KQBB Andijon viloyati boshqarmasi Telegram channel photo

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

@BandlikpressPublic Channel

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI

43.8k (43,838 subscribers)
Members
—
Rating
28
Total Posts
Sep 19, 2026, 3:05 AM
Updated
Apr 14, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKQBB Andijon viloyati boshqarmasi
Username@Bandlikpress
CategoryViral Videos
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members43,838
Channel TypePublic Channel
CreatedApr 14, 2026
Last UpdatedSep 19, 2026 • 8 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#549-2
Language Ranking
#125No change
Category Ranking
#28No change

Participant Growth (Last 10 Days)

Total: 43.8K
24h growth: -2743 6%
04/1404/1405/0305/2005/2007/0508/2108/3109/0909/19

Latest Posts

Photo
Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.

Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.

– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
832000
Photo
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.

Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.

Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.

Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.

Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
681000
Photo
Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.

Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi.

Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.

Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
885000
Photo
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.

Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.

Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.

Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.

Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
708000
Photo
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.

Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.

Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.

Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
776000
Photo
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.

Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.

Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.

Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
677001
Photo
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.

Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.

Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
632002
Photo
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.

Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.

Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.

Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
677000
Photo
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.

Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.

Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.

Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
876003
Photo
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.

Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.

Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.

Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/presssecretaryuz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
769000
Photo
🛑 KORRUPSIYA —
TARAQQIYOTGA TO‘SIQ! HALOLLIKNI TANLANG!

Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda tuman va shaharlardagi bo‘limlarda
🧍‍♀️BARCHA XIZMATLAR BEPUL KO‘RSATILADI

1️⃣ Ishga joylashish uchun yo‘llanma berish

2️⃣ Qayta tayyorlash va kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanma berish

3️⃣ Muddatidan oldin pensiya tayinlash

4️⃣ Pensiya yoshiga yetgan fuqarolarning pensiya daftarchalarini raqamlashtirish

⚠️ Agar siz ushbu sohada korrupsiya yoki qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang!

Andijon viloyati KQBB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi
📞 (74) 223-31-45

Andijon viloyati prokuraturasi
📞 (74) 723-10-07

✒️ Murojaat qilgan shaxsning maxfiyligi to‘liq kafolatlanadi.

Sahifa: https://t.me/bandlkipress
1,120000
Photo
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o'rinbosari Marat Jurayev Boʻston tumanida boʻldi.

📍U yerda aholi tomorqalari hamda ijara yerlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Sahifa:
1,220004
Photo
#Korrupsiyataraqqiyotkushandasi

🚫 Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash – ustuvor vazifa!

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etgan xodimlar rag‘batlantiriladi.

🔹 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, to‘xtatish va uni to‘liq fosh etishda faol ishtirok etgan xodimlar vazirning vakolati doirasida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobari miqdoridagacha mukofot beriladi.

⚠️ Siz ushbu sohada korrupsiya yoki qonunbuzarlik holatlariga duch keldingizmi?
Unda befarq bo‘lmang!

Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi
Ishonch telefoni: (74) 223-31-45

📌 Murojaat qilgan shaxsning maxfiyligi to‘liq kafolatlanadi.

🤝 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Sahifa: https://t.me/bandlkipress
1,070001
Video
Bir mahallada bir mahsulot:

Baliqchi tumanidagi “Qumtepa” mahallasida atirgul ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur faoliyat orqali xonadon tomorqalaridan yiliga o‘rtacha 60 million so‘m daromad olish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Sahifa:
992005
Video
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🎯 DIQQAT! ERI kalitni birovga bermang!

❗️ERI (elektron raqamli imzo) kalitingizni uchinchi shaxslarga berish kutilmagan muammolarni keltirib chiqaradi.

👉 Tashkilot nomidan soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumot kiritish qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

📝 ERI orqali tasdiqlangan hujjat – qogʻozdagi imzo va muhr bilan teng yuridik kuchga ega.

📽 Batafsil: videoda.

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlikvazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi https://x.com/bvazirligi
886000
Photo
Paxtaobod tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Qurbanov Alisher Abdumannobjonovich tayinlandi.

Alisher Qurbanov 1985-yilda Paxtaobod tumanida tug‘ilgan.
2007-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Paxtaobod tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sahifa:
1,520008
#podkast

Fuqarolarni ish bilan ta’minlash tartibi: qonun, tizim va xatolar

💬 Ishga joylashishda yashirin xatolar bormi?

💬 Sizni roziligingizsiz ishga “joylashtirish” mumkinmi?

💬 Bandlik tizimi qanday ishlaydi?

💬 Raqamli mehnat daftarchasi nimani o‘zgartiradi?

💬 ERI kalitni berish — qanchalik xavfli?

💬 http://my.mehnat.uz/ orqali siz haqingizda nimalarni bilish mumkin?

📺Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=q3j1k-ZshE https://www.youtube.com/watch?v=q3j1k-ZshE

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi | https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlikvazirligi/ | https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi | https://x.com/bvazirligi
Video Thumbnail
1,080000
Video
Andijonda sayyor qabul o‘tkazildi

🟢 Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida Marhamat tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur qabul davomida 40 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, bandlik, ish haqlarini undirish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq muammolari nazoratga olindi va ijobiy hal etildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, ularning turmush farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

https://gov.uz/bv/ | https://t.me/mehnatvazirligi https://dmi.mehnat.uz/ https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/ | https://www.instagram.com/bandlikvazirligi/ https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi https://x.com/bvazirligi
1,340004
Photo
Jalaquduq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Jurayev Umidjon Kenjayevich tayinlandi.

Umidjon Jurayev 1984-yilda Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 2008-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Jalaquduq tumani “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sahifa:
2,640006
Video
Andijonda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun Andijon shahridagi 6-sonli texnikumda aholini, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar va mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni qonuniy va xavfsiz ish bilan ta’minlash maqsadida Migratsiya agentligi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Sahifa:
1,990003
Video
#Tajriba_almashinuvi

Andijon tajribasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan hokim yordamchilari viloyatimizda bo‘lib, hududlardagi ilg‘or loyihalar bilan tanishdi.

Sahifa:
2,0000012
Video
Siz ham kuniga 1 million so‘mdan ortiq daromad topishni xohlaysizmi? Unda bu video aynan siz uchun!

Baliqchi tumanidagi “Charog‘on” mahallasida yashovchi Adhomjon Isoqov hokim yordamchisi ko‘magida imtiyozli kredit asosida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Natija e’tiborga loyiq — bugungi kunda yiliga qariyb 150 million so‘m daromad qilmoqda!

Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — harakatni bugundan boshlang!

Sahifa:
1,9400012
Video
Prezident topshirig‘i amalda
_______
Boshqarma boshligʻi Jahongir Abdumutalibov Izboskan tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Shuningdek, qo‘shimcha vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Sahifa:
1,220008
Photo
Sog‘lom tana — samarali hayot asosi!

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Sahifa:
1,010005
Photo
Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda Shahrixon, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlaridan 119 nafar hokim yordamchilari ishtirok etdi. Ular aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, kredit ajratish va muammoli qarzlar, subsidiyalar, grantlar va ssudalar ajratish tartibi, bo‘sh turgan bino-inshootlarni tadbirkorlik uchun auksionga chiqarish hamda dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli jarayonni qamrab olgan keng koʻlamli qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻldi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “O‘zagrostar xolding” kompaniyasi vakillari tomonidan o‘tkazilib, ishtirokchilar bilan mavzu boʻyicha yaqindan muloqotlar tashkil etildi.

Sahifa:
1,120003
Video
Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
———
07.04.2025

Sahifa:
1,190006
Video
Hokim yordamchilari uchun o'quv-seminarlari o‘tkazildi.

📍Andijonda bo'lib o'tgan seminarda Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.To‘lanov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o'rinbosari M.Jurayev va tegishli idoralar mas’ullari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.

📝 Unda hokim yordamchilari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

✔️Seminar davomida hokim yordamchilari aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish tartibi, bo‘sh turgan bino-inshootlarni tadbirkorlik uchun auksionga chiqarish hamda dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Sahifa:
1,3900012
Video
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
———
06.04.2026

Sahifa:
943009

Showing 28 of 28 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the KQBB Andijon viloyati boshqarmasi Telegram channel about?+

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi (@Bandlikpress) is a Telegram channel in the Viral Videos category. Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI

How do I join KQBB Andijon viloyati boshqarmasi (@Bandlikpress) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @Bandlikpress in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is KQBB Andijon viloyati boshqarmasi a good Viral Videos channel to follow?+

On tgdio you can check KQBB Andijon viloyati boshqarmasi's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 43,838 subscribers on tgdio. Compare it with similar Viral Videos channels in the same category.

Where can I see KQBB Andijon viloyati boshqarmasi stats and latest posts?+

On tgdio, open the @Bandlikpress channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.