Masalan, shunday deyman:
Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim zamonlarda Muhammad Sodiq ismli bola bo'lgan ekan. Uni esi koooooo'pgina ekan. Ovqatlanishni boshlasa Bismillahni aytarkan. Ovqatlanib bo'lsa Allohga shukur der ekan. Onasini qiynamas ekan. Onasiga yordam berarkan. O'yinchoqlarini o'zi yig'ishtirarkan. Baqirmas ekan. Magazinga kirsa u oberin, bu oberin demas ekan. Aldamas ekan. Muhammad Sodiq kaatta qori bo'libdi. Ota-onasini umraga, hajga oboribdi.
Shu tarzda ertagim yaxshi niyatlarga ulanib ketadi...
Aslini olganda Muhammad Sodiq juda ko'p narsalarga ho'p emas yo'q deydi. Ho'p deyishni biladi lekin juda kam aytadi. Magazinga kirsak o'ziga banan, so'k, yogurt, chuppa chups qilib terib kevoladi. Odatda banan oberaman foydali deb. O'yinchoqlarini sochib tashlayveradi. Endi endi o'zim birgalashib solsam yordam berib solyapti. Hojatga deb aldaydi ham ko'chaga chiqish uchun. Aytgani bo'lmasa yig'lab, baqiradi...
Lekin, ertak aytganimda qanday bola bo'lishi kerakligi, nimalar qilishi kerakligini sekin-sekin uqtiryapman.
Ingliz tilida bir gap o'qigandim. Ma'nosi shunday: "Biz odamlar biz haqimizda qanday o'ylasa o'sha odam uchun shundaymiz" degan ma'noda. Masalan, kimdir mani yaxshi deb o'ylasa o'sha insonga nisbatan iloji boricha haqiqatdan ham yaxshi bo'lishga harakat qilaman. Yomon deb o'ylasa fikriga yarasha.
O'ziz ham yaxshilab o'ylab ko'rsez sizni yaxshi inson sifatida biladigan, ko'radiganlarga chindanam yaxshi bo'lishga intilasiz. Aksi bo'lsa aksincha...
Xullas, mani o'g'limi yaxshi xulqlo deb o'ylayappam. Shu o'ylashimga yarasha o'zini tutishni boshlaydi degan umiddaman borgan sari.
Duolarimda ham ko'p so'rayman o'g'limni ahli solihlardan qilishini, unga tog'ri tarbiya berishimga O'zi yordam berishini...
Harakat qilyapman, duo qilyapman, sababini qilyapman natijasi Allohdan endi nasib...
Siz qanday ertaklar aytasiz?