Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Telegram channel photo

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

@ikki_qalb_izdoshlariPublic Channel

(http://ijodmaktab.uz/) (https://www.facebook.com/ijodmaktab/) https://www.instagram.com/jizzax_ijod_maktabi (https://www.youtube.com/channel/UCpkrUUldJlDCpsPL5MG8WEg) Savollar uchun: @ikki_qalb_izdoshlaribot Tel: +998995500444

9.7k (9,687 subscribers)
Members
—
Rating
43
Total Posts
Sep 25, 2026, 12:40 AM
Updated
Mar 26, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameHamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Username@ikki_qalb_izdoshlari
CategoryViral Videos
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members9,687
Channel TypePublic Channel
CreatedMar 26, 2026
Last UpdatedSep 25, 2026 • 2 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#1307-3
Language Ranking
#279No change
Category Ranking
#70-1

Participant Growth (Last 22 Days)

Total: 9.7K
24h growth: -277 3%
03/2604/0204/1605/1006/1407/2408/2709/25

Latest Posts

Photo
11-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining yuqori sinf o'quvchilariga "Direktor soati" o'tkazildi. Unda ijod maktabi direktori D.Xamdamova o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, oliy ta'lim muassasalarini tanlash va sohalar rivojiga yoshlarning qo'shayotgan hissasi yuzasidan muloqot qildi.

O'quvchilar maktabdagi ta'lim tizimi, fan to'garaklari va qiziqqan kasblari bo'yicha taklif va mulohazalarini bildirishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
492000
Photo
Amaliy mashg‘ulotlar yoshlar nigohida

10-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari Sharof Rashidov nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi.
U yerda o‘quvchilarga kitoblar va publitsistikaga oid nashrlar, bosma ommaviy axborot vositalari maxsulotlarini skanerlash va raqamlashtirish, raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlashga oid kasblarga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. O‘quvchilar sohaga oid o’zlarini qiziqtirgan savollarga kutubxona xodimlari va AKT mutaxassislaridan javob olishdi. Raqamlashtirishga oid jarayonlar amaliy ko‘rsatilib, kutubxonaning texnik ishlov berish va arxiv bo‘limlari faoliyati tanishtirildi.

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
753000
Photo
#11_sinflar
#OTMimtihonlaridanavvalmaksimal189ballgaega

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Rustamova Muslima o'zi tanlagan OTM yo'nalishi bo'yicha Bilimni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega bo'ldi.

Sertifikatlari bo'yicha 189 ballni muddatidan avval qo'lga kiritdi.

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
737000
Photo
#11_sinflar
#OTMimtihonlaridanavvalmaksimal189ballgaega

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Dostonbek Jo'raqulov o'zi tanlagan OTM yo'nalishi bo'yicha Bilimni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega bo'ldi.

Sertifikatlari bo'yicha 189 ballni muddatidan avval qo'lga kiritdi.

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
724000
Photo
BOYMATOV SARDOR OLIM O‘G‘LI
💠 Ma’lumoti: 2021-yil Jizzax davlat pedagogika instituti, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi.
💠 Tajriba: 12 yil.
💠 Toifasi: 2-toifali o‘qituvchi.
💠 Yo‘nalishi: Musiqa — torli cholg‘u.
🏆 YUTUQLARI:
🥇 2020-yil — Madaniyat vazirligi “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi sohibi.
🎻 “Sozlar sehri” Respublika ko‘rik-tanlovida 3-o‘rin.
🎶 “Milliy cholg‘ular” Respublika bosqichi ishtirokchisi.
🌟 Ko‘plab shogirdlari xalqaro, respublika va viloyat tanlovlarida nufuzli o‘rinlarni egallagan.
MAQSADI: Yoshlarning musiqiy iste’dodini rivojlantirish va ularni yangi yutuqlar sari yetaklash.
🔴 Tanlov asosida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining musiqa — torli cholg‘u to‘garagi rahbari lavozimiga ishga qabul qilindi.
🎵 Jamoamizga xush kelibsiz, ustoz!



I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
190000
Photo
KAMOLOV ZAFAR ISOQOVICH
💠 Pedagogik faoliyati: 4 yil.
💠 Mutaxassisligi: Koreys tili o‘qituvchisi.
💠 Xalqaro sertifikati: TOPIK 5-daraja. Ma’lumot uchun, TOPIK sertifikatining eng yuqori darajasi — 6-daraja.
💠 Tajriba: Faoliyati davomida 100 nafardan ziyod shogirdlari TOPIK va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan.
💠 Natija: 10 nafardan ziyod shogirdlari xorijiy davlatlarda, jumladan, Koreya Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
💠 Faoliyati: Xorijiy va mahalliy konferensiyalarning faol ishtirokchisi.
MAQSADI: Ijod maktabi o‘quvchilarining koreys tilini puxta o‘rganishi, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi va xorijiy, xususan, Koreya Respublikasida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shish.
🔴 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining koreys tili to‘garagi rahbari lavozimiga ishga qabul qilindi.



I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
265000
Video
#Mustaqillikmenganima_berdi

🇺🇿MUSTAQILLIK — YOSHLAR NIGOHIDA

Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari “Mustaqillik bizga nima berdi?” shiori ostidagi chellenjda Mustaqillikning yoshlar hayotida yaratgan imkoniyatlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

✅ O‘quvchilar zamonaviy va yorug‘ sinfxonalar, sifatli ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘z iste’dod va salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar.

✅ Shuningdek, chellenj davomida Vatan, uning go‘zalligi va Mustaqillikni tarannum etuvchi she’rlar o‘quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
412000
Photo
MAHAMMATOV BOBOMUROD DILMUROD O‘G‘LI
💠 Ma’lumoti: 2025-yilda Jizzax davlat pedagogika universitetining Fizika va astronomiya fakultetini tamomlagan.
💠 Mutaxassisligi: Fizika fani o‘qituvchisi.
💠 Toifasi: Fizika fani o‘qituvchisi sifatida 2-toifaga ega.
💠 Xalqaro sertifikati: Ingliz tilidan B2 darajadagi xalqaro sertifikat sohibi.
💠 Milliy sertifikati: Fizika fanidan Milliy sertifikat sohibi.
💠 Faoliyati: Yosh va bilimli mutaxassis sifatida o‘z yo‘nalishida izlanib, zamonaviy bilim va pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishga intilmoqda.
MAQSADI: O‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy bilim va yondashuvlar orqali ularni yuqori natijalar sari yetaklash.
🔴 Tanlov asosida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi fizika fani o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilindi.
https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
I http://www.ijodmaktab.uz/ I http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
319000
Photo
#YagonaVatan35
#Mustaqillik35

FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda Agentlik direktori Sevara Shakirova jamoa a’zolarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarda har bir xodimning mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida oldinda turgan ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida ta’lim sohasidagi samarali va fidokorona mehnati, tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Agentlikning bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
517000
Photo
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar http://my.gov.uz/ sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.

✅ https://t.me/uztdi
752000
Video
#avgust_kengashi
#OAVbizhaqimizda

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari https://t.me/zamon_lavhalar

✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
680000
Photo
#avgust_kengashi

🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik.

Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.

Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.

❗ Seminar https://t.me/piimauzPrezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik.

❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida https://t.me/piimauz masalalariga alohida e’tibor qaratdik.

❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim https://t.me/piimauz

❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.

Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi.

Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.

Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.

🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.

✅ https://taplink.cc/sevarashakirova
748000
Video
🇺🇿 #Mustaqillik35 | #MustaqillikBizgaNimaBerdi

🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari “Mustaqillik bizga nima berdi?” shiori ostidagi chellenjda mustaqillik tufayli yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr bildirishdi.

🏫 Jumladan, maktabimizdagi zamonaviy va yorug‘ o‘quv xonalari, qulay sharoitlar, bilim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quvchilar uchun keng imkoniyatlar — yurtimizdagi bunyodkorlik va taraqqiyotning yorqin ifodasidir.

📚 O‘quvchilar chellenj davomida Vatanimizni, uning go‘zalligi va mustaqilligini madh etuvchi she’rlarni ham mahorat bilan ijro etishdi.

🇺🇿 Mustaqillik — bizga erkinlik, tinchlik, zamonaviy ta’lim va yorug‘ kelajakni tuhfa etdi!

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
✅ I 🌐 http://www.ijodmaktab.uz/ I🎥 http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I📱 https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
907000
Photo
#avgust_kengashi

✨ AVGUST KENGASHI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA SOG‘LOM TA’LIM MUHITI

Avgust kengashi doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotlarda maktabda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va rahbarlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ “Ta’lim va sport integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbolli tajribalar” mavzusida ta’lim jarayonida sportning o‘rni, zamonaviy yondashuvlar va samarali tajribalar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, bu borada tizimli yondashuv va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Maktab rahbarlari uchun huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
705000
Video
#Vatanimuchunolimpiadachiman

🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge!

Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun!

✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing.

✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanimuchunolimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda https://t.me/FanolimpiadalariMbelgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring.

✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
537000
Photo
DIQQAT TANLOV!

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant direktor o‘rinbosari lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi o‘tkaziladi

Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — hududiy saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

Tanlovning birinchi bosqichi https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/08/08/4745305a-7d31-a987-fc3a-ff25681b7e28media.pdf

👉🏻 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 10–11-avgust kunlari;

👉🏻 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 12–13-avgust kunlari.

Mazkur bosqich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.

✔️ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi.

Suhbat savollari Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda, muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkaziladi.

✔️ Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochiladi. Suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor o‘rinbosari lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etilishi mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
859000
Photo
✅Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar direktori lavozimiga tanlovning birinchi bosqichi yakunlandi

🎓 Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar direktori lavozimiga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — saralash suhbatlari barcha hududlarda yakunlandi.

Tanlovning mazkur bosqichi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida tashkil etildi.

Birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar suhbatga jalb etildi. Suhbat savollari Agentlik Tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkazildi.

Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochilib, suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida o‘tkazildi.

Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi.

🔴 Muhim: Muhandislik maktablari, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar direktori lavozimiga tanlovning navbatdagi suhbat bosqichlari 2026-yil 6–7-avgust kunlari hududlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Keyingi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlarga platformada ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS xabarnoma yuboriladi.

🔴 Shu sababli nomzodlardan ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan telefon raqamlarini faol holatda saqlash so‘raladi.

Mazkur ta’lim muassasalarida pedagoglar lavozimiga o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchinchi bosqich — yakuniy suhbatga tavsiya etiladi.

Pedagoglar tanlovining suhbat bosqichi ham 2026-yil 6–7-avgust kunlari hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha tanlov jarayonlarining ochiqlik, shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.
https://x.com/uzbekistan24tv?s=11Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/✨ https://t.me/sbaxodirovna
1,580000
Photo
🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga qabul qilingan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish maktab rahbariyati hamda yangi qabul qilingan oʻquvchilarning sinf rahbarlari ishtirokida tashkil etildi.

✅Shuningdek, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning bilim olishi, odob-axloqi va maktab formasiga rioya etish masalalari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida ota-onalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
✅ I 🌐 http://www.ijodmaktab.uz/ I🎥 http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I📱 https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
1,600000
Photo
#e'lon

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul-2026: Imtihon materiallari https://gov.uz/oz/ima/news/view/159907

📣 2026/2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, muhandislik, jasorat maktablari hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatlarga qabul imtihoni materiallari spetsifikatsiyasi rasman e’lon qilinmoqda.

Hujjatda har bir fan bo‘yicha mazmun sohasi, ta’limiy maqsadlar, talab qilinadigan ko‘nikmalar, ularning kognitiv darajasi va savollar soni belgilangan.

⏺ Prezident maktablari
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/e62b3d92-b72c-4839-1a1d-0a51b458482fmedia.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/1a757c52-43ab-0b21-fbb8-3bba295e3453media.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/fb201eb4-cae1-fc4a-e52b-34461b67443cmedia.pdf

⏺Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/b124808b-511c-5885-22a3-5efbc52b48d9media.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/980ca203-0fe8-326f-e7dd-9e478e7fc3admedia.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/05/22345aff-d139-eccc-1980-edfe65b274dbmedia.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/16ed8d69-68e2-1334-e884-48bc6500a079media.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/c617ded5-3285-d8b8-d17b-b70af88d994dmedia.pdf

⏺Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/5876db90-e541-6e16-a748-78a9ae47375amedia.pdf

⏺Ixtisoslashtirilgan maktablar
Ingliz tili
5-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/3fe10b64-8b16-aeef-34ab-45c2b6130e96media.pdf
6-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/0bebaad2-6557-b57d-3585-da36fc1152e6media.pdf
7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/fde6444e-f78e-9a92-def7-83e3774b2ae9media.pdf
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/a7cf5e50-5c39-ff38-0095-9df9bfbfbd45media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/c008c10a-7cd9-a5a9-ca88-708e51018292media.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/cccbbd7b-cf06-0cb1-b478-85346d796c7amedia.pdf

⏺ Matematika
5-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/8c431236-efac-ff51-03a6-754261f1bd8bmedia.pdf
6-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/add6ced5-e88d-52b4-85dc-a5da2ce910b5media.pdf
7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/83f25008-6044-ad8d-869f-86c088f0dc28media.pdf
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/80bbcc57-5e6c-8c08-0021-62bfb13ad473media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/54354277-423c-465d-d70c-3489b93f0318media.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/f04a9f05-c429-02ad-0804-b4a8e485c42cmedia.pdf

⏺Kimyo
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/1a8483ca-445a-907e-1f98-b7338d1509b8media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/a4d941ab-123a-cf1c-3bb9-7d475209fe8cmedia.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/5ae567d2-5b50-03eb-7542-13cc2733e63cmedia.pdf

⏺Biologiya
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/f0c0f76a-6cb9-57f0-a081-886bf431cb56media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/48aae133-ba93-2fec-0e57-c0a0152bfcccmedia.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/da923778-af02-4bfc-9c8a-f22eee82fcf7media.pdf

⏺Fizika
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/9426258b-dddb-2180-0355-2c78ac5bec6dmedia.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/d0d61337-c713-7805-d30b-4a0bc935b02dmedia.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/db249035-0b27-b167-b55c-ef421862b94cmedia.pdf

⏺Tabiiy fanlar
7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/57b4dd2a-1028-3bb0-57ad-077e729c9935media.pdf

⏺Ijod maktablari
7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/fb8b569f-33a9-7300-8ab1-ea5049f14c0fmedia.pdf
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/976baf4f-9432-c9d4-6e53-cd7539149907media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/8c82bed4-121d-7bd2-1446-41b06f67a475media.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/133a2085-b952-fead-549a-9c2a7c6c7407media.pdf

7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/6fded1d4-9fdb-e5a1-0fa8-f6b43404f956media.pdf
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/2df09561-4306-b69a-8883-bdc1371cb0f6media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/e27840d0-e2d6-14df-dd76-65ccae75bd3emedia.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/2065ba07-f268-c472-4434-96223619a32bmedia.pdf

⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/864b25e3-913b-0637-0a28-ecb69e30d876media.pdf
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/e735f327-4d28-19d3-7f65-61ff2f8347c7media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/3fee3606-4ef4-d767-6437-066461197947media.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/01/9b7a68f6-4637-88fe-a5d4-39e46867d2f1media.pdf

7-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/35aba56c-0fce-9fac-3f1a-2526dd76b3e0media.pdf
8-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/19044d17-0cd5-b6ce-66f0-37ef83223132media.pdf
9-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/68500009-8fc5-7180-1014-828f43b9069amedia.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/04/0df3c92f-09d7-a2b8-ca0c-db2b1961c13amedia.pdf

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
7-klas https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/d4e36c6f-25e7-e859-040e-44d9c3549d36media.pdf
8-klas https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/62a37d6c-193f-01b9-edb2-9c4d3e61fcdamedia.pdf
9-klas https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/55937e50-b790-2f9a-993b-0f53ac685bb0media.pdf
10-klas https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/04/30/f7392873-5d6d-9962-5e33-36c9f8ff8f69media.pdf

⏺“Jasorat maktabi”
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/04/7392249a-09a2-c9ed-1022-e7e28798c794media.pdf

⏺“Milliy dastur”
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/05/cb1f8c0b-3454-00e3-87d6-62b9672d8ae4media.pdf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/0c41c7f8-c50e-7b0c-e0d9-e572794b0dffmedia.pdf
10-sinf https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/06/8acb7bd0-a1b6-afd8-2c84-d0ea4d399d81media.pdf


Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
1,520004
Video
#Bitiruvchimiz_AQShda #Faxr

🔰"El-yurt umidi" jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra, 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovining yakuniy bosqich natijalariga asosan, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi

Hamidolimova Aziza Alisher qizi (The University of Arizona ) "Tillar" ta'lim dasturi yo‘nalishi stipendiyasini qo‘lga kiritgan edi. Hozirda AQShning Arizona shtatida o‘qish faoliyatini boshladi.

🎉Bitiruvchimizning yaqinlarini va albatta Ustozlarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

AQShdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlab, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tilakdoshmiz!

http://ijodmaktab.uz/ I https://www.facebook.com/ijodmaktab/ I I https://www.youtube.com/channel/UCpkrUUldJlDCpsPL5MG8WEg
2,6500029
Photo
#BitiruvchimizJanubiyKoreyada🇰🇷 #faxr...
#Bizning_faxrimiz

🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi

🧑‍🎓, 👍 Xolnazarova Shaxzoda Dilmurot qizi Janubiy Koreyaning "Sun Moon University"ning Xalqaro biznes va savdo yo‘nalishida ta'lim faoliyatini boshladi.

📣 Bitiruvchimizning yaqinlarini va albatta Ustozlarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

🇰🇷 Janubiy Koreyadagi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlab, 🇺🇿 O'zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tilakdoshmiz!



✅ I 🌐 http://www.ijodmaktab.uz/  I 📹 http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I 🌐 https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
2,1900011
Photo
#BitiruvchimizBirmingimda🇬🇧 #faxr... #Bizningfaxrimiz

🏛"El-yurt umidi" jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra, 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovining yakuniy bosqich natijalariga asosan, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi

🧑‍🎓, 👍 Usmonova Farangiz Fozil qizi Buyuk Britaniyadagi University of Birminghamda o‘qish stipendiyasini qo‘lga kiritganini xabar qilgan edik. Hozirga kelib ta'lim faoliyatini boshladi.

🇺🇿Bitiruvchimizning yaqinlarini va albatta Ustozlarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

🇬🇧Buyuk Britaniyadagi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlab, 🇺🇿 O'zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tilakdoshmiz!



✅ I 🌐 http://www.ijodmaktab.uz/  I 📹 http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I 🌐 https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
1,5600015
Video
#Xalqaro_hamkorlik

“El-yurt umidi” jamg‘armasi delegatsiyasining navbatdagi manzili dunyoning Top-100 universitetlari qatoridan o‘rin olgan University of Birmingham bo‘ldi.

Jamg‘arma jamoasi universitet rahbariyati va vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, hamkorlik istiqbollari muhokama qildi hamda ta’lim va professional rivojlanish dasturlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.

Shuningdek, jamg‘arma stipendiatlari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbir yakunida g‘oliblar hamda faol stipendiatlar munosib taqdirlandi.

Uchrashuv davomida stipendiatlar bilan ochiq havoda kechki ovqat tashkil etilib, samimiy suhbatlar va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning xalqaro ta’lim muhiti, liderlik va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🔗 Website: https://www.eyuf.uz/ https://eyuf.uz/
https://t.me/elyurtumidifoundation | https://www.facebook.com/eyufoundation| https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation| https://www.youtube.com/channel/UC51BiKIvfQSuY0-kEYoRJfA
1,730005
Photo
#diqqat_eʼlon
#QABUL2026

✅ IJOD MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda http://my.gov.uz/ hamda http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali amalga oshiriladi.

❓Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
⚫️oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari,
⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

❓Ijod maktablarining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?

⚫️Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga;
⚫️shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206


Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
3,030007
Video
🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi bitiruvchilarining aksariyati muddatidan avval talaba bo'lgan yoshlardir.

Ularning qiziqishlari, maqsad va intilishlari kelajakka qadam, "Yangi O'zbekiston" umid yulduzlarining porlashidir!

📞 +998885685253
📞 +998885645253

Qabul haqida ma’lumotlar olishingiz mumkin.

https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?_pwa=1
✅ I 🌐 http://www.ijodmaktab.uz/  I 📹 http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I 🌐 https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
3,260009
Video
🎭 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Ma’naviyat bo‘limi tomonidan 2025–2026-o‘quv yilida yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirildi.

🏆 Respublika bosqichida erishilgan yutuqlar
— “Turon teatr" jamoasi — 🥈 2-o‘rin
— “Turon yo‘lbarslari” jamoasi — 🥉 3-o‘rin
— “Zakovat” intellektual o‘yini — 🥈 2-o‘rin

✨ Ushbu natijalar ortida Ma’naviyat bo‘limiga yaqindan ko'mak bergan malakali o'qituvchilar, tajribali tarbiyachilar va jamoaning ahilligi mujassam!



✅ I 🌐 http://www.ijodmaktab.uz/  I 📹 http://www.youtube.com/@IjodmaktabJizzax I 🌐 https://www.instagram.com/ijodmaktabi/?__pwa=1
6,3300045
Photo
#QABUL_2026
#Savolvajavoblar

📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: O‘QUVCHI BOSHQA VILOYATDAGI AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?

✅ JAVOB: O‘quvchilar:

➡️ o‘zlari o‘qigan maktabi joylashgan hududdagi Prezident yoki ixtisoslashtirilgan maktablarga;

➡️ Respublikaning istalgan hududidagi ijod maktablariga;

➡️ Toshkent shahridagi sport maktablariga hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga;

➡️ shuningdek, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga yoki ushbu maktablarning hududdagi filialiga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin


Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
2,8100019
Photo
#QABUL_2026
#Savolvajavoblar

📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA O‘QUVCHILAR NECHANCHI SINFDAN QABUL QILINADI?

✅ JAVOB: Agentlik tizimida bir necha turdagi maktablar mavjud bo‘lib, maktab turiga qarab belgilangan sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.

Jumladan, quyidagi sinflarga o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi:

➡️ Prezident maktablariga umumta’lim maktablarining 4-sinfini bitirgan o‘quvchilar 5-sinfga;

➡️ ijod maktablariga 7-sinfga;

➡️ ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga;

➡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 9-sinfga (Prezident maktabi o‘quvchilari bundan mustasno);

➡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga va uning hududlardagi filiallariga 5-sinfga;

➡️ Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallariga 7-sinfga;

➡️ yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarga birinchi oʻquv yili uchun aniq fanlar yoʻnalishiga 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7–10-sinflarga;

➡️ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinfga;

➡️ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinfga;

➡️ o‘quv yili yakuniga ko‘ra maktablarning tegishli sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga;

➡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi (Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari bundan mustasno).

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin


Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
4,920009

Showing 30 of 43 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Telegram channel about?+

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (@ikki_qalb_izdoshlari) is a Telegram channel in the Viral Videos category. ( ( ( Savollar uchun: @ikki_qalb_izdoshlaribot Tel: +998995500444

How do I join Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (@ikki_qalb_izdoshlari) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @ikki_qalb_izdoshlari in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi a good Viral Videos channel to follow?+

On tgdio you can check Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 9,687 subscribers on tgdio. Compare it with similar Viral Videos channels in the same category.

Where can I see Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi stats and latest posts?+

On tgdio, open the @ikki_qalb_izdoshlari channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.