#Infografika
Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini taʼlimga jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar:
✅Hukumatning tegishli Qaroriga muvofiq, maktablardagi oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilinib, oʻqitish xarajatlarining 80 foizi Davlat budjetidan qoplab berilmoqda.
📊 Qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan oʻquvchilarning 2 484 nafari umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishdi. Shuningdek, 6 590 nafar 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi oʻrtacha bali 85,4 ni tashkil qildi.
🔹 Buning uchun oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish jarayonlarini tashkil etish, monitoringini yuritish hamda toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha
http://kelajak.uzedu.uz/ elektron platformasi ishga tushirildi.
📊 Bugungi kunda platformada 9 mingdan ortiq davlat maktablari, oʻquv markazlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtgan.
📍 2026-yilning 1-sentabr holatiga 138 813 nafar oʻquvchilar axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, umumtaʼlim fanlari, 1-4-sinflarda uzaytirilgan kun guruhlari va kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb qilingan.
2025-2026 oʻquv yilida “Kelajak” markazlarida jami 223 166 nafar oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan boʻlib, shundan 21 918 nafar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlovlardan ozod qilingan.
📊Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida 2026-yilda 1 369 ta mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish orqali 53 219 ta bola oʻrni yaratilgan.
🔰 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida 14 492 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 31 728 nafar farzandlarining ota-ona toʻlovi uchun 7,8 mlrd soʻm Davlat budjetidan yoʻnaltirildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❤
https://t.me/uzedu 🌐
https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU🌐
http://bit.ly/2PYbkOx 🌐
https://www.instagram.com/mmtv_uz/🔎
https://gov.uz/oz/uzedu 😄
https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/