Abituriyent | Axborot portali Telegram channel photo

Abituriyent | Axborot portali

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot 📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el

NetworkingEnglishUnited States
58.3k (58,262 subscribers)
Members
—
Rating
27
Total Posts
Sep 16, 2026, 4:57 PM
Updated
Apr 1, 2026
Created
Stats

You are viewing English content. To see content in other languages, change the language of the site.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAbituriyent | Axborot portali
Username@Abituriyent_DTMuzb_Dtmuz_Dtm_uz
CategoryNetworking
LanguageEnglish
CountryUnited States
Members58,262
Channel TypePublic Channel
CreatedApr 1, 2026
Last UpdatedSep 16, 2026 • 10 days ago
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#10146No change
Language Ranking
#2125No change
Category Ranking
#219No change

Participant Growth (Last 17 Days)

Total: 58.3K
24h growth: -3474 6%
04/0104/0504/1805/1306/0407/1808/0308/2809/16

Latest Posts

Photo
⚠️ Kirish imtihonida abituriyent nimalarga javobgar bo'ladi?

◼️ Imtihonga sanoqli kunlar qoldi. Abituriyentlarni ungacha barcha qoidalar bilan tanishtirib boramiz.

🫡Test paytida Siz quyidagilarga shaxsan javobgar https://lex.uz/ru/docs/-3646570#-3678495
✍️ Javoblar varaqasi faqat havo rang (ko'k) pastali sharikli ruchka bilan to'ldirish kerak.
📄Varaqani bukmaslik, marker chizig'iga yozmaslik va varaqa raqami ostidagi doirachalarni bo'yamaslik lozim.
📝 Javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo'lgani uchun uni to'g'ri to'ldirish shart.
🤣Belgilangan vaqt tugaguniga qadar tegishli doirachalarni bo'yab, test kitobi va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish kerak.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,000000
Photo
❓Yuridik universitetda magistratura nechchi yil?

◼️ Bu — talabalarning bakalavr bosqichini qayerda o'qiganiga https://t.me/eduuzDTMuzbAbituriyent_mandat.

⌛️ TDYUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
17,900000
File
⚡️ Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi

📂 Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

⌛️ Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) http://my.edu.uz/ platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi.

❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?

Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.

📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini yuqoridagi faylda ko'rib oling

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,100000
Photo
⚡️ BMB agentligi abituriyentlarga tavsiyalar e'lon qildi

📝 Agentlikka ko'ra, quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:

✔ "Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.

✔ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.

✔ Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.

✔ Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.

✔ Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi.

✔ Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.

✔ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.

✔ Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
17,900000
🔍 Magistraturaga topshirilgan hujjatlar qanday tekshiriladi?

📝 Magistratura ariza ma’lumotlari va yuklangan hujjatlar, shuningdek imtiyozlar hamda ta’lim yo‘nalishining mosligi OTM tomonidan tekshiriladi.

🎓 Diplom ma'lumotlarini tasdiqlash

📄 Talabgorning diplom ma’lumotlari u tamomlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

✅ Hujjatlar verifikatsiyasi

📂 Talabgor tomonidan yuklangan hujjatlar, jumladan chet tilini bilish sertifikatlari, imtiyoz beruvchi yutuqlar hamda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali verifikatsiyadan o‘tkaziladi.

❕ Eslatma: hujjatlar qabuli 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,600000
Photo
⚡️ O'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga ham qabul boshlandi

📚 O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✍️ Ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
🪪 Pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
📄 Ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
📸 3,5 × 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
📚 Chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asli ko‘rsatiladi). Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi;

📁 Chet tilini bilishi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).

❕ Eslatma: qabullar 30-iyundan 20-iyulgacha davom https://t.me/muslimuzportal. BHMning yarim baravari miqdorida to'lov ham qilinadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,900000
❓ Maqsadli qabul nima degani?

📌 Agar siz maqsadli qabuldan foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.

❓ Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
➖ Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan https://lex.uz/docs/3244181#3244230.

📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.

❓Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida https://t.me/BaholashUz. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.

❓Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?

Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.

❓O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?

OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok https://t.me/BaholashUz. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.

❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:

❌ Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;

➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,600000
Photo
⚡️ Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

🎓 ◼️ Bugun — 1-iyuldan 30-iyulgacha davlat OTMlarining magistratura bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi.

🌐 Arizani http://my.edu.uz/ sayti orqali topshirish mumkin.

📄 Kerakli hujjatlar:
1️⃣ Bakalavr diplomi
2️⃣ Chet tilini bilish sertifikati
✅ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1️⃣ Tegishli yutuqlari mavjud
2️⃣♿️ Nogironlik ma'lumotnomasi mavjud (ko'rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan shaxslar)
3️⃣ 🌍 Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabgorlar

❗️Eslatma: ariza ma'lumotlarini kiritishda chet tili sertifikatlarini asl nusxasini (imzo va muhrli) yuklash talab etiladi. Xorijiy tilni bilish bo'yicha milliy sertifikatlar BMBAning tegishli bazasidan avtomatik tarzda olinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
19,000000
Photo
Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi?

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


✅ Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,600000
⌛️ Qabul tugadi. To'lovga yana 1 kun qo'shib berildi

◽️ Bugun — 26-iyun OTMlarga to'lov qilish uchun yana bir kun qo'shib berildi. Agar siz https://t.me/eduuzDTMuzbAbituriyent_mandat toifaga kirmasangiz, bugun oxirgi kun.

Aytgancha, hali BMBA bu yil qancha abituriyent ro'yxatdan o'tgani haqida ma'lumot bermadi.

Kutamiz, qani, bu yil qancha abituriyent hujjat topshiribdi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
18,400000
⚡️ Apellatsiya berish uchun yana 3 kun vaqt qoldi

✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini http://my.uzbmb.uz/ saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
10,700000
Photo
⚡️Abituriyentlarga maksimal ball
beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati

— Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishing.

✅ Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
20,100000
Video
✨✨✨✨⚡️ 90% joylar to’lgan. Talaba bo’lish uchun oxirgi imkoniyat!

Millat Umidi Universitetida 2025-26 o’quv yili uchun qabul davom etmoqda.

📝 IELTS, SAT, CEFR yoki DTM bilan - imtihonlarisiz qabul!


📚 Bakalavr dasturlari:

3 yillik: Ingliz tilini o‘qitish, Turizm
4 yillik: IT, Biznes, Moliya

🎓 Magistratura:

18 oylik: MBA va Ingliz tili o‘qitish

💰 Kontrakt: 18-25 mln so‘m | 🏠 400 o‘rinli yotoqxona


🌍 Xalqaro 2+2 va 3+1 dasturlar – Malayziya, BAA, Singapur va boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyati.
🎓 Diplom + xalqaro sertifikatlar: ACCA, CELTA, PMI va boshqalar.

🇺🇿🇺🇸 Ta’lim tili: o‘zbek va ingliz tillarida

BOT orqali: https://t.me/millatumidibot
Sayt orqali: https://qabul2025.bitrix24.site/?utmsource=telegramqabul2025_site

📞 71 200 03 06
📍 Toshkent sh., Novza metrosi oldida.
8,230000
⚡️ Bugundan apellatsiya arizalari berish boshlandi

✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini http://my.uzbmb.uz/ saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
8,450000
Photo
Endi IT Park University’ga DTM natijalariga ko‘ra o‘qishga kirish mumkin!

https://itpu.uz/bachelor?utmsource=telegramads&utmmedium=uzdtm&utmcampaign=admission2025&utmcontent=telegrampaidpost&utmterm=uz1108_2025 kirish osonlashdi: biz abituriyentlarni UzBMB (DTM) imtihoni natijalari asosida — universitetga kirish uchun qo‘shimcha test sinovlarisiz qabul qilamiz.

Buning uchun nimalar kerak:
— matematikadan kamida 10 ta to‘g‘ri javob
— ingliz tili bo‘yicha kamida 20 ta to‘g‘ri javob
— natijalar e’lon qilingandan so‘ng, hujjatlarni saytimiz orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul komissiyasiga topshiring.

Bu O‘zbekistondagi eng zamonaviy IT-universitetlaridan birida o‘qishni boshlash imkoniyatidir. DTM natijalariga ko‘ra qabul allaqachon ochilgan, joylar soni esa cheklangan - hujjatlarni topshirishni kechiktirmang!

https://my.itpu.uz/?utmsource=telegramads&utmmedium=abituriyentdtmuzbdtmuzdtmuz&utmcampaign=admission2025&utmcontent=telegrampaidpost&utmterm=uz11082025 orqali IT Park University’ga kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘ting — va IT sohasidagi yo‘lingizni hoziroq boshlang!

Barcha savollar bo‘yicha: +998 55 520 40 00
https://itpu.uz/bachelor?utmsource=telegramads&utmmedium=toshkentlive24mdk&utmcampaign=admission2025&utmcontent=telegrampaidpost&utmterm=uz1108_2025
https://my.itpu.uz/?utmsource=telegramads&utmmedium=toshkentlive24mdk&utmcampaign=admission2025&utmcontent=telegrampaidpost&utmterm=uz1108_2025

https://t.me/itpuuz | https://www.instagram.com/itpuuz?igsh=MXdmdHVrNXB5Z2k0dw== | https://www.facebook.com/share/1J44pZJ7Uk/?mibextid=wwXIfr https://www.linkedin.com/school/itpu/
7,890000
⚡️ Bugun — qabulning oxirgi kuni

Bugun, 8-avgust soat 23:59 ga qadar oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:

➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: http://my.uzbmb.uz/ (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
9,000000
⚡️ Mandat chiqdi

✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ https://my.uzbmb.uz/ sayti orqali:

http://my.uzbmb.uz/ saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ http://mandat.uzbmb.uz/ sayti orqali:

https://mandat.uzbmb.uz/saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
12,400000
❓Davlat granti uchun chegara nima degani?

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.

Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.

• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 145 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi — 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi — 595 ta.

Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh o’zi uchun uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini yurisprudensiya uchun davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.

Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 595 ta kvota ajratilgan. Shundan yurisprudensiya uchun 550 ta, davlat va jamiyat boshqaruvi uchun 45 ta kvota.❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana shu jami 595 ta kvotaning maksimum 10% qismini yurisprudensiya yo’nalishi uchun grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 60 (59,5) tagacha grant olishi mumkin. Yurisprudensiyaning qolgan 490 ta kvotasi kontrakt bo’ladi.

60 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.

Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 145 ta grantning 60 tasini TDYU olsa, qolgan 85 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.

© https://t.me/xushnudbek

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
8,860000
Photo
Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi?

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


✅ Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
12,700000
Photo
⚡️ Kambag‘al oilalarning a’lochi talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi

◾️ Prezident farmoniga binoan, 2025-yildan boshlab kambag‘al oilalar farzandlari uchun bir qator imtiyozlar joriy etiladi.

2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya https://t.me/huquqiyaxborot.

Shuingdek, kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14,500000
Photo
"Perevod" qilsa, grantda o'qiyotgan talaba kontraktga o'tadimi?

◾️ O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat https://gov.uz/edu/news/view/16563/.

Ya’ni, agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin.

Ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14,300000
Photo
⚡️Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi. Nimalarni bilish muhim?

◾️Ertaga 14-iyuldan boshlab kirish imtihonlari boshlanadi.

⏰ Soat nechchida borish kerak?

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, ertalabki smenaga tushganlar soat 06:30 da, peshingi smenadagilar esa 13:30 da test hududida bo'lishlari kerak.

🗂 Qanday hujjatlar kerak?

✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.


❌ Nima olib kirib bo'lmaydi?

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

✔️ Nima olib kirish mumkin?


✅ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
✅ abituriyent ruxsatnomasi;
✅ oddiy qo‘l soati (elektron smart-soat mumkin emas);
✅ optik ko‘zoynak (boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);
✅ pul;
✅ dastro‘mol;
✅ kalit;
✅ sog'lik uchun zarur dorilar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
8,260000
Photo
https://telegra.ph/file/6a09c6e7b9e5c85da9725.jpg http://telegra.ph/file/f2c3c693728a8b9eeb046.jpgRasman: 1-kun natijalari e’lon qilindi

📆 2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:

👉 https://t.me/edtm_mandatbot
👉 https://t.me/edtm_mandat1bot
👉 https://t.me/edtm_mandat2bot
👉 https://t.me/edtm_mandat3bot
👉 https://t.me/edtm_mandat4bot

Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda yuboring!

Bundan tashqari, http://my.uzbmb.uz/ saytining https://my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

http://mandat.uzbmb.uz/ sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
12,200000
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar e’lon qilindi

🌎 Bilimni baholash agentligining saytiga oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar https://uzbmb.uz/page/test_2025

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

📝 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

📍 Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da binoning geolokatsiyasi mavjud bo‘lib, QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14,400000
#Tezkor
⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasi berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional  ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish https://t.me/baholash.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni http://my.uzbmb.uz/ saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

#Qabul2025 #Abituriyent2025 #Abituriyent #Imtihon #Ruxsatnoma

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
16,300000
Photo
Abituriyentlar test sinoviga nimalar olib kirishi mumkin (emas)?

Yozgi test mavsumi yaqinlashar ekan, abituriyentlar nafaqat o‘z bilimini, balki imtihon jarayonida amal qilinadigan tartib va qoidalarga bo‘lgan e’tiborini ham sinovdan o‘tkazadi.

Test topshirish jarayonida ba’zi narsalarni o‘zingiz bilan olib kirish mumkin bo‘lsa, ayrimlari esa qat’iyan taqiqlanadi. Quyida test sinovlariga ruxsat etilgan va taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan tanishing.

Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/abituriyentlar-test-sinoviga-nimalar-olib-kirishi-mumkin
https://t.me/joinchat️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
15,100000
Photo
Abituriyent ruxsatnomasi* qachon beriladi?

Abituriyent ruxsatnomasi — bu test sinovlarida ishtirok etish huquqini beruvchi asosiy rasmiy hujjat. U abituriyentning shaxsiy ma’lumotlarini, test sanasini, joylashuvini va boshqa muhim tafsilotlarni o‘z ichiga oladi. Ruxsatnomasiz test sinoviga kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ruxsatnomada qanday ma’lumotlar bo‘ladi?
Ruxsatnoma qachon va qayerdan olinadi?
2025-yilgi test sinovlari haqida ...

*Tasvirda oldingi yillardagi ruxsatnoma namuna sifatida keltirilgan

Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/abituriyent-ruxsatnomasi-qachon-berilaadi
https://t.me/joinchat️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
10,200000

Showing 27 of 27 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

What is the Abituriyent | Axborot portali Telegram channel about?+

Abituriyent | Axborot portali (@Abituriyent_DTMuzb_Dtmuz_Dtm_uz) is a Telegram channel in the Networking category. @Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot 📬 Reklama:

How do I join Abituriyent | Axborot portali (@Abituriyent_DTMuzb_Dtmuz_Dtm_uz) on Telegram?+

Open the channel profile on tgdio, then use the Join / Open in Telegram button to go to @Abituriyent_DTMuzb_Dtmuz_Dtm_uz in the Telegram app or web client and subscribe for free.

Is Abituriyent | Axborot portali a good Networking channel to follow?+

On tgdio you can check Abituriyent | Axborot portali's rating, user reviews, ranking, and latest posts before joining. It currently lists about 58,262 subscribers on tgdio. Compare it with similar Networking channels in the same category.

Where can I see Abituriyent | Axborot portali stats and latest posts?+

On tgdio, open the @Abituriyent_DTMuzb_Dtmuz_Dtm_uz channel page for subscriber stats, ranking, ratings, and recent posts. Use the Stats link on the profile for deeper growth and activity charts.