G‘UZOR SHU’LASI Telegram channel photo

G‘UZOR SHU’LASI

@G_manaviyatPublic Channel

«Ma’naviyat, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuch...».

IPLEnglishUnited States
1.9k (1,891 subscribers)
Members
—
Rating
100
Total Posts
Sep 24, 2026, 1:36 PM
Updated
Oct 28, 2025
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameG‘UZOR SHU’LASI
Username@G_manaviyat
CategoryIPL
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members1,891
Channel TypePublic Channel
CreatedOct 28, 2025
Last UpdatedSep 24, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#17688-11
Language Ranking
#3799+3
Category Ranking
#147No change

Participant Growth (Last 30 Days)

Total: 1.9K
24h growth: -520 22%
03/2204/0104/1905/0906/1208/1409/24

Latest Posts

G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Ertalab sog‘-omon turolgan bo‘lsang,
Charog‘on quyoshni ko‘rolgan bo‘lsang. Onangdan xol-ahvol
so‘rolgan bo‘lsang,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Eshitsang juftingdan mehrli kalom,
Farzanding jilmayib aytsa: "Assalom!"
Otang duo qilsa-"Omon bo‘l, bolam!"
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Dilingga eng go‘zal tilaklar to‘lsa,
Orzular ushalsa, armonlar o‘lsa.
Aytar so‘zlaringda shukuring bo‘lsa,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Biror yaqiningdan bo‘lmasang judo,
Qalbing o‘rtamasa alamli nido.
Yana bir kun uchun rizq bersa Xudo,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Kuningiz yaxshiliklarga va shodliklarga to‘la bo‘lsin!

⚡️Kanalga obuna boʻling👉
58004
G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Photo
🎉 #Tavallud_kun
#TABRIK

🌹 Qobilova Nargiza Ermatovna — G‘uzor tumani 4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu quvonchli kunda sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.
Mas’uliyatli va sharafli pedagogik faoliyatingizda ulkan yutuqlar, yangi marralar hamda ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar hamisha hamrohingiz bo‘lishini tilab qolamiz.
Yurtimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Doimo yaqinlaringiz ardog‘ida, el-yurt hurmatida bo‘lib, sog‘-omon va baxtli hayot kechirishingizni tilaymiz!

Hurmat bilan,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘uzor tumani bo‘linmasi.

⚡️Kanalga obuna boʻling👉
48000
G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Photo
#G‘uzor_tuman
#Sport
#Tashviqot

🅰🅰🔣🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰  🅰🅰  🅰🅰🔣🅰🅰🅰🅰🅰

⚽️"Shurtan" futbol akademiyasida yosh futbolchi-o‘quvchilarning sportdagi muvaffaqiyatlarini oshirish, ularda g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ruhiy barqarorlik va jamoaviylik fazilatlarini shakllantirish maqsadida “G‘alaba miyadan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik davra suhbati tashkil etildi.

✅Davra suhbatida futbol akademiyaning yosh futbolchi-o‘quvchilari hamda murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbirga taklif etilgan  Daminova Manzura Salimovna — Osiyo texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Xalilova Zilola Zamirovna — Osiyo texnologiyalar universiteti o‘qituvchisi yosh futbolchilarga sportda yuqori natijalarga erishishda nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki ruhiy tayyorgarlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, kuchli iroda, intizom va to‘g‘ri fikrlash muhim ahamiyatga ega ekanligi takidlab o'tdi.


🌐Bizni kuzatib boring👉
102000
G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Video
#35_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

#uzb35 #mustaqillik35

https://t.me/qashqadaryoziyo | https://www.instagram.com/qashqadaryoziyosi?igsh=MXYyNmV2b2trNmlmNQ==
317000
G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Photo
#Gʻuzor_tumani
#Yangi_ruhiyat
#milliy_qadriyat

“Ajdodlar merosi— avlodlar mayog‘i"

📚 Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Gʻuzor tuman bo‘linmasi(targ‘ibot guruhi) va tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli 27-Davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti hamkorlikda qadriyatlarimizni asrash, ulugʻlash hamda tarbiyalanuvchilarni xalqimizning boy tarixiy merosi bilan tanishtirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbir tashkil etdi.

🌟Tadbir davomida DMTT jamoasi va bolajonlari tomonidan milliy urf-odatlar, anʼanalar, milliy xalq o‘yinlaridan namunalar ijro etildi.

🎤Tadbir qatnashchilari milliy qadriyatlarimizning bola tarbiyadagi oʻrni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

✨Ushbu tadbir yosh avlod qalbida milliy gʻurur, tariximizga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐Kanalga obuna bo'ling va bizni kuzatib boring👉
107000
G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Photo
#G‘uzor_tuman
#xushxabar
#yangi_kutubxona
#mahalla_kutubxonasi

📚 Kitob-bilim va ma’rifat manbai.
🌟G‘uzor tuman "Jonbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida yangi kutubxona tashkil qilindi.

⚡️Kutubxonada mahalla aholisi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni mutolaaga keng jalb qilish maqsadida kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

☀️Kutubxonada mahalla ahlining keng qatlami  uchun turli badiiy, ilmiy-ma’rifiy va zamonaviy adabiyotlar jamlangan bo‘lib, kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan asarlardan foydalanib,o‘z bilim salohiyatini oshirishlari uchun barcha qulayliklar mavjud.

📌Mahalla kutubxonasida kitobxonlik tadbirlari tashkil qilish orqali yoshlar va keng jamoatchilikning kitobxonlik madaniyati oshirilmoqda.

🌐Bizni kuzatib boring👉
138001
G‘UZOR SHU’LASI

Sep 13, 2026, 12:20

Video
Кеча Президентимиз ҳудудларда аҳоли бандлиги ва даромадини ошириш борасида амалга оширилаётган ишлар юзасидан кенгайтирилган йиғилиш ўтказди

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов бу борада воҳамизда амалга оширилаётган ишлар юзасидан давлатимиз раҳбарига ҳисобот берди.

Батафсил видеода. ☝️

📱 https://gov.uz/oz/qashqadaryo| https://t.me/MCHSUzbek📱 https://t.me/qashvilhokimligi| 📱 https://www.youtube.com/channel/UCOZydXk6DYT-w0kGprxIfwg| 📱 https://www.facebook.com/qashvilhokimlik|📱 https://instagram.com/qashvilhokimligi| 📱 https://twitter.com/qashvilhokimlik
88000
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 29, 2026, 10:59

Photo
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

🤝 Tadbir davomida fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi bilan namuna bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimizning xizmatlari e’tirof etildi.

🏅 Taqdirlanganlarga esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilandi.

🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir!

✨ Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
30000
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 29, 2026, 10:59

Photo
🇺🇿G‘UZOR TUMANIDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI

🏅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan G‘uzor tumanining bir guruh faollari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida tuman hokimi Bekzod Suyunov ishtirok etib, esdalik nishonlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

🤝Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va G‘uzor tumanining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarning fidokorona mehnati e’tirof etildi.

👏Taqdirlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz!

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 https://t.me/guzorpress 📱 https://www.instagram.com/guzorpress?igsh=MWM2ZG4xNDA1dTM5aQ==&utm_source=qr
📱 https://www.facebook.com/groups/guzorpress 📺 https://youtube.com/@guzorpress?si=wcoyE-avuaIjHZGN
25000
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Video
#G'uzor_tuman
#birdamjamiyat
#targ'ibot

❗️Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etib, o‘z kelajagingizni barbod qilmang!



🔊Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, adolat va qonun ustuvorligiga jiddiy putur yetkazadi. Har qanday noqonuniy manfaat ortidan quvish nafaqat qonuniy javobgarlikka, balki insonning obro‘-e’tibori, ish faoliyati va kelajagiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🎤Halollik va mas’uliyat — barqaror jamiyatning eng muhim poydevoridir. Korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘laylik, qonunlarga hurmat bilan yondashaylik va farovon kelajakni birgalikda barpo etaylik.

Kanalga obuna bo'ling👉
120001
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Photo
#G'uzor_tuman
#birdamjamiyat
#targ'ibot

  JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT!

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining tuman bo'linmasi va "Obihayot" mahalla fuqarolar yig'ini mas'ullari hamkorlikda diniy aqidaparastlik, radikallashuv, ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etdi.

    Tadbirda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlardan ogoh bo'lish, ularning oldini olish, yosh avlodning turli yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishining oldini olish haqida so'z bordi.

   Milliy qadriyatlarga sodiqlik, jamoat joylarida kiyinish madaniyati, dunyoviylik targ'ib qilindi.

   Bundan tashqari mahalladagi ijtimoiy-ma'naviy muhit holati tahlili o'qildi va  ko'p kuzatilayotgan kiberjinoyatlar xavfi va ulardan ogoh bo'lish uqtirildi. Fuqarolarning taklif va fikrlari tinglandi

Kanalga obuna bo'ling👉
64000
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Video
Yaponiyadagi jimlik madaniyati

#yangiruhiyat #maromiylik
113000
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Photo
💠 Kibergigiyena — raqamli xavfsizlikning muhim sharti

Cyber University talabalari tomonidan aholi o‘rtasida kibergigiyena madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

🔺Universitetning Huquq va Biznes fakulteti Mng25-101-guruh talabasi Ochilova Sadoqat Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani Savbogʻ mahalla fuqarolar yig‘ini 29-maktabda kibergigiyena mavzusida seminar o‘tkazdi.
💻 Seminarda internet firibgarligining keng tarqalgan usullari va ulardan himoyalanish, ishonchli parollar yaratish, shubhali havolalarni aniqlash, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish hamda shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga oshkor etmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, ishtirokchilarga raqamli muhitdagi xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va kiberhujumlarning oldini olishda har bir foydalanuvchining mas’uliyati muhim ekani tushuntirildi.

⚡️Kanalga obuna boʻling👉
145003
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Video
#G'uzor_tuman
#yangi_ruhiyat
#tanlov


Respublika  Manaviyat va ma'rifat markazi G'uzor tuman b'linmasi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi va "Kelajak markazi" hamkorligida  Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida "Bolalarga qarshi zo'ravonlik va tazyiqning oldini olish" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Kanalga obuna bo'ling👉
112001
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Video
🇺🇿MUSTAQILLIK SHUKUHIGA YARASHA OBODLIK HASHARI

Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida G‘uzor tumanidagi Chugurtma mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish hashari tashkil etildi.

🏫Jumladan, mahalladagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan hasharda mahalla ahli, maktab jamoasi hamda maktabning sobiq bitiruvchilari faol ishtirok etdi.

🤝Tadbir davomida maktab hududi va uning atrofida obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

🌿Yuzlab insonlarni birlashtirgan ushbu ezgu tashabbus mahalla ahli o‘rtasidagi hamjihatlik, mehr-oqibat va birdamlikning yorqin namunasi bo‘ldi.

🇺🇿Obodlik va bunyodkorlik yo‘lidagi ezgu tashabbuslar davom etadi!

🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 https://t.me/guzorpress 📱 https://www.instagram.com/guzorpress?igsh=MWM2ZG4xNDA1dTM5aQ==&utm_source=qr
📱 https://www.facebook.com/groups/guzorpress 📺 https://youtube.com/@guzorpress?si=wcoyE-avuaIjHZGN
89001
G‘UZOR SHU’LASI

Aug 19, 2026, 09:20

Photo
#G'uzor-tumani
#mustaqilliktoʻyi35
#Uzb_35

🇺🇿 Gʻuzorda “Mustaqillik toʻyi” festivallari mahallalar boʻylab davom etmoqda.

  🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati tumanimiz boʻylab “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlari oʻtkazilmoqda.

  🔔Navbatdagi festival tadbirlari "Savbog" MFY hududida joylashgan 27-umumiy o'rta ta'lim maktabida boʻlib oʻtdi.

⭐Bayram tadbirida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar , 30-DMTT tarbiyalanuvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🎶 Konsert dasturida esa isteʼdodli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qoʻshiqlar, Vatan va mustaqilligini ulugʻlovchi musiqiy chiqishlar  tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.



  🌟Yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning birdamligiga koʻz tegmasin!

⚡️Kanalga obuna boʻling👉
155002
G‘UZOR SHU’LASI

May 18, 2026, 02:31

Photo
Hurmatli Norqulov Fazliddin Jumayevich!

Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
50-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga rahbar sifatida olib borayotgan samarali faoliyatingiz, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissangiz tahsinga loyiqdir.

Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Doimo el-yurt hurmatida, oila a’zolaringiz ardog‘ida bo‘ling.

Yangi yoshingiz qut-baraka, omad va quvonchlarga boy bo‘lsin!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🎉

Hurmat_bilan,

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tumani bo'linmasi!

⚡️Kanalga obuna bo'ling👉
165001
G‘UZOR SHU’LASI

May 18, 2026, 02:31

Photo
💙💙💙💙💙💙💙💙💙 3️⃣💙3️⃣

🏀 Qashqadaryoda “Hokim Olimpiadasi” musobaqasi doirasida basketbol 3x3 bahslari yakunlandi!

Qarshi shahridagi Viloyat sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tasarrufidagi sport oʻyinlari markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida basketbol 3x3 bo‘yicha “Qashqadaryo viloyati hokimi Olimpiadasi” bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa davomida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan jamoalar yuqori mahorat, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
🔹 Qizlar o‘rtasida:
🥇 Viloyat sport o'yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
🥈 Qarshi shahar 9-maktab
🥉 G‘uzor tumani 3-maktab
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Qashqadaryo sportchilari kelgusidagi musobaqalarda ham yuksak natijalarni qayd etishlariga tilakdoshmiz!

⚡️Kanalga obuna bo'ling👉
53000
G‘UZOR SHU’LASI

May 18, 2026, 02:31

Photo
🇺🇿⚽️⚽️

🥋🏆Qarshi shahrida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasi doirasida o‘tkazilgan “Hokim olimpiadasi”ning dzyudo bahslari yuqori saviyada, murosasiz va qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada G‘uzor tumanining yosh va iqtidorli polvonlari ham munosib ishtirok etib, o‘zlarining kuch-g‘ayrati, mahorati hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Yakunda sportchilarimiz 2 ta 1-o‘rin va 1 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Prezident Olimpiadasi”ning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

🏅Sportchilarimizning ushbu yutug‘ida murabiyylar
M.Salomov, D.Xo‘jamurodov va A.Shodiyevlarning hissasi beqiyos bo‘ldi.

💠G‘uzor yoshlari yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etdi!

⚡Kanalga obuna bo'ling👉
313000
G‘UZOR SHU’LASI

May 18, 2026, 02:31

Photo
15- may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Gʻuzor tumani axborot-kutubxona markazi hamda 10-DMTT hamkorligida "Sogʻlom tanda-sogʻ aql" mavzusida adabiy ertalik boʻlib oʻtdi. Ertalikda axborot-kutubxona markazi tomonidan oila, tarbiya, odatnoma va turli bolalar adabiyotlari asosida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Tadbirga ota onalar, tarbiyachi murabbiylar mehmonlar ishtirok etishdi.

⚡️Kanalga obuna bo'ling👉
153000
G‘UZOR SHU’LASI

May 18, 2026, 02:31

Photo
"G'UZORTUMANIHASHAR"

Qabristonga e’tibor — o‘tganlar xotirasiga yuksak ehtiromdir.

Aziz insonlar hayotdan o‘tsalar-da, ularning ezgu ishlari, yaxshi nomlari va qoldirgan merosi xalq qalbida yashab qoladi. Shu bois qabristonlarni obodonlashtirish, atrof-muhitini toza saqlash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish orqali biz marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. Bu kabi ezgu amallar inson qalbida mehr-oqibat, shukronalik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

Chunki qabristonlarni tartibli saqlash, u yerlarni muqaddas maskan sifatida qadrlash jamiyat ma’naviyatining yuksak namunasi sanaladi.

Bugungi kunda yurtimizda qabristonlarni obodonlashtirish, ziyoratgohlarni ta’mirlash va ularni munosib saqlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 16- may kuni G'uzor tumanidagi barcha qabristonlarda Obodonlashtirish,
ta'mirlash va tozalash ishlari olib borildi.

⚡️Kanalga obuna bo'ling👉
154000
G‘UZOR SHU’LASI

Mar 28, 2026, 06:44

Photo
#Gʻuzor_tumani
#Yôl_qoidasi
#Umr_foydasi


G'uzor tuman maktabgacha va maktab ta'limi hamkorlikda Viloyat IIB xodimi boshchiligida tuman maktablari ôqituvchilari uchun semenar trening mashĝulot tashkil etildi
Semenar savol javoblar bilan olib borildi.
Ôqituvchilar kerakli savollariga javob olishdi.

🌐Kanalga obuna bo'ling👉
93001
G‘UZOR SHU’LASI

Mar 28, 2026, 06:44

Photo
#TABRIK
#TAVALLUD KUN

G'ULOMOVA MASTURA MAHMUDOVNA

G'uzor tumani 1-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti  direktori!
Sizni bugungi tavallud ayyomingiz  muborak bo'lsin!
Sizga mustahkam sog'lik, oilaviy farovonlik tilaymiz!
Doimo barcha yaqinlaringiz va oila a'zolaringiz baxtiga sog' bo'ling!
Pedagoglik faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz!

Hurmat bilan,

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tumani bo'linmasi!

🌐Kanalga obuna bo'ling👉
95000
G‘UZOR SHU’LASI

Mar 28, 2026, 06:44

Bugun 27-mart, 2026-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon teatr kuni.
🌏 Xalqaro tibbiy maslahatchilar kuni.
🌏 Oskar kino mukofotlarini topshirish marosimi.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇴 Angola - G‘alaba kuni.
🇧🇪 Belgiya - Frank madaniyati jamiyati bayrami.
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Tilshunoslik bayrami.
🇲🇲 Myanma - Qurolli Kuchlar kuni.
🇮🇷 Eron - Teatr san’ati kuni.
🇷🇺 Rossiya - Milliy gvardiyasi qo‘shinlari kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Sakura gullashi bayrami.

👉 VOQEALAR:

🔸 1111 - Vladimir Monomax boshchiligidagi rus qo‘shinlari poloveslarni Solnitsa daryosi bo‘yida tor-mor qilishdi.
🔸 1330 - Ipatiyev monastiri bunyod etildi.
🔸 1513 - Ispan tadqiqotchisi Xuan Ponse de Leon Floridani kashf qildi.
🔸 1527 - Xonua jangi, bu jangda Bobur Rajputan knyazlari qo'shinini tor-mor qildi.
🔸 1794 - AQSH harbiy-dengiz flotini qurishga qaror qilindi.
🔸 1841 - Otga qo‘shilgan birinchi bug'li o‘t o‘chirish mashinasi sinovdan o'tkazildi.
🔸 1854 - Qrim urushi boshlandi.
🔸 1854 - AQShda Abraxam Gessner kerosinni patentladi.
🔸 1858 - Sankt-Peterburgda Rossiya imperiyasida birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
🔸 1860 - Nyu-Yorklik M. L. Birn shtoporni patentladi.
🔸 1893 - Longines soatlar kompaniyasi o'zining logotipini ro'yxatdan o'tkazdi.
🔸 1898 - Rossiya Xitoydan Port-Arturni ijaraga oldi.
🔸 1918 - Moldoviya Demokratik Respublikasi Ruminiya qirolligi tarkibiga kirdi.
🔸 1928 - Gollandiyada futbolga oid birinchi pochta markasi chiqarildi.
🔸 1944 - Riga gettosida 40 yahudiy gestapo tomonidan otib tashlandi, Kaunasda esa 2 mingga yaqin yahudiy o'ldirildi.
🔸 1953 - SSSRda keng miqyosda amnistiya e’lon qilindi.
🔸 1964 - Alyaskada zillzila oqibatida 118 kishi halok bo‘ldi.
🔸 1968 - Vladimir oblastidagi aviahalokat oqibatida Yuriy Gagarin halok bo‘ldi.
🔸1975 - Alyaska neft quvuri qurilishi boshlandi.
🔸1981 - “Birdamlik” kasaba uyushmalari tashkiloti Polshada umumxalq ish tashlashini tashkil qildi.
🔸1990 - Londonda Sherlok Xolms muzeyi ochildi.
🔸1992 - Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ochildi.
🔸 1998 - NATO Albaniya chegarachilarni Yugoslaviya bilan chegarani qo'riqlash uchun o'qitish boshlanganini e'lon qildi.
🔸 2008 - Kosmos-3M raketasi va to'rtinchi kosmik apparat - Germaniyaning SAR-Lupe sun'iy yo'ldoshining uchirilishi.
🔸 2011 - Rossiya doimiy yozgi vaqtga o‘tdi. Yozgi va qishki vaqtga o‘tish prezident Medvedev tomonidan bekor qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔹1824 - Iogann Gittorf (1914) - nemis fizigi, ionni kashf qilgan.
🔹1845 - Vilgelm Rentgen (1923) - nemis fizigi, birinchi Nobel mukofoti sohibi (1901).
🔹1847 - Otto Vallax (1931) - nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1910).
🔹1863 - Ser Genri Roys (1933) - ingliz sanoatchisi, Rolls-Roys kompaniyasi asoschisi.
🔹1868 - Patti Smit Xill (1946) - amerikalik o‘qituvchi ayol, “Happy Birthday to You” qo‘shig‘ining muallifi.
🔹1871 - Mann Genrix (1950) - nemis yozuvchisi.
🔹1881 - Arkadiy Averchenko (1925) - rus satirik yozuvchisi, yumorist.
🔹1886 - Sergey Kirov (1934) - Sovet siyosiy va davlat arbobi
🔹1886 - Lyudvig Mis van der Roe (1969) - nemis arxitektori.
🔹1899 - Glorya Svenson (1983) - Amerikalik kino, teatr va televidenie aktrisasi.
🔹1927 - Mstislav Rostropovich (2007) - violonchelachi, dirijyor, jamoat arbobi, Xalq artisti (1966).
🔹1948 - Aleksey Jarkov (2006) - sovet va rus kino va teatr aktyori, Rossiya xalq artisti.
🔹1963 - Kventin Tarantino - amerikalik rejissyor, aktyor, ssenariynavis, prodyuser.
🔹1986 - Manuel Noyer - nemis professional futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni (2014).
🔹1988 - Holliday Greynjer - britaniyalik aktrisa.
🔹1992 - Grant Xardi - shotlandiyalik kyorlingchi, aralash jamoalar o‘rtasida kyorling bo'yicha jahon chempioni.
🔹1996 - Rosabella Laurenti Sellers - italyan-amerikalik aktrisa.

⚡️Kanalga obuna bo'ling👉
93000
G‘UZOR SHU’LASI

Mar 28, 2026, 06:44

Video
#12_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

👉 https://t.me/qashqadaryo_ziyo👈
86000
G‘UZOR SHU’LASI

Mar 28, 2026, 06:44

Photo
Intizom bu - …

⚡️Kanalga obuna bo'ling👉
118000

Showing 30 of 100 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the G‘UZOR SHU’LASI Telegram channel about?+

G‘UZOR SHU’LASI (@G_manaviyat) is a Telegram channel in the IPL category. «Ma’naviyat, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuch...».

How do I join G‘UZOR SHU’LASI (@G_manaviyat) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @G_manaviyat in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is G‘UZOR SHU’LASI a good IPL channel to follow?+

On tgdio you can check G‘UZOR SHU’LASI's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 1,891 subscribers on tgdio. Compare it with similar IPL channels in the same category.

Where can I see G‘UZOR SHU’LASI stats and latest posts?+

On tgdio, open the @G_manaviyat channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.