obidalari, me’moriy yodgorliklari va madaniy merosi bilan jahon ahlini o‘ziga jalb etib kelmoqda.

Bizni kuzating ✅
144001
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Apr 02, 2026, 18:50

Photo
⚡️"Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar" gastronomik tadbiri https://www.sammu.uz/uz/news/2579753

Joriy yilning 2-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar" gastronomik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Qoraqalpoq hamda Orolbo‘yi hududlarining milliy madaniyati, shuningdek, milliy taomlar, pazandachilik va oziq-ovqat madaniyatini o‘zida aks ettirgan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Tadbir doirasida faol ishtirok etgan hamda universitetda o‘z bilimi, intiluvchanligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan talabalar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

🏛 SamDTU Matbuot xizmati

🕊 https://t.me/sammumedia |📱 https://www.instagram.com/sammueducation   |📱 https://www.facebook.com/sammu.education
42000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Mar 30, 2026, 12:04

Photo
📌"Besh muhim tashabbus"doirasida, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 3-son talabalar turar joyida Davolash ishi fakulteti 2-kurs talabalari bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida rassomchilik, pazandalik va shaxmat -shashka musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada faol ishtirok etgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating ✅
97001
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Mar 30, 2026, 12:04

Photo
#sport

📌 Talabalarning darslardan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashabbusi bilan “Sportni sev sport bilan yasha” shiori ostida sport estafetasi tashkil etildi.

Bizni kuzating ✅
297000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Mar 30, 2026, 12:04

Photo
#sayohat

📌Talabalarning darslardan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Davolash ishi fakulteti talabalari bilan Samarqand shahridagi O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Bizni kuzating ✅
79000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Mar 30, 2026, 12:04

Photo
#ZAKOVAT

📌Talabalarning darslardan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Bolalar stomatologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan TTJda "ZAKOVAT" intellektual o'yini tashkil etildi.

Bizni kuzating ✅
86000
SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]

Mar 30, 2026, 12:04

Photo
#plogging

📌Boshqaruv va menejment fakulteti talaba-yoshlari bilan Samarqand shahridagi "Yangi hayrabod" mahallasida "Mahallani chiqindidan holi hududga aylantiramiz" ekologik aksiyasi doirasida yordamga muhtoj keksalarning xonadonlarida obodonlashtirish ishlari tashkil qilindi.

Bizni kuzating ✅
85000

Showing 24 of 24 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the SamDTU Ma'naviyat [RASMIY] Telegram channel about?+

SamDTU Ma'naviyat [RASMIY] (@SamDTU_manaviyat) is a Telegram channel in the Football category. Samarqand davlat tibbiyot universitetida o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tyutorlar va boshqa bo'limlar faoliyatiga doir yangiliklar! SamDTU Matbuot xizmati: ✅ Veb-sayt: ✅ Telegram:

How do I join SamDTU Ma'naviyat [RASMIY] (@SamDTU_manaviyat) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @SamDTU_manaviyat in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is SamDTU Ma'naviyat [RASMIY] a good Football channel to follow?+

On tgdio you can check SamDTU Ma'naviyat [RASMIY]'s rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 406 subscribers on tgdio. Compare it with similar Football channels in the same category.

Where can I see SamDTU Ma'naviyat [RASMIY] stats and latest posts?+

On tgdio, open the @SamDTU_manaviyat channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.